Sardoba fojiasiga toʻrt yil toʻldi
Bugun Oʻzbekiston tarixidagi eng yirik texnogen fojialardan biri hisoblangan «Sardoba» suv ombori toʻgʻoni oʻpirilgan kun.
2020 yil 1 may kuni soat 05:55 da Sirdaryo viloyatida joylashgan «Sardoba» suv ombori dambasining devorida suv sizib chiqib yaqin hududlardagi qishloq va mahallalarga zarar yetkazgan edi. Suv omboriga yaqin hududdagi aholi evakuatsiya qilingan edi. Hukumat tomonidan esa fojia sabablarini oʻrganish maqsadida zudlik bilan komissiyasi tuzilgan, Prezident Shavkat Mirziyoyev hodisa joyiga borgandi.
Oʻzbekiston
01.05.2024, 16:50
Ulashish:

Bugun ushbu fojeaga 4 yil toʻldi. Sardoba fojeasi 2020 yil koronavirus infeksiyasi avj olgan paytda boʻlgan edi. Suv ostida qolgan mahallalar aholisi dastlab yaqin-atrofdagi mahallalarga joylashtirilgan boʻlsa, keyinchalik u yerlarni ham suv bosgani tufayli Jizzax viloyatining Doʻstlik, Paxtakor, Zarbdor va Mirzachoʻl tumanlaridagi maktab, kollej va aholi xonadonlariga, ayrimlar esa Sirdaryoning boshqa shahar va tumanlariga koʻchirila boshlandi. Umumiy hisobda 90 mingga yaqin aholi evakuatsiya qilingan edi.
Sardoba fojeasi sabab 10ta mahalla fuqarolar yigʻini, 23ta aholi punkti, hududlardagi 4711ta turar va 277ta noturar joy obektlariga hamda 30 718 gektar ekin maydonlariga zarar yetkazgan. Toshqindan talafot koʻrgan 4351ta xonadonning 2570tasi yaroqsiz holga kelgan, 1781tasiga qisman zararlangan.
Toshqin tufayli Sardoba, Mirzaobod va Oqoltin tumanlarining jami 32 381 gektar maydonlari talafot koʻrgan. Shundan 549 gektari aholi tomorqa ekin maydonlari hisoblanadi.
19 592 gektar yer maydonida qishloq xoʻjaligi ekinlari suv ostida qolib talafot koʻrgan. 108 ta fermer va qishloq xoʻjalik korxonasining jami 16,525 gektar yeri zararlangan. 9734 gektar chigit, 6821 gektar gʻalla, 231 gektar sabzavot ekinlari, 1095 gektar poliz, 14 gektar kartoshka, 154 gektar bogʻ va 83 gektar bogʻ oralariga ekilgan sabzavot ekinlari suv ostida qolib, yaroqsiz holatga kelgan.Qishloq xoʻjaligiga yetgan talafotni qoplash uchun davlat budjetidan jami 9,5 mlrd soʻm ajratilgandi.
Hodisa oqibatlarini bartaraf etish, jabrlanganlar va ularning oila aʼzolariga moddiy yordam koʻrsatish uchun respublika budjetidan dastlabki yordam sifatida 100 mlrd soʻm ajratildi. Keyinroq toshqindan jabrlangan 4,5 mingdan ortiq oilaga yana 40 million soʻmdan berilgan.
Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, fojia oqibatida 6 kishi (2 nafar ayol, 4 nafar erkak) halok boʻlgan, bir kishi bedarak yoʻqolgan. Jumladan, aholini xabardor qilish va qutqaruv ishlarini olib borish jarayonida Milliy gvardiyaning 3 nafar xodimini kuchli suv oqimi olib ketgan. Ulardan biri qutqarilgan, biri halok boʻlgan, yana biri bedarak yoʻqolgan deb topilgan.
Oʻzbekiston
01.05.2024, 16:50
Ulashish:
Mashhur yangiliklar

“So‘nggi qo‘ng‘iroq” va “Xayr bog‘cha — salom maktab!” tadbirlari o‘tkaziladi
Ta'lim
21.05.2026, 15:48

“Milliy kitobxonlik harakati” – bosh sovrin 50 ming dollar
Ta'lim
22.05.2026, 18:35

