Oʻzbekistonda paqildoqlardan foydalanishga ruxsat beriladi

Oʻzbekistonda pirotexnika buyumlari xavflik darajasiga koʻra 5 ta toifaga boʻlinmoqda. Qonunga koʻra, I toifaga kiruvchi, xavfli hudud radiusi 0,5 metrdan oshmaydigan pirotexnika buyumlari erkin muomalada boʻladi. Qolgan toifadagi pirotexnika vositalari muomalasi taqiqlanmoqda.

Ulashish:

1 noyabr kuni Senatning oʻn birinchi yalpi majlisida «Pirotexnika buyumlarining muomalasi toʻgʻrisida»gi qonun koʻrib chiqildi.

Qonun quyi palatada 15 iyul kuni birinchi oʻqishda, 29 iyul kuni esa ikkinchi va uchinchi oʻqishda qabul qilingandi.

Muhokama qilinayotgan qonun bilan pirotexnika buyumlari tushunchasi ochib berilib, pirotexnik tarkibning yonishi (portlashi) yordamida optik, akustik, elektr va boshqa vizual effektlarni hosil qilish uchun moʻljallangan qurilmalar pirotexnika buyumlari toifasiga kirishi, pirotexnika buyumlari ularning xavflilik zonasi, shu jumladan atrofdagi fazoning zararlanish darajasidan kelib chiqib, xavflilikning I — V sinflariga boʻlinishi belgilanmoqda.

Pirotexnika buyumlarining erkin va cheklangan muomalasi belgilab qoʻyilmoqda. Jumladan, qonun bilan xavflilikning I toifasiga kiruvchi pirotexnika vositalari, yaʼni bengal mayoqchalari, stol fontanlari, xlopushka kabi xavfli hudud radiusi 0,5 metrdan oshmaydigan pirotexnika buyumlari erkin muomalada boʻlishi aniq qayd etilmoqda.

Yaʼni, mazkur toifaga kiruvchi pirotexnika buyumlarini ishlab chiqarish, ularni saqlash, foydalanish va boshqa turdagi harakatlar uchun hech qanday taqiq boʻlmaydi.

Xavflilikning II toifasiga kiruvchi pirotexnika vositalari, yaʼni petardalar, ochiq maydonlarda foydalanishga moʻljallangan pirotexnik fontanlar kabi xavfli hudud radiusi 5 metrgacha boʻlgan pirotexnika buyumlari fuqarolar va jamoat xavfsizligiga yuqori xavf manbai hisoblanishi sababli, ularning muomalasi fuqarolar va yuridik shaxslar uchun toʻliq taqiqlanishi belgilanmoqda.

Xavflilikning II — V sinflariga kiruvchi pirotexnika buyumlarini jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan ishlab chiqarish, tayyorlash, Oʻzbekiston hududiga olib kirish, tashish, joʻnatish, oʻtkazish, sotib olish, saqlash va ulardan foydalanish taqiqlanmoqda. Biroq davlat ishtirokidagi mudofaa sanoati korxonalari tomonidan ishlab chiqarishga, tayyorlashga, saqlashga, tashishga va oʻtkazishga ruxsat berilmoqda.

Maʼlumot uchun:

  • xavflilikning III toifasiga — xavfli hudud radiusi 20 metrdan oshmaydigan pirotexnik sharlar, mushakbozlik batareyalari kabi qurilmalar;
  • xavflilikning IV toifasiga — xavfli hudud radiusi 20 metrdan yuqori boʻlgan park feyerverklari, balandlikda foydalaniladigan feyerverklar va boshqalar;
  • xavflilikning V toifasiga kiruvchi pirotexnika buyumlari gidrometeorologik, qutqaruv va boshqa maxsus maqsadlarga moʻljallangan buyumlar, jumladan, raketalar, signal mashʼallari, temir yoʻl petardalari kiradi.

Xavflilikning III — V sinflariga kiruvchi pirotexnika buyumlarini mushakbozlik tashkil etilishi belgilangan ommaviy tadbirlar oʻtkazish maqsadida, xavflilikning II — V sinflariga kiruvchi pirotexnika buyumlarini sanoat va harbiy maqsadlarda Oʻzbekiston hududiga olib kirishga, tashishga, saqlashga va ulardan foydalanishga ruxsat berilishi belgilanmoqda.

Pirotexnika buyumlarining mushakbozlik tashkil etilishi belgilangan ommaviy tadbirlarni oʻtkazish maqsadidagi muomalasi aniq belgilab qoʻyilmoqda.

