Shahar favvoralarida choʻmilish mumkinmi?

Lekin favvoraning toza boʻlib tuyulishini butunlay inkor etadigan bitta holat mavjud – u ochiq osmon ostida hamda barcha tirik mavjudotlar va shamol  uchun ochiqdir.

Ulashish:

Yoz boshlanishi bilan shaharlarimizning odamlar gavjum joylarida favvoralar ishlay boshlaydi. Jazirama issiqda ular beradigan salqinlik va qulaylik juda yoqimli va ajoyib, lekin bu favvoralar suvida choʻmilish mumkinmi?

Masalan, shahar markazida chiroyli favvora mavjud. U tozalanadi, yuviladi va toza ichimlik suvi quyiladi. Bu suv bir necha hafta davomida yopiq siklda aylanadi. Hech qanday xavf yoʻqdek tuyuladi. Lekin favvoraning toza boʻlib tuyulishini  butunlay inkor etadigan bitta holat mavjud – u ochiq osmon ostida hamda barcha tirik mavjudotlar va shamol  uchun ochiqdir. Masalan favvora ustidan bir qush uchib oʻtdi va u axlatini suvga tushirdi. Qarabsizki suvda gelmint lichinkalari koʻpayishni boshlaydi.

Keyin yaqin atrofda yugurib yurgan kuchukcha suv ichdi va choʻmilib oldi, yana gelmint tuxumlari qoʻshildi. Shu sababli favvoralarda choʻmilgan odam turli ichak va teri kasalliklarini yuqtirib olishi mumkin.

Favvoralar suvi basseynlar suvi kabi zararsizlantirilmaydi. Yana bir jihati choʻmilayotgan odam favvoraning silliq tubida sirpanib yiqilib tushishi mumkin, suvning tubida esa qattiq shikast yetkazishi mumkin boʻlgan oʻtkir, qirrali moslamalar joylashgan boʻladi.

Shunday qilib, favvoralar shahar koʻrkiga koʻrk qoʻshish va salqinlik berish uchun qurilgan meʼmoriy va dekorativ element boʻlib, ularning suvi ichish yoki choʻmilish uchun moʻljallanmagan.

Oʻzbekiston

23.07.2025, 09:02

Ulashish:

So‘nggi yangiliklar

Jazirama davom etadi: Quyosh nuri allergik reaksiyalarni keltirib chiqarishi mumkin

Muammolardan saqlanish uchun, avvalo, soat 10:00 dan 16:00 gacha soya-salqin joylarda boʻlish tavsiya etiladi.

Oʻzbekiston

23.07.2025, 18:01

Qozogʻiston banki 176,4 mln AQSh dollariga Click aksiyalarini sotib oldi

Markaziy Osiyodagi eng yirik moliyaviy guruh boʻlgan «Halyk» 37,5 milliard AQSh dollaridan ortiq aktivlarga ega hisoblanadi.

Iqtisodiyot

23.07.2025, 17:05

Andijonda atmosferaga zararli tashlamalar chiqarayotgan ohak xumdonlari buzilmoqda

Huquqbuzarlarga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga koʻra maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, tegishli choralar qoʻllanildi.

Oʻzbekiston

23.07.2025, 16:07

Xususiylashtirish jarayonlarida yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklar tanqid qilindi – Senat

Oʻndan ziyod davlat aktivlari qariyb bir yildan buyon auksionda sotilmasa-da, ularning boshlangʻich narxini pasaytirish mexanizmidan foydalanilmagan.

Iqtisodiyot

23.07.2025, 15:07

Andijonda ayolni doʻpposlagan doʻkon egasi qoʻlga olindi

Andijonda ayolni doʻpposlagan doʻkon egasi qoʻlga olindi

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyatida ayol kishi oʻz doʻkonida ishlayotgan doʻpposlayotgani aks etgan video tarqaldi. Mazkur holatga Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi rasmiy munosabat berdi. 

Oʻzbekiston

23.07.2025, 15:04

Tramp Yaponiya, Indoneziya va Filippin bilan yirik savdo bitimlariga imzo chekdi

AQSh prezidenti Donald Tramp 2025 yil 22 iyul kuni Yaponiya, Indoneziya va Filippin bilan yirik savdo bitimlariga imzo chekdi. 

Jahon

23.07.2025, 14:06

Oʻzbekiston MTJ aʼzosi faoliyatini "Andijon"da davom ettirishi mumkin

"Sivasspor" bilan xayrlashgan yarim himoyachiga "Neftchi" va "Paxtakor" qiziqayotgani haqida maʼlumotlar paydo boʻlgan edi.

Sport

23.07.2025, 13:05

Yaponiya bosh vaziri isteʼfoga chiqishga qaror qildi

Saylovdagi magʻlubiyat ortidan partiya ichida Ishibaning isteʼfosini talab qiluvchi chaqiriqlar kuchaydi.

Jahon

23.07.2025, 12:04

Toshkent shahar hokimligi yoʻllarda  temir panjaralar oʻrnatish uchun 7,5 milliard soʻm ajratdi

Mablagʻlar Toshkent shahri hokimligi huzuridagi Toshkent shahrini rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan moliyalashtiriladi.

Oʻzbekiston

23.07.2025, 11:05

Bojxonada 8 ming 860 quti tamaki mahsuloti ushlandi

Amaldagi tartib bilan jismoniy shaxslarga xorijdan bojxona chegarasi orqali 200 donadan koʻp boʻlmagan miqdordagi tamaki mahsulotini olib kirishga ruxsat etiladi.

Oʻzbekiston

23.07.2025, 10:03

Bugun ham jazirama boʻladimiimi?

Bugun ham jazirama boʻladimiimi?

Oʻzbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligi 23 iyul kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumotlarini eʼlon qildi.

Oʻzbekiston

23.07.2025, 09:37