Prezident “Toshkent-Sharqiy” aeroportni borib koʻrdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev “Toshkent-Sharqiy” aerodromi negizida barpo etilgan yangi aeroportni borib koʻrdi.

Ulashish:

“Toshkent-Sharqiy” aerodromi negizidagi biznes aviatsiyasi majmuasining qurilishi 2017 yilda boshlangan edi. Pandemiya va undan keyingi qiyinchiliklardan oʻtib, nihoyat ulkan inshoot qurib bitkazildi.

Aeroportning umumiy maydoni 561 gektardan iborat. 4 kilometr uzunlikdagi uchish-qoʻnish yoʻlagi va 3 ta harakatlanish yoʻli yangilanib, eng ogʻir samolyotlarni ham qabul qilish quvvatiga ega boʻldi. 20 ta "havo kemasi"ga moʻljallangan perron barpo etildi. “Boeing 787”, “A 320” kabi samolyotlar, biznes-jetlar hamda vertolyotlar uchun angarlar qurildi. Bu ularning qishda iliq, yozda salqin saqlanishi va xavfsizligini taʼminlaydi.

Aeroportda VIP va CIP terminallar bunyod etilgan. Oliy martabali mehmonlar zalida rasmiy kutib olish, muzokaralar va brifing oʻtkazish uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Soatiga 100 nafar yoʻlovchini qabul qilish quvvatiga ega CIP terminalida doʻkon va ovqatlanish joylari boʻladi.

Muhimi, aeroport ICAO III-A toifasidagi ilgʻor radiotexnika va meteorologiya uskunalari bilan jihozlanadi. Bu noqulay ob-havo sharoitlarida ham uchish va qoʻnish imkonini beradi.

Yangi aeroport qulay joylashuvi tufayli poytaxt va Yangi Toshkent shahri uchun muhim transport xabiga aylanadi. Xalqaro tashriflar va ishbilarmonlik safarlarini amalga oshirish imkoniyatlari kengayadi, xorijiy investorlar uchun sharoitlar yaxshilanadi. Natijada iqtisodiy aloqalar va xizmat koʻrsatish sohasi yanada rivojlanib, yangi ish oʻrinlari yaratiladi.

Davlat rahbari shu yerda jamoat faollari, nuroniylar bilan suhbatlashdi.

– Koʻp yil tayyorgarlik qilib, mana shunday aeroport qurdik. Bu ham davlatchilikning yana bir zamini. Bu yerda yurtimizga keladigan mehmonlar va samolyotlarga yuqori darajada xizmat koʻrsatiladi. Natijada Toshkent xalqaro aeroportiga yuklama yengillashadi. Xudo xohlasa, u aeroport uchun ham boshqa joyda ulkan majmua qurishni rejalashtirganmiz. Umuman, hamma hududlarimizda katta-katta loyihalarni boshlaganmiz. Ilohim, tinchligimizga koʻz tegmasin, yangi inshootlar, farovonlik xalqimizga buyursin, – dedi prezident.

Oʻzbekiston

28.08.2025, 11:04

Ulashish:

Mavzuga oid yangiliklar

Prezident farmoni bilan 523 nafar shaxs afv etildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston mustaqilligining 34 yilligi arafasida “Jazo muddatini oʻtayotgan, qilmishiga chin koʻngildan pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga qatʼiy oʻtgan bir guruh shaxslarni afv etish toʻgʻrisida”gi farmonni imzoladi.

Oʻzbekiston

28.08.2025, 10:32

Sogʻliqni saqlash tizimini transformatsiya qilish boʻyicha takliflar koʻrib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 19 avgust kuni sogʻliqni saqlash tizimini transformatsiya qilish va tibbiy yordam sifatini oshirishga qaratilgan takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

Siyosat

20.08.2025, 12:05

Shavkat Mirziyoyev “Yangi Oʻzbekiston” bogʻiga yondosh qurilgan zamonaviy mehmonxonalar bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev joylardagi bunyodkorlik bilan tanishuvi chogʻida Toshkent shahridagi “Yangi Oʻzbekiston” bogʻiga yondosh qurilgan zamonaviy mehmonxonalar majmuasini ham koʻzdan kechirdi.

Siyosat

19.08.2025, 13:24

Shavkat Mirziyoyevga "Hamkorlikni rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun" ordeni bilan mukofotlandi

Shavkat Mirziyoyev yuksak mukofot uchun minnatdorlik bildirib, qardosh turkman xalqini shu kunlarda oʻtayotgan BMT konferensiyasi bilan tabrikladi.

