Oʻzbekistonda muzqaymoqdan zaharlanish holatlari uchramoqda
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi koʻchada antisanitar holatda sotilayotgan muzqaymoqda stafilokokk bakteriyasi boʻlishi mumkinligidan ogohlantirmoqda.
Oʻzbekiston
30.07.2024, 11:56
Ulashish:

Oʻzbekistonda muzqaymoqdan zaharlanish holatlari uchramoqda
Maʼlum qilinishicha, bugungi kunda muzqaymoq asosan sut mahsulotidan tayyorlanishi sababli tez oʻzgaruvchanlik xususiyatiga ega. Shu sababli doim sovuq haroratda saqlash talab etiladi. Agar issiqlik taʼsirida muzqaymoq erisa, qaytadan muzlatib, isteʼmol qilish mumkin emas. Chunki jarayon davomida muzqaymoqning tarkibi oʻzgarib, bakteriyalarni oʻziga jalb qilish xususiyati ortadi. Afsuski, bugun koʻchada ruxsat etilmagan idishlarda muzqaymoq sotish holatlari kuzatilmoqda.
“Tabiiyki, muzqaymoq solingan idishlar muzlatgich imkoniyatiga ega emas. Shu sababli ichidagi mahsulotni yetarli darajada salqin va sifatli saqlab berolmasligi ham bor gap. Bugungi kunda yoʻl-yoʻlakay sotilayotgan muzqaymoqlar koʻpaydi. Oxirgi paytlarda ana shu mahsulotlardan isteʼmolchilarning zaharlanish holatlari yuzaga kelmoqda. Koʻcha-koʻyda sotilayotgan muzqaymoq solingan aksariyat idishlar bugungi kunda sanitariya-gigiyena talablariga javob bermaydi. Bunday plastik idishlarni esa kimoviy usulda zararsizlantirish imkoniyati ham mavjud emas”,
deyiladi xabarda.
Takidlanishicha, zaharlanish holatlarining oldini olish maqsadida nazorat reyd tadbirlarini olib borilmoqda. Qoʻmita tomonidan mahsulotlardan nazorat tahlili olinganida koʻchada sotilayotgan muzqaymoq tarkibida stalifilokokk bakteriyasi aniqlangan. Koʻp hollarda stafilokokk ikkilamchi infeksiyalarning rivojlanishiga sabab boʻladi. Patogen stafilokokk tushgan sut va sut mahsulotlari — tort, muzqaymoq va boshqa oziq-ovqatlarni isteʼmol qilganda kishi zaharlanishi mumkin.
Qoʻmitaga koʻra, yoʻl-yoʻlakay sotilayotgan muzqaymoqlarning qachon va qayerda, qanday sharoitda ishlab chiqarilgani, tarkibi, saqlash muddati hamda sharoiti toʻgʻrisida hech qanday maʼlumot yoʻq. Shuningdek, bu mahsulotni sotayotgan sotuvchilar maxsus kiyim-bosh bilan taʼminlanmagan va ularning tibbiy koʻrikdan oʻtgani toʻgʻrisida maxsus yuritiladigan daftari ham mavjud emas. Talabga koʻra, maishiy xizmat koʻrsatuvchi korxonalar, savdo shoxobchalari va oziq-ovqat mahsulotlari savdosi bilan shugʻullanadigan xodimlar har olti oyda tibbiy koʻrikdan oʻtib turishlari zarur.
“Muzqaymoq asab va oshqozon-ichak faoliyatining bir maromda kechishida foydali, ammo bu mahsulotni tayyorlashda sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilish juda zaruriy omildir. Avvalo sut mahsulotining qayerdan olib kelingan, veterinariya ekspertizasidan oʻtib, maʼlumotnomaga ega boʻlganmi, shuningdek, epidemiologik vaziyati yaxshi sigirlardan olinganmi, shularga diqqat qaratish darkor.
Muzqaymoqni tayyorlaganda, albatta, zarur texnologik jarayonlarga amal qilish, shaxsiy gigiyena qoidalarini qatʼiy bajarish kerak. Agar ishchi-xodimlar yuqori nafas kasalliklari — tonzillit, gaymorit, stomatit bilan kasallangan boʻlsa, bu ishchilarni vaqtinchalik ishdan ozod qilib, davolangandan keyin qabul qilish maqsadga muvofiq boʻladi”,
deyiladi ogohlantirish bayonotida.
Bundan tashqari, qoʻmita tozalikni saqlash boʻyicha ishchilar orasida tez-tez profilaktika tadbirlarini oʻtkazib turish zarurligini eslatib oʻtgan.
Oʻzbekiston
30.07.2024, 11:56
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Masʼullarning masʼuliyatsizligi bogʻcha bolalarining boshiga bolgʻa boʻlyapti
Oʻzbekiston
24.02.2026, 12:04

Qorakoʻlda 20 nafar abituriyent zaharlanishi yuzasidan SSB rasmiy munosabat bildirdi
Oʻzbekiston
12.01.2026, 09:57

Bolalar orasida ogʻir va oʻta ogʻir darajada kasallanganlar mavjud emas — Bosh prokuratura
Oʻzbekiston
29.09.2025, 14:00

Piskent va Boʻka tumanlaridagi bogʻchalarda bolalar zaharlandi
Oʻzbekiston
25.09.2025, 11:20

Buxoroda konserva mahsulotidan zaharlangan kelin vafot etdi
Oʻzbekiston
03.02.2025, 15:18

Turkiyada zaharlanish ortidan 14 nafar oʻzbekistonlik vafot etdi
Jahon
17.01.2025, 15:57
Mashhur yangiliklar

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Toshkent osmonida nomaʼlum yorqin jism kuzatildi
Fan-texnologiya
20.02.2026, 12:06
So‘nggi yangiliklar

2026 yilgi "Oskar" mukofoti gʻoliblari eʼlon qilindi
Madaniy
17.03.2026, 12:43

Turkiyada oʻzbekistonlik ayol 4-qavatdan tushib ketdi
Oʻzbekiston
17.03.2026, 11:01

Islom sivilizatsiyasi markazining ochilish marosimi 17 mart kuni boʻlib oʻtadi
Oʻzbekiston
17.03.2026, 10:18

Isroil urushni tugatish shartlarini maʼlum qildi
Jahon
17.03.2026, 10:01

Oʻzbekiston Eronga gumanitar yordam joʻnatdi
Oʻzbekiston
17.03.2026, 09:57

Nega Isroil Livanga ham zarba bermoqda?
Jahon
16.03.2026, 13:52

Sunʼiy intellektdan foydalanish boʻyicha etika qoidalari tasdiqlandi
Fan-texnologiya
16.03.2026, 10:43

“Normandiyada bir yil” – Devid Xoknining 70 metrlik asari taqdim etildi
Madaniy
16.03.2026, 07:48

Xitoy falaj bemorlar uchun miya implantlarini sotuvga chiqarmoqda
Jahon
15.03.2026, 09:52

AQSh Eron rahbarlari haqidagi maʼlumot uchun mukofot eʼlon qildi
Jahon
14.03.2026, 15:11

Dunyo iqtisodiyotining 49 foiziga Osiyo egalik qiladi
Iqtisodiyot
14.03.2026, 13:46

Urushning badalini kim toʻlaydi?
Jahon
14.03.2026, 12:26
Mashhur yangiliklar

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Toshkent osmonida nomaʼlum yorqin jism kuzatildi
Fan-texnologiya
20.02.2026, 12:06
