updated: 16.10.2026, 15:37

"Uzbek" sarlavhada: xorijdagi jinoyatlar O‘zbekiston imijiga qanday ta’sir qilmoqda?

"O'zbek" atamasi ba'zi xabarlarda faqat fuqarolikni ko'rsatish uchun ishlatilsa, boshqalarida jinoyat, migratsiya va xavfsizlik mavzulari bilan bog'lab qo'llanmoqda.

"Uzbek" sarlavhada: xorijdagi jinoyatlar O‘zbekiston imijiga qanday ta’sir qilmoqda?

Xorijda o‘zbekistonliklar ishtirokidagi jinoyatlar haqidagi xabarlar xalqaro OAV sarlavhalarida “Uzbek” so‘zining tobora ko‘proq ko‘rinishiga sabab bo‘lmoqda. Bu so‘z ayrim hollarda shunchaki fuqarolikni bildirsa, boshqa vaziyatlarda jinoyat, migratsiya va xavfsizlik mavzulari bilan bir qatorda kelmoqda. Individual jinoyatlar mamlakat bilan bog‘lanib borishi esa O‘zbekiston uchun reputatsion xavf tug‘dirishi mumkin.

2026-yilda bunday holatlarning bir nechtasi xalqaro axborot maydonida ko‘zga tashlandi. Istanbulda o‘zbekistonlik Durdona Khokimovaning o‘ldirilishi, AQShning Ohio shtatida yuk mashinasi ishtirokidagi halokat, Janubiy Koreyada terror tashkilotini moliyalashtirishda gumonlangan to‘rt nafar O‘zbekiston fuqarosining qo‘lga olinishi va AQShda terror tashkilotlariga moddiy yordam ko‘rsatishda ayblanayotgan Davud Ansariyning Gruziyadan ekstraditsiya qilinishi shular jumlasidan.

Ayrim holatlarda “Uzbek” so‘zi shaxsning fuqaroligini ko‘rsatish uchun ishlatilgan. Boshqa hollarda esa u jinoyatning o‘zi, immigratsiya yoki xavfsizlik siyosati bilan bir kontekstga tushgan.

Bu muhim farq. Chunki ilmiy tadqiqotlar jinoyat haqidagi xabarlarda gumonlanuvchining milliy yoki etnik kelib chiqishini ko‘rsatish auditoriya stereotiplari va jamoatchilik siyosatiga ta’sir qilishi mumkinligini qayd etadi. 10 943 ta jinoyat xabarini tahlil qilgan tadqiqot mualliflari aynan shu sababli kelib chiqishni oshkor qilish masalasida jurnalistik ehtiyotkorlik zarurligini ta’kidlaydi. 

 

Sarlavhada “o‘zbek” so‘zi qanday ishlatiladi?

Xalqaro nashrlarning 2026-yildagi materiallarida “Uzbek” yoki “Uzbek national” atamasi kamida uch xil vazifada ko‘rinadi.

Birinchisi — identifikatsiya

Ba’zi hollarda milliy mansublik shaxs haqida qo‘shimcha axborot sifatida beriladi. Masalan, Istanbuldagi jinoyat haqida Turkish Minute AFPga tayangan holda xabar berar ekan, Durdona Khokimovani “37 yoshli o‘zbekistonlik” sifatida tanishtirgan. Tergov doirasida hibsga olingan gumondorlar ham O‘zbekiston fuqarolari ekani qayd etilgan.

 

Bu holatda “o‘zbek” so‘zi voqea ishtirokchisining shaxsini aniqlashga xizmat qiladi. Ammo jinoyatning sababi sifatida milliy mansublik ko‘rsatilmaydi.

