Norin daryosida “birinchi milliy GES” ishga tushirildi
Oʻtgan yili 25 mart kuni davlat rahbari Namangan viloyatida yangi elektr stansiyalari qurilishini boshlab bergan edi. Kuni kecha ulardan biri – Norin GESlar kaskadining dastlabki bosqichi ishga tushdi.
Oʻzbekiston
17.09.2025, 10:39
Ulashish:

Prezident Shavkat Mirziyoyev viloyatga tashrifi chogʻida ushbu energetika inshootini borib koʻrdi.
Oʻzbekistonda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish milliy iqtisodiyot barqarorligini taʼminlashda strategik yoʻnalish sifatida belgilangan. Oxirgi yillarda Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand va Surxondaryoda oʻndan ziyod quyosh va shamol elektr stansiyasi ishga tushirildi. Shu bilan birga, qator hududlarda 450 megavattli gidroelektr stansiyalar foydalanishga topshirildi.
Hozirda “Oʻzbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyati tomonidan Norin daryosida 6 ta GES kaskadi qurilishi boshlangan. Loyihaning umumiy qiymati 428 million dollardan ziyod, umumiy quvvati 228 megavatt boʻladi.
Birinchi bosqichda GES-1 ishga tushirildi. Eng muhimi, u toʻliq mahalliy mahsulot va uskunalar asosida barpo etildi. Shu maʼnoda, uni mamlakatimizdagi “birinchi milliy GES” deyish mumkin.
GES-1 yillik 171 million kilovatt soat elektr energiyasi ishlab chiqarish imkoniyatiga ega. Bu yerda 130 ta yangi ish oʻrni yaratiladi.
Loyiha natijasida 430 mingta xonadon elektr energiyasi bilan taʼminlanadi, yiliga 290 million kub metr gaz tejaladi. Bu iqtisodiyot uchun qariyb 300 milliard soʻmlik qoʻshimcha manfaat demakdir. Shu jihatdan “Norin GESlar kaskadi” nafaqat energetik, balki ijtimoiy va iqtisodiy ahamiyatga ham ega.
Oʻzbekiston gidroenergetikasi tarixida ilk bor ushbu loyiha doirasida gorizontal kapsula shaklidagi gidroagregatlar joriy etildi. Ular kichik bosim sharoitida ham yuqori samaradorligi bilan ajralib turadi va milliy gidroenergetika sohasida yangi bosqichni boshlab bermoqda.
GESda suv toʻsish inshooti ham qurildi. Shuningdek, hududda maʼmuriy va xizmat binolari, dispetcherlik punkti barpo etildi. Atrof muhitni muhofaza qilish va hududni obod qilish maqsadida 6 ming tup manzarali daraxt ekildi, kelgusi bahorda yana 7 ming tup mevali koʻchat ekish rejalashtirilgan.
Shu jihatlari bilan bu yer nafaqat energetika, balki ekoturizm va rekreatsiya maskaniga ham aylanadi.
Umuman, Norin GESlar kaskadi – yashil iqtisodiyotni rivojlantirish va aholi farovonligini oshirishga xizmat qiladigan strategik loyiha hisoblanadi. 2026 yilda ikkinchi va uchinchi, 2027 yilda qolgan stansiyalar ham ishga tushiriladi. Har bir stansiyaning quvvati 38 megavatt boʻlib, ularning faoliyatida qoʻshimcha ish oʻrinlari yaratiladi.
Energetika tizimidagi bunday yirik loyihalar aholini barqaror elektr energiyasi bilan taʼminlash, sanoat tarmoqlarini uzluksiz ishlatish hamda iqtisodiy samaradorlikni oshirishda muhim ahamiyatga ega.
Oʻzbekiston
17.09.2025, 10:39
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Shavkat Mirziyoyev OTB bilan sheriklikni yanada kengaytirish muhimligini taʼkidladi
Oʻzbekiston
18.09.2025, 10:30

Boʻstonliqda “Chimyon” umummavsumiy kurorti barpo etilmoqda
Iqtisodiyot
16.09.2025, 20:34

Yangi Toshkent hududida “Peterburg mavzesi”ni barpo etiladi
Siyosat
11.09.2025, 09:01

Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasida muhim hujjatlar qabul qilindi
Siyosat
02.09.2025, 10:16

Shavkat Mirziyoyevning tavallud kuni munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
Oʻzbekiston
24.07.2025, 11:24

Shavkat Mirziyoyev Agʻdamdagi majmuaga tashrif buyurdi
Oʻzbekiston
04.07.2025, 10:40
Mashhur yangiliklar

