Ikki viloyatda maishiy chiqindidan elektr energiyasi olinadigan zavodlar qurilishi boshlandi
Samarqand viloyatidagi loyihada 150 mln AQSh dollari, Andijon viloyatidagi loyihada esa 140 mln AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritilmoqda.
Iqtisodiyot
05.08.2025, 18:11
Ulashish:

Samarqand viloyati Samarqand shahridagi “Xushrav” qoʻrgʻoni “Navroʻz” MFYda joylashgan 15 gektar hududda hamda Andijon viloyati Xoʻjaobod tumani “Xidirsha” MFY hududidagi 17 gektar yer maydonida chiqindilarni yoqish orqali elektr energiyasi ishlab chiqariladigan zavodlarning qurilish jarayonlariga start berildi.
Maʼlumot uchun, chiqindilarni qayta ishlash va ulardan energiya manbai olishga asoslangan zamonaviy loyihalarni amalga oshirish boʻyicha Ekologiya vazirligi huzuridagi Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi hamda Xitoy Xalq Respublikasining yetakchi kompaniyalari oʻrtasida bitimlar imzolangan edi. Unda chiqindilarni termik qayta ishlash orqali elektr energiyasi ishlab chiqarish loyihasi Samarqand va Andijon viloyatlarida bosqichma-bosqich tatbiq etilishi nazarda tutilgan.
Taʼkidlash joizki, joriy yil 24 mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining qattiq maishiy chiqindilarni yoqish orqali elektr energiyasi ishlab chiqarish investitsiya loyihalarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi 116 va 118-son qarorlari qabul qilingan edi. Unga koʻra, hududda ekologik vaziyatni yaxshilash, chiqindilarni qayta ishlash sohasiga zamonaviy yechimlar va texnologiyalarni joriy etish orqali elektr energiyasi ishlab chiqariladi hamda sohaga toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiya jalb etiladi.
Avvalroq davlat rahbari ushbu loyihalar bilan yaqindan tanishgani hamda yurtimizda maishiy chiqindilarni yoqish orqali elektr energiyasi va mahsulot ishlab chiqaradigan 8 ta zavod qurilishi haqida xabar qilgan edik.
Samarqand viloyatidagi loyihada “Shanghai SUS Environment” LLC kompaniyasi tomonidan umumiy qiymati 150 mln AQSh dollari miqdorida investitsiya jalb etilgan. Kuniga 1,5 ming tonna chiqindi qayta ishlanib, yiliga jami 240 mln kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Unda 150-200 ta yangi ish oʻrni yaratiladi.
Andijon viloyatidagi loyihada esa “China International Camce” kompaniyasi tomonidan umumiy qiymati 140 mln AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritilmoqda. Natijada kuniga 1,5 ming tonna chiqindi qayta ishlanib, yiliga jami 240 mln kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi va 150 ta yangi ish oʻrni yaratiladi. Shuningdek, investorlar tomonidan 2025–2027 yillarda loyihalar ishga tushirilishi koʻzda tutilgan.
Qolaversa, elektr energiyasini sotib olish va qattiq maishiy chiqindilarni yetkazib berish toʻgʻrisidagi bitimlarga muvofiq kompaniyalar ishlab chiqargan elektr energiyasini 30 yil davomida “Oʻzenergosotish” AJga kafolatlangan tarzda sotadi.
Iqtisodiyot
05.08.2025, 18:11
Ulashish:
Mashhur yangiliklar

Sherzodxon Qudratxoʻjani natsizmda ayblagan bloger jarimaga tortildi
Oʻzbekiston
13.08.2025, 11:05

Oʻqituvchilar nega vazirlik tizimidagi tashkilotni sudga berdi?
Ta'lim
26.08.2025, 17:24

O‘zbekiston hukumati Chorvoqdagi Sea Breeze loyihasini tasdiqladi. Nimalar xavotirli?
Oʻzbekiston
04.08.2025, 10:26

