Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putin bilan telefonda gaplashdi

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 14 oktabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.

Ulashish:

Muloqotda Oʻzbekiston bilan Rossiya oʻrtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish nuqtai nazaridan yanada rivojlantirish va mustahkamlash masalalari koʻrib chiqildi.

“Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikning asosiy koʻrsatkichlari oʻsish surʼatini saqlab qolish, shuningdek, ikki mamlakat hududlari darajasidagi kooperatsiya loyihalarini qoʻllab-quvvatlashga alohida eʼtibor qaratildi”, - deyiladi xabarda.

Gumanitar hamkorlik, eng avvalo, madaniyat, sanʼat va taʼlim sohalarida, shu jumladan muhandis kadrlarni tayyorlash borasida kengayib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9-10 oktabr kunlari Tojikiston poytaxti Dushanbeda “Markaziy Osiyo – Rossiya” formatidagi ikkinchi sammit va Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi yigʻilishida ishtirok etgan edi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham mazkur tadbirlarda qatnashish uchun Dushanbega keldi.

Mavzuga oid yangiliklar

Mirziyoyev Rossiyadan Toshkentga qaytdi. Ikki kunlik tashrifdan nimalar maʼlum?

Mirziyoyev Rossiyadan Toshkentga qaytdi. Ikki kunlik tashrifdan nimalar maʼlum?

Joriy yilning 7 oktabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga amaliy tashrif bilan uchgandi. Kecha, 8 oktabr kuni Mirziyoyevning tashrifi yakunlanib, u Oʻzbekistonga qaytdi. Xoʻsh, mazkur qisqa muddatli bordi-keldida nimalar muhokama qilindiyu, nimaga kelishib olindi?..

Oʻzbekiston

09.10.2024, 10:02

“IT-Park” loyihasining ikkinchi bosqichiga start berildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 21 oktabr kuni poytaxtimizning Mirzo Ulugʻbek tumanida joylashgan IT-parkga tashrif buyurib, loyihaning ikkinchi bosqichiga tamal toshi qoʻyish marosimida ishtirok etdi. Ushbu hududda jami 6 ta bino – Sunʼiy intellekt markazi, Kosmos va kelajak texnologiyalari markazlari, 2 ta 20 qavatli ofis binosi, shuningdek servis va savdo markazlari quriladi.

Oʻzbekiston

21.10.2025, 13:12

Shavkat Mirziyoyev Saudiya investitsiyalar vazirini qabul qildi

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15 oktabr kuni Toshkentda Saudiya Arabistoni Podshohligi investitsiyalar vaziri Xolid al-Falihni qabul qildi. Bu haqda davlat rahbari matbout xizmati xabar qildi.

Siyosat

15.10.2025, 14:36

Mahalla raislari 5 ming kv m gacha davlat mulklarini auksionga chiqarishi mumkin boʻladi

Endilikda mahalla raisi va hokim yordamchisi boʻsh turgan 5 ming kv m gacha boʻlgan davlat mulkini auksionga chiqarishi mumkin boʻladi. Sotuvdan tushgan mablagʻning 70 foizi mahallaning oʻzida qoladi va infratuzilmaga sarflanadi.

Oʻzbekiston

14.10.2025, 15:31

Shavkat Mirziyoyev “Markaziy Osiyo–Rossiya” sammitida qanday tashabbuslarni ilgari surdi?

Shavkat Mirziyoyev “Markaziy Osiyo–Rossiya” sammitida qanday tashabbuslarni ilgari surdi?

Shavkat Mirziyoyev “Markaziy Osiyo–Rossiya” formatidagi ikkinchi sammitda strategik sheriklikni mustahkamlash, iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish va mintaqaviy barqarorlikni birgalikda taʼminlashga qaratilgan 10 dan ortiq tashabbusni ilgari surdi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar qildi.

Siyosat

10.10.2025, 13:00

Oʻzbekiston grezidenti Tojikistonga joʻnab ketdi

Oʻzbekiston pezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonning taklifiga binoan bugun amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatga joʻnab ketdi. Davlat rahbari 9-10 oktabr kunlari Dushanbeda boʻlib oʻtadigan "Markaziy Osiyo – Rossiya" formatidagi ikkinchi sammit hamda Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi yigʻilishida ishtirok etadi.

