Saudiya Arabistoni nega Husiylarni yenga olmayapti?
Saudiya Arabistoni o‘n yildan ortiq vaqtdan beri Yamandagi husiylarga qarshi kurashib keladi, biroq amerikancha qurollar va katta harbiy byudjet g‘alabani ta’minlay olmadi. Yaqinda tuzilgan Makka bitimi urush taqdirini o‘zgartira oladimi?
Siyosat
24.10.2026, 11:06
Ulashish:
Saudiya Arabistoni dunyoning eng yirik harbiy byudjetga ega davlatlaridan: yiliga 80 milliard dollar. Qarşisida esa Yaqin Şarqning qaşşoq davlatidagi isyonçilar guruhi – husiylar. Biroq ön yildan ortiq vaqt ötdiki, sönggi rusumdagi Amerika qurollari va yuzlab zamonaviy texnikalarga ega Saudiya Arabistoni husiylar bilan uruşda ğolib bölgani yöq.
Husiylar özi kim?
Husiylar nomi ularning ğoyaviy yetakçisi Husayn Badriddin al-Husiydan olingan. Bu zaydiy mazhabiga amal qiluvçi qurolli va siyosiy taşkilot bölib, Yamanning şimoli-ğarbidagi Sa’da gubernatorligida paydo bölgan. Ular özlarini “Ansorulloh” deb ataşadi.
1992-yilda Husayn al-Husiy va Muhammad Azzan “Yoş möminlar forumi” deb ataladigan diniy-madaniy uyuşmani taşkil qildi. Keyinçalik u ikki oqimga bölinib ketdi: biri tinç yöl tarafdori, ikkinçisi qurolli kuraş tarafdori. Husiylar aynan şu ikkinçi oqimdan çiqqan.
Zaydiylar Şimoliy Yamanni asrlar davomida boşqargan. 1962-yilda ularning qirolligi ağdarildi, örniga respublika örnatildi. Husiylar haq-huquqlari poymol qilinayotganini, öz mavqeyini yöqotganini da’vo qilib, isyon kötardi. 2004-yilda “Sa’da uruşi” boşlandi. Öşa yilning sentyabrida Husayn al-Husiy öldirildi, harakatga esa ukasi Abdulmalik al-Husiy rahbarlik qila boşladi.
2011-yildagi “Arab bahori” Yamanni yanada zaiflaştirdi. 2014-yilda husiylar poytaxt – Sanoni egallab oldi. 2015-yil 26-martdan Saudiya Arabistoni Birlaşgan Arab Amirliklarini ham öz içiga olgan koalitsiya bilan Yamanda harbiy harakatlar boşladi. Husiylar nazoratidagi hududlarga havo zarbalari berildi, dengiz va havo blokadasi joriy etildi.
Qirollik ikki sababga köra mojaroga aralaşdi. Birinçidan, Saudiya Arabistoni özining janubiy çegarasida joylaşgan, şialikka ergaşuvçi husiylarga xavfli tahdid sifatida qaradi. Ikkinçidan, husiylarni öşa paytda Saudiya Arabistonining mintaqadagi asosiy raqibi bölgan Eron yaşirinça dastaklayotgan edi.
Saudiya Arabistoni quruqlik orqali bostirib kiriş örniga havo zarbalari va blokada qilişni tanladi. Çunki husiylar Yamanning eng ziç aholi yaşaydigan ğarbiy qismidagi toğli hududlarini nazorat qilardi. Bunday şaroitda quruqlik orqali uruş olib boriş ança qonli bölişi, yakuni esa mağlubiyat bilan tugaşi heç gap emasdi.
Saudiya hujumlari oqibatida Yamanda yuz minglab odam halok böldi, ammo heç kim ğalaba qozonmadi. Aksinça, uruş boşi berk köçaga kirib qoldi.
2022-yil aprel oyida sulh tuzildi. Ammo bu ham töliq tinçlikka olib kelmadi.
2023-yilda Isroilning Ğazodagi uruşiga javoban husiylar Qizil dengizda tijorat kemalariga hujum qila boşladi. Natijada 2025-yilda esa AQŞ husiylarga aloqador deb hisoblangan hududlarga mingdan ortiq zarba berdi. Vaşingtonning mazkur harbiy kampaniyasi 6-may kuni AQŞ va husiylar örtasida sulh tuzilgaç, yakunlandi.
