Shavkat Mirziyoyev vatandoshlar va "El-yurt umidi" jamgʻarmasi stipendiatlari bilan uchrashdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev AQShga amaliy tashrifini yakunlar ekan, anʼanaga koʻra, ushbu mamlakatda mehnat va istiqomat qilayotgan vatandoshlarimiz, shuningdek, AQShning nufuzli universitetlarida tahsil olayotgan "El-yurt umidi" jamgʻarmasi stipendiatlari bilan uchrashdi.
Siyosat
25.09.2025, 10:02
Ulashish:

Norasmiy muhitda oʻtgan samimiy suhbat davomida Yangi Oʻzbekistondagi islohotlarni amalga oshirish bilan bogʻliq masalalar, xususan, ularni faol ilgari surishda vatandoshlar va ularni birlashtiruvchi tashkilotlarning ishtiroki muhokama qilindi.
Uchrashuvda muvaffaqiyatli tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻygan vatandoshlar va yoshlar oʻrtasida muloqot maydonini yaratishga qaratilgan "Vatandoshlarning xalqaro biznes marafoni"ga start berildi.
Ishtirokchilar Oʻzbekiston va AQSh oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, ilmiy va taʼlim aloqalarini kengaytirish va mustahkamlash, milliy iqtisodiyotning ustuvor sohalariga AQShning ilgʻor texnologiyalarini joriy etish, tibbiyot, transport va logistika sohalarida innovatsiyalarni ilgari surish, mamlakatimizda marketpleyslarni rivojlantirish boʻyicha oʻz takliflarini bildirdilar.
Davlat rahbari yigʻilganlarga Vatanimiz taraqqiyotiga qoʻshayotgan hissasi uchun minnatdorlik bildirib, aytilgan barcha taklif va tashabbuslar mamlakatimiz vazirlik va idoralari tomonidan puxta oʻrganib chiqilishi, eng istiqbollilari esa amaliyotga tatbiq etilishini taʼkidladi.
Oʻzbekiston prezidenti AQShda "El-yurt umidi" stipendiatlari soni 500 nafardan oshganiga alohida eʼtibor qaratdi. Isteʼdodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning bilim va tajribasini ona yurtda qoʻllash uchun imkoniyat yaratish davlat siyosatining asosiy ustuvor yoʻnalishlaridan biri ekanligini taʼkidladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev talabalarga oʻqishda va kelgusidagi kasbiy faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tilab, davlatimiz yoshlarning tashabbuslariga doimo ochiqligi va ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga tayyor ekanligini taʼkidladi.
Oʻz navbatida, uchrashuv ishtirokchilari Oʻzbekiston yetakchisiga xorijdagi vatandoshlar va yoshlarga koʻrsatilayotgan eʼtibor, ularning salohiyatini roʻyobga chiqarish uchun yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar uchun minnatdorlik bildirib, Vatanimiz ravnaqiga yanada koʻproq hissa qoʻshishga tayyorligini bildirdilar.
Siyosat
25.09.2025, 10:02
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Shavkat Mirziyoyev AQShga amaliy tashrif bilan yetib bordi
Siyosat
05.11.2025, 08:44

Shavkat Mirziyoyev Belgiyaliklar qiroli bilan uchrashdi
Siyosat
24.10.2025, 21:17

Kosmik sohadagi ishlar prezident ishtirokida koʻrib chiqildi
Oʻzbekiston
17.10.2025, 10:27

Muhammad Abunayyan: “Oʻz xalqini Siz kabi sevadigan davlat rahbarini uchratmadim”
Oʻzbekiston
16.10.2025, 16:03

Prezident “Yangi avlod” maxsus sanoat zonasida amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishdi
Iqtisodiyot
16.10.2025, 10:42

Shavkat Mirziyoyev BMT 80 yilligiga bagʻishlangan tadbirda qatnashadi
Siyosat
19.09.2025, 09:00
Mashhur yangiliklar

Tashiyev va Japarov raqobati: ziddiyat ortidagi korrupsiya va siyosiy o‘yinlar
Jahon
29.04.2026, 17:48

“Ochofat yirtqichlar” – Tramp, Putin va Netanyahu xalqaro huquqni buzishda ayblandi
Jahon
21.04.2026, 11:26

