Tramp Kongressga Eron bilan urush qayta boshlanganini bildirdi
AQSH qonunchiligiga ko‘ra, prezident Kongress roziligisiz urush boshlasa, uni 60 kun ichida to‘xtatishi shart. AQSH va Eron o‘rtasidagi mojaro bo‘yicha 60 kunlik muddat 1-mayda tugagan. Ammo Trampda urushni davom ettirish uchun "bahona" mavjud.
Siyosat
14.07.2026, 11:34
Ulashish:

AQSH prezidenti Donald Tramp Kongressga Eronga qarshi harbiy harakatlar 7-iyul kuni qayta boshlanganini rasman ma’lum qildi.
Ma’muriyat bu xatni Kongress roziligisiz mintaqada yangi 60 kunlik harbiy urushni boshlab beruvchi hujjat sifatida baholamoqda.
10-iyul sanasi bilan yozilgan va Reuters ko‘rgan maktubda Tramp shunday deydi:
“Men ushbu harbiy harakatga amerikaliklarni hamda AQSHning milliy xavfsizligi va tashqi siyosiy manfaatlarini himoya qilish vazifasiga muvofiq ravishda boshchilik qildim”.
Maktubda Trampning harakatlari, jumladan, 7-aprel kuni e’lon qilgan va keyinchalik uzaytirilgan ikki haftalik sulh, shuningdek, mojaroni diplomatik yo‘l bilan hal etishga qaratilgan ma’muriyat sa’y-harakatlari bayon etilgan.
Shuningdek, AQSH prezidenti 17-iyun kuni Eron bilan imzolagan anglashuv memorandumini eslatib, Eron Hormuz bo‘g‘ozida harakatlanayotgan tijorat kemalariga hujum qilish orqali ushbu kelishuvni buzganini aytgan. Aynan shu holat Islom Respublikasiga qarshi zarbalarni qayta boshlashga sabab bo‘lgan.
Urush vakolatlari to‘g‘risidagi qonun
AQSH Konstitutsiyasiga ko‘ra, urush e’lon qilish vakolati prezidentga emas, balki Kongressga tegishli. Biroq AQSH prezidentlari mamlakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida Kongress roziligisiz qisqa muddatli harbiy amaliyotlarni boshlash huquqiga ega ekanini ta’kidlab kelgan.
“Harbiy vakolatlar to‘g‘risida”gi qonunga ko‘ra, prezident harbiy harakatlarni boshlaganidan so‘ng 48 soat ichida Kongressni xabardor qilishi shart. Bundan tashqari, Kongress ruxsatisiz boshlangan harbiy amaliyotlar 60 kun ichida to‘xtatilishi kerakligi belgilangan.
Eron bo‘yicha ilk 60 kunlik muddat 1-mayda tugagan edi. Biroq respublikachi prezident sulh tufayli harbiy harakatlar yakunlanganini e’lon qilib, bu muddat endi amal qilmasligini ta’kidladi. Holbuki, shundan so'ng ham hujumlar davom etdi va AQSh kuchlari Eron portlarini qamal qildi.
Demokratlar va urushga qarshi bo‘lgan respublikachilar ma’muriyat qonunni noto‘g‘ri talqin qilayotganini ta’kidladi.
Vakillar palatasidagi yuqori martabali demokrat yordamchisi anonimlik sharti bilan Reuters’ga shunday dedi:
“Prezidentning o‘zi to‘rt-olti hafta davom etadi degan urush oylab cho‘zilib ketganini shunchaki yo‘qqa chiqara olmaydi”.
“Ishimni qiyinlashtiryapsiz”
Bundan tashqari, o‘tgan oy Senat va Vakillar palatasi Trampdan AQSH qo‘shinlarini Eronga qarshi harbiy harakatlardan olib chiqishni talab qiluvchi rezolyutsiyani ma’qulladi.
Tramp bunga keskin munosabat bildirib, rezolyutsiyani qo‘llab-quvvatlaganlarni Eronga “madad berayotganlikda” va uning ishini “yanada qiyinlashtirayotganlikda” aybladi.
Siyosat
14.07.2026, 11:34
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Tramp: Eron bilan kelishuv saylovdan keyin tuziladi
Jahon
23.09.2026, 10:20