Bu yillar husiylar uçun yöqotiş emas, balki tayyorgarlik davri böldi. Ular qurol zaxiralarini töldirdi, Eron va “Hizbulloh”dan texnik tajriba va texnologiya oldi. Şuningdek, Yaman hukumatida işlagan köplab sobiq harbiylarni ham öz safiga qöşdi.
Saudiya Arabistoni nega Husiylarni yenga olmayapti?
Pul, texnika va yirik ittifoqçilarga qaramay, Saudiyaning husiylarni tor-mor etolmasligiga bir qança sabablar mavjud.
Birinçisi — uruş mantiği. Husiylarga mutlaq ğalaba kerak emas; ular uçun eng muhimi — Saudiyani maqsadiga eriştirmaslik va uruşni uzoq muddatli hamda xarajatli qiliş. Tahlilçilar fikriça, Husiylarning mahalliy şaroitlarni va geografik joylaşuvlarni puxta bilişi eng katta afzalligidir.
Ikkinçi sabab — faqat havodan zarbalar beriş samarasiz. Saudiya ön yil oldin tanlagan havo zarbalari va blokada taktikasida qolmoqda. Bular jiddiy bosim ötkazsa-da, quruqlikdagi qöşinsiz husiylarga jiddiy talafot yetkaza olmaydi. Husiylar Yaman aholisining qariyb 60–65 foizi yaşaydigan hududlarni nazorat qiladi.
Uçinçi sabab — Saudiya suyanadigan guruhlarning bölinib ketgani. Husiylarga qarşi kuraşayotgan kuçlar yagona qömondonlik ostida birlaşmagan. Turli guruhlar örtasidagi raqobat va kelişmovçiliklar Saudiyaga yagona, intizomli va markazlaşgan quruqlik qöşinlaridan foydalanişni muşkullaştirdi.
Törtinçi sabab — AQŞ iştirokining yöqligi. Xabarlarga köra, joriy yil valiahd şahzoda Muhammad bin Salmon Trampga bir neça marta qönğiroq qilib, husiylarga qarşi harbiy operatsiya ötkazişni söragan. Ammo AQŞ Qirollik sörovini rad etib, bevosita harbiy operatsiyada qatnaşmadi.
Musulmon “NATO”si husiylarga qarşi
Makka bitimi Saudiya Arabistoni, Pokiston va Turkiya örtasidagi harbiy ittifoq hisoblanadi. Unda NATOning 5-moddasiga öxşaş özaro mudofaa bandi mavjud. Ya’ni, uç davlatdan biriga qilingan har qanday qurolli hujum uçalasiga qarşi hujum sifatida baholanadi.
Sentyabr boşida Makka ittifoqi amalda işga tuşişi mumkinligi haqida gaplar paydo böldi. Biroq Turkiya va Pokiston rasmiylari bitim mavjud mojarolarga taalluqli emasligini, şuningdek, kelişuv hali ikki davlat parlamenti tomonidan ratifikatsiya qilinmaganini ta’kidlaşdi.
4-oktyabr kuni Saudiya Arabistoni va Yaman hukumat kuçlari husiylarga qarşi yangi hujum boşlanganini e’lon qildi. Ularning bayonotiga köra, endi maqsad şunçaki ilgari boy berilgan hududlarni qaytarib oliş emas, balki butun mamlakatni husiylardan tozalaşdir.
Şundan söng, Makka bitimi doirasidagi vaziyat ham kutilmaganda özgardi. 5-oktyabr kuni Turkiya va Pokiston Makka bitimi böyiça majburiyatlarini amalda işga tuşirişini, Saudiya Arabistoniga kelişilgan harbiy kuç va imkoniyatlarni tezkor joylaştiriş çoralarini körişini ma’lum qildi.
Bu voqealar yanada xatarli oqibatlarga olib kelişi mumkin. Çunki Şimoliy Yamanda önlab yillar davomida mavjud bölib kelgan husiylar hozir ança yaxşi moliyalaştirilgan va mustahkam örnaşgan.
Bundan taşqari, husiylarni butunlay yöq qilişga uriniş Eronning töğridan töğri javob qaytarişiga sabab bölişi mumkin. Turkiya va Pokiston qöşinlarining Saudiya Arabistonida joylaştirilişi esa mojaroni mintaqaviy uruşga aylanib ketiş xavfini oşiradi.
Mavzuga oid yangiliklar