Ilmiy daraja berishda chet tilidan malakaviy imtihon topshirish talabi bekor qilinadi
Ta'lim
01.06.2026, 15:57

Kontrakt to‘lash muddati uzaytirildi
Ta'lim
25.05.2026, 17:07

Xitoyda oliy ta’limga qiziqish pasaymoqda
Ta'lim
05.06.2026, 13:52

Meta 8000 xodimni ishdan bo‘shatyapti
Iqtisodiyot
21.05.2026, 10:27
So'nggi yangiliklar

Toshkent ko‘chalaridan biriga Mustafo Kamol Otaturk nomi beriladi
Oʻzbekiston
16.06.2026, 15:25

Jahon chempionati yurak xurujiga olib kelishi mumkin - tadqiqot
Fan-texnologiya
16.06.2026, 14:34

BMT Tolibonni ayollarga nisbatan tazyiqlarni bekor qilishga chaqirdi
Jahon
16.06.2026, 10:55

Buyuk Britaniya 16 yoshdan oshmaganlarga ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlamoqda
Jahon
15.06.2026, 15:55

Maktab bitiruvchilari uchun bitiruv kecha tashkillashtirish taqiqlandi
Ta'lim
15.06.2026, 14:23

Eron yadro quroli yaratmaydi, AQSH esa sanksiya qo‘llamaydi...
Jahon
15.06.2026, 12:32

Tramp telefon orqali Putin va Zelenskiy bilan suhbatlashdi
Jahon
15.06.2026, 10:24

Rossiyada ishlab chiqarilgan samolyot Hindistonda falokatga uchradi
Jahon
13.06.2026, 13:47

O‘qishni ko‘chirishda milliy va xalqaro sertifikatlarga ega talabalarga maksimal ball beriladi
Ta'lim
13.06.2026, 12:34

Ukraina Rossiyaga qarshi urush uchun 20 mlrd dollar so‘ramoqchi
Jahon
13.06.2026, 09:46

Kongo terma jamoasi Ebola karantinidan so‘ng AQShga yetib keldi
Sport
12.06.2026, 14:57

Qozog‘istonda milliy valyuta (Тенге) nomi o‘zgarmoqda
Jahon
12.06.2026, 13:29

Yevropa Ittifoqi migratsiya masalasida Tolibon bilan muzokara o‘tkazmoqchi
Jahon
12.06.2026, 11:37

Jeffri Epshteyn menga shantaj qilgan — Bill Geyts
Jahon
11.06.2026, 16:29

“Biz hukumatlar qarorini bekor qiloladigan qirol emasmiz” – Infantino
Sport
11.06.2026, 14:44

Shri-Lanka davlat tadbirlarida bir martalik plastik idishlardan foydalanishni taqiqladi
Jahon
11.06.2026, 12:11

Shvetsiya va O‘zbekiston migratsiya sohasida bitim imzoladi
Oʻzbekiston
11.06.2026, 10:11

Ozarbayjon muxolifat yetakchisi Ali Karimli “davlat to‘ntarishiga urinish”da ayblanmoqda
Jahon
10.06.2026, 17:42

Svetofor - yo‘lchiroq, parol - o‘ron, avans - bo‘nak: yuridik atama va tushunchalar o‘zgartirilmoqda
Oʻzbekiston
10.06.2026, 15:26

Talaba qiz plastik chiqindidan ekologik beton yaratdi
Fan-texnologiya
10.06.2026, 11:35
Mashhur yangiliklar

“So‘nggi qo‘ng‘iroq” va “Xayr bog‘cha — salom maktab!” tadbirlari o‘tkaziladi
Ta'lim
21.05.2026, 15:48

“Milliy kitobxonlik harakati” – bosh sovrin 50 ming dollar
Ta'lim
22.05.2026, 18:35

Ilmiy daraja berishda chet tilidan malakaviy imtihon topshirish talabi bekor qilinadi
Ta'lim
01.06.2026, 15:57

Kontrakt to‘lash muddati uzaytirildi
Ta'lim
25.05.2026, 17:07

Xitoyda oliy ta’limga qiziqish pasaymoqda
Ta'lim
05.06.2026, 13:52

Meta 8000 xodimni ishdan bo‘shatyapti
Iqtisodiyot
21.05.2026, 10:27
