Men shaxsan 15 may kuni Putinni Istanbulda kutaman — Zelenskiy

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 15 may kuni Istanbulda Rossiya rahbari Vladimir Putin bilan bevosita muzokaralar oʻtkazishga tayyor ekanini maʼlum qildi.

Men shaxsan 15 may kuni Putinni Istanbulda kutaman — Zelenskiy

Men shaxsan 15 may kuni Putinni Istanbulda kutaman — Zelenskiy

Zelenskiy bu haqda oʻzining Telegram-kanalida yozib, "Payshanba kuni Turkiyada Putinni kutaman. Shaxsan. Umid qilamanki, bu safar rossiyaliklar yana bahona qidirmaydi", deya taʼkidlagan. 

Shuningdek, prezident bugun, 12 maydan boshlab toʻliq oʻt ochishni toʻxtatish kerakligini qayd etgan. "Qon toʻkilishini choʻzishning foydasi yoʻq", dedi u. Biroq, Kiyev ilgari talab qilganidek, Moskva kamida 30 kunlik sulh eʼlon qilishi kerakmi-yoʻqmi, bu borada Zelenskiy oʻzining soʻnggi bayonotida aniqlik kiritmadi. 

Bundan biroz oldin esa, AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya prezidentini 15 maydagi Istanbuldagi bevosita muzokaralarga zudlik bilan rozi boʻlishga chaqirdi. 

Trampning fikricha, bu uchrashuv davomida "bitim tuzish imkoniyati bormi-yoʻqmi" degan savolga javob olishi mumkin boʻladi. Agar imkon boʻlmasa, Yevropa va AQSh yetakchilari vaziyatning qaysi bosqichda ekanini aniq bilib, shunga mos ravishda harakat qiladi. 

Avvalroq Ukraina va uning Yevropadagi ittifoqchilari, jumladan Germaniya va Fransiya 30 kunlik sulhni muzokaralar uchun majburiy shart sifatida belgilab, Putinning oldindan shartlarsiz 15 may kuni Turkiyada toʻgʻridan-toʻgʻri muzokara oʻtkazish taklifiga shunday javob qaytargan edi.

Mavzuga oid yangiliklar

Трамп ва Зеленский ўртасидаги суҳбат катта жанжалга айланиб кетди

Tramp va Zelenskiy o‘rtasidagi suhbat katta janjalga aylanib ketdi

Kecha, 28-fevral kuni Oq uyda ko‘rishgan Amerika Prezidenti Donald Tramp hamda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘rtasidagi suhbat katta dahaki jangga aylanib ketdi. Voqealar qanday kechgani haqida "BBC news" ma’lum qildi.

Jahon

01.03.2025, 10:19

Tramp Putin va  Zelenskiyni qattiq tanqid qildi. U Putinni mutlaqo aqldan ozgan deb atadi

Tramp Putin va  Zelenskiyni qattiq tanqid qildi. U Putinni mutlaqo aqldan ozgan deb atadi

AQSh prezidenti Donalʼd Tramp Rossiya yetakchisi Vladimir Putindan norozi ekanini aytdi, bu bayonot Rossiyaning uchuvchisiz uchoqlarining Ukraina shaharlariga ommaviy hujumlari fonida yangradi. 

Jahon

26.05.2025, 14:00

Zelenskiy: Putin maqsadiga erisholmadi, biz Ukrainani saqlab qoldik

Volodimir Zelenskiy urushning toʻrt yilligi munosabati bilan murojaat qilib, Ukraina Rossiya bosqinidan buyon mustaqilligini himoya qilayotganini va tinchlik yoʻlida xalq qurbonliklariga xiyonat qilmasligini bildirdi.

Jahon

25.02.2026, 13:51

Zelenskiy Rossiyaga qarshi operatsiyani maʼqulladi

Zelenskiy Rossiyaga qarshi operatsiyani maʼqulladi

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy mamlakat Xavfsizlik xizmati rahbari Vasiliy Malyukning Rossiyaga qarshi operatsiya rejasini maʼqulladi. Bu haqda u oʻzining Telegram sahifasida maʼlum qildi.

Jahon

09.10.2025, 14:00

Turkiya AQSh va Rossiyani Istanbul aeroportida sammit oʻtkazishga chaqirdi

Turkiya AQSh va Rossiyani Istanbul aeroportida sammit oʻtkazishga chaqirdi

Istanbuldagi Otaturk aeroporti Rossiya-Ukraina urushini hal qilish boʻyicha yetakchilarning ehtimoliy sammiti oʻtkaziladigan asosiy joylardan biriga aylanishi mumkin, deb yozadi “Milliyet” gazetasi.