Ikkinchisi — millat va jinoyatning bir sarlavhada qo‘shilishi

2026-yil sentabrida Janubiy Koreyada to‘rt nafar O‘zbekiston fuqarosi Suriyadagi terror tashkilotini qo‘llab-quvvatlashda gumonlanib qo‘lga olindi. The Korea Times materialining sarlavhasi esa:

“4 Uzbek men nabbed in Korea over alleged support to terrorist group in Syria”

shaklida bo‘lgan.

Yonhap xabariga tayangan nashrga ko‘ra, gumondorlardan biri terror tashkiloti — Khatiba al-Tawhid wal-Jihadga kriptovalyuta yuborganlikda, qolgan uch nafari esa transport vositalarini topishda yordam berganlikda gumonlangan.

Bu yerda “Uzbek” so‘zi oddiy identifikatsiya sifatida ham ishlatilmoqda. Biroq sarlavhaning o‘zida milliy identifikator va terrorizmga aloqadorlik yonma-yon keladi.

Bu esa kommunikatsiya nuqtayi nazaridan ehtiyotkorlikni talab qiladi. Ilmiy tadqiqotlar jinoyat xabarlarida gumonlanuvchi yoki jinoyatchining milliy kelib chiqishini ko‘rsatish auditoriyadagi stereotiplarga ta’sir qilishi mumkinligini qayd etadi.
 

Uchinchisi — jinoyatni migratsiya siyosati bilan bog‘lash

Ohio shtatidagi voqea bu jihatdan yanada murakkab.

 

2026-yil iyulida 42 yoshli Bekhzod Asrarov boshqargan yuk mashinasi Interstate 71 avtomagistralida boshqa avtomobilga urilgan va 21 yoshli Tobias “Toby” Forsythe halok bo‘lgan. Fox News Asrarovni “An Uzbek commercial truck driver” deb tanishtirgan. Nashr uning 2024-yilda Diversity Visa lotereyasi orqali AQShga kelgani, Ohio shtatidan tijoriy haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lgani va voqea joyida politsiya bilan Google Translate orqali muloqot qilgani haqida yozgan.

Fox Newsning keyingi materialida esa voqea immigratsiya, Diversity Visa dasturi, tijoriy haydovchilik guvohnomalari va transport sohasidagi firibgarlik muammolari bilan kengroq kontekstda ko‘rib chiqilgan.

Ya’ni bu holatda “Uzbek” atamasi oddiy identifikatsiyadan tashqari, AQShdagi immigratsiya va transport siyosati haqidagi bahs bilan ham bir kontekstga tushgan.

 

Shu sababli bu voqea OAV sarlavhasidagi milliy identifikator qanday qilib alohida jinoyat ishidan kengroq siyosiy muhokamaga ulanib ketishi mumkinligini ko‘rsatadigan misol bo‘la oladi.

Davud Ansariy ishi: jinoyat, fuqarolik va xalqaro ekstraditsiya

2026-yil avgustida Gruziyada hibsga olingan Davud Ansariy sentabr oyida AQShga ekstraditsiya qilindi. AQSh Adliya vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, u O‘zbekiston fuqarosi va AQSh fuqaroligini olgan shaxs bo‘lgan.

 

AQSh prokuraturasi Ansariyni ISIS va Al-Nusrah Frontga moddiy yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq ayblovlar bilan sudga tortmoqda. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, u xorijiy jangarilar Suriyaga borishi uchun mablag‘ yig‘ish va safarlarini tashkil etish bilan bog‘liq tarmoqni boshqarganlikda gumon qilinmoqda.

Muhim jihat shundaki, bu ish bo‘yicha AQSh Adliya vazirligining o‘zi uni “Uzbek National” deb atagan.

Biroq bu yerda maqoladagi dastlabki matnda muhim aniqlik bor: Ansariy “O‘zbekiston fuqaroligidan voz kechgan AQSh fuqarosi” sifatida emas, AQSh Adliya vazirligi ta’rifida O‘zbekiston fuqarosi va AQSh fuqaroligini olgan shaxs sifatida ko‘rsatilgan.

