Ukraina kechasi kutilmagan Rossiyaga aviabazalariga keng koʻlamli hujumni amalga oshirdi

2025 yilning 1 iyun kuni Ukraina Rossiyaga  “Oʻrgimchak toʻri” nomli harbiy operatsiyasini amalga oshirdi. Bu orqali Ukraina Rossiyaning ichki hududlarida joylashgan strategik aviatsiyasiga keng koʻlamli dronlar orqali hujum qildi. Mutaxassislar fikricha, bu operatsiya Rossiyaning strategik bombardimonchi aviatsiyaga sezilarli darajada zarar yetkazgan hamda urushining yangi bosqichini boshlab bergan.

Jahon

02.06.2025, 09:19

Ulashish:

Ukraina kechasi kutilmagan Rossiyaga aviabazalariga keng koʻlamli hujumni amalga oshirdi

Foto: BBC

Maʼlumotlarga koʻra, Ukraina xavfsizlik xizmati  (SBU) bu operatsiyaga 18 oy tayyorgarlik koʻrga. Operatsiya prezident Vladimdir Zelenskiy boshchilik qilgan. Hujumda Rossiyaning beshta aviabazasi nishonga olingan: Olenya, Belaya, Dyagilova, Ivanovo Sverny va Ukrainka.

 

Hujum oqibatida 40 dan ortiq harbiy samolyot, jumladan, strategik TU-95, TU-22M3 bombardimonchilari va A-50 razvedka samolyotlari yoʻq qilingan.

 

SBU hisob-kitoblariga koʻra, bu operatsiya Rossiya harbiy aviatsiyasiga 7 milliard AQSh dollar zarar yetkazgan.

 

Ukraina xavfsizlik xizmati 117 ta FPV dronlari Rossiya hududiga yuk mashinalar orqali yashirincha yogʻochdan yasalgan konteynerlar ichida olib kirgan. Dronlar maxsus modifikatsiyalangan yuk mashinalarida, masofadan boshqariladigan tomlar ostida yashirincha joylashtirilib, hujum vaqtida masofadan boshqaruv orqali ishga tushirilgan.

Foto: BBC

 

SBU Rossiya hududiga yashirincha olib kirilgan va joylashtirilgan dronlarni sunʼiy intellekt yordamida nishonlarni aniqlagan va GPS orqali Rossiyaning GSM tarmogʻI orqali manzillarni aniqlash imkoniga ega boʻlgan.

 

 

Hujum Rossiyaning strategik bombardimonchilari parkining uchdan bir qismini yoʻq qilgan boʻlib, bu Rossiyaning uzoq masofali raketa hujumlari salohiyatini sezilarli darajada kamaytiradi.

 

Rossiya Mudofaa vazirligi bu hujumini "terroristik hujum" deb atab, baʼzi aviabazalarda hujumlar qaytarilganini, ammo Olenya va Belaya bazalarida zarar yetkazilganini tasdiqladi.

 

"Bugun Kiyev rejimi FPV dronlari yordamida Murmansk, Irkutsk, Ivanovo, Ryazan va Amur viloyatlaridagi aerodromlarga qarshi terakt uyushtirdi", deyiladi Rossiya Mudofaa vazirligi bayonotida.

 

Irkutsk va Murmansk viloyatlaridagi harbiy aerodromlarda FPV dronlarining hujumidan soʻng bir nechta samolyot yonib ketdi.

 

"Harbiy xizmatchilar yoki tinch aholi orasida qurbonlar yoʻq,  harbiy idora va hujumda ishtirok etganlarning baʼzilari qoʻlga olingan",  deya maʼlum qilgan. 

Hujum Istanbulda rejalashtirilgan tinchlik muzokaralari arafasida amalga oshirildi. Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy tinchlik muzokaralariga tayyorligini bildirgan boʻlsa-da, Rossiyadan toʻliq oʻt ochishni toʻxtatish, asirlar almashinuvi va deportatsiya qilingan bolalarni qaytarishni talab qilmoqda.

