Oʻzbekistonda ekologik baholash jarayonlari yanada takomillashtirilmoqda
Shveysariyaning Jeneva shahrida Atrof-muhitga taʼsirni transchegaraviy kontekstda baholash toʻgʻrisidagi Konvensiya (Espo konvensiyasi) va Strategik ekologik baholash (SEB) protokoli doirasida Atrof-muhitga taʼsirni baholash (AMTB) va SEB boʻyicha Ishchi guruhning 13-yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Oʻzbekiston
04.12.2025, 11:38
Ulashish:

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi Davlat ekologik ekspertiza markazi direktori Gʻayrat Muxamedov boshchiligidagi delegatsiya ham ishtirok etdi.
Maʼlumot uchun, Espo konvensiyasi BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasi tomonidan ilgari surilgan xalqaro bitim boʻlib, 1991 yilda Finlyandiyaning Espo shahrida imzolangan va 1997 yilda kuchga kirgan. Konvensiyaga koʻra, atrof-muhitga taʼsirni baholash tartibi potensial xavfli loyihalar boʻyicha nafaqat ushbu loyiha amalga oshirilayotgan davlatning oʻzida, balki uning taʼsir doirasiga tushishi mumkin boʻlgan qoʻshni mamlakatlarda ham oʻtkazilishi lozim. Konvensiya talablariga binoan, baholash jarayoni rejalashtirishning eng dastlabki bosqichlaridanoq amalga oshirilishi kerak.

Tadbirda Oʻzbekiston vakillari tomonidan mamlakatda amalga oshirilayotgan ekologik islohotlar, AMTB va SEBning yangi mexanizmlarini joriy etish, ekologik jarayonlarni raqamlashtirish va jamoatchilik ishtirokini kengaytirish boʻyicha ishlar haqida maʼlumot berildi. Shuningdek, Oʻzbekiston xalqaro hamkorlikni kuchaytirishda faol ekani taʼkidlandi.
Tadbir davomida mamlakatlar oʻrtasida tajriba almashish, hududiy-tadbirkorlik va energetika, iqlim, biohilma-xillik sohalarida ekologik baholash samaradorligini oshirish, Konvensiya va Protokol talablariga rioya qilinishi ustidan monitoring mexanizmlarini takomillashtirish, Markaziy Osiyo davlatlari ishtirokida subhududiy hamkorlikni mustahkamlash, ekologik jarayonlarda raqamli yechimlar va sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlarini muhokama qilish, kelasi davr uchun ish rejalarini shakllantirish, yangi qoʻllanmalar va oʻquv dasturlarini tayyorlash masalalariga eʼtibor qaratilmoqda.
Ushbu muhim tadbirda Oʻzbekistonning ishtiroki xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, milliy islohotlarni taqdim etish va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida tajriba almashish uchun muhim imkoniyat hisoblanadi.
Oʻzbekiston
04.12.2025, 11:38
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Chirchiq va Qoradaryo baliqlaridan mikroplastik topildi
Madaniy
06.07.2026, 14:45

1-avgustdan kamyob hayvonlarni ovlash taqiqlanadi
Oʻzbekiston
01.07.2026, 15:36

Qoraqalpog‘istonda 672 ta yo‘rg‘a tuvaloq tabiatga qo‘yib yuborildi
Oʻzbekiston
01.07.2026, 12:21

Talaba qiz plastik chiqindidan ekologik beton yaratdi
Fan-texnologiya
10.06.2026, 11:35

Finlandiya yadroviy chiqindilarni 100 ming yil saqlovchi ombor qurmoqda
Jahon
03.06.2026, 10:06

Toshkentda ekologik vaziyatni yaxshilash boʻyicha maxsus komissiya tuzildi
Oʻzbekiston
25.11.2025, 09:33
Mashhur yangiliklar

OTMlarda yangi bakalavriat va magistratura yo‘nalishlari joriy etildi
Ta'lim
07.07.2026, 09:48