Bu holat milliy identifikatorning o‘zi emas, balki uning qanday kontekstda berilayotgani muhimligini ko‘rsatadi. Biror shaxsning kelib chiqishi yoki fuqaroligi fakt sifatida keltirilishi mumkin. Ammo bitta shaxsning harakati butun millatga xos xususiyat sifatida talqin qilinsa, jurnalistik fakt bilan umumlashuv o‘rtasidagi chegara buziladi.

Jinoyat qachon diplomatik masalaga aylanadi?

Xorijdagi jinoyat har doim ham davlatlararo mojaro keltirib chiqarmaydi. Bunday voqealarni shartli ravishda uch bosqichda ko‘rish mumkin.

Birinchi bosqich — reputatsion xavf.

Jinoyat haqida OAV xabar beradi, unda shaxsning O‘zbekiston fuqaroligi ko‘rsatiladi, biroq davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarga bevosita ta’sir qiluvchi qaror qabul qilinmaydi.

Istanbul va Ohio misollarini shu toifaga kiritish mumkin. Bu holatlarda voqea xalqaro OAVda yoritilgan, ammo ular asosida O‘zbekiston va tegishli davlat o‘rtasida rasmiy diplomatik inqiroz yuzaga kelgani haqida dalil yo‘q.

Ikkinchi bosqich — konsullik va huquqiy aralashuv.

Xorijda jinoyatga aloqador O‘zbekiston fuqarosi hibsga olinganda yoki O‘zbekiston fuqarosi jabrlanuvchi bo‘lganda, konsullik xizmatlarining vazifalari paydo bo‘ladi. Bunda asosiy masala jinoyatni “milliy muammo”ga aylantirish emas, fuqaroning huquqlarini himoya qilish va zarur konsullik yordamidir.

Uchinchi bosqich — siyosiy masalaga aylanish.

Eng jiddiy bosqich shu. Bunda alohida jinoyat yoki jinoyatlar guruhi migratsiya, viza yoki xavfsizlik siyosatiga asos sifatida muhokama qilina boshlaydi.

Latviyada 2026-yil sentabrida yuzaga kelgan vaziyat bunga yaqin misol bo‘la oladi.

Latviya: jinoyat mavzusi viza siyosatiga chiqdi

Latviya Ichki ishlar vazirligi 2026-yil 29-sentabrda O‘zbekiston fuqarolariga vizalar berishni ma’lum muddatga to‘xtatish masalasini hukumat kun tartibiga olib chiqishni taklif qilganini ma’lum qildi.

Vazirlik bayonotida bunga Latviyaga kelganidan ko‘p o‘tmay ayrim O‘zbekiston fuqarolari, jumladan voyaga yetmaganlarga qarshi jinoyatlar sodir etgani sabab sifatida ko‘rsatilgan.

Ichki ishlar vaziri Yanis Dombrava O‘zbekiston tomoni bilan hamkorlik qilib, xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan shaxslarning mamlakatga kirishining oldini olish zarurligini aytgan.

Biroq koalitsiya hamkorlari bu masalani o‘sha kungi hukumat yig‘ilishi kun tartibiga kiritishga tayyor bo‘lmagan. Vazirlik esa taklif keyingi hukumat yig‘ilishida ko‘rib chiqilishiga umid bildirgan.

 

Demak, bu holatda jinoyat mavzusi oddiy kriminal xabardan chiqib, migratsiya va viza siyosati darajasiga ko‘tarildi. Yakuniy qaror qabul qilinmagan bo‘lsa-da, voqeaning siyosiy oqibatga aylanish ehtimoli paydo bo‘ldi.

