Shavkat Mirziyoyev Islom sivilizatsiyasi markazida pardozlash va jihozlash ishlarini koʻzdan kechirdi
Davlat rahbari markazdagi bunyodkorlikni yuqori baholab, uning faoliyatini toʻgʻri tashkil etish, maʼno-mazmunini boyitib borish yuzasidan koʻrsatmalar berdi.
Oʻzbekiston
29.08.2025, 15:24
Ulashish:

Mazkur loyiha Oʻzbekiston prezidentining 2017 yil 23 iyundagi qaroriga binoan boshlanib, 2018 yilgi Ramazon hayiti kuni unga poydevor qoʻyilgan edi. Bugungi kunda bunyodkorlik ishlari yakuniy bosqichga kirgan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 29 avgust kuni markazga tashrif buyurib, soʻnggi pardozlash va jihozlash ishlarini koʻzdan kechirdi.
Mahobatli inshoot qadimgi meʼmoriy obidalarimiz shaklida bunyod etilmoqda. Milliy gumbaz va peshtoqlar, naqshlarning ajoyib uygʻunligi unga alohida koʻrk bagʻishlagan. Majmuaning toʻrt tomonida balandligi 34 metrli peshtoqlar, oʻrtada 65 metrli gumbaz qurilgan.
Markazning eng asosiy qismida Qurʼoni karim zali bunyod etilmoqda. Bu yerda musulmon dunyosining maʼnaviy durdonasi – qadimiy Usmon Mushafi joylashtiriladi. Shuningdek, somoniylar, qoraxoniylar, xorazmshohlar, Oʻzbekxon, temuriylar va boshqa tarixiy sulolalar davrida bitilgan muqaddas kitobimiz nusxalari va ularning eski oʻzbek tilidagi tarjimalari qoʻyiladi. Jahondagi eng nodir qoʻlyozma Qurʼonlardan namunalar ham oʻrin oladi.
Prezident ushbu zaldagi soʻnggi pardozlash ishlarini koʻrib, mutasaddilarga oʻz tavsiyalarini berdi.
Markazda 460 oʻrinli anjumanlar zali ham qurib bitkazildi. Bu yerda turli xalqaro uchrashuvlar anjumanlar oʻtkazish uchun barcha sharoit yaratilgan, eng soʻnggi rusumdagi texnika vositalari bilan jihozlangan
– Oʻzbekiston ulugʻ tarixga ega. Buyuk ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan ilmiy va madaniy meros insoniyat tarixida oʻchmas iz qoldirgan. Ular bilan dunyo hamjamiyatini xabardor qilishda ushbu markazning oʻrni beqiyos boʻlishiga ishonaman, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Majmuada “Islomdan avvalgi sivilizatsiyalar”, “Birinchi Renessans davri”, “Ikkinchi Renessans davri”, “Oʻzbekiston XX asrda”, “Yangi Oʻzbekiston – yangi Renessans” kabi boʻlimlar tashkil etiladi. Mazkur davrlar tarixi turli ashyolar, qoʻlyozma manbalar, suratlar va multimedia vositalari orqali namoyish etilgan. Xorazmiy, Fargʻoniy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Burhoniddin Margʻinoniy, Mahmud Zamahshariy, Mirzo Ulugʻbek, Alisher Navoiy, Bobur Mirzo, Ali Qushchi kabi alloma va mutafakkirlarning serqirra faoliyati haqida maʼlumot berilgan. Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Hakim Termiziy, Abu Mansur Moturidiy, Abu Muin Nasafiy, Qaffol Shoshiy, Abdulxoliq Gʻijduvoniy, Najmiddin Kubro, Bahouddin Naqshband, Xoʻja Ahror Valiy kabi ulamolarning islom maʼrifatiga qoʻshgan hissasi atroflicha yoritilgan.
Ayni vaqtda majmuada Bibixonim, Xonzodabegim, Gavharshodbegim, Gulbadanbegim, Nodirabegim, Uvaysiy, Anbar Otin kabi tariximizda chuqur iz qoldirgan mashhur ayollarning ilm-maʼrifat homiysi sifatidagi faoliyati ham oʻz ifodasini topgan.
Markazda ulugʻ ajdodlarimiz merosini chuqur tadqiq qilish, uni bugungi kunning oʻtkir muammolariga javob bera oladigan hayotbaxsh kuchga aylantirish zarurligi taʼkidlandi. Buning uchun Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy nomidagi va boshqa xalqaro ilmiy-maʼrifiy tashkilotlar bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyiladi, zamonaviy tahdidlarga munosib ilmiy javoblar topiladi.
Davlat rahbari markazdagi bunyodkorlikni yuqori baholab, uning faoliyatini toʻgʻri tashkil etish, maʼno-mazmunini boyitib borish yuzasidan koʻrsatmalar berdi.
– Sakkiz yil davomida bu yerda katta mehnat qilindi. Shunday salobatli va chuqur mazmunli markaz qurdik. Bu yerga keladigan mehmonlar xalqimizning boy tarixi, ajdodlarimiz bilim va tafakkuriga tan beradi, oʻziga katta maʼnaviy quvvat oladi, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Prezident markazga tutash hududda barpo etilgan savdo va xizmat koʻrsatish inshootlari bilan ham tanishdi. Bu kelgusida turizmni rivojlantirishda muhim oʻrin tutadi.
Oʻzbekiston
29.08.2025, 15:24
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Prezident Islom sivilizatsiyasi markazida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi
Oʻzbekiston
20.10.2025, 21:29