Ilmiy daraja berishda chet tilidan malakaviy imtihon topshirish talabi bekor qilinadi
Ta'lim
01.06.2026, 15:57

Xitoyda oliy ta’limga qiziqish pasaymoqda
Ta'lim
05.06.2026, 13:52

O‘qishni ko‘chirishda milliy va xalqaro sertifikatlarga ega talabalarga maksimal ball beriladi
Ta'lim
13.06.2026, 12:34

Maktab bitiruvchilari uchun bitiruv kecha tashkillashtirish taqiqlandi
Ta'lim
15.06.2026, 14:23

Talaba qiz plastik chiqindidan ekologik beton yaratdi
Fan-texnologiya
10.06.2026, 11:35

Buyuk Britaniya 16 yoshdan oshmaganlarga ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlamoqda
Jahon
15.06.2026, 15:55
So'nggi yangiliklar

“Yashirin iqtisodiyot xaritasi” platformasi ishga tushiriladi
Iqtisodiyot
27.06.2026, 14:35

Tramp Yevropa davlatlariga 100 foizlik boj bilan tahdid qilmoqda
Jahon
27.06.2026, 13:25

Talas shahrining 82 yilligiga bag'ishlangan tadbir bekor qilindi
Jahon
27.06.2026, 12:02

Sambo chempionatida o‘zbekistonlik sportchilar 10 ta medalni qo‘lga kiritdi
Sport
27.06.2026, 11:19

Pekindagi baland binoga kichik samolyot urildi
Jahon
27.06.2026, 10:09

Zilziladan so‘ng Venesuelaga bepul internet taqdim etildi
Jahon
27.06.2026, 09:22

Toshkentda eng qimmat va eng arzon kvartiralar qaysi tumanda?
Oʻzbekiston
26.06.2026, 17:14

Apple iPad va MacBook narxlarini keskin oshirdi
Fan-texnologiya
26.06.2026, 16:33

Tolibon hukumati davlat amaldorlariga smartfonlardan foydalanishni taqiqladi
Jahon
26.06.2026, 15:06

Yoshlar nega ta’lim va ishdan uzilyapti — tadqiqot
Fan-texnologiya
26.06.2026, 10:11

Jurnalist va blogerlar davlat mukofotlari bilan taqdirlandi
Oʻzbekiston
25.06.2026, 18:16

“Hormuzdan ruxsatsiz o‘tganlar xavf ostida qoladi” — Eron
Jahon
25.06.2026, 16:30

Aholisi eng koʻp tuman va shaharlar top 10 taligi eʼlon qilindi
Oʻzbekiston
25.06.2026, 12:23

“Mamlakat uni qahramondek qabul qildi” — Ronalduning Toshkentga tashrifi
Sport
25.06.2026, 11:38

Venesuelada halokatli zilzila bo‘ldi. Qurbonlar 100 mingtaga yetishi mumkin
Jahon
25.06.2026, 09:54

Ebola Yevropada: Fransiyada ilk kasallik holati tasdiqlandi
Jahon
24.06.2026, 17:34

Qozog‘iston va Yevropa Ittifoqi $12 milliardlik kelishuvlarga erishdi
Jahon
24.06.2026, 16:46

“Yadroviy qurol jahon urushiga qarshi yagona kafolatdir” — Kreml
Siyosat
24.06.2026, 15:57

Yangi Namanganda yangi IT-park qurilishi boshlandi
Oʻzbekiston
23.06.2026, 16:05

Shavkat Mirziyoyev Qirg‘izistonga tashrif buyuradi
Oʻzbekiston
23.06.2026, 12:58
Mashhur yangiliklar

Ilmiy daraja berishda chet tilidan malakaviy imtihon topshirish talabi bekor qilinadi
Ta'lim
01.06.2026, 15:57

Xitoyda oliy ta’limga qiziqish pasaymoqda
Ta'lim
05.06.2026, 13:52

O‘qishni ko‘chirishda milliy va xalqaro sertifikatlarga ega talabalarga maksimal ball beriladi
Ta'lim
13.06.2026, 12:34

Maktab bitiruvchilari uchun bitiruv kecha tashkillashtirish taqiqlandi
Ta'lim
15.06.2026, 14:23

Talaba qiz plastik chiqindidan ekologik beton yaratdi
Fan-texnologiya
10.06.2026, 11:35

Buyuk Britaniya 16 yoshdan oshmaganlarga ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlamoqda
Jahon
15.06.2026, 15:55