Abbos Aroqchi Vladimir Putin bilan uchrashdi
Jahon
28.04.2026, 10:47

Yevropaga eltuvchi yo‘llar “qabriston”ga aylanmoqda
Jahon
22.04.2026, 11:38

Isroillik erkak Quddusda xristian rohibasiga hujum qilib, jarohat yetkazdi
Jahon
01.05.2026, 16:27

Sun’iy intellektda yaratilgan aktyor va senariylarga “Oskar” berilmaydi
Madaniy
02.05.2026, 17:05
So'nggi yangiliklar

Kongo va Ugandada Ebola epidemiyasi tarqaldi
Jahon
18.05.2026, 09:56

Turkiy davlatlar rahbarlari Ahmad Yassaviy maqbarasini ziyorat qilishdi
Madaniy
15.05.2026, 16:18

“Eron urushini davom ettirishdan ma’no yo‘q” – Xitoy
Jahon
15.05.2026, 10:55

Chorvachilikni rivojlantirishda yangi qadam
Oʻzbekiston
13.05.2026, 17:22

O‘zbekistonga qaytarilgan tarixiy artefaktlar jamoatchilikka taqdim qilindi
Madaniy
13.05.2026, 16:32

Andijon voqealari: 21 yil oldingi qonli kun
Oʻzbekiston
13.05.2026, 14:42

O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari 70,9 milliard dollarga yetdi
Iqtisodiyot
12.05.2026, 15:49

Davomli xantavirus — Infeksiyadan keyingi hayot tashvishlimi?
Jahon
12.05.2026, 15:09

BAA kompaniyasi O‘zbekistonda 100 ta diagnostika markazi tashkil etadi
Oʻzbekiston
12.05.2026, 11:25

Moliyaviy xizmatlar sohasida 22,4 foizlik o‘sish qayd etildi
Iqtisodiyot
11.05.2026, 16:08

Hindiston bosh vaziri masofaviy ishlashga qaytishni taklif qildi
Jahon
11.05.2026, 15:40

O‘zbek qizi malay tili bo‘yicha xalqaro musobaqa g‘olibi bo‘ldi
Ta'lim
11.05.2026, 14:01

Qiymati 50 mln dollardan ortiq bo‘lgan loyihalar korrupsiyaga qarshi tekshiruvdan o‘tadi
Iqtisodiyot
11.05.2026, 12:55

Britaniyalik pop yulduzi Dua Lipa Samsung kompaniyasini sudga berdi
Jahon
11.05.2026, 11:26

Soxta “Nobel” yaratib, o‘zini-o‘zi mukofotlagan professor fosh bo‘ldi
Jahon
09.05.2026, 16:06

Nega “Pivo o‘lkasi”da ichkilik darajasi pasayib ketdi?
Jahon
08.05.2026, 17:11

Shakira Jahon chempionatining rasmiy “Dai Dai” qo‘shig‘ini taqdim etdi
Sport
08.05.2026, 10:48

Afg‘onistondagi gumanitar inqiroz Markaziy Osiyoni logistika markaziga aylantirishi mumkin
Jahon
07.05.2026, 13:30

O‘zbekiston va Pokiston sanoat, investitsiya va logistika sohalaridagi hamkorlikni kengaytirmoqda
Iqtisodiyot
07.05.2026, 12:06

Eronlik Nobel mukofoti sovrindori Narges Muhammadiy o‘lim yoqasida
Jahon
06.05.2026, 17:11
Mashhur yangiliklar

Tashiyev va Japarov raqobati: ziddiyat ortidagi korrupsiya va siyosiy o‘yinlar
Jahon
29.04.2026, 17:48

“Ochofat yirtqichlar” – Tramp, Putin va Netanyahu xalqaro huquqni buzishda ayblandi
Jahon
21.04.2026, 11:26

Abbos Aroqchi Vladimir Putin bilan uchrashdi
Jahon
28.04.2026, 10:47

Yevropaga eltuvchi yo‘llar “qabriston”ga aylanmoqda
Jahon
22.04.2026, 11:38

Isroillik erkak Quddusda xristian rohibasiga hujum qilib, jarohat yetkazdi
Jahon
01.05.2026, 16:27

Sun’iy intellektda yaratilgan aktyor va senariylarga “Oskar” berilmaydi
Madaniy
02.05.2026, 17:05
