Surxondaryoda ekstremistik gʻoyalar taʼsiriga tushib qolgan shaxslarga nisbatan sud hukmi oʻqildi

Guruh aʼzolari orasida muqaddam ekstremistik gʻoyalar bilan bogʻliq sodir etgan jinoyatlari uchun 2021 yilda yengillik qoʻllanilib, shartli ozodlik bilan ochiqlikda qoldirilgan shaxslar ham bor.

Ulashish:

Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati boʻyicha Boshqarmasi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi qaroriga binoan terrorchilik tashkiloti deb tan olingan va mamlakatimizda faoliyati taʼqiqlangan “Tavhid va jihod katibasi” terrorchilik tashkiloti tarafdorlaridan iborat noqonuniy guruh faoliyatiga chek qoʻyildi.

Taʼkidlash lozimki, guruh aʼzolari orasida muqaddam ekstremistik gʻoyalar bilan bogʻliq sodir etgan jinoyatlari uchun 2021 yilda yengillik qoʻllanilib, shartli ozodlik bilan ochiqlikda qoldirilgan shaxslar ham bor.

2024 yilda tashkil etilgan guruh aʼzolari viloyatning togʻoldi hududlarida hordiq chiqarish niqobi ostida oʻtkazilgan diniy yigʻinlarda terrorchilik tashkilotlari gʻoyaviy rahnamolarining maʼruzalarini tinglab, Suriya davlatiga borib, jangarilar safida “jihod” qilish va oʻzlarini portlatish yoʻli bilan “shahid” boʻlish masalalarini muhokama qilishgan.

Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlar orqali “Tavhid va jihod katibasi” tashkiloti yollovchilari bilan muloqot oʻrnatib, ular yuborgan qoʻlbola portlovchi qurilmalar va zaharlovchi moddalar tayyorlashning elektron yoʻriqnomalari yordamida keyinchalik qoʻporuvchilik harakatlarini amalga oshirishni reja qilishgan.

Shu maqsadda Telegram messenjeridagi yopiq guruhda xorijdagi terrorchilar koʻmagida portlovchi moddalar tayyorlash boʻyicha nazariy bilimlarni oʻrganishgan.

Taʼkidlash joizki, jinoiy guruhning 4 nafar aʼzosi internetdagi targʻibotlar taʼsirida Suriyadagi jangarilar safiga borib qoʻshilishga ulgurgan. Natijada ularga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, rasmiy qidiruv eʼlon qilingan. 

Guruhning 20 nafar faol aʼzosiga nisbatan sud hukmi oʻqildi va ular Jinoyat Kodeksining 155, 155-2, 155-3, 159,  244-1 va 244-2 moddalari bilan aybli deb topilib, qilmishlariga mos ravishda 6 yildan 13 yilgacha ozodlikdan mahrum etildi.

Guruhning qolgan aʼzolariga nisbatan esa insonparvarlik prinsiplari bilan yengillik qilinib, kechirimlilik siyosati qoʻllanildi.

Oʻzbekiston

11.09.2025, 17:28

Ulashish:

So‘nggi yangiliklar

Notarial xizmatlar koʻrsatishda ayrim talablar bekor qilinadi

2026 yil 1 apreldan koʻchmas mulk va undagi ulushlar bilan bogʻliq barcha bitimlar notarius tomonidan Tizim orqali davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun yuboriladi.

Oʻzbekiston

11.09.2025, 18:25

Oʻzbekistonda yakka tartibdagi tadbirkorlar (YaTT) soni kamaymoqda

2025 yilning 1 mart holatiga mamlakatda faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar (YaTT) soni 284 ming 110 nafarni tashkil etgan.

Iqtisodiyot

11.09.2025, 16:28

Milliy gvardiya: "Kichik portlash yuzaga kelib, 10 ga yaqin harbiy xizmatchi jarohatlandi"

Milliy gvardiya: "Kichik portlash yuzaga kelib, 10 ga yaqin harbiy xizmatchi jarohatlandi"

Milliy gvardiyaning maʼlumot berishicha, joriy yilning 10 sentabr kuni Nukus dala oʻquv maydonida, amaliy oʻquv mashgʻuloti tashkillashtirilgan.  

Oʻzbekiston

11.09.2025, 15:54

Navoiyda fuqarolarni Ukrainaga qarshi urushga yollash orqali pul ishlamoqchi boʻlgan shaxs ozodlikdan mahrum qilindi

44 yoshli ayol fuqarolarni Rossiya tomonidan Ukrainaga qarshi urushda ishtirok etsa, oyiga 4-7 ming AQSh dollaridan pul berilishini aytib, qiziqtirib kelgan. U bir fuqaroni yollab, Rossiyaga joʻnatish uchun Toshkent viloyatida joylashgan “Navoiy” chegara-bojxona posti orqali Qozogʻistonga oʻtayotganida DXX Navoiy viloyati boʻyicha boshqarmasi tomonidan ushlangan.

Oʻzbekiston

11.09.2025, 15:27

“Atrofdagi mish-mishlardan charchadim” – Temur Kapadze

Oʻzbekiston terma jamoasining amaldagi bosh murabbiyi Temur Kapadze kecha Futbol + podkastida ishtirok etib, soʻnggi paytlarda murabbiy olib kelinishi haqida chiqayotgan mish-mishlardan charchaganini va qarorlar tartibsiz qabul qilinayotganini taʼkidladi. 

Sport

11.09.2025, 14:25

Senat raisi: fuqarolarning mehnat huquqlarini taʼminlashga qaratilgan qonunchilik takomillashmoqda

Tanzila Norboyeva ushbu qonun loyihasi mamlakatda munosib mehnatni tashkil etish va kasaba uyushmalarining rolini yanada kuchaytirishga xizmat qilishini alohida qayd etdi.

Oʻzbekiston

11.09.2025, 13:20

Isroil armiyasi Gʻazoda 360 ta obʼektga hujum qilganini maʼlum qildi

Isroil armiyasi soʻnggi kunlarda Gʻaza sektorida 360 ta obʼektni, jumladan baland uylarni nishonga olganini maʼlum qildi.

Jahon

11.09.2025, 12:03

UzAuto Motors 8 ta yangi model chiqarishni rejalashtiryapti

UzAuto Motors bosh direktori Yanosh Kovachga koʻra, kompaniya yaqin vaqtlarda 8 ta yangi model chiqarishni moʻljallayapti. Bunda asosiy eʼtibor SUV segmentini kengaytirishga qaratiladi.

Oʻzbekiston

11.09.2025, 11:04

Senat qoʻmitalarida sunʼiy intellekt hamda rieltorlik faoliyatiga oid qonunlar koʻrib chiqildi

Senatning Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasining majlisida “Sunʼiy intellektni qoʻllash orqali yuzaga keladigan munosabatlar tartibga solinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun muhokama qilindi.

Oʻzbekiston

11.09.2025, 10:04

Yangi Toshkent hududida “Peterburg mavzesi”ni barpo etiladi

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburg shahri gubernatori Aleksandr Beglov boshchiligidagi Rossiya delegatsiyasini qabul qildi.

Siyosat

11.09.2025, 09:01

Harbiy va idoraviy formalarga oʻxshash kiyim kiyganlar jarimaga tortiladi

Jinoyat kodeksiga hamda Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga vazirliklar, idoralar va tashkilotlar xodimlarining formali kiyim-boshini qonunga xilof ravishda kiyib yurish holatlarining oldini olishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqidagi qonun loyihasi eʼlon qilindi.

Oʻzbekiston

10.09.2025, 20:51