Siyosat

05.08.2025, 13:13

Shavkat Mirziyoyevning tavallud kuni munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda

Maktublarda Oʻzbekiston prezidenti rahbarligida aholi farovonligini oshirish borasida erishilgan yuksak natijalar qayd etilgan.

Oʻzbekiston

24.07.2025, 11:24

Shavkat Mirziyoyev Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammitida nutq soʻzladi

Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammitidagi nutqi. 

Siyosat

04.07.2025, 16:28

So‘nggi yangiliklar

Xorijiy ogʻir yuk mashinalarining Oʻzbekistonda yurishi toʻlovlari qimmatladi

Xorijiy davlatlar ogʻir yukli transportlarining Oʻzbekiston hududi boʻylab yurishi uchun toʻlovlar miqdori oshirildi. 

Iqtisodiyot

28.08.2025, 17:23

Gʻazo sektoridagi Isroil hujumlari qurbonlari soni 62 895 nafarga yetdi

Soʻnggi bir sutka davomida 76 kishi halok boʻldi.

Jahon

28.08.2025, 16:19

Kanadalik fotomuxbir agentlikni Isroil tashviqotini qoʻllab-quvvatlaganlikda ayblab, Reuters agentligidan ketdi

Kanadalik fotomuxbir agentlikni Isroil tashviqotini qoʻllab-quvvatlaganlikda ayblab, Reuters agentligidan ketdi

2025 yil 26 avgustda kanadalik fotojurnalist Valeri Zink sakkiz yillik mustaqil muxbirlikdan soʻng Reuters agentligini tark etishini eʼlon qildi.

Jahon

28.08.2025, 16:13

Bentu Oʻzbekiston terma jamoasi tarixidagi 10-xorijlik murabbiy boʻladi. Avvalgi hamkasblari qanday natija koʻrsatgan?

Oʻzbekiston terma jamoasining yangi bosh murabbiyi Paulu Bentu boʻlishi tobora aniq boʻlib bormoqda.

Sport

28.08.2025, 15:34

Oʻzbekiston aholisi 38 mln kishiga yetdi

Oʻzbekistonning doimiy aholisi sonida erkaklar soni ayollarga nisbatan 273 600 nafarga koʻp.

Oʻzbekiston

28.08.2025, 15:05

Qirgʻizistondan noqonuniy olib kelingan 19 kg tilla buyumlar toʻxtatib qolindi

Tezkor tadbirda taxminiy qiymati 20 mlrd soʻmlik tilla zargarlik buyumlari ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi.

Oʻzbekiston

28.08.2025, 14:19

Timur Kapadze "Paxtakor" bosh murabbiyi boʻlishi mumkin

Portugaliyalik Paulu Bentuning Oʻzbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi boʻlishi ortidan Timur Kapadzening bosh jamoadan ketishi kutilmoqda.

Sport

28.08.2025, 13:24

Andijondagi “samosudchilar”ga qanday jazo qoʻllangani maʼlum qilindi

Andijon viloyatining Asaka tumanida bir guruh shaxslar janjallashayotgani tasvirlangan videoxabar Andijon viloyati IIB tomonidan oʻrganildi.

Oʻzbekiston

28.08.2025, 12:40

Nursulton Roʻziboyev yangi vazn toifasida jang qilmoqchi

Bu haqda MMAdagi eng nufuzli UFC ligasida jang qilayotgan sportchining oʻzi Oʻzbekistonga kelganidan keyin bergan qisqa intervyusida aytib oʻtdi.

Sport

28.08.2025, 12:07

Prezident farmoni bilan 523 nafar shaxs afv etildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston mustaqilligining 34 yilligi arafasida “Jazo muddatini oʻtayotgan, qilmishiga chin koʻngildan pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga qatʼiy oʻtgan bir guruh shaxslarni afv etish toʻgʻrisida”gi farmonni imzoladi.

Oʻzbekiston

28.08.2025, 10:32

Apple 17 taqdimoti qachon boʻlishi maʼlum qilindi

Apple 17 taqdimoti qachon boʻlishi maʼlum qilindi

Apple kompaniyasi oʻzining navbatdagi taqdimoti sanasini rasman eʼlon qildi. Taqdimot 9 sentabr kuni kompaniyaning Apple Park bosh qarorgohida boʻlib oʻtadi.

Fan-texnologiya

28.08.2025, 10:00