 

"Oʻrgimchak toʻri" operatsiyasi Ukraina tomonidan Rossiya hududida amalga oshirilgan eng yirik va eng chuqur hujum boʻlib, Rossiyaning strategik harbiy salohiyatiga jiddiy zarar yetkazdi. Bu operatsiya Ukraina harbiy razvedkasi va texnologik salohiyatining yuqori darajasini namoyon etib, Rossiya harbiy inshootlarining zaif tomonlarini ochib berdi. Shuningdek, bu hujum Rossiyaning ichki xavfsizlik tizimlariga tahdid solib, Rossiya jamiyatida urushning yaqinligini his qildirdi.

 

Operatsiyaning muvaffaqiyati Ukraina uchun katta strategik yutuq boʻlib, Rossiyaning harbiy salohiyatiga jiddiy zarba boʻldi. Bu esa kelajakda urushning borishiga qanday taʼsir koʻrsatishini vaqt koʻrsatadi.

 

Mavzuga oid yangiliklar

Zelenskiy: Putin maqsadiga erisholmadi, biz Ukrainani saqlab qoldik

Volodimir Zelenskiy urushning toʻrt yilligi munosabati bilan murojaat qilib, Ukraina Rossiya bosqinidan buyon mustaqilligini himoya qilayotganini va tinchlik yoʻlida xalq qurbonliklariga xiyonat qilmasligini bildirdi.

Jahon

25.02.2026, 13:51

Zelenskiy Rossiyaga qarshi operatsiyani maʼqulladi

Zelenskiy Rossiyaga qarshi operatsiyani maʼqulladi

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy mamlakat Xavfsizlik xizmati rahbari Vasiliy Malyukning Rossiyaga qarshi operatsiya rejasini maʼqulladi. Bu haqda u oʻzining Telegram sahifasida maʼlum qildi.

Jahon

09.10.2025, 14:00

Rossiya va Ukraina oʻrtasida asirlar almashdi

Rossiya va Ukraina oʻrtasida asirlar almashdi

Kecha, 24 avgust kuni Rossiya va Ukrina oʻrtasida asirlar almashinuvi natijasida harbiy xizmatchilar va tinch aholi oʻz uyiga qaytarildi. Bu haqda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy maʼlum qildi.

Jahon

25.08.2025, 13:00

Rossiya Ukrainaga taslim boʻlishni taklif qilmoqda — Makron

Rossiya Ukrainaga taslim boʻlishni taklif qilmoqda — Makron

Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning aytishicha, Rossiyaning Ukraina uchun tinchlik tashabbuslari "taslim boʻlish"dan iborat. Bu haqda u "Xohlovchilar koalitsiyasi"ning videokonferensiyasi davomida maʼlum qildi.

Jahon

18.08.2025, 17:08

Rossiya Ukrainadagi Ozarbayjon obʼektiga zarba berdi

Rossiya Ukrainadagi Ozarbayjon obʼektiga zarba berdi

Bugun,18 avgustga oʻtar kechasi Rossiya Ukrainaning Odessa viloyatidagi Ozarbayjonga tegishli SOCAR neft bazasiga Shahed tipidagi uchuvchisiz uchoqlari orqali zarba berdi.

Jahon

18.08.2025, 13:47

Shimoliy Koreya Rossiyaga urushda qancha yordam bergan?

Shimoliy Koreya Rossiyaga urushda qancha yordam bergan?

Shimoliy Koreya Rossiyaga urushda Ukrainaning bir qancha muhim fuqarolik infratuzilmasiga qarshi raketa hujumlarni amlga oshirishda yordam bergan. Shu vaqtga qadar Shimoliy Koreya Rossiyaga 20 ming konteynerdan iborat oʻq-dorilar yetkazib berganligi maʼlum boʻldi.

Jahon

30.05.2025, 10:41

So‘nggi yangiliklar

Bitiruvchilar uchun 3 yil ishlab berish talabi bekor qilinishi mumkin

Oliy taʼlim muassasalarida davlat grantlari asosida taʼlim olgan bitiruvchilarni ishga taqsimlash tizimini takomillashtirish maqsadida amaldagi tartibga muhim oʻzgartirishlar kiritish rejalashtirilmoqda.

