1 martdan yangi tartiblar: Oʻzbekistonda qanday oʻzgarishlar kuchga kiradi?
2026 yil 1 martdan mamlakat qonunchiligida qator yangiliklar amalga kiritiladi. Ular raqamlashtirish, biznes, bojxona, qurilish, ijtimoiy soha va ekologiya yoʻnalishlarini qamrab oladi.
Oʻzbekiston
27.02.2026, 10:25
Ulashish:

Quyida eng muhim oʻzgarishlar haqida qisqacha maʼlumot beriladi.
Raqamlashtirish: onlayn xizmatlar kengayadi
Mart oyidan fuqarolar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YaIDXP) orqali yashash joyi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, shuningdek, oʻzlariga tegishli turar joyda roʻyxatda turgan shaxslar haqidagi maʼlumotlarni tahrir qilish imkoniyatiga ega boʻladi.
Shuningdek:
- Oʻlim holati qayd etilgani haqidagi QR-kodli maʼlumotnoma yaqin qarindoshlarning shaxsiy kabinetiga avtomatik yuboriladi;
- QR-kodli hujjat gerbli guvohnomaga tenglashtiriladi;
- Sud ishlari boʻyicha dastlabki maʼlumotlarni onlayn olish mumkin boʻladi;
Futbol uchrashuvlariga chiptalar shaxsni identifikatsiya qilish va QR-kod orqali sotiladi.
Xorijiy fuqarolar uchun oʻzbek tili imtihoni
Xorijiy fuqarolar uchun oʻzbek tilini bilish darajasini aniqlovchi CEFR (A1, A2 va B1) standartlari asosida sertifikat berish tizimi joriy etiladi. U davlat tilini bilishning rasmiy tasdigʻi hisoblanadi.
Biznes uchun yangi imkoniyat va talablar
1 martdan:
- “Yagona darcha” tamoyili asosida “Biznes hamroh” loyihasi ishga tushadi;
- Davlat organlari rahbarlarining tadbirkorlar bilan muloqot qilishining yangi formati joriy etiladi;
- Davlat fuqarolik xizmatida boʻsh lavozimlarni egallash qoidalari oʻzgaradi;
- “Litsenziya” tizimida hujjat topshirishdan avval talablarga muvofiqlikni ixtiyoriy dastlabki baholash imkoniyati yaratiladi.
Yosh tadbirkorlarga infratuzilmaga ulanish xarajatlari qoplab beriladi. Elektromobilda ishlovchi oʻzini oʻzi band qilgan taksi haydovchilari ijtimoiy soliq boʻyicha 10 foiz chegirma oladi va davlat avtoturargohlaridan 30 daqiqagacha bepul foydalanishi mumkin.
Bojxona va davlat xaridlari
Tovarlar kelguniga qadar dastlabki deklaratsiyalashda:
- Bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimi 20 foizga kamaytiriladi;
- Toʻlovlarni 14 kungacha kechiktirishda foiz hisoblanmaydi.
Davlat xaridlari portalida sunʼiy intellekt asosida oʻrtacha bozor narxini hisoblaydigan elektron modul ishga tushiriladi.
Qurilish sohasida nazorat kuchaytiriladi
Xavfsiz deb topilmagan qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi va yetkazib beruvchilarning elektron reyestri shakllantiriladi. Ushbu roʻyxatga kiritilgan kompaniyalar davlat xaridlarida ishtirok eta olmaydi.
“Oʻzbekkosmos” agentligi hududlardagi qurilish maydonchalarini doimiy monitoring qiladi. Shuningdek:
- Koʻprik va tonnellarning seysmik chidamliligi onlayn kuzatiladi;
- Sunʼiy intellekt orqali binolar holati tahlil qilinadi;
Potensial seysmik xavfli hududlar prognoz qilinadi.
Notariat va sud tizimida oʻzgarishlar
Notariuslar ijara, kommunal toʻlovlar va majburiy badallar boʻyicha qarzdorliklarni undirish yuzasidan bazaviy hisoblash miqdorining 1000 baravarigacha boʻlgan summalarda ijro xatlarini chiqarish huquqiga ega boʻladi.
Nodavlat notijorat tashkiloti sifatida roʻyxatdan oʻtmagan tashkilotlar tomonidan sud-ekspertiza tadqiqotlari oʻtkazish taqiqlanadi.
Ijtimoiy sohada yangiliklar
“Inson” markazlarida ijtimoiy himoyaga muhtoj bolali oilalar uchun “Mehrli oila” xizmati yoʻlga qoʻyiladi. Ota-onalarga bepul oilaviy terapiya xizmati koʻrsatiladi.
Demensiya, Parkinson va Alsgeymer kasalligi bilan roʻyxatda turgan bemorlar uchun “Faol hayotga qadam” dasturi doirasida kunduzgi parvarish xizmatlari joriy etiladi.
Ekologiya va intellektual mulk
I va II toifadagi korxonalar fon monitoringi stansiyalarini oʻrnatmagan va milliy eko-nazorat tizimiga ulamagan boʻlsa, kompensatsiya toʻlovlarini besh baravar miqdorda toʻlaydi.
Intellektual mulk sohasidagi qoidabuzarliklar “Biznesning barqarorlik reytingi”ga taʼsir qiladi: jarimalar reyting ballarini kamaytiradi, roʻyxatdan oʻtgan tovar belgilari esa ball qoʻshadi.
Arxiv xizmatlari tezlashtiriladi
Quyidagi xizmatlar boʻyicha muddatlar qisqartiriladi:
- Oʻqiganlik haqidagi arxiv maʼlumotnomasini berish;
- Yoʻqolgan mehnat daftarchasidagi yozuvlarni tasdiqlash;
- Arxiv hujjatlarini vaqtincha xorijga olib chiqish uchun ruxsatnomalar rasmiylashtirish.
Muddati oʻtgan tovarlar avtomatik bloklanadi
1 martdan raqamli markirovka tizimiga kiruvchi, yaroqlilik muddati oʻtgan tovarlarni sotish avtomatik ravishda bloklanadi. Kassa apparatlari bunday mahsulot uchun chek chiqara olmaydi.
Turizm va “yashil” standartlar
Har yili eng yaxshi 10 ta turistik startap xarajatlarining 50 foizigacha (biroq 1 mlrd soʻmdan oshmagan holda) subsidiya olishi mumkin.
Mehmonxonalarga xalqaro darajada tan olingan “yashil” sertifikat olish xarajatlarining yarmi qoplab beriladi.
Oʻzbekiston
27.02.2026, 10:25
Ulashish:
Mashhur yangiliklar

