Tramp va Zelenskiy o‘rtasidagi suhbat katta janjalga aylanib ketdi

Kecha, 28-fevral kuni Oq uyda ko‘rishgan Amerika Prezidenti Donald Tramp hamda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘rtasidagi suhbat katta dahaki jangga aylanib ketdi. Voqealar qanday kechgani haqida "BBC news" ma’lum qildi.

Трамп ва Зеленский ўртасидаги суҳбат катта жанжалга айланиб кетди

Трамп ва Зеленский ўртасидаги суҳбат катта жанжалга айланиб кетди

Qayd etilishicha, AQSH Prezidenti Donald Tramp va mamlakat Vitse-prezidenti Vens suhbat davomida bir necha marotaba Ukraina Prezidenti Zelenskiyga qarshi fikr bildirib, unga nisbatan hurmatsizlik ko‘rsatgan. 

Oqibatda uchrashuv davomida katta ehtimol bilan imzolanishi kerak bo‘lgan Amerika va Ukraina o‘rtasidagi nodir metallarga doir shartnoma imzolanmay qolgan. 

Katta tortishuvdan so‘ng Donald Tramp darhol o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida Ukraina Prezidenti Zelenskiyga qarata "u tinchlikka tayyor emas" deya post joyladi.

"Bugun bizda juda muhim suhbat bo‘ldi. Biz ko‘p narsalarni o‘rgandik. Hissiyotlar ichida nimani tushunish mumkinligini ko‘rish hayratlanarli. Va men shunga ishonamanki, Prezident Zelenskiy AQSH ishtirokidagi tinchlikka tayyor emas.

Men imtiyozlarni xohlamayman, tinchlikni xohlayman. Oval ofisida hurmat bor. U tinchlikka tayyor bo‘lganda qaytib kelishi mumkin", deya yozgan Tramp.

Zelenskiy esa suhbatdan ko‘p o‘tmay Oq uyni tark etgan va jurnalistlarga hech qanday izoh bermagan. Bir soat o‘tgach, uning X’dagi sahifasida muzokaralarning muvaffaqiyatsizligi haqida hech narsa bildirilmagan post paydo bo‘ldi. 

"Rahmat Amerika, qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun tashakkur, ushbu tashrif uchun rahmat. Rahmat AQSH prezidenti, Kongress va Amerika xalqi. Ukrainaga uzoq muddatli adolatli tinchlik kerak, va biz aynan shu maqsadda ishlayapmiz", deya yozadi Ukraina Prezidenti.

Mavzuga oid yangiliklar

Men shaxsan 15 may kuni Putinni Istanbulda kutaman — Zelenskiy

Men shaxsan 15 may kuni Putinni Istanbulda kutaman — Zelenskiy

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 15 may kuni Istanbulda Rossiya rahbari Vladimir Putin bilan bevosita muzokaralar oʻtkazishga tayyor ekanini maʼlum qildi.

Jahon

12.05.2025, 13:06

Tramp Putin va  Zelenskiyni qattiq tanqid qildi. U Putinni mutlaqo aqldan ozgan deb atadi

Tramp Putin va  Zelenskiyni qattiq tanqid qildi. U Putinni mutlaqo aqldan ozgan deb atadi

AQSh prezidenti Donalʼd Tramp Rossiya yetakchisi Vladimir Putindan norozi ekanini aytdi, bu bayonot Rossiyaning uchuvchisiz uchoqlarining Ukraina shaharlariga ommaviy hujumlari fonida yangradi. 

Jahon

26.05.2025, 14:00

Putin Tramp bilan uchrashadimi?

Putin Tramp bilan uchrashadimi?

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin mamlakatning Sochi shahrida boʻlib oʻtgan "Valday" xalqaro munozara klubining 21-yigʻilishida ishtirok etib, Trampni AQSh prezidentlik saylovidagi gʻalabasi bilan tabrikladi va uni "Jasur odam" deb aytdi. 

Jahon

08.11.2024, 11:40

Zelenskiy: Putin maqsadiga erisholmadi, biz Ukrainani saqlab qoldik

Volodimir Zelenskiy urushning toʻrt yilligi munosabati bilan murojaat qilib, Ukraina Rossiya bosqinidan buyon mustaqilligini himoya qilayotganini va tinchlik yoʻlida xalq qurbonliklariga xiyonat qilmasligini bildirdi.

Jahon

25.02.2026, 13:51

Zelenskiy Rossiyaga qarshi operatsiyani maʼqulladi

Zelenskiy Rossiyaga qarshi operatsiyani maʼqulladi

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy mamlakat Xavfsizlik xizmati rahbari Vasiliy Malyukning Rossiyaga qarshi operatsiya rejasini maʼqulladi. Bu haqda u oʻzining Telegram sahifasida maʼlum qildi.

