Pokiston hukumati Hindistonga nisbatan keskin javob choralarini eʼlon qildi. Hindiston bu voqeani oʻzi uyushtirgan boʻlishi mumkin, sabab nima?
Joriy yilning 24 aprel kuni Hindiston va Pokiston oʻrtasidagi ziddiyat keskin kuchayib, Pokiston hukumati Hindistonga qarshi bir qator keskin choralarni ishlab chiqdi. Endilikda Hindistonning har qanday aviakompaniyalari Pokiston havo hududidan harakatlanishi taqiqlanadi. Bu Hindistonning Kashmirdagi qonli hujum ortidan Pokistonga qarshi boshlangan javob harakatlariga javoban qilindi. Bu haqda "New York Times" maʼlum qildi.
Siyosat
25.04.2025, 11:11
Ulashish:

Qayd etilishicha, 24 aprel Payshanba kuni Pokiston Milliy xavfsizlik qoʻmitasining yuqori darajadagi yigʻilishidan soʻng hukumat Hindiston yuklarining oʻz hududi orqali oʻtishini toʻxtatishini, Hindistonning Islomoboddagi diplomatik vakillik sonini kamaytirishni va Hindiston bilan savdoni toʻxtatishini maʼlum qilgan.
Shu kunda Pokistonning eng yuqori darajadagi fuqarolik va harbiy rahbariyati Hindiston harakatlarini "bir tomonlama, siyosiy sababli va huquqiy jihatdan asossiz" deb atadi. Bu harakatlarga pokistonliklar uchun vizalarni bekor qilish va diplomatik munosabatlarni pasaytirish kiradi.
Hindistonning suv shartnomasini toʻxtatib qoʻyishiga javoban keskin bayonot bergan Pokiston, agar Hindiston suv oqimlarini toʻsishga yoki yoʻnalishini oʻzgartirishga urinsa, bu "urush harakati" sifatida qabul qilinishini aytdi. Pokistonning dehqonchiligining 90 foizi Hindiston orqali oʻtadigan Ind daryosi tizimiga bogʻliq hisoblanadi.
1960 yilda Jahon banki vositachiligida tuzilgan suv shartnomasi Janubiy Osiyodagi kam sonli barqarorlik poydevorlaridan biri deb qaralgan, u toʻliq miqyosdagi urushlar vaqtida ham oʻz kuchini saqlab qolgan edi. Uning hozirda buzilishi ramziy va strategik jihatdan katta darz deb baholanmoqda.
Payshanba kungi xavfsizlik yigʻilishidan avval, Pokiston hukumati hushyor ohangda chiqqan edi. Seshanba kuni jangarilar Hindistonning Kashmir hududida 20 dan ortiq tinch fuqaroni oʻldirganiga qaramay, Pokiston ziddiyat kuchayishini istamasligini bildirgan edi.
Hindiston rasmiylari harbiy zarbalar ehtimoli haqida ishora qilmoqda, telekanallar esa harbiy tahlilchilar bilan toʻlib-toshgan, ular yadroviy qurolga ega qoʻshnilar oʻrtasida ziddiyat kuchayishining kutilmagan oqibatlari haqida ogohlantirmoqda.
Hindiston ommaviy axborot vositalari, asosan Bosh vazir Narendra Modining hukumati tarafdori, zudlik bilan hujumda Pokistonni aybladi. Pokiston esa bu ayblovlarni rad etdi va Hindistonni beqaror hududdagi xavfsizlikdagi zaifliklardan eʼtiborni chalgʻitishda aybladi.
Bunday miqyosdagi oxirgi hujum 2019 yilda Hindiston nazoratidagi Kashmirda boʻlib oʻtgan edi. Oʻshanda oʻnlab hind xavfsizlik xodimlari halok boʻlgan va Hindiston Pokiston hududiga havo hujumi uyushtirib, toʻliq urush yoqasigacha borgan edi.
Baʼzi pokistonlik tahlilchilar hozirgi qarama-qarshilik 2019 yildagidan ham kuchayishi mumkinligidan ogohlantirmoqda.
"Hindistonning eskalatsiyasi allaqachon kechasi boshlandi va bu 2019 yil fevralidagidan ham kengroq boʻladi", degan xavfsizlik boʻyicha tahlilchisi Said Muhammad Ali.
Uning aytishicha, Hindiston bu hujumdan AQSh bilan birdamlikni kuchaytirish va Prezident Trampning boj tariflari tahdidini yumshatish uchun foydalanmoqda. Shuningdek, Kashmirdagi mustaqillik harakatini terrorchilik harakati sifatida koʻrsatishga urinmoqda.
Chorshanba kungi bayonotida Pokiston rasmiylari Hindistonning harbiy harakatlariga oid hech qanday dalil koʻrmaganini bildirdi. Ular Pokiston armiyasi Kashmirning ikki davlat nazoratidagi qismlarini ajratib turuvchi nazorat chizigʻi boʻylab ogoh holda turganini aytdi.
Nashrning yozishicha, ismini oshkor qilishni istamagan yuqori martabali pokistonlik xavfsizlik rasmiysi diplomatik va harbiy masalalarning nozikligi bois Pokiston har qanday harakatga ehtiyotkorona munosabatda boʻlishini, biroq Hindiston tomonidan amalga oshirilgan bosqinlarga qarshi turishini aytgan.
"New York Times"ga koʻra, Hindistondagi vaziyat Hindiston hukumati tomonidan amalga oshirilishi mumkinligi aytilmoqda. Chunki shu vaqtda bu voqea AQSh vitse-prezidenti J.D. Vens Hindistonga tashrif buyurgan paytga toʻgʻri kelgan.
"Ular Pokistonga hech qanday dalilsiz ayb qoʻymoqda", degan isteʼfodagi brigada generali Ahmad Said Minhas Geo News telekanalida.
Hozirgi ziddiyat 2019 yilgi voqealarni eslatmoqda.
Oʻsha yilning fevral oyida Pulvama shahrida sodir boʻlgan xudkushlik hujumi Hindiston tomonidan Pokiston ichkarisiga havo hujumini yuzaga keltirdi, bu esa havo jangiga sabab boʻldi. Hindiston samolyoti urib tushirildi, uchuvchi Abxinandan Vartaman qoʻlga olinib, keyinroq ozod qilindi — bu harakat, garchi qisqa muddatga boʻlsa-da, ziddiyatni pasaytirdi.
Rasmiylarning aytishicha, hozirgi holat 2019 yildagidan farq qiladi. Oʻshandagi hujumni "Jaysh-e-Muhammad" radikal guruhi oʻz zimmasiga olgan va nishonga xavfsizlik xodimlari olingan edi. Bu gal esa tinch fuqarolar oʻldirilgan va hujum uchun javobgarlikni hech kim aniq oʻz zimmasiga olmagan.
Siyosat
25.04.2025, 11:11
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Hindiston va Pokiston oʻrtasidagi ziddiyat avjga chiqdi
Siyosat
24.04.2025, 18:26

