Yevropa razvedkasi: aslida Rossiya tinchlik kelishuvini istamaydi
Ikkinchi razvedka boshligʻining aytishicha, aslida Kreml yaqin orada tinchlik kelishuvini xohlamaydi, bunga ehtiyoji ham yoʻq. Uning iqtisodiyoti tanazzul yoqasida emas.
Jahon
20.02.2026, 16:29
Ulashish:

Reuters nashri anonimlikni saqlagan holda Yevropaning beshta josuslik agentligi rahbarlari bilan suhbatlashdi.
Ularning fikricha, Moskva AQSh bilan muzokaralardan sanksiyalarni yumshatish va biznes kelishuvlarini rivojlantirish uchun foydalanyapti.
“Shu hafta Jenevada boʻlib oʻtgan muzokaralar – bu shunchaki “muzokara teatri”, xolos”, – dedi razvedka xizmati rahbarlaridan biri.
Bu qarashlar Yevropa davlatlari va Oq uy vakillari oʻrtasidagi fikrlashda jiddiy tafovut mavjudligini koʻrsatyapti.
Chunki Trampning soʻzlaridan xulosa qilinsa, u Rossiya prezidenti Vladimir Putin kelishuv tuzish niyatida, deb hisoblaydi.
“Rossiya tinchlik shartnomasini tuzishga intilmayapti. Ular oʻz strategik maqsadlari tomon intilmoqda va bu maqsadlar oʻzgargani yoʻq”, – dedi razvedka rahbarlaridan biri.
Bu maqsadlar ichida Ukraina rahbari Volodimir Zelenskiyni lavozimidan chetlatish va Ukrainani Gʻarb uchun “neytral” bufer hududga aylantirish ham bor.
Ikkinchi razvedka boshligʻining aytishicha, aslida Kreml yaqin orada tinchlik kelishuvini xohlamaydi, bunga ehtiyoji ham yoʻq. Uning iqtisodiyoti tanazzul yoqasida emas.
Biroq uchinchi rasmiyning soʻzlariga koʻra, Rossiya 2026 yilning ikkinchi yarmida yuqori moliyaviy xatarlarga duch keladi. Bunga sanksiyalar va qarz olishning qimmatligi sababli Moskvaning kapital bozorlariga kirish imkoniyati cheklangani kabi omillar sabab qilib keltirilgan.
Ayrim tahlilchilar oʻtgan yili atigi 1 foiz oʻsish qayd etgan Rossiya iqtisodiyotini turgʻunlik va tanazzul oʻrtasida, deb baholagan.
Razvedkachilar ushbu maʼlumotlarni qanday olganliklarini aytmagan. Biroq ular insondan olingan axborot, tutib olingan aloqalar va boshqa turli vositalardan foydalanishi maʼlum.
Putin tinchlikka tayyorligini, faqat shartlari borligini aytgan. Rossiya rasmiylariga koʻra, Yevropa hukumatlari Rossiyaga baho berishda bir necha bor adashgan.
Befoyda muzokara
Ukraina va Rossiya muzokarachilari shu hafta AQSh vositachiligida 2026 yildagi uchinchi uchrashuvini oʻtkazdi, biroq asosiy muammo boʻlgan hududiy masala boʻyicha arzirli yutuqqa erishilmadi.
Siljish yoʻqligidan hafsalasi pir boʻlgan Zelenskiy uchrashuvdan soʻng rossiyaliklar kelishuvga erishishdan koʻra, mojaroning tarixiy ildizlarini muhokama qilishga koʻproq qiziqayotganini taʼkidladi.
“Urushni tugatib, diplomatiyaga oʻtish uchun menga oʻtmishdagi safsata gaplar kerak emas. Chunki bu shunchaki vaqtni choʻzish”, – deb yozdi Zelenskiy X ijtimoiy tarmogʻida.
Moskva sharqiy Donetsk viloyatining Rossiya nazorat qilmayotgan 20 foiz hududidan Kiyev oʻz kuchlarini olib chiqib ketishini istaydi. Ukraina esa bundan bosh tortmoqda.
Ikkinchi razvedka boshligʻining fikricha, agar Rossiya Donetskning qolgan qismini egallasa, hududiy jihatdan qanoatlanishi mumkin, lekin bu bilan Zelenskiyning “gʻarbparast” hukumatini agʻdarish maqsadi amalga oshmaydi.
Uchinchi razvedka boshligʻi esa Ukrainaning Donetskni topshirishi tinchlik kelishuviga olib keladi, degan fikr xatoligini bildirgan.
Shuningdek, razvedkachilar muzokaralarda ishtirok etgan AQSh vakillari na professional diplomat, na Rossiya va Ukraina boʻyicha maxsus tajribaga ega ekanligini taʼkidlagan.
Oq uy vakili Anna Kelli ismini oshkor qilmagan tanqidchilar Ukraina urushiga barham berish uchun hech qanday hissa qoʻshmaganini, Prezident Tramp va uning jamoasi qon toʻkilishini toʻxtatib, tinchlik kelishuviga erishish yoʻlida har ikki tomonni bir joyga toʻplash uchun eng koʻp harakat qilganini aytgan.
Jahon
20.02.2026, 16:29
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Yevropa mamlakatlari Ukrainaga 20 milliard yevrolik harbiy yordam beradi
Jahon
24.02.2025, 13:40