BAA misoli: xabar rad etildi, ammo masala siyosiy ahamiyat kasb etdi

2025-yilda BAAda o‘zbekistonliklar ishtirokidagi janjal ortidan O‘zbekiston fuqarolari uchun vizasiz rejim bekor qilinishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi bu xabarlarni rad etib, BAA bilan vizasiz tartib saqlanayotganini bildirgan. Shu bilan birga, TIV xorijdagi huquqbuzarliklarning ko‘payishi kelgusida vizasiz rejim masalasiga ta’sir qilishi mumkinligidan ogohlantirgan.

Bu misolning ahamiyati shundaki, jinoyat yoki huquqbuzarlik alohida shaxslar bilan bog‘liq bo‘lsa ham, u haqidagi muhokama ayrim hollarda migratsiya siyosati va vizasiz rejimga borib taqalishi mumkin.

Shu bois “reputatsion xavf” tushunchasini diplomatik mojaro bilan tenglashtirish kerak emas. Reputatsion xavf — avvalo mamlakat fuqarolari haqidagi salbiy tasavvurlarning kengayishi ehtimoli. Siyosiy xavf esa bunday tasavvurlar davlat siyosatiga ta’sir qila boshlaganida yuzaga keladi.

“O‘zbekistonliklar nega bunday?” — mantiqsiz umumlashuv

Bitta yoki bir nechta jinoyatga qarab butun millat haqida xulosa chiqarish statistik yoki mantiqiy jihatdan to‘g‘ri emas.

Xorijga chiqayotgan migrantlar turli ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy sharoitlarga duch keladi. Tilni yetarli bilmaslik, mahalliy qonunlarni tushunmaslik, ish beruvchi yoki vositachiga haddan tashqari ishonish, noqonuniy mehnat munosabatlariga tushib qolish, moliyaviy bosim yoki internetdagi shubhali ish takliflari kabi xavflar turli migrant guruhlariga xos bo‘lishi mumkin.

Shuning uchun bunday omillarni “o‘zbekistonliklar jinoyat sodir etishining sabablari” deb emas, migrantlar duch kelishi mumkin bo‘lgan xavf omillari sifatida ko‘rish kerak.

Aks holda individual jinoyat haqidagi xabar “falon shaxs jinoyat sodir etdi” degan fakt chegarasidan chiqib, “falon millat vakillari shunday” degan umumlashuvga aylanadi.

Aynan shu masala jurnalistika etikasi nuqtayi nazaridan ham muhim. Jinoyat xabarlarida gumonlanuvchining milliy yoki etnik kelib chiqishini ko‘rsatish auditoriya stereotiplari va jamoatchilik siyosatiga ta’sir qilishi mumkinligi ilmiy tadqiqotlarda qayd etilgan.

Muammoni qanday kamaytirish mumkin?

Jinoyat sodir bo‘lganidan keyin raddiya berishdan ko‘ra, xavfni oldindan kamaytirish samaraliroq bo‘lishi mumkin.

1. Ketishdan oldin huquqiy brifing

Mehnat migratsiyasiga chiqayotgan fuqarolarga boradigan mamlakatining asosiy qonunlari, mehnat shartnomasi, yashash va ishlash qoidalari, politsiya va sud tizimi bilan bog‘liq asosiy tartiblar tushuntirilishi mumkin.

Bunday yondashuv xalqaro amaliyotda ham mavjud. IOM migrantlar uchun jo‘nab ketishdan oldingi orientatsiya dasturlarida migratsiya tartib-taomillari, boriladigan mamlakatdagi yashash va mehnat sharoitlari, bank tizimi hamda boshqa muhim masalalar haqida ma’lumot berishni tavsiya qiladi.

2. Til va kasbiy tayyorgarlik

Ayniqsa haydovchilar, qurilish, xizmat ko‘rsatish va boshqa xavf darajasi yuqori sohalarda ishlaydigan migrantlar uchun kasbiy terminlar va zarur mahalliy iboralarni bilish muhim.

ILO ham migrant ishchilarni boradigan davlatning tili, huquqlari va mehnat sharoitlari haqida oldindan xabardor qilish muhimligini ta’kidlaydi.

