Gʻazo sektoridagi Isroil hujumlari qurbonlari soni 62 895 nafarga yetdi

Soʻnggi bir sutka davomida 76 kishi halok boʻldi.

Jahon

28.08.2025, 16:19

Ulashish:

2023 yil 7 oktabrdan buyon Isroil armiyasi hujumlari oqibatida Gʻazo sektorida halok boʻlgan falastinliklar soni 62 895 nafarga yetdi (27 avgust holatiga koʻra). Faqat soʻnggi bir kunda Isroil hujumlari qurbonlari 76 kishini tashkil qildi. Bu haqda Gʻazo sektori Sogʻliqni saqlash vazirligi maʼlum qildi.

Maʼlumotga koʻra, soʻnggi 24 soat ichida kasalxonalarga 76 nafar halok boʻlgan va 298 nafar yaralangan shaxs yetkazilgan.

18 martdan, yaʼni 19 yanvarda kuchga kirgan otashkesim kelishuvi buzilgandan beri Isroil hujumlari qurbonlari soni 10 050 kishiga, yaralanganlar esa 46 886 nafarga yetdi.

Soʻnggi bir kunda yordam olishga harakat qilgan 18 falastinlik halok boʻlgan, yana 106 kishi yaralangan.

Shuningdek, joriy yil 27 maydan buyon Isroil va AQSh nazoratidagi «yordam tarqatish nuqtalari»da amalga oshirilgan tizimli hujumlar natijasida 2158 kishi halok boʻlib, 15 843 nafari yaralangan.

Jami 7 oktabrdan buyon halok boʻlgan falastinliklar soni 62 895, yaralanganlar soni esa 158 927 nafarga yetdi.

Soʻnggi 24 soat ichida esa Gʻazodagi kasalxonalarda ochlik va toʻyinmaslikdan 10 kishi, jumladan bolalar ham vafot etgan. Shu bilan ochlikdan halok boʻlganlar soni 313 nafarga yetdi, shundan 119 nafari bolalardir.

Taʼkidlanishicha, Gʻazo sektoridagi vayronalar ostida hamon minglab qurbonlar jasadlari qolmoqda.

Jahon

28.08.2025, 16:19

Ulashish:

Mavzuga oid yangiliklar

Erdoʻgʻan: Muammoni hal qilish yoʻli — mustaqil Falastin davlatini tuzishdir

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻanning taʼkidlashicha, Falastin muammosini faqatgina 1967 yilgi chegaralar doirasida, poytaxti Sharqiy Quddus boʻlgan mustaqil va suveren Falastin davlatini tashkil etish orqali hal qilish mumkin.

Jahon

14.10.2025, 17:48

Hukumat: Isroil 4 kunda Gʻazoda 118 falastinlikni oʻldirdi

Isroil armiyasi AQSh prezidenti Donald Tramp va xalqaro hamjamiyatning oʻt ochishni toʻxtatish haqidagi chaqiriqlariga qaramasdan, 4–7 oktabr kunlari Gʻazo sektoriga 230 dan ortiq zarba berdi.

Jahon

09.10.2025, 12:05

Raqamlarga aylangan falastinliklar: 7 oktabr voqealariga 2 yil toʻldi

Raqamlarga aylangan falastinliklar: 7 oktabr voqealariga 2 yil toʻldi

Roppa-rosa 2 yil muqaddam – 2023 yilning 7 oktabr kuni HAMAS Isroil harbiy bazalariga keng koʻlamli hujumlarni amalga oshirdi. Mazkur hujum Isroilning Gʻazo sektorida mislsiz qatliomni amalga oshirishiga sabab boʻldi. Oʻn minglab falastinliklar, shu jumladan, bolalar va ayollar qurbon boʻldi, jarohatlandi, uysiz, oziq-ovqatsiz, tibbiy yordamsiz qoldi. Gʻazoliklar butun insoniyat koʻz oʻngida raqamlarga, statistik maʼlumotlarga va tarixga aylanib bormoqda...