Dunyo siyosatiga qutblanishlarning taʼsiri
Siyosat
24.04.2025, 15:36
Mashhur yangiliklar

OTMlarda yangi bakalavriat va magistratura yo‘nalishlari joriy etildi
Ta'lim
07.07.2026, 09:48

Abituriyentlar uchun ruxsatnomalar berish boshlandi
Ta'lim
08.07.2026, 10:57

Toshkent viloyatida bog‘chalar vaqtincha yopildi
Ta'lim
16.07.2026, 11:28

O‘qishni ko‘chirishda milliy va xalqaro sertifikatlar muhimmi?
Ta'lim
16.07.2026, 11:37

“Epshteyn orolidagi jirkanchliklar bari mujassam” – o‘zbek sayyohining Tailandga safari
Madaniy
06.07.2026, 15:30

Iroq hukumati korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash boshladi
Jahon
01.07.2026, 11:42
So'nggi yangiliklar

Yamandagi husiylar yangi uruş boşlamoqda
Jahon
28.07.2026, 13:45

Qiziga majburlab mol göngi yedirgan ota qölga olindi
Oʻzbekiston
28.07.2026, 12:39

Fransiyada erkak uç ayolga piçoq bilan hujum qildi
Jahon
28.07.2026, 10:48

«Erimning qarzini nega men tölaşim kerak?» – maktub
Madaniy
27.07.2026, 13:52

Fransiya va Ispaniya örmon yonğinlariga qarşi kuraşmoqda
Jahon
27.07.2026, 12:22

Tibbiyot xodimlari farzandlari uçun kontrakt tölovining bir qismi qoplab beriladi
Oʻzbekiston
27.07.2026, 12:16

Qozoğiston prezidenti Ukrainadagi uruşni muzlatişga çaqirdi
Siyosat
27.07.2026, 10:30

Ukrainaning Eron kemasiga hujumi javobsiz qolmaydi – Abbos Aroqçi
Siyosat
27.07.2026, 09:50

Sopollitepadan bronza davriga oid pilla parçasi topildi
Fan-texnologiya
25.07.2026, 14:57

Adolf Gitler tuğilgan şaharda töqqizta ommaviy qabr topildi
Fan-texnologiya
25.07.2026, 14:01

BMT boş kotibi Antoniu Guterriş Suriyaga taşrif buyurdi
Jahon
25.07.2026, 13:18

Rossiya Ukraina uruşini yakunlaş böyiça Trampdan yangi takliflar kutadi — Peskov
Siyosat
25.07.2026, 12:26

Venesuela prezidentlik saylovlariga tayyor emas – Tramp
Siyosat
25.07.2026, 10:59

Yo’nalish tanlash qachon boshlanadi?
Ta'lim
24.07.2026, 16:50

Xitoy Tayvan böğozida ikki kunlik öquv-jangovar maşğulotlarni boşladi
Siyosat
24.07.2026, 15:03

Arab va musulmon davlatlari Isroilning Al-Aqso masjidiga bosqinini qoraladi
Jahon
24.07.2026, 13:35

Özbekiston “Yagona Xitoy” tamoyiliga qat’iy amal qiladi – Baxtiyor Saidov
Siyosat
24.07.2026, 11:12

O‘zbekistonda qarzdorlarning 61 foizi kreditni o‘z vaqtida to‘lolmayapti — MB
Iqtisodiyot
23.07.2026, 10:57

Epshteynga "qiz" yetkazib bergan fransuz modeli o'lik holda topildi
Jahon
23.07.2026, 10:01

Endi Toşkentdan Samarqandga 2,5 soatda yetib boriladi – Şavkat Mirziyoyev
Oʻzbekiston
22.07.2026, 16:01
Mashhur yangiliklar

OTMlarda yangi bakalavriat va magistratura yo‘nalishlari joriy etildi
Ta'lim
07.07.2026, 09:48

Abituriyentlar uchun ruxsatnomalar berish boshlandi
Ta'lim
08.07.2026, 10:57

Toshkent viloyatida bog‘chalar vaqtincha yopildi
Ta'lim
16.07.2026, 11:28

O‘qishni ko‘chirishda milliy va xalqaro sertifikatlar muhimmi?
Ta'lim
16.07.2026, 11:37

“Epshteyn orolidagi jirkanchliklar bari mujassam” – o‘zbek sayyohining Tailandga safari
Madaniy
06.07.2026, 15:30

Iroq hukumati korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash boshladi
Jahon
01.07.2026, 11:42