Ar-Riyod aeroportiga uyushtirilgan hujumlarda 3 nafar Qirollik fuqarosi halok bo‘ldi
Jahon
09.10.2026, 16:12

Yamandagi husiylar yangi uruş boşlamoqda
Jahon
28.07.2026, 13:45

G7 davlatlari husiylarni Saudiya Arabistoniga hujumlarni tóxtatişga çaqirdi
Jahon
22.09.2026, 11:06

AQSH Saudiya Arabistoni bilan yadro energetikasi bo‘yicha tarixiy kelishuvni ma’qulladi
Jahon
22.07.2026, 11:10

Hormuzdagi hujumlar neft qazib oliş hajmiga ta’sir etdimi?
Iqtisodiyot
13.11.2026, 09:04

Özbekiston – Rossiya uçraşuvini tojikistonlik hakamlar boşqaradi
Sport
10.11.2026, 11:09
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Ukrainada Starlink faoliyati cheklandi
Jahon
15.10.2026, 11:18

Hindistonda yigit AI yordamida özini öğirlatdi
Jahon
02.11.2026, 11:04
So'nggi yangiliklar

AQŞda deportatsiya va hibsga olişlar soni rekordga yetdi
Jahon
13.11.2026, 14:50

Toşkentda avtomobillarni evakuatsiya qiliş tartibi özgardimi?
Oʻzbekiston
13.11.2026, 12:32

Özbekistonda ilk bor sun’iy muzlik — “Ice Stupa” texnologiyasi joriy etildi
Oʻzbekiston
13.11.2026, 12:12

Hormuzdagi hujumlar neft qazib oliş hajmiga ta’sir etdimi?
Iqtisodiyot
13.11.2026, 09:04

«Ğazoliklarning ahvoli oğir»: Lyuis Hemilton Isroilga murojaat qildi
Jahon
12.11.2026, 16:42

Tolibon erkak şifokorlarning ayollarni davolaşini çeklamoqda
Jahon
12.11.2026, 15:46

Ğazoda qiş yaqinlaşmoqda, gumanitar yordam esa kirolmayapti
Jahon
12.11.2026, 12:36

«Demokrat.uz» rahbari va blogerga sud hukmi öqildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 12:27

Yangi Toşkentda hokimlik oçiladi: şaharda qaysi idoralar iş boşlaydi?
Oʻzbekiston
12.11.2026, 11:08

Aeroportdagi telefonlar mojarosi: Soxta IMEI raqamlari
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:51

Feruza Normatovaga nisbatan jinoyat işi qözğatildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:35

Feruza Normatovaga nisbatan jinoyat işi qözğatildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:35

Qozoğistonga aloqador xakerlar Tojikiston va Özbekiston davlat tizimlariga hujum uyuştirdi
Jahon
12.11.2026, 10:18

Qozoğistonda “Kulpaş” va “Aytmatov” filmlari namoyişi qoldirildi
Madaniy
11.11.2026, 15:53

Rossiyada migrantlar sodir etgan jinoyatlar 40 foizga kamaydi
Jahon
11.11.2026, 12:17

GTL loyihasi kutilgan natijani berdimi?
Oʻzbekiston
11.11.2026, 12:06

Eronda yangi yerosti «raketa şahri» oçildi
Jahon
11.11.2026, 11:36

YEI ilk bor Ukrainada harbiy iştirokini yölga qöyadi
Jahon
11.11.2026, 10:09

Qirğiziston Tojikistondan ötgan 170 ta uyni aholiga beradi
Jahon
10.11.2026, 15:10

"Soyuzmultfilm" Özbekiston bilan hamkorlikni tiklamoqçi
Madaniy
10.11.2026, 11:53
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Ukrainada Starlink faoliyati cheklandi
Jahon
15.10.2026, 11:18

Hindistonda yigit AI yordamida özini öğirlatdi
Jahon
02.11.2026, 11:04