Siyosat

09.10.2025, 15:10

So‘nggi yangiliklar

AQSh Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni yumshatdi

Yaqin Sharqdagi mojaro ortidan yuzaga kelgan energiya inqirozi fonida AQSh Rossiya neftiga nisbatan sanksiyalarni vaqtincha yumshatdi. 

Iqtisodiyot

13.03.2026, 17:21

Aliment toʻlovchilarga yengillik boʻlishi mumkin

Prezident yigʻilishlardan birida aliment toʻlovchilarning chet elga chiqishidagi cheklovlar masalasiga toʻxtalib, mutasaddilarga bu muammoni chuqur oʻrganib, tegishli takliflar kiritishni topshirdi.

Oʻzbekiston

13.03.2026, 15:02

Toshkent viloyatidagi yopiq muassasalarda monitoring oʻtkazildi

Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (Ombudsman)ning Toshkent viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan bir qator yopiq muassasalarda monitoring tashriflari amalga oshirildi.

Oʻzbekiston

13.03.2026, 14:47

“Urush vaziri ishdan boʻshatilishi kerak” — AQSh senatori

AQSh harbiylari Eronning Minab shahrida joylashgan qizlar boshlangʻich maktabiga xatolik sabab zarba bergan. Oʻshanda 168 nafar oʻquvchi va 14 nafar oʻqituvchi halok boʻlgan edi.

Jahon

13.03.2026, 12:20

Rossiya Eronga yordam berishni boshladi

Rossiya TIV vakili Mariya Zaxarova Eron va boshqa doʻst davlatlarga gumanitar yordam yetkazib berish ishlari allaqachon tashkil etilganini maʼlum qildi.

Jahon

13.03.2026, 12:01

Toshkentda “aqlli” svetoforlar tizimi kengaytiriladi

Shahar chorrahalari yagona sunʼiy intellektli tizimga ulanib, transport oqimini samarali tartibga solish va tirbandliklarni kamaytirish imkoni paydo boʻladi. 

Oʻzbekiston

13.03.2026, 10:23

Sud Abduraxmon Tashanovga nisbatan qoʻzgʻatilgan maʼmuriy ishni rad etdi

JIB Mirobod tumani sudi sudyasi M. Axmedov Abduraxmon Tashanovga nisbatan Respublika Harbiy prokurori tomonidan qoʻzgʻatilgan maʼmuriy ish materiallarini rad etdi.

Oʻzbekiston

12.03.2026, 16:56

Toshkentda yangi koʻprik oʻpirilib tushdi

Toshkent shahrining Mirzo Ulugʻbek tumanidagi Temur Malik va Buyuk Ipak yoʻli koʻchalari kesishmasida joylashgan yangi yoʻl oʻtkazgichning bir qismi oʻpirilib tushdi. Hodisa kuchli yomgʻirdan soʻng sodir boʻlgan.

Oʻzbekiston

12.03.2026, 14:48

Isroilga qilingan raketa zarbasi oqibatida oʻzbekistonlik halok boʻldi

Eron tomonidan Isroildagi qurilish obʼektiga berilgan raketa zarbasi oqibatida ikki ishchi - 62 yoshli oʻzbekistonlik Rustam Gʻulomov va 40 yoshli ozarbayjonlik Amid Murtuzov halok boʻldi. 

Jahon

12.03.2026, 12:31

Koreya va Yaponiya xavotirda: AQSh mudofaa tizimlarini Yaqin Sharqqa koʻchirmoqda

AQSh raketalarining Janubiy Koreyadan Yaqin Sharqqa koʻchirilishi, ayniqsa, Seulni bezovta qilmoqda.

Jahon

12.03.2026, 11:38

“Crocus City Hall” terakti: sud 15 nafar ayblanuvchini umrbod qamoq jazosiga hukm qildi

Moskvadagi “Crocus City Hall” konsert zalida sodir etilgan terakt boʻyicha sud hukmi eʼlon qilindi. Jinoyat ishi sudda yetti oy davomida koʻrib chiqildi. 

Jahon

12.03.2026, 10:56

«Qoʻqonlik tabib» Iqbol Soliyev Ozarbayjonda hibsga olindi

Oʻzini xalq tabibi sifatida tanishtirib kelgan Iqbol Soliyev Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida qoʻlga olindi.

Oʻzbekiston

12.03.2026, 10:46