updated: 22.03.2026, 15:51

Retro-avtomobil egalari konstitutsiyaviy huquqlarini himoya qilishmoqda

Oʻzbekistonda retro-avtomobil egalari 2026 yildan joriy etilishi rejalashtirilayotgan utilizatsiya tizimi va texnik koʻrikdagi cheklovlarga qarshi chiqmoqda.

Ulashish:

Retro-avtomobil egalari konstitutsiyaviy huquqlarini himoya qilishmoqda

«Mashina muzey eksponati emas, xususiy mulk!»

Oʻzbekistonda retro-avtomobil egalari va huquq faollari 2026 yildan joriy etilishi rejalashtirilayotgan utilizatsiya tizimi hamda texnik koʻrikdagi yangi cheklovlarga qarshi jamoaviy kurash boshladi. Ularga koʻra, eski avtomobillardan “zavod holati”ni talab qilish va ularni yoʻl harakatidan chetlatish Konstitutsiyada kafolatlangan xususiy mulk daxlsizligi prinsipiga ziddir.

 

Qaror va amaliyot oʻrtasidagi ziddiyat

Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 29 martda qabul qilingan 166-son qarori eʼlon qilingach, amaliyotda keskin choralar qoʻllana boshlangan. Xususan, ayrim avtomobil egalariga transport vositasini foydalanishdan chiqarish boʻyicha rasmiy xatlar yuborilmoqda.

Natijada, soʻnggi oylarda 30–50 yil oldin ishlab chiqarilgan avtomobillar egalari texnik koʻrikdan oʻtishda jiddiy muammolarga duch kelmoqda. Masʼul idoralar avtomobilning texnik sozligiga emas, balki ayrim detallarining “zavodniki” emasligiga (masalan, motor almashtirilganiga) asosan ruxsat bermaslik holatlari kuzatilmoqda. Bu esa davlat raqamlarining majburiy yechib olinishiga olib kelmoqda.

 

Nima uchun mulkdorlar norozi?

Retro-avtomobil egalari yangi talablarni mantiqsiz va amaliy jihatdan bajarib boʻlmas deb hisoblamoqda. Ularga koʻra, 40–50 yil avval ishlab chiqarilgan avtomobillar uchun asl zavod detallarini topish deyarli imkonsiz.

Shuningdek, avval qonun doirasida, yoʻl patrul xizmati ruxsati bilan amalga oshirilgan ayrim oʻzgartirishlar (masalan, motor almashtirish) hozirda qoidabuzarlik sifatida baholanmoqda.

Utilizatsiyaga topshirilgan avtomobillar uchun taklif etilayotgan 5 foizlik kredit imtiyozi esa faollar fikricha, adolatli kompensatsiya emas. Ular buni mulkdorlarni oʻz xususiy mulkidan voz kechishga va yangi kredit majburiyatlariga majburlash sifatida baholamoqda.

 

Konstitutsiyaviy asoslar

Mulkdorlar oʻz daʼvolarini Konstitutsiyaning bir qator moddalari bilan asoslamoqda. Xususan:

  • 53-modda — xususiy mulk daxlsiz va davlat himoyasida;
  • 41 va 20-moddalar — qonun orqaga qaytish kuchiga ega emas, avval berilgan ruxsatlar oʻz kuchida qolishi kerak;
  • huquqiy ziddiyatlar inson manfaatlari foydasiga hal qilinishi lozim.

Faollarning taʼkidlashicha, avtomobilning faqat yoshi sababli unga nisbatan cheklov joriy etish mulkdor huquqlarini asossiz cheklash hisoblanadi.

 

Antikvariat maqomi masalasi

Muammolardan yana biri — retro-avtomobillarni antiqa buyum sifatida baholashda yagona va akkreditlangan ekspert tizimining yoʻqligi. Ayrim holatlarda tegishli organlar xulosani avtomobilning tashqi koʻrinishiga qarab chiqarayotgani, uning tarixiy qiymati va noyobligi eʼtiborga olinmayotgani taʼkidlanmoqda.

 

Sudga murojaat tayyorgarligi

Ayni paytda retro-avtomobil egalari avtomobillarning yoshiga emas, balki real texnik holatiga asoslangan adolatli baholash tizimini joriy etish talabi bilan  sudga daʼvo arizasi kiritmoqda. 

 

Maʼlumot uchun, Oʻzbekistonda avtotransport vositalari uchun ekologik stikerlar berish tartibi tasdiqlangan. Unga koʻra, avtomobillar “toza”, “oʻrta” va “zararli” toifalarga ajratiladi. “Zararli” toifaga kiritilgan transport vositalari uchun bir qator harakat va foydalanish cheklovlari belgilangan.

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →

So'nggi yangiliklar

Rossiya Kiyevdagi xavfsizlik xizmati rahbarining idorasini nishonga oldi

Rossiya droni Kiyevdagi Ukraina Xavfsizlik xizmati bosh qarorgohiga zarba berdi. Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Moskvani xavfsizlik rahbarining shaxsiy kabinetini nishonga olganlikda aybladi.

Jahon

05.09.2026, 11:00

Eron Yozuvchilar uyushmasi mamlakatdagi qatllarni qoraladi

Bayonotda aytilishicha, hech qanday jinoyat, hech qanday ayblov va hech qanday holat inson hayotiga qasd qilishni qonuniylashtirib, buni “jazo” deb atashga asos bo‘la olmaydi.

Jahon

04.09.2026, 14:55

SI xodimlarni aslidagidan ko‘ra mahoratliroq ko‘rsatmoqda – tadqiqot

Ofis xodimlarida yangi, ko‘zga ko‘rinmas ustunlik paydo bo‘ldi, ish beruvchilar esa buni doim ham ilg‘ay olmaydi.

