Harbiy va idoraviy formalarga oʻxshash kiyim kiyganlar jarimaga tortiladi

Jinoyat kodeksiga hamda Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga vazirliklar, idoralar va tashkilotlar xodimlarining formali kiyim-boshini qonunga xilof ravishda kiyib yurish holatlarining oldini olishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqidagi qonun loyihasi eʼlon qilindi.

Ulashish:

Jinoyat kodeksi 56-moddasi birinchi qismining “o” bandi quyidagi tahrirdagi “o” va “p” bandlari bilan almashtiriladi:

“o) mastlik holatida yoki giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop yoxud kishining aql-idrokiga taʼsir qiluvchi boshqa moddalar taʼsiri ostida jinoyat sodir etish;

p) hokimiyat vakili boʻlmagan shaxs tomonidan hokimiyat vakilining xizmat kiyimi yoki hujjatlaridan foydalangan holda jinoyat sodir etish”.

Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 209-1-moddasi quyidagi tahrirda bayon qilinadi:

“209-1-modda. Vazirliklar, idoralar va tashkilotlar xodimlarining formali kiyim-boshini qonunga xilof ravishda kiyib yurish, harbiy va idoraviy formali kiyimga oʻxshash formali kiyim-boshni joriy etish va ulardan foydalanish

Formali kiyim-bosh kiyib yurishi nazarda tutilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar harbiy xizmatchilari hamda xodimlarining tasdiqlangan namunadagi harbiy, idoraviy va maxsus formali kiyim-boshini, shuningdek, ushbu turdagi formali kiyim-boshining farqlovchi belgilari va (yoki) ramzlariga ega formali kiyim-boshini bunday huquqqa ega boʻlmagan shaxslar tomonidan kiyib yurish – formali kiyim-boshni musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Matosining rangi, tikilish uslubi, farqlovchi belgilari va boshqa predmetlari harbiy va idoraviy formali kiyim-bosh predmetlarini takrorlovchi yoki unga oʻxshash kiyim-boshni joriy etish yoki ulardan foydalanish – formali kiyim-boshni musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”.

Oʻzbekiston

10.09.2025, 20:51

Ulashish:

So‘nggi yangiliklar

Toshkentda Germaniya tibbiyot akademiyasi ochildi

Kecha poytaxtdagi Abu Ali ibn Sino nomidagi 1-son Respublika jamoat salomatligi texnikumi bazasida Germaniya tibbiyot akademiyasining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekiston

21.10.2025, 20:42

Soliq qarzi eng yuqori boʻlgan korxonalar aniqlandi

2025 yil 15 oktabr holatiga koʻra, mamlakat boʻyicha 173 mingdan ortiq tashkilotning 747 mingga yaqin xodimi mol-mulk va yer soligʻi boʻyicha jami 831,5 milliard soʻmlik qarzdorlikka ega.

Iqtisodiyot

21.10.2025, 19:43

Janubiy Xitoy dengizi ustida Xitoy va Avstraliya oʻrtasida tanglik yuzaga keldi

Janubiy Xitoy dengizidagi bahsli Parasel orollari yaqinida Xitoy va Avstraliya harbiy-havo kuchlari oʻrtasida navbatdagi ziddiyatli holat kuzatildi.

Oʻzbekiston

21.10.2025, 18:43

Marhum shoir Aʼzam Oʻktam tavalludining 65 yilligi nishonlandi

Fargʻona viloyatidagi Qoʻqon universitetida “Globallashuv sharoitida ona tili va adabiyotning ijtimoiy ahamiyati va uni saqlash tamoyillari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya doirasida zamonaviy oʻzbek adabiyotining isteʼdodli vakili, marhum Aʼzam Oʻktam tavalludining 65 yilligi ham keng nishonlandi. 

Oʻzbekiston

21.10.2025, 18:24

Toshkentda yangi tibbiyot klasteriga 150 million dollar sarflanadi

Toshkent shahrida Koreya Eksimbanki bilan hamkorlikda zamonaviy “tibbiyot klasteri” tashkil etiladi.

Oʻzbekiston

21.10.2025, 17:41

Oʻzbekiston va Ozarboyjon harbiy sohadagi hamkorlikni kuchaytiradi

Samarqand shahrida Oʻzbekiston mudofaa vaziri, general-leytenant Shuhrat Xalmuhamedov va Ozarboyjon mudofaa vaziri, general-polkovnik Zakir Hasanov oʻrtasida ikki tomonlama uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekiston

21.10.2025, 16:40

Urgutda oʻquvchi qizlar janjali ortidan 12 ota-ona jarimaga tortildi

Ijtimoiy tarmoqlarda bir guruh maktab oʻquvchi qizlari bir-birining sochidan yulib, janjallashayotgani aks etgan video tarqaldi. Holat Urgut tumanida kuzatilgani maʼlum boʻldi.

Oʻzbekiston

21.10.2025, 15:42

«Qassom brigadasi» Gʻazoda yana bir isroillik asirning jasadini Qizil Xochga topshirdi

Gʻazoda HAMASning harbiy qanoti — Izzaddin al-Qassom brigadasi 19 oktabr kuni otashkesim va asirlar almashinuvi doirasida Xalqaro Qizil Xoch qoʻmitasiga yana bir isroillik asirning jasadini topshirdi. Hujjatga koʻra, jasad vayrona ostida topilgan.

Jahon

21.10.2025, 14:41

Yangi Toshkent xalqaro aeroportiga metro yoʻli quriladi

Shavkat Mirziyoyev 15 oktabr kuni «Oʻzbekiston 24» telekanalining «Menimcha» koʻrsatuvida Yangi Toshkent xalqaro aeroportiga metro yoʻli qurilishi rejalashtirilganini maʼlum qilgan.

Oʻzbekiston

21.10.2025, 13:39

“IT-Park” loyihasining ikkinchi bosqichiga start berildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 21 oktabr kuni poytaxtimizning Mirzo Ulugʻbek tumanida joylashgan IT-parkga tashrif buyurib, loyihaning ikkinchi bosqichiga tamal toshi qoʻyish marosimida ishtirok etdi. Ushbu hududda jami 6 ta bino – Sunʼiy intellekt markazi, Kosmos va kelajak texnologiyalari markazlari, 2 ta 20 qavatli ofis binosi, shuningdek servis va savdo markazlari quriladi.

Oʻzbekiston

21.10.2025, 13:12

Samarqandga kirish 15 kunga yopiladi

YuNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi oʻtkazilishi munosabati bilan 30 oktabrdan 14 noyabrga qadar Samarqandga kirish yoʻllari yopiladi. 

Oʻzbekiston

21.10.2025, 12:42

Xitoyga gaz yetkazib beruvchi davlatlar orasida Oʻzbekiston nechanchi oʻrinda?

Xitoy bojxona boshqarmasi 2025 yilning yanvar-sentabr oylari mamlakat import qilingan gaz miqdori haqida maʼlumot berdi. 

Iqtisodiyot

21.10.2025, 11:40