Jahon

07.10.2025, 15:01

Isroil har kuni Gʻazoda oʻrtacha 92 nafar falastinlikni, jumladan 27 nafar bolani oʻldirmoqda

Isroil armiyasining Gʻazo sektoriga qarshi hujumlari natijasida har kuni kamida 53 oiladan ikki kishi halok boʻlmoqda.

Jahon

07.10.2025, 12:44

Fransiya Isroildan Global Sumud flotiliyasi qatnashchilarining xavfsizligini taʼminlashni soʻradi

Fransiya tashqi ishlar vaziri Jan-Noel Barro Isroildan Gʻazoga gumanitar yordam olib ketayotgan Global Sumud flotiliyasi ishtirokchilarining xavfsizligini taʼminlashni talab qildi.

Jahon

02.10.2025, 11:15

Gʻazoga qilingan hujumlarda halok boʻlganlar soni 66 ming nafardan oshdi

Isroil hujumlari natijasida soʻnggi bir kunda 370 dan ziyod yaralanganlar shifoxonalarga yetkazildi. 79 nafar kishi halok boʻldi.

Jahon

29.09.2025, 19:02

So‘nggi yangiliklar

Toshkent metro bekatlarida kassalar 9 dekabrdan yopiladi

Toshkent metropolitenida bir qator bekatlarda kassalar faoliyati toʻxtatilmoqda. 2025 yil 9 dekabrdan boshlab jami 16 ta bekatda kassalar yopilib, ularning oʻrnida QR-kodli chiptalar beruvchi zamonaviy infokioskalar ishga tushiriladi.

Oʻzbekiston

06.12.2025, 15:58

Tojikistonning Rogʻun GESi — dunyodagi eng baland qurilayotgan mega-loyiha

1991 yildan keyin Tojikistonda boshlangan inqiroz va fuqarolik urushi mamlakatdagi yirik infratuzilma loyihalarini, jumladan Rogʻun GESi qurilishini tubdan izdan chiqardi. Qurilish maydoni talon-taroj qilindi, uskunalar vayron boʻldi, koʻplab muhandislar mamlakatdan chiqib ketishga majbur boʻldi. Natijada balandligi 335 metrga yetishi koʻzda tutilgan Rogʻun toʻgʻoni bir necha yil davomida «tugallanmagan gigant» sifatida qolib ketdi.

Siyosat

06.12.2025, 13:46

SPID haqida 10ta notoʻgʻri qarash

Soʻnggi oʻttiz–qirq yil davomida dunyoda VICh/SPID boʻyicha ulkan ilmiy yutuqlar qoʻlga kiritildi. Virusning tabiati toʻliq oʻrganildi, tashxis qoʻyish texnologiyalari takomillashdi, zamonaviy antiretrovirus terapiyasi (ARVT) esa VICh bilan yashovchi millionlab insonlarga uzoq va sifatli hayot berish imkonini yaratdi. Biroq texnologiyalar va tibbiy bilimlar rivojlanishiga qaramay, jamiyat ongidagi eski tasavvurlar va mish-mishlar hali ham kuchli.

Oʻzbekiston

06.12.2025, 12:26

Shimoliy Orolda suv hajmi 42 foizga oshdi: dengiz ekotizimi tiklanmoqda

Maʼlumotlarga koʻra, oʻtgan yillar davomida dengizda muhim ekologik oʻzgarishlar kuzatilmoqda. Jumladan, suvning shoʻrlanish darajasi deyarli toʻrt barobar kamaygan, yillik baliq ovlash hajmi 8 ming tonnaga yetgan va avvaliga yoʻqolib ketgan turlar qayta tiklana boshlagan. Ekotizim bosqichma-bosqich yaxshilanib bormoqda.

Jahon

06.12.2025, 11:12

Oʻzbekistonda eko-stiker tizimi qachondan amal qiladi?