Xususan, xavflilikning III — V sinflariga kiruvchi pirotexnika buyumlarini Oʻzbekiston prezidentining yoki Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq mushakbozlik tashkil etilishi belgilangan ommaviy tadbirlar oʻtkazish maqsadida Oʻzbekiston hududiga olib kirish, tashish, saqlash va ulardan foydalanish Mudofaa vazirligi tomonidan amalga oshirilishi, shuningdek, pirotexnika buyumlarini Oʻzbekiston hududiga olib kirish, tashish, saqlash va ulardan foydalanish tartibi Oʻzbekiston Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanishi nazarda tutilmoqda.

Pirotexnika buyumlarining muomalasi ustidan davlat nazorati Oʻzbekiston Milliy gvardiyasi, ichki ishlar va bojxona organlari tomonidan amalga oshirilishi mustahkamlanmoqda.

Shu bilan birga, pirotexnika buyumlarining muomalasi ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi davlat organlari pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish, tayyorlash, Oʻzbekiston hududiga olib kirish va uning hududidan olib chiqish, tashish, oʻtkazish, sotib olish, saqlash va ulardan foydalanish holatlarini aniqlash hamda ularga barham berish, shuningdek, aybdor shaxslarni qonunda belgilangan javobgarlikka tortish boʻyicha chora-tadbirlarni oʻz vakolatlari doirasida amalga oshirishi belgilanmoqda.

Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga pirotexnika buyumlaridan noqonuniy foydalanganlik (185−1-modda) uchun belgilangan maʼmuriy jazo chorasi kuchaytirilmoqda. Jumladan, ushbu turdagi qonunbuzarlik uchun amaldagi bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdordagi jarima jazosi — bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravaridan 25 baravarigacha oshirilmoqda.

Oltinchidan, muhokama qilinayotgan Qonun bilan «Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida»gi, «Qurol toʻgʻrisida»gi, «Davlat boji toʻgʻrisida»gi va «Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida»gi qonunlarga pirotexnika buyumlari muomalasi boʻyicha litsenziya va ruxsatnoma turi bekor qilinayotganligi munosabati bilan tegishli oʻzgartirishlar kiritilmoqda.

Qonunchilik palatasida qonun loyihasiga portativ lazer nurlantirgichlarning noqonuniy aylanmasi uchun maʼmuriy javobgarlikni joriy etish taklifi kiritilayotgani aytilgandi. Senatdagi muhokamada ushbu norma haqida gapirilmadi.

Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.

Oʻzbekiston

01.11.2025, 15:12

Ulashish:

So‘nggi yangiliklar

Nega plastik kartalardan pul yechib olinmoqda?

Soʻnggi kunlarda fuqarolardan plastik kartalaridan ularning xabari va roziligisiz pul mablagʻlari yechib olinayotgani haqida koʻplab murojaatlar kelib tushmoqda. Eʼtiborli jihati shundaki, jabrlanuvchilar hech qanday shubhali fayllarni yuklamagan, SMS-kodlarni kiritmagan va shaxsiy maʼlumotlarini hech kimga taqdim etmagan.

Oʻzbekiston

09.12.2025, 11:39

Hayotingizda Konstitutsiyaning roli qanday?

Oʻzbekiston Konstitutsiyasining 33 yilligi munosabati bilan ijodiy guruhimiz koʻchada yurtdoshlar oʻrtasida kichik soʻrovnoma oʻtkazdi. Soʻrovnoma davomida fuqarolarning Konstitutsiya haqidagi bilimi, unga boʻlgan munosabati va shaxsiy fikrlari oʻrganildi. 

Oʻzbekiston

09.12.2025, 10:14

Toshkentda yoʻl harakatini boshqarish boʻyicha yangi markaz ish boshlaydi

Toshkent shahrida yoʻl harakatini boshqarish va tirbandliklarni kamaytirish maqsadida yangi Yoʻl harakatini tashkil etish markazi tashkil etiladi. Shuningdek, poytaxt infratuzilmasini rivojlantirish doirasida Xitoy bankdan 271 mln dollar kredit jalb qilinib, 2030 yilgacha 150 ming oʻrinli toʻxtash joylari barpo etilib, Toshkent metropoliteni uzunligi 103 kilometrgacha yetkaziladi hamda piyodalar va velosiped yoʻlaklari kengaytiriladi.

Oʻzbekiston

09.12.2025, 09:01

Konstitutsiya kuni munosabati bilan jazo muddatini oʻtayotgan 615 nafar mahkum afv etildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi munosabati bilan “Jazo muddatini oʻtayotgan, qilmishidan chin dildan pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga qatʼiy oʻtgan bir guruh shaxslarni afv etish toʻgʻrisida”gi farmonni imzoladi.