Abituriyentlar uchun ruxsatnomalar berish boshlandi
Ta'lim
08.07.2026, 10:57

Toshkent viloyatida bog‘chalar vaqtincha yopildi
Ta'lim
16.07.2026, 11:28

O‘qishni ko‘chirishda milliy va xalqaro sertifikatlar muhimmi?
Ta'lim
16.07.2026, 11:37

“Epshteyn orolidagi jirkanchliklar bari mujassam” – o‘zbek sayyohining Tailandga safari
Madaniy
06.07.2026, 15:30

Iroq hukumati korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash boshladi
Jahon
01.07.2026, 11:42
So'nggi yangiliklar

«Erimning qarzini nega men tölaşim kerak?» – maktub
Madaniy
27.07.2026, 13:52

Fransiya va Ispaniya örmon yonğinlariga qarşi kuraşmoqda
Jahon
27.07.2026, 12:22

Tibbiyot xodimlari farzandlari uçun kontrakt tölovining bir qismi qoplab beriladi
Oʻzbekiston
27.07.2026, 12:16

Qozoğiston prezidenti Ukrainadagi uruşni muzlatişga çaqirdi
Siyosat
27.07.2026, 10:30

Ukrainaning Eron kemasiga hujumi javobsiz qolmaydi – Abbos Aroqçi
Siyosat
27.07.2026, 09:50

Sopollitepadan bronza davriga oid pilla parçasi topildi
Fan-texnologiya
25.07.2026, 14:57

Adolf Gitler tuğilgan şaharda töqqizta ommaviy qabr topildi
Fan-texnologiya
25.07.2026, 14:01

BMT boş kotibi Antoniu Guterriş Suriyaga taşrif buyurdi
Jahon
25.07.2026, 13:18

Rossiya Ukraina uruşini yakunlaş böyiça Trampdan yangi takliflar kutadi — Peskov
Siyosat
25.07.2026, 12:26

Venesuela prezidentlik saylovlariga tayyor emas – Tramp
Siyosat
25.07.2026, 10:59

Yo’nalish tanlash qachon boshlanadi?
Ta'lim
24.07.2026, 16:50

Xitoy Tayvan böğozida ikki kunlik öquv-jangovar maşğulotlarni boşladi
Siyosat
24.07.2026, 15:03

Arab va musulmon davlatlari Isroilning Al-Aqso masjidiga bosqinini qoraladi
Jahon
24.07.2026, 13:35

Özbekiston “Yagona Xitoy” tamoyiliga qat’iy amal qiladi – Baxtiyor Saidov
Siyosat
24.07.2026, 11:12

O‘zbekistonda qarzdorlarning 61 foizi kreditni o‘z vaqtida to‘lolmayapti — MB
Iqtisodiyot
23.07.2026, 10:57

Epshteynga "qiz" yetkazib bergan fransuz modeli o'lik holda topildi
Jahon
23.07.2026, 10:01

Endi Toşkentdan Samarqandga 2,5 soatda yetib boriladi – Şavkat Mirziyoyev
Oʻzbekiston
22.07.2026, 16:01

Ukraina bu yil 700 kvadrat kilometr hududini qaytarib oldi
Siyosat
22.07.2026, 12:36

AQSH Saudiya Arabistoni bilan yadro energetikasi bo‘yicha tarixiy kelishuvni ma’qulladi
Jahon
22.07.2026, 11:10

Fransiya 15 yoşgaça bölganlar uçun ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlamoqda
Jahon
22.07.2026, 11:08
Mashhur yangiliklar

OTMlarda yangi bakalavriat va magistratura yo‘nalishlari joriy etildi
Ta'lim
07.07.2026, 09:48

Abituriyentlar uchun ruxsatnomalar berish boshlandi
Ta'lim
08.07.2026, 10:57

Toshkent viloyatida bog‘chalar vaqtincha yopildi
Ta'lim
16.07.2026, 11:28

O‘qishni ko‘chirishda milliy va xalqaro sertifikatlar muhimmi?
Ta'lim
16.07.2026, 11:37

“Epshteyn orolidagi jirkanchliklar bari mujassam” – o‘zbek sayyohining Tailandga safari
Madaniy
06.07.2026, 15:30

Iroq hukumati korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash boshladi
Jahon
01.07.2026, 11:42