Oʻzbekistonlik talabalar Rossiyadagi urush hududiga majburiy yuborilmoqda. Ular Mirziyoyev yordam soʻrab, videomurojaat yoʻlladi
Oʻzbekiston
12.08.2025, 12:30

Qoʻy jon dardida, qassob goʻsht dardida: Toshkent viloyat hokimliligi Chorvoqdagi kurort haqida bayonot berdi
Iqtisodiyot
06.08.2025, 14:12

Ekologlar eʼtirozlaridan soʻng hukumat Chorvoqdagi Sea Breeze loyihasiga qoʻyiladigan talablarni kuchaytirdi
Oʻzbekiston
01.08.2025, 17:01
So‘nggi yangiliklar

Ijro ishi boʻyicha kafolat mablagʻlari instituti joriy etilmoqda
Oʻzbekiston
28.08.2025, 21:20

Gʻalla va dukkakli ekinlardan 6,1 mln tonna hosil olindi
Iqtisodiyot
28.08.2025, 20:28

Oʻzbekistonda «raqamli sud» qanday ishlaydi?
Oʻzbekiston
28.08.2025, 19:28

Toshkentda tibbiyot chiqindisidan issiqlik energiyasini ishlab chiqaruvchi zavod ishga tushdi
Iqtisodiyot
28.08.2025, 18:32

Xorijiy ogʻir yuk mashinalarining Oʻzbekistonda yurishi toʻlovlari qimmatladi
Iqtisodiyot
28.08.2025, 17:23

Gʻazo sektoridagi Isroil hujumlari qurbonlari soni 62 895 nafarga yetdi
Jahon
28.08.2025, 16:19

Kanadalik fotomuxbir agentlikni Isroil tashviqotini qoʻllab-quvvatlaganlikda ayblab, Reuters agentligidan ketdi
Jahon
28.08.2025, 16:13

Bentu Oʻzbekiston terma jamoasi tarixidagi 10-xorijlik murabbiy boʻladi. Avvalgi hamkasblari qanday natija koʻrsatgan?
Sport
28.08.2025, 15:34

Oʻzbekiston aholisi 38 mln kishiga yetdi
Oʻzbekiston
28.08.2025, 15:05

Qirgʻizistondan noqonuniy olib kelingan 19 kg tilla buyumlar toʻxtatib qolindi
Oʻzbekiston
28.08.2025, 14:19

Timur Kapadze "Paxtakor" bosh murabbiyi boʻlishi mumkin
Sport
28.08.2025, 13:24

Andijondagi “samosudchilar”ga qanday jazo qoʻllangani maʼlum qilindi
Oʻzbekiston
28.08.2025, 12:40
Mashhur yangiliklar

Sherzodxon Qudratxoʻjani natsizmda ayblagan bloger jarimaga tortildi
Oʻzbekiston
13.08.2025, 11:05

Oʻqituvchilar nega vazirlik tizimidagi tashkilotni sudga berdi?
Ta'lim
26.08.2025, 17:24

O‘zbekiston hukumati Chorvoqdagi Sea Breeze loyihasini tasdiqladi. Nimalar xavotirli?
Oʻzbekiston
04.08.2025, 10:26

Oʻzbekistonlik talabalar Rossiyadagi urush hududiga majburiy yuborilmoqda. Ular Mirziyoyev yordam soʻrab, videomurojaat yoʻlladi
Oʻzbekiston
12.08.2025, 12:30

Qoʻy jon dardida, qassob goʻsht dardida: Toshkent viloyat hokimliligi Chorvoqdagi kurort haqida bayonot berdi
Iqtisodiyot
06.08.2025, 14:12

Ekologlar eʼtirozlaridan soʻng hukumat Chorvoqdagi Sea Breeze loyihasiga qoʻyiladigan talablarni kuchaytirdi
Oʻzbekiston
01.08.2025, 17:01