AQSH va Eron Qatarda muzokara o‘tkazadi
Jahon
29.06.2026, 11:44

Eron yadro quroli yaratmaydi, AQSH esa sanksiya qo‘llamaydi...
Jahon
15.06.2026, 12:32

Tramp: Eronga qarshi jiddiy choralar ko‘ramiz
Jahon
14.10.2026, 15:25

Trampning Eron Los-Anjeles va San-Diyegoni egallashi haqidagi gapi tanqidga uchradi
Siyosat
07.10.2026, 15:25

Pezeshkian BMT minbarida: «Eron terrorizm qurboni»
Jahon
24.09.2026, 10:26
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Ukrainada Starlink faoliyati cheklandi
Jahon
15.10.2026, 11:18

Elektromobillar qimmatlaydimi?
Iqtisodiyot
14.10.2026, 16:59
So'nggi yangiliklar

«Ğazoliklarning ahvoli oğir»: Lyuis Hemilton Isroilga murojaat qildi
Jahon
12.11.2026, 16:42

Tolibon erkak şifokorlarning ayollarni davolaşini çeklamoqda
Jahon
12.11.2026, 15:46

Ğazoda qiş yaqinlaşmoqda, gumanitar yordam esa kirolmayapti
Jahon
12.11.2026, 12:36

«Demokrat.uz» rahbari va blogerga sud hukmi öqildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 12:27

Yangi Toşkentda hokimlik oçiladi: şaharda qaysi idoralar iş boşlaydi?
Oʻzbekiston
12.11.2026, 11:08

Aeroportdagi telefonlar mojarosi: Soxta IMEI raqamlari
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:51

Feruza Normatovaga nisbatan jinoyat işi qözğatildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:35

Feruza Normatovaga nisbatan jinoyat işi qözğatildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:35

Qozoğistonga aloqador xakerlar Tojikiston va Özbekiston davlat tizimlariga hujum uyuştirdi
Jahon
12.11.2026, 10:18

Qozoğistonda “Kulpaş” va “Aytmatov” filmlari namoyişi qoldirildi
Madaniy
11.11.2026, 15:53

Rossiyada migrantlar sodir etgan jinoyatlar 40 foizga kamaydi
Jahon
11.11.2026, 12:17

GTL loyihasi kutilgan natijani berdimi?
Oʻzbekiston
11.11.2026, 12:06

Eronda yangi yerosti «raketa şahri» oçildi
Jahon
11.11.2026, 11:36

YEI ilk bor Ukrainada harbiy iştirokini yölga qöyadi
Jahon
11.11.2026, 10:09

Qirğiziston Tojikistondan ötgan 170 ta uyni aholiga beradi
Jahon
10.11.2026, 15:10

"Soyuzmultfilm" Özbekiston bilan hamkorlikni tiklamoqçi
Madaniy
10.11.2026, 11:53

Özbekiston – Rossiya uçraşuvini tojikistonlik hakamlar boşqaradi
Sport
10.11.2026, 11:09

Rossiyada işçi kuçi tanqis, migrantlar uçun çeklovlar esa kuçaymoqda
Siyosat
09.11.2026, 17:58

Davlat içidagi davlat: Samsung qanday yuksaldi?
Fan-texnologiya
09.11.2026, 16:19

Kelgusi 10 yilda 450 mlrd dollarlik energetika loyihalari amalga oşiriladi
Oʻzbekiston
09.11.2026, 15:16
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Ukrainada Starlink faoliyati cheklandi
Jahon
15.10.2026, 11:18

Elektromobillar qimmatlaydimi?
Iqtisodiyot
14.10.2026, 16:59
