Surxondaryoda yuk mashinasi odamlarni bosib ketdi

Joriy yilning 7 oktabr kuni Surxondaryo viloyatida haydovchi yuk mashinasida yoʻl chetida turgan uch kishini urib yuborib, voqea joyidan qochib ketdi. Oqibatda fuqarolarning ikki nafari vafot etgan. Bu haqda viloyat YHXB axborot xizmati maʼlum qildi.

Ulashish:

Surxondaryoda yuk mashinasi odamlarni bosib ketdi

Surxondaryoda yuk mashinasi odamlarni bosib ketdi

Qayd etilishicha, "Captiva" avtomashinasi haydovchisi va uning ikki nafar yoʻlovchisi M-39 avtomobil yoʻlining Boysun tumani hududidan oʻtgan qismida yoʻl chetida toʻxtab, mashinaga yonilgʻi quyayotganda "Isuzu" yuk mashinasi ularni urib yuborib,  voqea joyidan qochib ketgan. 

Yuk mashina urishi oqibatida "Captiva" haydovchisi va bir nafar yoʻlovchi ogʻir tan jarohati olgan va voqea joyida halok boʻlgan. Ikkinchi yoʻlovchi esa shifoxonaga yotqizilgan.

"Masʼullar tomonidan olib borilgan tezkor choralar natijasida gumondor yuk mashinasi bilan Sirdaryo viloyati hududida harakatlanayotgani maʼlum boʻlgan. Soʻng 56 yoshli haydovchi tegishli tartibda ushlanib, Boysun tuman IIBga olib borilgan", deyiladi xabarda.

Ikkita fuqaroning oʻlimiga sabab boʻlgan fuqaroga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, gumondor protsessual tartibda qamoqqa olingan. 

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Qashqadaryo viloyatida "Mersedes-Benz" hamda "Labo" avtomobillarining toʻqnashib ketishi oqibatida ham ikki kishi halok boʻlgani haqida xabar bergan edik. 

Oʻzbekiston

11.10.2024, 10:49

Ulashish:

So‘nggi yangiliklar

Sunʼiy intellektdan foydalanish boʻyicha etika qoidalari tasdiqlandi

Adliya vazirligi Sunʼiy intellektga asoslangan yechimlarni yaratish, joriy qilish va ulardan foydalanish boʻyicha etika qoidalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazdi.

Fan-texnologiya

16.03.2026, 10:43

“Normandiyada bir yil” – Devid Xoknining 70 metrlik asari taqdim etildi

Normandiyadagi fasllar almashinuvidan ilhomlanib yaratilgan mazkur asar Londondagi yangi nufuzli koʻrgazmaning asosiy durdonasi sifatida taqdim etildi.

Madaniy

16.03.2026, 07:48

Xitoy falaj bemorlar uchun miya implantlarini sotuvga chiqarmoqda

Xitoy birinchi miya implantini tijoriy foydalanish uchun maʼqullagan bir paytda, Ilon Mask shu yilning oʻzidayoq sinovdan oʻtgan “Neuralink” qurilmalarini ommaviy ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.

Jahon

15.03.2026, 09:52

AQSh Eron rahbarlari haqidagi maʼlumot uchun mukofot eʼlon qildi

AQSh Davlat departamenti “Adolatga yordam uchun mukofot” dasturi doirasida Eron Islom inqilobi muhofizlari korpusining asosiy rahbarlari haqida maʼlumot berganlar uchun 10 million dollargacha mukofot eʼlon qildi.

Jahon

14.03.2026, 15:11

Dunyo iqtisodiyotining 49 foiziga Osiyo egalik qiladi

Prognozlarga koʻra, jahon iqtisodiyoti 2026 yilda xarid qobiliyati pariteti (XQP) boʻyicha oʻlchanganda taxminan 219 trillion dollarga yetadi. 

Iqtisodiyot

14.03.2026, 13:46

Urushning badalini kim toʻlaydi?

Mintaqada davom etayotgan harbiy mojarolar fonida Isroil harbiy aviatsiyasi va havo hujumidan mudofaa tizimlari uchun yana bir kutilmagan omil — koʻchib yuruvchi qushlar migratsiyasi qoʻshimcha muammolarni keltirib chiqarmoqda.

Jahon

14.03.2026, 12:26

Endi Nepalni reper boshqarishi mumkin: Balendra Shoh saylovda eng koʻp ovoz toʻpladi

2025 yil sentabrida Nepalda Z-avlod qoʻzgʻoloni boshlangan edi. Tarixdagi ilk Z-avlodi qoʻzgʻoloni mamlakat siyosiy doiralarini larzaga keltirib, muvaqqat hukumat tuzilishiga olib kelgan.

Jahon

14.03.2026, 09:45

AQSh Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni yumshatdi

Yaqin Sharqdagi mojaro ortidan yuzaga kelgan energiya inqirozi fonida AQSh Rossiya neftiga nisbatan sanksiyalarni vaqtincha yumshatdi. 

Iqtisodiyot

13.03.2026, 17:21

Aliment toʻlovchilarga yengillik boʻlishi mumkin

Prezident yigʻilishlardan birida aliment toʻlovchilarning chet elga chiqishidagi cheklovlar masalasiga toʻxtalib, mutasaddilarga bu muammoni chuqur oʻrganib, tegishli takliflar kiritishni topshirdi.

Oʻzbekiston

13.03.2026, 15:02

Toshkent viloyatidagi yopiq muassasalarda monitoring oʻtkazildi

Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (Ombudsman)ning Toshkent viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan bir qator yopiq muassasalarda monitoring tashriflari amalga oshirildi.

Oʻzbekiston

13.03.2026, 14:47

“Urush vaziri ishdan boʻshatilishi kerak” — AQSh senatori

AQSh harbiylari Eronning Minab shahrida joylashgan qizlar boshlangʻich maktabiga xatolik sabab zarba bergan. Oʻshanda 168 nafar oʻquvchi va 14 nafar oʻqituvchi halok boʻlgan edi.

Jahon

13.03.2026, 12:20

Rossiya Eronga yordam berishni boshladi

Rossiya TIV vakili Mariya Zaxarova Eron va boshqa doʻst davlatlarga gumanitar yordam yetkazib berish ishlari allaqachon tashkil etilganini maʼlum qildi.

Jahon

13.03.2026, 12:01