Jahon

18.08.2025, 15:01

Украина ўттиз кунлик сулҳга рози бўлди

Ukraina o‘ttiz kunlik sulhga rozi bo‘ldi

Kecha, 11-mart kuni Saudiya Arabistonining Jidda shahrida AQSh hamda Ukraina delegatsiyalari o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Ukraina Prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Siyosat

12.03.2025, 10:38

So‘nggi yangiliklar

Sunʼiy intellektdan foydalanish boʻyicha etika qoidalari tasdiqlandi

Adliya vazirligi Sunʼiy intellektga asoslangan yechimlarni yaratish, joriy qilish va ulardan foydalanish boʻyicha etika qoidalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazdi.

Fan-texnologiya

16.03.2026, 10:43

“Normandiyada bir yil” – Devid Xoknining 70 metrlik asari taqdim etildi

Normandiyadagi fasllar almashinuvidan ilhomlanib yaratilgan mazkur asar Londondagi yangi nufuzli koʻrgazmaning asosiy durdonasi sifatida taqdim etildi.

Madaniy

16.03.2026, 07:48

Xitoy falaj bemorlar uchun miya implantlarini sotuvga chiqarmoqda

Xitoy birinchi miya implantini tijoriy foydalanish uchun maʼqullagan bir paytda, Ilon Mask shu yilning oʻzidayoq sinovdan oʻtgan “Neuralink” qurilmalarini ommaviy ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.

Jahon

15.03.2026, 09:52

AQSh Eron rahbarlari haqidagi maʼlumot uchun mukofot eʼlon qildi

AQSh Davlat departamenti “Adolatga yordam uchun mukofot” dasturi doirasida Eron Islom inqilobi muhofizlari korpusining asosiy rahbarlari haqida maʼlumot berganlar uchun 10 million dollargacha mukofot eʼlon qildi.

Jahon

14.03.2026, 15:11

Dunyo iqtisodiyotining 49 foiziga Osiyo egalik qiladi

Prognozlarga koʻra, jahon iqtisodiyoti 2026 yilda xarid qobiliyati pariteti (XQP) boʻyicha oʻlchanganda taxminan 219 trillion dollarga yetadi. 

Iqtisodiyot

14.03.2026, 13:46

Urushning badalini kim toʻlaydi?

Mintaqada davom etayotgan harbiy mojarolar fonida Isroil harbiy aviatsiyasi va havo hujumidan mudofaa tizimlari uchun yana bir kutilmagan omil — koʻchib yuruvchi qushlar migratsiyasi qoʻshimcha muammolarni keltirib chiqarmoqda.

Jahon

14.03.2026, 12:26

Endi Nepalni reper boshqarishi mumkin: Balendra Shoh saylovda eng koʻp ovoz toʻpladi

2025 yil sentabrida Nepalda Z-avlod qoʻzgʻoloni boshlangan edi. Tarixdagi ilk Z-avlodi qoʻzgʻoloni mamlakat siyosiy doiralarini larzaga keltirib, muvaqqat hukumat tuzilishiga olib kelgan.

Jahon

14.03.2026, 09:45

AQSh Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni yumshatdi

Yaqin Sharqdagi mojaro ortidan yuzaga kelgan energiya inqirozi fonida AQSh Rossiya neftiga nisbatan sanksiyalarni vaqtincha yumshatdi. 

Iqtisodiyot

13.03.2026, 17:21

Aliment toʻlovchilarga yengillik boʻlishi mumkin

Prezident yigʻilishlardan birida aliment toʻlovchilarning chet elga chiqishidagi cheklovlar masalasiga toʻxtalib, mutasaddilarga bu muammoni chuqur oʻrganib, tegishli takliflar kiritishni topshirdi.

Oʻzbekiston

13.03.2026, 15:02

Toshkent viloyatidagi yopiq muassasalarda monitoring oʻtkazildi

Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (Ombudsman)ning Toshkent viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan bir qator yopiq muassasalarda monitoring tashriflari amalga oshirildi.

Oʻzbekiston

13.03.2026, 14:47

“Urush vaziri ishdan boʻshatilishi kerak” — AQSh senatori

AQSh harbiylari Eronning Minab shahrida joylashgan qizlar boshlangʻich maktabiga xatolik sabab zarba bergan. Oʻshanda 168 nafar oʻquvchi va 14 nafar oʻqituvchi halok boʻlgan edi.

Jahon

13.03.2026, 12:20

Rossiya Eronga yordam berishni boshladi

Rossiya TIV vakili Mariya Zaxarova Eron va boshqa doʻst davlatlarga gumanitar yordam yetkazib berish ishlari allaqachon tashkil etilganini maʼlum qildi.

Jahon

13.03.2026, 12:01