Jahon

09.10.2025, 14:00

Украина ўттиз кунлик сулҳга рози бўлди

Ukraina o‘ttiz kunlik sulhga rozi bo‘ldi

Kecha, 11-mart kuni Saudiya Arabistonining Jidda shahrida AQSh hamda Ukraina delegatsiyalari o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Ukraina Prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Siyosat

12.03.2025, 10:38

So‘nggi yangiliklar

Sunʼiy intellektdan foydalanish boʻyicha etika qoidalari tasdiqlandi

Adliya vazirligi Sunʼiy intellektga asoslangan yechimlarni yaratish, joriy qilish va ulardan foydalanish boʻyicha etika qoidalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazdi.

Fan-texnologiya

16.03.2026, 10:43

“Normandiyada bir yil” – Devid Xoknining 70 metrlik asari taqdim etildi

Normandiyadagi fasllar almashinuvidan ilhomlanib yaratilgan mazkur asar Londondagi yangi nufuzli koʻrgazmaning asosiy durdonasi sifatida taqdim etildi.

Madaniy

16.03.2026, 07:48

Xitoy falaj bemorlar uchun miya implantlarini sotuvga chiqarmoqda

Xitoy birinchi miya implantini tijoriy foydalanish uchun maʼqullagan bir paytda, Ilon Mask shu yilning oʻzidayoq sinovdan oʻtgan “Neuralink” qurilmalarini ommaviy ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.

Jahon

15.03.2026, 09:52

AQSh Eron rahbarlari haqidagi maʼlumot uchun mukofot eʼlon qildi

AQSh Davlat departamenti “Adolatga yordam uchun mukofot” dasturi doirasida Eron Islom inqilobi muhofizlari korpusining asosiy rahbarlari haqida maʼlumot berganlar uchun 10 million dollargacha mukofot eʼlon qildi.

Jahon

14.03.2026, 15:11

Dunyo iqtisodiyotining 49 foiziga Osiyo egalik qiladi

Prognozlarga koʻra, jahon iqtisodiyoti 2026 yilda xarid qobiliyati pariteti (XQP) boʻyicha oʻlchanganda taxminan 219 trillion dollarga yetadi. 

Iqtisodiyot

14.03.2026, 13:46

Urushning badalini kim toʻlaydi?

Mintaqada davom etayotgan harbiy mojarolar fonida Isroil harbiy aviatsiyasi va havo hujumidan mudofaa tizimlari uchun yana bir kutilmagan omil — koʻchib yuruvchi qushlar migratsiyasi qoʻshimcha muammolarni keltirib chiqarmoqda.

Jahon

14.03.2026, 12:26

Endi Nepalni reper boshqarishi mumkin: Balendra Shoh saylovda eng koʻp ovoz toʻpladi

2025 yil sentabrida Nepalda Z-avlod qoʻzgʻoloni boshlangan edi. Tarixdagi ilk Z-avlodi qoʻzgʻoloni mamlakat siyosiy doiralarini larzaga keltirib, muvaqqat hukumat tuzilishiga olib kelgan.

Jahon

14.03.2026, 09:45

AQSh Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni yumshatdi

Yaqin Sharqdagi mojaro ortidan yuzaga kelgan energiya inqirozi fonida AQSh Rossiya neftiga nisbatan sanksiyalarni vaqtincha yumshatdi. 

Iqtisodiyot

13.03.2026, 17:21

Aliment toʻlovchilarga yengillik boʻlishi mumkin

Prezident yigʻilishlardan birida aliment toʻlovchilarning chet elga chiqishidagi cheklovlar masalasiga toʻxtalib, mutasaddilarga bu muammoni chuqur oʻrganib, tegishli takliflar kiritishni topshirdi.

Oʻzbekiston

13.03.2026, 15:02

Toshkent viloyatidagi yopiq muassasalarda monitoring oʻtkazildi

Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (Ombudsman)ning Toshkent viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan bir qator yopiq muassasalarda monitoring tashriflari amalga oshirildi.

Oʻzbekiston

13.03.2026, 14:47

“Urush vaziri ishdan boʻshatilishi kerak” — AQSh senatori

AQSh harbiylari Eronning Minab shahrida joylashgan qizlar boshlangʻich maktabiga xatolik sabab zarba bergan. Oʻshanda 168 nafar oʻquvchi va 14 nafar oʻqituvchi halok boʻlgan edi.

Jahon

13.03.2026, 12:20

Rossiya Eronga yordam berishni boshladi

Rossiya TIV vakili Mariya Zaxarova Eron va boshqa doʻst davlatlarga gumanitar yordam yetkazib berish ishlari allaqachon tashkil etilganini maʼlum qildi.

Jahon

13.03.2026, 12:01