Yevropa Ittifoqi Rossiya gazisiz ham yashay oladi — Kadri Simons
Jahon
16.10.2024, 12:22

AQSh Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni yumshatdi
Iqtisodiyot
13.03.2026, 17:21

Rossiya Eronga yordam berishni boshladi
Jahon
13.03.2026, 12:01

Putin Eron prezidenti bilan suhbatlashdi: Tehron Rossiyadan yordam kutmoqda
Jahon
07.03.2026, 11:18

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09
Mashhur yangiliklar

Oliy ta’lim to‘g‘risidagi nizom yangidan tasdiqlandi
Ta'lim
06.04.2026, 17:35

12 tonna KitKat mahsuloti Yevropada o‘g‘irlandi
Jahon
31.03.2026, 15:37

Kimda “qizil tugma” bor? Dunyodagi yadroviy davlatlar va ularning tarixi
Fan-texnologiya
01.04.2026, 10:04

Benksi kim? Asrimizning eng mashhur “ko‘cha” rassomi fosh bo‘ldi(mi?)
Madaniy
28.03.2026, 15:48

“Uyimiz juda go‘zal” – Artemida II Yerning yangi fotosuratlarini yubordi
Fan-texnologiya
06.04.2026, 10:49

Yaqin Sharq mojarosi: Markaziy Osiyoda tranzit narxi oshmoqda
Jahon
07.04.2026, 15:41
So'nggi yangiliklar

Nemis “gepard”lari Ukrainada ishonchni oqladi
Jahon
17.04.2026, 15:49

Rossiya 200 nafar tojikistonlik mahkumani vataniga qaytaradi
Jahon
17.04.2026, 12:19

9 viloyatda sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi
Oʻzbekiston
17.04.2026, 11:12

Isroil Livanga yana zarbalar berdi
Jahon
17.04.2026, 10:29

Qamchibek Tashiyev yana bir lavozimni tark etdi
Jahon
16.04.2026, 17:27

Buxoroda “Leapmotor” avtomobillari ishlab chiqariladi
Oʻzbekiston
16.04.2026, 16:23

Eronga muzlatilgan 100 milliard dollarlik aktivlari zarur
Jahon
16.04.2026, 14:58

BBC 2000 tagacha ish o‘rnini qisqartiradi
Jahon
16.04.2026, 10:14

“Xalqlar do‘stligi saroyi” hududidagi noqonuniy bannerlar olib tashlandi
Oʻzbekiston
15.04.2026, 17:16

“Ular iqtisodiyotimizni yuksaltiradi” — Ispaniya immigratsiya siyosatini yumshatmoqda
Jahon
15.04.2026, 16:29

Markaziy Osiyo davlatlari YaIMining 130 foizini iqlim xavflari tufayli yo‘qotishi mumkin
Iqtisodiyot
15.04.2026, 11:46

Shikastlangan davlat raqamini onlayn almashtiring
Oʻzbekiston
14.04.2026, 17:11

“Diqqatini jamlay olmagan kompaniya”: OpenAI strategiyasi tanqid ostida
Iqtisodiyot
14.04.2026, 15:41

Har daqiqada 3 ta chaqaloq: Sudanda onalar va bolalar hayoti xavf ostida
Jahon
14.04.2026, 12:22

BMT: Yaqin Sharqdagi urush tufayli yana 32 million odam qashshoqlashadi
Jahon
13.04.2026, 16:07

Endi sun'iy intellekt (SI) qonun loyihalarini tahlil qilishda ishlatiladi
Jahon
13.04.2026, 11:53

Bitta kashfiyot – millionlarni qutqardi, millionlarni o'ldirdi
Fan-texnologiya
11.04.2026, 17:25

“100 yevroga 1 ta Pikasso” – Parijda yangi xayriya lotereyasi o‘tkazilmoqda
Madaniy
11.04.2026, 15:11

MDH zaiflashmoqda: Moldova Hamdo‘stlikdan chiqyapti
Siyosat
11.04.2026, 12:37

Zelenskiy: Ummon, Quvayt va Bahrayn bilan xavfsizlik sohasida hamkorlik qilmoqchimiz
Jahon
10.04.2026, 12:32
Mashhur yangiliklar

Oliy ta’lim to‘g‘risidagi nizom yangidan tasdiqlandi
Ta'lim
06.04.2026, 17:35

12 tonna KitKat mahsuloti Yevropada o‘g‘irlandi
Jahon
31.03.2026, 15:37

Kimda “qizil tugma” bor? Dunyodagi yadroviy davlatlar va ularning tarixi
Fan-texnologiya
01.04.2026, 10:04

Benksi kim? Asrimizning eng mashhur “ko‘cha” rassomi fosh bo‘ldi(mi?)
Madaniy
28.03.2026, 15:48

“Uyimiz juda go‘zal” – Artemida II Yerning yangi fotosuratlarini yubordi
Fan-texnologiya
06.04.2026, 10:49

Yaqin Sharq mojarosi: Markaziy Osiyoda tranzit narxi oshmoqda
Jahon
07.04.2026, 15:41