Oʻzbekiston

08.12.2025, 11:58

Oʻzbekistonda taqiqlangan va cheklov qoʻyilgan tovarlar roʻyxati ochiqlanadi

Oʻzbekiston hududiga olib kirish, olib chiqish va tranzit orqali oʻtkazish taqiqlangan tovarlar boʻyicha yagona elektron ochiq reyestr joriy etiladi. Yangi tizim har bir fuqaro va tadbirkor uchun ochiq tarzda mavjud boʻladi.

Iqtisodiyot

08.12.2025, 10:15

Oʻzbekistonda bank kartalari soni keskin oshib bormoqda

Oʻtgan uch yil davomida mamlakatda muomaladagi bank plastik kartalari soni ikki barobarga oshdi. Shu bilan birga, toʻlov terminallari miqdori qisqarib borayotgan boʻlsa-da, bankomatlar va infokiosklar soni oʻsishda davom etmoqda.

Oʻzbekiston

08.12.2025, 09:26

Toshkent metro bekatlarida kassalar 9 dekabrdan yopiladi

Toshkent metropolitenida bir qator bekatlarda kassalar faoliyati toʻxtatilmoqda. 2025 yil 9 dekabrdan boshlab jami 16 ta bekatda kassalar yopilib, ularning oʻrnida QR-kodli chiptalar beruvchi zamonaviy infokioskalar ishga tushiriladi.

Oʻzbekiston

06.12.2025, 15:58

Tojikistonning Rogʻun GESi — dunyodagi eng baland qurilayotgan mega-loyiha

1991 yildan keyin Tojikistonda boshlangan inqiroz va fuqarolik urushi mamlakatdagi yirik infratuzilma loyihalarini, jumladan Rogʻun GESi qurilishini tubdan izdan chiqardi. Qurilish maydoni talon-taroj qilindi, uskunalar vayron boʻldi, koʻplab muhandislar mamlakatdan chiqib ketishga majbur boʻldi. Natijada balandligi 335 metrga yetishi koʻzda tutilgan Rogʻun toʻgʻoni bir necha yil davomida «tugallanmagan gigant» sifatida qolib ketdi.

Siyosat

06.12.2025, 13:46

SPID haqida 10ta notoʻgʻri qarash

Soʻnggi oʻttiz–qirq yil davomida dunyoda VICh/SPID boʻyicha ulkan ilmiy yutuqlar qoʻlga kiritildi. Virusning tabiati toʻliq oʻrganildi, tashxis qoʻyish texnologiyalari takomillashdi, zamonaviy antiretrovirus terapiyasi (ARVT) esa VICh bilan yashovchi millionlab insonlarga uzoq va sifatli hayot berish imkonini yaratdi. Biroq texnologiyalar va tibbiy bilimlar rivojlanishiga qaramay, jamiyat ongidagi eski tasavvurlar va mish-mishlar hali ham kuchli.

Oʻzbekiston

06.12.2025, 12:26

Shimoliy Orolda suv hajmi 42 foizga oshdi: dengiz ekotizimi tiklanmoqda

Maʼlumotlarga koʻra, oʻtgan yillar davomida dengizda muhim ekologik oʻzgarishlar kuzatilmoqda. Jumladan, suvning shoʻrlanish darajasi deyarli toʻrt barobar kamaygan, yillik baliq ovlash hajmi 8 ming tonnaga yetgan va avvaliga yoʻqolib ketgan turlar qayta tiklana boshlagan. Ekotizim bosqichma-bosqich yaxshilanib bormoqda.

Jahon

06.12.2025, 11:12

Oʻzbekistonda eko-stiker tizimi qachondan amal qiladi?

Ekologik nazoratni kuchaytirish va shaharlarda havo sifatini yaxshilash maqsadida eko-stiker tizimi joriy etilmoqda. Qizil toifaga kiruvchi avtomobillar ayrim markaziy hududlarga umuman kiritilmaydi, sariq toifadagi transport vositalari uchun ekologik holatdan kelib chiqib qisman cheklovlar joriy etiladi. Yashil toifadagi avtomobillar esa belgilangan hududlarda erkin harakatlanishi mumkin.

Oʻzbekiston

05.12.2025, 17:01

AQSh 2026 yilgi Jahon chempionati xavfsizligi uchun qancha mablagʻ ajratadi?

AQSh hukumati 2026 yilgi futbol boʻyicha Jahon chempionati davomida xavfsizlikni taʼminlash uchun 1 milliard dollardan koʻproq federal mablagʻ yoʻnaltiradi. Maʼlumot uchun, 2026 yilgi Jahon chempionati 11 iyun – 19 iyul kunlari AQSh, Kanada va Meksika mezbonligida oʻtkaziladi. 

Jahon

05.12.2025, 16:06