Oʻzbekistonda temiryoʻl chiptalari narxi yana oshirildi
2025 yil 1 fevralidan boshlab "Afrosiyob" tezyurar poyezdining chipta narxlari 25 foizga, "Sharq", "Nasaf", "Oʻzbekiston" poyezdlarining chipta narxi esa 30 foizga qimmatlashmoqda. Bu haqda "Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ matbuot xizmati xabar qildi.
Oʻzbekiston
06.01.2025, 10:31
Ulashish:

Oʻzbekistonda temiryoʻl chiptalari narxi yana oshirildi
Unga koʻra, "Afrosiyob" elektropoyezdlarning Toshkent – Buxoro yoʻnalishida eng arzon chipta narxi 484 ming soʻm, Toshkent – Qarshi yoʻnalishida eng arzon chipta 406 ming soʻm, Toshkent –Samarqand yoʻnalishida harakatlanadigan "Afrosiyob" poyezdining eng arzon chipta narxi esa 294 ming soʻmni tashkil etadi.
"Tashkilot oshirilgan chipta narxlarining puliga temir yoʻl infratuzilmasi, elektr energiya, yoqilgʻi va transport xarajatlarini qoplash, shuningdek yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdlarni xarid qilish va yoʻlovchi vagonlari parkini yangilash, temiryoʻl vokzallari faoliyatini yangicha zamonaviy talablarga muvofiq olib borish va yoʻlovchilarga sifatli xizmat koʻrsatishni maqsad qilgan", deyiladi xabarda.
Eslatib oʻtamiz, 2024 yilning yoz oylarida mahalliy va xorijiy sayyohlar Oʻzbekistonda harakatlanayotgan poyezdlarining talabga javob bermasligini, elektron chiptani sotib olishdagi muammolar va poyezdlar haqida saytda berilgan maʼlumotlar asliyatga toʻgʻri kelmasligini bir necha bora aytib chiqqan edi.
Maʼlumot uchun, 2024 yilning oʻzida Oʻzbekiston temir yoʻl chiptalarining narxlariga 3 marotaba oʻzgartirishlar kiritilgan. Oxirgi oʻzgartirish oʻtgan yilning 1 iyulida mahalliy yoʻnalishlardagi yoʻlovchi poyezdlar — "Nasaf", "Sharq", "Oʻzbekiston" poyezdlari chipta narxlarining tarif qismi 25 foizga oshirilgan edi.
Oʻzbekiston
06.01.2025, 10:31
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Endi "Afrosiyob" tezyurar poyezdlarining har bir vagonida Wi-Fi xizmati mavjud
Oʻzbekiston
20.08.2025, 19:21

"Afrosiyob" poyezdining yoʻliga beton toʻsiq qoʻyildi
Oʻzbekiston
18.01.2025, 11:07
Mashhur yangiliklar

Jeffri Epshteyn ishi: oshkor etilgan fayllar va elita bilan aloqalar
Jahon
03.02.2026, 16:44

Chorvoqdagi “Sea Breeze” loyihasining qurilishi qonunga zidmi?
Oʻzbekiston
06.02.2026, 08:01

Yangi kitob: “Erkin millat poydevori”
Madaniy
13.02.2026, 10:18

Markaziy Osiyoda yirik loyiha: Tashkent Marketing Forum 2026
Iqtisodiyot
12.02.2026, 15:31

15 million aholining maʼlumotlari sizdirilgani haqidagi xabarlarga rasmiy munosabat bildirildi
Oʻzbekiston
04.02.2026, 09:52

2026 yilgi Ramazon oyi sanasi eʼlon qilindi
Oʻzbekiston
07.02.2026, 20:00
So‘nggi yangiliklar

Dubay xalqaro aeroportidagi uzilishlar iqtisodiyotga jiddiy zarba bermoqda
Iqtisodiyot
04.03.2026, 16:47

Ayollar koloniyasidagi mahkumalar chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi
Oʻzbekiston
04.03.2026, 15:05

“ChatGPTdan voz keching” – OpenAI modellariga boykot avj olmoqda
Jahon
04.03.2026, 13:11

Homilador talabalarga “ikkinchi imkoniyat” yaratiladi
Ta'lim
04.03.2026, 11:59

Tibbiyot oliygohlarida superkontrakt bekor qilinishi mumkin
Ta'lim
04.03.2026, 10:02

Pedofillar umrbod ozodlikdan mahrum qilinadi — Prezident farmoni
Oʻzbekiston
04.03.2026, 06:16

"Oʻldi"ga chiqarilgan Netanyaxu Berlindan qaytdi
Jahon
03.03.2026, 22:47

Isroil Livanda “Hizbulloh”ga qarshi quruqlikdan operatsiyalar boshladi
Jahon
03.03.2026, 17:39

Oʻqituvchilarga sertifikat olish uchun subsidiya beriladi
Oʻzbekiston
03.03.2026, 17:25

Krishtiano Ronaldu Saudiya Arabistonidan chiqib ketdi.
Sport
03.03.2026, 16:33

Siyosat tutuni: iqlim oʻzgarishi omillari
Jahon
03.03.2026, 15:36

"Sirena chalsa darhol bunkerga kiring". Isroildagi oʻzbekistonliklar ogohlantirildi
Jahon
03.03.2026, 09:48
Mashhur yangiliklar

Jeffri Epshteyn ishi: oshkor etilgan fayllar va elita bilan aloqalar
Jahon
03.02.2026, 16:44

Chorvoqdagi “Sea Breeze” loyihasining qurilishi qonunga zidmi?
Oʻzbekiston
06.02.2026, 08:01

Yangi kitob: “Erkin millat poydevori”
Madaniy
13.02.2026, 10:18

Markaziy Osiyoda yirik loyiha: Tashkent Marketing Forum 2026
Iqtisodiyot
12.02.2026, 15:31

15 million aholining maʼlumotlari sizdirilgani haqidagi xabarlarga rasmiy munosabat bildirildi
Oʻzbekiston
04.02.2026, 09:52

2026 yilgi Ramazon oyi sanasi eʼlon qilindi
Oʻzbekiston
07.02.2026, 20:00