Ta'lim

18.03.2026, 11:20

Oʻzbekistonda Ramazon hayiti sanasi boʻyicha dastlabki maʼlumot eʼlon qilindi

Oʻzbekistonda 2026 yilgi Ramazon hayiti sanasiga oid dastlabki maʼlumotlar eʼlon qilindi. Unga koʻra, bayram 20 mart kuniga toʻgʻri kelishi kutilmoqda. 

Oʻzbekiston

18.03.2026, 10:06

Ombudsman koʻmagida fuqaro ishga tiklandi va 21,3 mln soʻm undirildi

Ishdan noqonuniy boʻshatilgan fuqaro oʻz huquqlarini tiklash yuzasidan Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman)ga murojaat qildi. 

Oʻzbekiston

18.03.2026, 09:46

2026 yilgi "Oskar" mukofoti gʻoliblari eʼlon qilindi

Marosimda asosiy gʻolib rejissyor Pol Tomas Andersonning "Jang ketidan jang" filmi boʻldi, u bir nechta mukofotlarga sazovor boʻldi, jumladan, asosiy nominatsiyalar boʻyicha ham, deb xabar beradi Hollywood Reporter.

Madaniy

17.03.2026, 12:43

Turkiyada oʻzbekistonlik ayol 4-qavatdan tushib ketdi

Turkiyaning Izmir shahrida Oʻzbekiston fuqarosi boʻlgan 22 yoshli ayol koʻp qavatli turar-joy binosining toʻrtinchi qavatidan tushib ketdi.

Oʻzbekiston

17.03.2026, 11:01

Islom sivilizatsiyasi markazining ochilish marosimi 17 mart kuni boʻlib oʻtadi

Toshkentda barpo etilgan Oʻzbekistondagi eng yirik madaniy-maʼrifiy majmualardan biri hisoblangan ushbu markazning rasmiy ochilish marosimi bugun, 17 mart kuni boʻlib oʻtadi.

Oʻzbekiston

17.03.2026, 10:18

Isroil urushni tugatish shartlarini maʼlum qildi

Isroil vakili mamlakat urushni yakunlashga tayyor ekanini maʼlum qildi. Unga koʻra, buning uchun Erondan taslim boʻlish, qurolsizlanish yoki hokimiyatni almashtirish talab etilmaydi.

Jahon

17.03.2026, 10:01

Oʻzbekiston Eronga gumanitar yordam joʻnatdi

Insonparvarlik yuki tarkibiga bir qator zarur oziq-ovqat mahsulotlari — oʻsimlik yogʻi, un, guruch, goʻsht konservalari, qandolat va makaron mahsulotlari, shuningdek, toʻqimachilik buyumlari hamda boshqa birinchi navbatdagi ehtiyoj tovarlari kiritilgan.

Oʻzbekiston

17.03.2026, 09:57

Nega Isroil Livanga ham zarba bermoqda?

Eron, Isroil va AQSh oʻrtasida boshlangan urush qisqa vaqt ichida butun mintaqani qamrab olgan katta fojiaga aylandi. Bu toʻqnashuv qoʻshni davlatlarga ham taʼsir qildi. Lekin eng ogʻir zarbalardan biri Livanga toʻgʻri kelmoqda.

Jahon

16.03.2026, 13:52

Sunʼiy intellektdan foydalanish boʻyicha etika qoidalari tasdiqlandi

Adliya vazirligi Sunʼiy intellektga asoslangan yechimlarni yaratish, joriy qilish va ulardan foydalanish boʻyicha etika qoidalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazdi.

Fan-texnologiya

16.03.2026, 10:43

“Normandiyada bir yil” – Devid Xoknining 70 metrlik asari taqdim etildi

Normandiyadagi fasllar almashinuvidan ilhomlanib yaratilgan mazkur asar Londondagi yangi nufuzli koʻrgazmaning asosiy durdonasi sifatida taqdim etildi.

Madaniy

16.03.2026, 07:48

Xitoy falaj bemorlar uchun miya implantlarini sotuvga chiqarmoqda

Xitoy birinchi miya implantini tijoriy foydalanish uchun maʼqullagan bir paytda, Ilon Mask shu yilning oʻzidayoq sinovdan oʻtgan “Neuralink” qurilmalarini ommaviy ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.

Jahon

15.03.2026, 09:52