Uchtepadagi garajlar taqdiri: Ularni buzishga kim buyruq bergan?
Bugun, 3-mart kuni Toshkent shahar Uchtepa tumani 11-mavzesidagi xususiy garajlar sud tomonidan chiqarilgan qarorga qaramay, bir guruh noma’lum shaxslar tomonidan buzib tashlandi. Bu haqda PARADIGMA.UZ tahririyatiga mazkur hududda yashovchi aholi tomonidan murojaat kelib tushdi.
Oʻzbekiston
03.03.2025, 16:48
Ulashish:

Ma’lum bo‘lishicha, bir necha yillardan buyon Uchtepa tumani 11-mavzesida yashovchi aholi o‘z garajlarini turli quruvchilardan himoya qilgan holda kurashib kelmoqda.
"2018-yilda qurilishga yer ajratish to‘g‘risida 618-raqamli qaror chiqarildi. 2020-yilda bu qaror sud tomonidan noqonuniy deb topildi. Ammo, o‘sha yili hududimizga 30 kishilik guruh kelib, bizning garajlarimizni buzishni boshladi. Biz jamoatchilik faoli Saodat Abduzakirovaga murojaat qildik va u bizni shahar hokimiyatining matbuot kotibi bilan bog‘lashda yordam berdi. Shu orqali biz 618-qarorni bekor qilishga erishdik. Bu qarorni hokim o‘sha paytda noqonuniy deb e’lon qilgan edi", deydi PARADIGMA.UZ’ga murojaat yo‘llagan M.M. ismli fuqaro.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 2022-yilga kelib 618-qaror yana qonuniy bo‘lib qolgan. Aholi esa bu qaror ustidan sudga murojaat qilgan. 2024-yilga kelibgina qaror sud tomonidan noqonuniy deb topilgan.
"2024-yilning kuzida biz Uchtepa tuman hokimi bilan uchrashdik. U bizga hech kim garajlarimizni buzmasligini va ularni saqlab qolish uchun javobgarlikni shaxsan bo‘yniga olishini va’da qildi. Holat yaqinda yana keskinlashdi. Uchtepa tuman prokurori Bahodir Sheranov bizga garajlarimizni buzish va o‘rnida xiyobon qurishni taklif qildi. Biz esa faqat barcha hujjatlar tiklanganidan so‘ng, bu masalani muhokama qilishga tayyor ekanligimizni bildirdik. Shu vaqtdan boshlab haqiqiy ta’qib boshlandi. Doimiy ravishda soliq inspektorlari, yong‘in xavfsizligi va boshqa xizmatlar tomonidan tekshiruvlar o‘tkazildi", deydi M.M.
Hokimiyat bergan va’dalarga qaramay joriy yilning 3-mart kuni hududga garajlarni buzish uchun ishchi guruhlar texnikalar bilan yetib borgan. Bir guruh fuqarolar buzilish jarayonini to‘xtatishga harakat qilgan, ammo chaqirilgan ichki ishlar xodimlari tomonidan ular Ichki ishlar binosiga olib ketilgan.
Ularga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarligi to‘g‘risidagi kodeksining 194-moddasi bo‘yicha "Ichki ishlar organlari xodimlarining qonuniy talablarini bajarmaslik" bo‘yicha ayblov e’lon qilingan hamda hibsga olingan.
"Garajlarni buzish uchun hududga texnikasi bilan kirib kelgan quruvchilarga aholi tomonidan qarshilik ko‘rsatilgani uchun ichki ishlar xodimlari kelib, fuqarolarning bir nechtasini olib ketdi. Shuningdek, yuz berayotgan voqealarni videotasvirga olish taqiqlandi. Olib ketilganlardan garaj egasi X.M., fuqaro K.I. va yana uch nafar faolga sud tomonidan 5 sutkadan qamoq jazosi tayinlandi", deydi murojaatchi.
Garajlarni buzib tashlash sud tomonidan taqiqlanilgan bo‘lsa-da, bu ish amalga oshirildi. Bundan tashqari, qonun tomonida turib, o‘z huquqlarini himoya qilmoqchi bo‘lgan fuqarolar qamoqqa solindi. Shu birgina misol orqali ham mamlakatda qonun ustuvorligining qay darajada ekanligini bilish mumkin.
Mavzuga oid yangiliklar

Toshkentda tarixiy bino oldidagi qurilish toʻxtatildi
Oʻzbekiston
10.03.2025, 11:10

Beshyogʻoch mashmashasi: "Snos"ga tushgan yerning egasi kim?
Oʻzbekiston
26.02.2025, 15:25

Toshkentda yana snos: “Beshyogʻoch” mahalla binosi buzib tashlanmoqda
Oʻzbekiston
25.02.2025, 14:34

Toshkentda yertoʻlaga tushib ketgan quruvchi halok boʻldi
Oʻzbekiston
19.02.2025, 11:36

Oʻzbekistonda urbanizatsiya poygasi: 2026 yilda 140 ming xonadon uchun uy quriladi
Iqtisodiyot
04.02.2026, 12:07

Baland minorali uylar qanday quriladi?
Jahon
14.01.2026, 13:09
Mashhur yangiliklar

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19

Isroil urushni tugatish shartlarini maʼlum qildi
Jahon
17.03.2026, 13:40

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Kartadan-kartaga pul oʻtkazishda “maqsadni koʻrsatish” tartibi joriy etildi
Iqtisodiyot
07.03.2026, 13:08

Hurmuz boʻgʻozining yopilishi: global iqtisodiyot uchun jiddiy sinov
Iqtisodiyot
09.03.2026, 16:59
So‘nggi yangiliklar

Erondagi urush fonida aviatashuvlar narxi keskin oshdi
Jahon
21.03.2026, 07:18

Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi
Oʻzbekiston
19.03.2026, 14:42

Navroʻz va Hayit arafasida 392 nafar mahbus afv etildi
Oʻzbekiston
19.03.2026, 14:37

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik otashkesim eʼlon qildi
Jahon
19.03.2026, 12:00

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi
Madaniy
19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi
Jahon
19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi
Jahon
19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi
Jahon
19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi
Jahon
19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda
Jahon
19.03.2026, 08:43

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi
Jahon
18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda
Fan-texnologiya
18.03.2026, 14:45
Mashhur yangiliklar

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19

Isroil urushni tugatish shartlarini maʼlum qildi
Jahon
17.03.2026, 13:40

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Kartadan-kartaga pul oʻtkazishda “maqsadni koʻrsatish” tartibi joriy etildi
Iqtisodiyot
07.03.2026, 13:08

Hurmuz boʻgʻozining yopilishi: global iqtisodiyot uchun jiddiy sinov
Iqtisodiyot
09.03.2026, 16:59