Pedofillar umrbod ozodlikdan mahrum qilinadi — Prezident farmoni
Oʻzbekiston
04.03.2026, 06:16

Ramazon saxovati: arzonlashtirilgan yarmarkalar tashkil etiladi
Madaniy
13.02.2026, 17:31

Endi tank, samolyot va askarlar soniga tayanib gʻalabaga erishib boʻlmaydi — Prezident
Oʻzbekiston
13.01.2026, 17:15

Prezident maktabga qor kechib borayotgan oʻquvchi bilan uchrashdi
Jahon
18.12.2025, 13:14

"Bugun dunyoda 1 milliard 100 million aholi kambagʻallikda umr kechirmoqda" - Mirziyoyev sammitda global muammolarga toʻxtaldi
Jahon
04.11.2025, 15:41
Mashhur yangiliklar

Markaziy Osiyoda yirik loyiha: Tashkent Marketing Forum 2026
Iqtisodiyot
12.02.2026, 15:31

Yangi kitob: “Erkin millat poydevori”
Madaniy
13.02.2026, 10:18

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

"Portfolio - yigʻmajild" - xorijiy atamalar oʻzbek muqobillari bilan almashdi
Ta'lim
10.02.2026, 09:56
So‘nggi yangiliklar

Eron bilan urushda AQSh kutilmagan qiyinchilikka duch kelmoqda - Bloomberg
Jahon
11.03.2026, 16:58

8,5 milliard “yoshli” yangi “Meduza galaktikasi” aniqlandi
Fan-texnologiya
11.03.2026, 15:05

AQShda “Anthropic” xavfli deb topildi
Jahon
11.03.2026, 14:17

"Fukusima-1" talofatiga 15 yil boʻldi
Jahon
11.03.2026, 11:48

Oʻzbekistondan Saudiya Arabistoni va BAAga aviaqatnovlarga ruxsat berildi
Oʻzbekiston
11.03.2026, 11:16

Ramazon hayiti Qirgʻizistonda 20 mart kuni nishonlanadi
Jahon
11.03.2026, 06:46

Isroil fosforli qurol ishlatgani maʼlum boʻldi
Jahon
10.03.2026, 23:39

Chexiya Oʻzbekiston fuqarolari uchun yiliga 150 ta mehnat vizasi ajratadi
Oʻzbekiston
10.03.2026, 17:51

Tashanov: Meni javobgarlikka tortishyapti
Oʻzbekiston
10.03.2026, 14:35

Eron va Saudiya oʻrtasida qolgan Pokiston: qanday yoʻl tutish kerak?
Jahon
10.03.2026, 13:04

Tramp: Avstraliya eronlik ayol futbolchilarga boshpana berish kerak
Jahon
10.03.2026, 11:47

Neft bozorida keskin oʻsish: narxlar 100 dollardan oshib ketdi
Iqtisodiyot
10.03.2026, 10:29
Mashhur yangiliklar

Markaziy Osiyoda yirik loyiha: Tashkent Marketing Forum 2026
Iqtisodiyot
12.02.2026, 15:31

Yangi kitob: “Erkin millat poydevori”
Madaniy
13.02.2026, 10:18

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

"Portfolio - yigʻmajild" - xorijiy atamalar oʻzbek muqobillari bilan almashdi
Ta'lim
10.02.2026, 09:56