Fan-texnologiya

04.09.2026, 13:32

Toshkent va Ostona poygasi: Mintaqa osmoni uchun raqobat kuchaymoqda

"Yangi Toshkent"da qad rostlayotgan aeroport "mintaqa darvozasi" bo'lishi mumkin. Biroq bu maqomga qo'shni Qozog'iston ham da'vogarlik qilmoqda.

Oʻzbekiston

04.09.2026, 11:24

Vladimir Putin: “Menimcha, urushni tugatish imkoniyati bor”

Putin Ukrainadagi urushni yakunlash imkoniyati mavjudligini, Zelenskiy esa bitimga vositachilik qilishga urinayotgan AQSH muzokarachilari tez orada Moskva va Kiyevga tashrif buyurishini ma’lum qildi.

Siyosat

04.09.2026, 09:46

Koreyada to'rt o'zbekistonlik terrorizmni moliyalashtirishda ayblanmoqda

Avtomobil savdosi orqali chegara ortiga nima yuborilgan?

Oʻzbekiston

04.09.2026, 09:25

Norvegiya Rossiyaning “Professor Molchanov” nomli kemasini hibsga oldi

Operatsiya Ukrainaning 2014-yilga oid 4,2 milliard dollarlik da’vosi sababli amalga oshirilgan.

Jahon

03.09.2026, 15:56

Rasman: Tailand O‘zbekiston fuqarolari uchun vizasiz rejimni bekor qildi

2026-yil 15-sentyabrdan boshlab  Tailandga kirish qoidalari o‘zgarmoqda.

Oʻzbekiston

03.09.2026, 15:31

Ishlayotgan onalarga bolasi bir yoshga to'lgunga qadar nafaqa to'lanadi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligidagi yig'ilishda ehtiyojmand oilalarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga qaratilgan yangi yondashuvlar belgilandi.

Oʻzbekiston

03.09.2026, 14:48

Eron raketa va dronlari Quvaytga hujum qildi

Quvayt armiyasining ma’lum qilishicha, havo hujumidan mudofaa tizimlari dushman nishonlarini tutib qolgani uchun mamlakatda kuchli portlashlar eshitilgan.

Jahon

03.09.2026, 11:53

Özbekiston startaplar boʻyiça «Yil mamlakati» deb eʼlon qilindi

Uç yil içida 111-örindan 79-öringa — Özbekiston dunyo startap xaritasida qanday sakraş qildi?

Fan-texnologiya

03.09.2026, 09:57

Pentagon 30 yoshdan katta harbiylar uchun testosteron tekshiruvini joriy qildi

Bu chora-tadbirlar gormonal va energiya ta’minoti bilan bog‘liq muammolarni aniqlash hamda bartaraf etish orqali harbiy tayyorgarlikni oshirishga qaratilgan.

Jahon

03.09.2026, 09:55

OTMlar super-kontrakt miqdorlarini eʼlon qila boşladi

Qabul çegarasiga bir neça ball yetmay qolgan abituriyentlarga talabalik qançaga tuşadi?

Ta'lim

02.09.2026, 17:55

Istanbul yaqinida ikkita Turkiya savdo kemasi to‘qnashib ketdi

Istanbul yaqinida Marmara dengizida Turkiya bayrog‘i ostidagi ikkita tijorat kemasi to‘qnashib ketdi. Ulardan biri bilan aloqa uzilgan.

Jahon

02.09.2026, 12:37

Lionel Messi Argentina terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi

Lionel Messi Argentina terma jamoasidagi 21 yillik faoliyatini yakunladi. 39 yoshli futbolchi bu qarorini 2026 yil 31 avgust kuni ma'lum qildi. Uning milliy jamoadagi so'nggi uchrashuvi 2026 yilgi Jahon chempionati finalida Ispaniyaga qarshi bo'ldi.

Sport

02.09.2026, 12:25

SHHT “Tolibon”ni Afg‘onistonda inklyuziv hukumat tuzishga chaqirdi

“Faqat barcha etnik va siyosiy guruhlarning keng vakilligiga ega inklyuziv hukumatgina mustahkam tinchlikni ta’minlay oladi”, — deyiladi rasmiy hujjatda.

Siyosat

02.09.2026, 11:48

Qozog'istonga kirish pullik bo'ladi

Endi Qozog'istonga borish avvalgidek yengil bo'lmaydi. Nima uchun?

Iqtisodiyot

02.09.2026, 10:46

Rossiya jang maydonida g‘alaba qozonmoqda va “terrorchilar” bilan muzokara o‘tkazmaydi – Putin

Vladimir Putin Rossiyaning Ukrainadagi urushda g‘alaba qozonayotganini aytib, Ukraina rahbariyatini Moskva bilan muzokara o‘tkaza olmaydigan “terrorchilar” deb atadi. 

Siyosat

02.09.2026, 10:43

O‘zbekistonda 2200 yillik yunon harbiy qarorgohi topildi

O‘zbekistondagi Iskandartepada o‘tkazilgan geofizik tadqiqotlar 1,2 gektarlik manzilgohni o‘rab olgan 400 metrli xandaqni aniqladi.

Madaniy

30.08.2026, 10:36

O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 8,1 foizga o‘sdi: eksport kamayib, import hajmi oshgan

O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 2026-yilning yanvar-iyul oylarida 49,5 mlrd dollarni tashkil etdi.

Iqtisodiyot

29.08.2026, 12:02

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →