Oʻzbekistonda 1,5 mln nafar aholi kambagʻallikdan chiqariladi
Oʻzbekistonda ikki yil ichida 1,5 million nafar aholi kambagʻallikdan chiqariladi. Bu haqda joriy yilning 24 sentabr kuni qabul qilingan "Kambagʻallikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish borasidagi chora-tadbirlarni yangi bosqichga olib chiqish toʻgʻrisida"gi Prezident Farmonida maʼlum qilindi.
Oʻzbekiston
24.09.2024, 10:01
Ulashish:

Oʻzbekistonda 1,5 mln nafar aholi kambagʻallikdan chiqariladi
Unga koʻra, 2024 yilning qolgan davrida 500 ming, 2025 yilda 1 million nafar aholini kambagʻallikdan chiqarish davlat ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining hamda barcha darajadagi davlat organlari va tashkilotlarining birinchi darajali vazifasi etib belgilangan.
Shuningdek, farmonda "Kambagʻallikdan farovonlik sari" dasturi amalga oshirilishi hamda dastur boʻyicha Respublika komissiyasi tashkil tashkil etilishi aytilgan. Dastur 2024 yil 1 noyabrdan quyidagilarni nazarda tutuvchi "Kambagʻal oilalar uchun yettita imkoniyat va masʼuliyat" tamoyili asosida amalga oshiriladi:
— Barqaror bandlik va yuqori daromad topishga erishish;
— Taʼlim olish va kasb-hunar oʻrganish;
— Kafolatlangan davlat tibbiy xizmatidan foydalanish;
— Ijtimoiy xizmatlardan foydalanish;
— Yashash sharoitlarini yaxshilash;
— Davlat tomonidan mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish;
— Davlat organlari xodimlari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqot qilish.
Bundan tashqari, farmonda 2024 yil 1 dekabrdan "mahalla yettiligi" tomonidan kambagʻal oilalarning ijtimoiy sharoiti va kambagʻallikka tushish sabablarini oʻrganish natijasida Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan Kambagʻal oilalar reyestri shakllantirilishi yozilgan. 2025 yil 1 yanvardan:
— Kam taʼminlangan oilalar bolalari uchun nafaqa va moddiy yordam olayotgan oilalarning rasmiy band boʻlmagan aʼzolari ishga joylashganda, oʻzini oʻzi band qilganda yoki tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyganda ushbu nafaqa va moddiy yordamni ularning muddati tugagunga qadar, biroq 6 oydan koʻp boʻlmagan muddatga toʻlash davom ettiriladi;
— Mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 1,5 baravaridan kam boʻlmagan oylik ish haqi toʻlangan holda ishga joylashgan Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan oila aʼzosi uchun ijtimoiy soliq uch yil davomida 1 foiz stavkada toʻlanadi;
— Kambagʻal oilalarga koʻmak choralari ijtimoiy shartnoma asosida mehnatga layoqatli oila aʼzolarining bandligini taʼminlash, oʻz tomorqasidan samarali foydalanish (ekin ekish), oila aʼzolari, shu jumladan, farzandlarining bilim olishi, kasb-hunar va xorijiy tillarni oʻrganishi hamda sogʻligʻini nazoratga olishi, uy-joyini ozoda tutishi kabi shartlar inobatga olingan holda koʻrsatiladi.
Oʻzbekiston
24.09.2024, 10:01
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Kambagʻal oilalarga oziq-ovqat va kiyim-kechak uchun vaucherlar ajratiladi
Oʻzbekiston
15.12.2025, 16:11

Oʻzbekistonda kambagʻallik darajasi 4,5 foizgacha qisqaradi
Oʻzbekiston
10.12.2025, 15:14
Mashhur yangiliklar

Jurnalistlar va fuqarolik jamiyati vakillariga eʼtirof — Paradigma Media 8 nafar faolni eʼtirof etdi
Madaniy
02.02.2026, 19:18

Jeffri Epshteyn ishi: oshkor etilgan fayllar va elita bilan aloqalar
Jahon
03.02.2026, 16:44

Chorvoqdagi “Sea Breeze” loyihasining qurilishi qonunga zidmi?
Oʻzbekiston
06.02.2026, 08:01

Yangi kitob: “Erkin millat poydevori”
Madaniy
13.02.2026, 10:18

15 million aholining maʼlumotlari sizdirilgani haqidagi xabarlarga rasmiy munosabat bildirildi
Oʻzbekiston
04.02.2026, 09:52

Markaziy Osiyoda yirik loyiha: Tashkent Marketing Forum 2026
Iqtisodiyot
12.02.2026, 15:31
So‘nggi yangiliklar

"Sirena chalsa darhol bunkerga kiring". Isroildagi oʻzbekistonliklar ogohlantirildi
Jahon
03.03.2026, 09:48

Bir nechta davlatlar Eronga qarshi hujumga otlanmoqda
Jahon
02.03.2026, 15:58

Aliment qarzdorlarini ommaviy eʼlon qilish amaliyoti inson huquqlariga zid — Ombudsman
Oʻzbekiston
02.03.2026, 15:07

Rossiyada migrantlarni ishdan boʻshatish tartibi soddalashtirildi
Jahon
02.03.2026, 13:46

Umra safari tadbirlari vaqtincha kechiktirildi
Oʻzbekiston
02.03.2026, 11:23

Yaqin Sharq alangada: Eronning 6 toʻlqinli zarbalari ortidan keng koʻlamli urush xavfi kuchaydi
Jahon
02.03.2026, 10:18

Umradagi oʻzbekistonliklarni qaytarish uchun maxsus reyslar yoʻlga qoʻyiladi
Oʻzbekiston
02.03.2026, 08:27

Ali Xominaiy halok boʻldi: Eronda motam, rasmiy Tehron qasos haqida ogohlantirdi
Jahon
01.03.2026, 08:32

SI strategiyasi: urush vaziyatida sunʼiy intellekt 95 % hollarda yadro qurolidan foydalanishi mumkin
Fan-texnologiya
28.02.2026, 13:12

Isroil Eronga harbiy zarba berdi
Jahon
28.02.2026, 12:40

AQSh xodimlariga Isroilni tark etishga ruxsat berildi
Jahon
28.02.2026, 10:03

YHQ qoidalarini buzganlik boʻyicha jarima xatlarini yetkazib berish xizmati toʻxtatiladi
Oʻzbekiston
28.02.2026, 09:44
Mashhur yangiliklar

Jurnalistlar va fuqarolik jamiyati vakillariga eʼtirof — Paradigma Media 8 nafar faolni eʼtirof etdi
Madaniy
02.02.2026, 19:18

Jeffri Epshteyn ishi: oshkor etilgan fayllar va elita bilan aloqalar
Jahon
03.02.2026, 16:44

Chorvoqdagi “Sea Breeze” loyihasining qurilishi qonunga zidmi?
Oʻzbekiston
06.02.2026, 08:01

Yangi kitob: “Erkin millat poydevori”
Madaniy
13.02.2026, 10:18

15 million aholining maʼlumotlari sizdirilgani haqidagi xabarlarga rasmiy munosabat bildirildi
Oʻzbekiston
04.02.2026, 09:52

Markaziy Osiyoda yirik loyiha: Tashkent Marketing Forum 2026
Iqtisodiyot
12.02.2026, 15:31
