"Oʻldi"ga chiqarilgan Netanyaxu Berlindan qaytdi

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu uning oʻlimi haqidagi xabarlardan soʻng jamoatchilikka koʻrinish berdi.

Jahon

03.03.2026, 22:47

Ulashish:

 Reuters agentligiga bergan intervyusida u “Roaring Lion” operatsiyasi uchinchi kun davom etayotganini maʼlum qildi. Uning aytishicha, operatsiya AQSh va prezident Donald Tramp bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda hamda Isroilga nisbatan mavjud ekzistensial tahdidlarni bartaraf etishga qaratilgan.

Netanyahu Tehronni tinch aholiga hujum qilishda ayblab, Isroil “zolimlarni nishonga olayotgani”ni taʼkidladi. U, shuningdek, Eron rejimi yadroviy qurol va ballistik raketalarga ega boʻlsa, butun dunyo jiddiy xavf ostida qolishini bildirdi.

AQSh va Isroilni qoʻllab-quvvatlovchi davlatlar safi kengayib, Saudiya Arabistoni, BAA, Germaniya va Fransiya ham ushbu pozitsiyani qoʻllamoqda.

Shu bilan birga, Eron oliy rahnamosi Ali Xomanaiyning oʻldirilishi eronliklar orasida turlicha munosabat uygʻotdi. Xorijdagi ayrim eronliklar bu holatni nishonlayotgan boʻlsa, koʻplab musulmonlar buni motam sifatida qabul qilmoqda. Turkiyada Eronni qoʻllab-quvvatlash namoyishlari oʻtkazildi.

Turkiya prezidenti Rajab Tayyib Erdogʻan mintaqadagi urush va inqirozlar zanjiriga eʼtibor qaratib, Eronga qarshi hujumlarni xalqaro huquq buzilishi deb baholadi. U Eron xalqiga hamdardlik bildirib, mojaroni diplomatik yoʻl bilan hal qilish zarurligini taʼkidladi. Erdogʻanning maʼlum qilishicha, AQSh, Qatar, Quvayt, BAA, Saudiya Arabistoni, Yevropa Komissiyasi va NATO rahbarlari bilan maslahatlashuvlar oʻtkazilgan.

Shimoliy Koreya Isroil va AQSh harakatlarini qoraladi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin esa Xomanaiyning oʻldirilishini xalqaro huquq va insonparvarlik tamoyillariga zid, deb atadi hamda bu holat mintaqani yanada beqarorlashtirishi mumkinligini bildirdi. Moskva zarbalar yadroviy inqiroz xavfini kuchaytirishi mumkinligi haqida ogohlantirmoqda.

AQSh prezidenti Donald Tramp operatsiya Eronning yadroviy qurolga ega boʻlishining oldini olishga qaratilganini aytgan. Tehron esa bunday rejalarni rad etib, Yadro qurolini tarqatmaslik toʻgʻrisidagi shartnoma majburiyatlariga amal qilayotganini bildirmoqda.

Tahlilchilar fikricha, mavjud vaziyat mintaqaviy va global kuchlar oʻrtasidagi keskinlikni yanada kuchaytirishi mumkin.

Jahon

03.03.2026, 22:47

Ulashish:

So‘nggi yangiliklar

Isroil Livanda “Hizbulloh”ga qarshi quruqlikdan operatsiyalar boshladi

Isroil mudofaa kuchlari (SAHAL) 3 mart kuni Livanda “Hizbulloh”ga qarshi quruqlikdan operatsiyalar boshladi. Bu haqda The Jerusalem Post xabar berdi.

Jahon

03.03.2026, 17:39

Oʻqituvchilarga sertifikat olish uchun subsidiya beriladi

Oʻqituvchi va ishlab chiqarish taʼlimi ustalariga xalqaro va milliy sertifikatlar olish uchun sarflangan mablagʻlarning 50 foizi (BHMning 20 baravarigacha) qoplab beriladi.

Oʻzbekiston

03.03.2026, 17:25

Krishtiano Ronaldu Saudiya Arabistonidan chiqib ketdi.

Krishtiano Ronaldu xavfsizlik maqsadida Saudiya Arabistonidan chiqib ketdi.

Sport

03.03.2026, 16:33

Siyosat tutuni: iqlim oʻzgarishi omillari

Urush haqida oʻylaganimizda, qon toʻkilishi, jasadlar va vayronaga aylangan manzillar koʻz oldimizga keladi. Bunday davrda atrof-muhit urushlarning jim qurboniga aylanadi. 

Jahon

03.03.2026, 15:36

"Sirena chalsa darhol bunkerga kiring". Isroildagi oʻzbekistonliklar ogohlantirildi

Oʻzbekistonning Isroildagi Elchixonasi mamlakatda joriy etilgan “Favqulodda holat” munosabati bilan oʻzbekistonliklarga shoshilinch murojaat bilan chiqdi.

Jahon

03.03.2026, 09:48

Bir nechta davlatlar Eronga qarshi hujumga otlanmoqda

Mojaroga AQSh, Isroil, Saudiya Arabistoni, BAA, Germaniya va Fransiya kabi davlatlar qoʻshilishi mumkin.

Jahon

02.03.2026, 15:58

Aliment qarzdorlarini ommaviy eʼlon qilish amaliyoti inson huquqlariga zid — Ombudsman

Aliment qarzdorlarining roʻyxatlari va fotosuratlarini ommaviy tarqatish inson shaʼni va qadr-qimmatini kamsitadi hamda Konstitutsiya normalariga ziddir.

Oʻzbekiston

02.03.2026, 15:07

Rossiyada migrantlarni ishdan boʻshatish tartibi soddalashtirildi

Rossiyada 1 martdan boshlab yangi qonun kuchga kirdi. Unga koʻra, agar muayyan mintaqa migrantlarni ishga jalb etishga cheklov yoki kvota joriy etsa, ish beruvchilar xorijiy xodimlarni ishdan boʻshatish huquqiga ega boʻladi. 

Jahon

02.03.2026, 13:46

Umra safari tadbirlari vaqtincha kechiktirildi

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi umra safarlari vaqtincha kechiktirilganini eʼlon qildi. Yaqin Sharqdagi keskin vaziyat va havo makoni cheklovlari sabab, bir qator aviaqatnovlar bekor qilinmoqda.

Oʻzbekiston

02.03.2026, 11:23

Yaqin Sharq alangada: Eronning 6 toʻlqinli zarbalari ortidan keng koʻlamli urush xavfi kuchaydi

Amerika fuqarolari Nyu-York shahri markazida Amerika harbiy operatsiyalariga qarshi norozilik bildirmoqda. 

Jahon

02.03.2026, 10:18

Umradagi oʻzbekistonliklarni qaytarish uchun maxsus reyslar yoʻlga qoʻyiladi

Umra safariga ketgan Oʻzbekiston fuqarolarini vatanga qaytarish maqsadida maxsus repatriatsiya reyslari tashkil etiladi.

Oʻzbekiston

02.03.2026, 08:27