Ekologik nazoratni kuchaytirish va shaharlarda havo sifatini yaxshilash maqsadida eko-stiker tizimi joriy etilmoqda. Qizil toifaga kiruvchi avtomobillar ayrim markaziy hududlarga umuman kiritilmaydi, sariq toifadagi transport vositalari uchun ekologik holatdan kelib chiqib qisman cheklovlar joriy etiladi. Yashil toifadagi avtomobillar esa belgilangan hududlarda erkin harakatlanishi mumkin.

Oʻzbekiston

05.12.2025, 17:01

AQSh 2026 yilgi Jahon chempionati xavfsizligi uchun qancha mablagʻ ajratadi?

AQSh hukumati 2026 yilgi futbol boʻyicha Jahon chempionati davomida xavfsizlikni taʼminlash uchun 1 milliard dollardan koʻproq federal mablagʻ yoʻnaltiradi. Maʼlumot uchun, 2026 yilgi Jahon chempionati 11 iyun – 19 iyul kunlari AQSh, Kanada va Meksika mezbonligida oʻtkaziladi. 

Jahon

05.12.2025, 16:06

Fabio Kannavaro: “Umid qilamanki, qurʼa natijalari oʻzbekistonliklarni xursand qiladi”

Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro 2026 yilgi Jahon chempionati guruh bosqichi uchun qurʼa tashlash marosimi oldidan oʻz fikrlari bilan boʻlishdi.

Sport

05.12.2025, 15:07

Oʻzbek olimlari tuproq namligini saqlaydigan va unumdorligini oshiradigan bakteriyalarni aniqladi

Bu bakteriyalar suvni oʻziga biriktirib, maʼlum muddat saqlay oladigan biologik polimerlar hosil qiladi. Mazkur biopolimerlar tuproq namligini saqlaydi, tuproqlarni unumdor qiladi, shoʻrni kamaytiradi.

Fan-texnologiya

05.12.2025, 11:25

Toshkentdan Sirdaryoga koʻchayotgan biznesmenlarga yangi imtiyozlar beriladi

Toshkent shahridagi sanoat korxonalarini bosqichma-bosqich boshqa hududlarga koʻchirish jarayoni davom etmoqda. Sirdaryoga koʻchishni rejalashtirayotgan tadbirkorlarga erkin iqtisodiy zonadan soddalashtirilgan tartibda va chegirma asosida yer ajratiladi. Shuningdek, 10 milliard soʻmgacha imtiyozli kredit berilishi hamda xomashyolarni temir yoʻl orqali tashishda arzonlashtirilgan tariflar qoʻllanishi belgilandi.

Oʻzbekiston

05.12.2025, 10:31

Guliston shahriga yangi avtobuslar olib kelindi

Guliston shahridagi ichki yoʻllar boʻylab qatnovlarni amalga oshirish maqsadida 52 ta avtobus olib kelindi. Ular “Yevro-5” standarti talablariga toʻliq javob berib, tabiiy siqilgan gazda harakatlanadi.

Oʻzbekiston

04.12.2025, 19:39

Gulistondagi portlashda halok boʻlganlarning oilalariga moddiy yordam beriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Guliston shahrida sodir boʻlgan baxtsiz hodisa oqibatida halok boʻlgan fuqarolarning oila aʼzolariga hamdardlik bildirdi va ularga moddiy yordam koʻrsatish zarurligini taʼkidladi. Eslatib oʻtamiz, 2 dekabr kuni Guliston shahridagi umumiy ovqatlanish shoxobchalaridan birida gaz balloni portlashi natijasida 29 kishi jarohat olgan, ulardan 3 nafari halok boʻlgan edi.

Oʻzbekiston

04.12.2025, 14:38

Oʻzbekistonda ekologik baholash jarayonlari yanada takomillashtirilmoqda

Shveysariyaning Jeneva shahrida Atrof-muhitga taʼsirni transchegaraviy kontekstda baholash toʻgʻrisidagi Konvensiya (Espo konvensiyasi) va Strategik ekologik baholash (SEB) protokoli doirasida Atrof-muhitga taʼsirni baholash (AMTB) va SEB boʻyicha Ishchi guruhning 13-yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekiston

04.12.2025, 11:38