OTMlarda yangi bakalavriat va magistratura yo‘nalishlari joriy etildi
Ta'lim
07.07.2026, 09:48

Abituriyentlar uchun ruxsatnomalar berish boshlandi
Ta'lim
08.07.2026, 10:57

Toshkent viloyatida bog‘chalar vaqtincha yopildi
Ta'lim
16.07.2026, 11:28

O‘qishni ko‘chirishda milliy va xalqaro sertifikatlar muhimmi?
Ta'lim
16.07.2026, 11:37

“Epshteyn orolidagi jirkanchliklar bari mujassam” – o‘zbek sayyohining Tailandga safari
Madaniy
06.07.2026, 15:30

Iroq hukumati korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash boshladi
Jahon
01.07.2026, 11:42
So'nggi yangiliklar

Qiziga majburlab mol göngi yedirgan ota qölga olindi
Oʻzbekiston
28.07.2026, 12:39

Fransiyada erkak uç ayolga piçoq bilan hujum qildi
Jahon
28.07.2026, 10:48

«Erimning qarzini nega men tölaşim kerak?» – maktub
Madaniy
27.07.2026, 13:52

Fransiya va Ispaniya örmon yonğinlariga qarşi kuraşmoqda
Jahon
27.07.2026, 12:22

Tibbiyot xodimlari farzandlari uçun kontrakt tölovining bir qismi qoplab beriladi
Oʻzbekiston
27.07.2026, 12:16

Qozoğiston prezidenti Ukrainadagi uruşni muzlatişga çaqirdi
Siyosat
27.07.2026, 10:30

Ukrainaning Eron kemasiga hujumi javobsiz qolmaydi – Abbos Aroqçi
Siyosat
27.07.2026, 09:50

Sopollitepadan bronza davriga oid pilla parçasi topildi
Fan-texnologiya
25.07.2026, 14:57

Adolf Gitler tuğilgan şaharda töqqizta ommaviy qabr topildi
Fan-texnologiya
25.07.2026, 14:01

BMT boş kotibi Antoniu Guterriş Suriyaga taşrif buyurdi
Jahon
25.07.2026, 13:18

Rossiya Ukraina uruşini yakunlaş böyiça Trampdan yangi takliflar kutadi — Peskov
Siyosat
25.07.2026, 12:26

Venesuela prezidentlik saylovlariga tayyor emas – Tramp
Siyosat
25.07.2026, 10:59

Yo’nalish tanlash qachon boshlanadi?
Ta'lim
24.07.2026, 16:50

Xitoy Tayvan böğozida ikki kunlik öquv-jangovar maşğulotlarni boşladi
Siyosat
24.07.2026, 15:03

Arab va musulmon davlatlari Isroilning Al-Aqso masjidiga bosqinini qoraladi
Jahon
24.07.2026, 13:35

Özbekiston “Yagona Xitoy” tamoyiliga qat’iy amal qiladi – Baxtiyor Saidov
Siyosat
24.07.2026, 11:12

O‘zbekistonda qarzdorlarning 61 foizi kreditni o‘z vaqtida to‘lolmayapti — MB
Iqtisodiyot
23.07.2026, 10:57

Epshteynga "qiz" yetkazib bergan fransuz modeli o'lik holda topildi
Jahon
23.07.2026, 10:01

Endi Toşkentdan Samarqandga 2,5 soatda yetib boriladi – Şavkat Mirziyoyev
Oʻzbekiston
22.07.2026, 16:01

Ukraina bu yil 700 kvadrat kilometr hududini qaytarib oldi
Siyosat
22.07.2026, 12:36
Mashhur yangiliklar

OTMlarda yangi bakalavriat va magistratura yo‘nalishlari joriy etildi
Ta'lim
07.07.2026, 09:48

Abituriyentlar uchun ruxsatnomalar berish boshlandi
Ta'lim
08.07.2026, 10:57

Toshkent viloyatida bog‘chalar vaqtincha yopildi
Ta'lim
16.07.2026, 11:28

O‘qishni ko‘chirishda milliy va xalqaro sertifikatlar muhimmi?
Ta'lim
16.07.2026, 11:37

“Epshteyn orolidagi jirkanchliklar bari mujassam” – o‘zbek sayyohining Tailandga safari
Madaniy
06.07.2026, 15:30

Iroq hukumati korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash boshladi
Jahon
01.07.2026, 11:42