3. Firibgarlik va moliyaviy xavflar haqida o‘quv

Migrantlarga bank kartalari, hisob raqamlari, pul o‘tkazmalari va internet orqali beriladigan ish takliflari bilan bog‘liq xavflar tushuntirilishi mumkin.

IOM migrantlarni ishga yollash bilan bog‘liq xavflarni aniqlash va huquqlarini bilishga yordam beradigan axborot dasturlarini tavsiya qiladi.

4. Favqulodda konsullik aloqa tizimi

Xorijda muammoga duch kelgan fuqaro elchixona yoki konsullikka tezda murojaat qila olishi kerak. Buning uchun yagona aloqa kanali, tezkor messenjerlar yoki avtomatlashtirilgan maslahat tizimlari rivojlantirilishi mumkin.

5. Ochiq statistika va tezkor raddiya

Chet eldagi O‘zbekiston fuqarolari ishtirokidagi jiddiy huquqiy holatlar bo‘yicha imkon qadar muntazam va tekshirilgan statistika e’lon qilib borilishi xalqaro muhokamani faktlarga yaqinlashtirishi mumkin.

Xalqaro OAVda noto‘g‘ri yoki chalg‘ituvchi ma’lumot paydo bo‘lsa, tegishli davlat idoralari tezkor va hujjatlashtirilgan izoh berishi ham muhim.

Gap faqat “o‘zbek” so‘zida emas

Xorijiy OAVning jinoyat xabarlarida “Uzbek” so‘zini ishlatishi o‘z-o‘zidan noto‘g‘ri yoki diskriminatsion amaliyot degani emas. Fuqarolik yoki milliy mansublik ayrim holatlarda voqeani to‘liq tushunish uchun muhim bo‘lishi mumkin.

Asosiy masala — bu identifikator qanday kontekstda ishlatilayotgani.

Agar “o‘zbek” so‘zi shaxsning fuqaroligini aniqlash uchun ishlatilsa, u oddiy fakt bo‘lishi mumkin. Agar millat va jinoyat bir sarlavhada qayta-qayta yonma-yon qo‘yilsa, bu boshqa kommunikativ ta’sirni yuzaga keltirishi mumkin. Agar jinoyat migratsiya, xavfsizlik yoki viza siyosati bilan birga muhokama qilinsa, masala yanada kengayadi. Shu sababli muammo xorijdagi har bir jinoyat O‘zbekiston imijini avtomatik ravishda buzishida emas. Muammo — individual jinoyatlar milliy identifikator bilan qayta-qayta bog‘langanda reputatsion xavf paydo bo‘lishidadir. 
 Bu xavfni kamaytirish esa nafaqat xorijiy OAVning sarlavhalariga, balki O‘zbekistonning o‘z fuqarolarini xorijga chiqishdan oldin tayyorlashiga, huquqiy savodxonligini oshirishiga va xalqaro axborot maydonida tezkor, aniq kommunikatsiya olib borishiga ham bog‘liq.


                                                                                                      Muallif: Maftuna Baxtiyorova

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →

So'nggi yangiliklar

Italiyaning Milan shahridagi San Siro (Giuseppe Meazza) stadioni yuqoridan olingan tasvir.

San Siro: bir asrlik tarix va Milan futbolining yangi uyi

San Siro o‘rnida nima quriladi? Milan futbolidagi tarixiy o‘zgarish

Sport

20.11.2026, 16:11

Toshkent metropoliteni

Toşkent metrosida tirbandlikni kamaytiriş uçun nima özgaradi?

2026 yil sentyabr–oktyabr oylarida metro xizmatlaridan 61,7 million kişi foydalandi. Yölovçilar köpayişi munosabati bilan vagonlar sonini oşiriş va yangi poyezdlar xarid qiliş rejalaştirilmoqda. 

Oʻzbekiston

20.11.2026, 14:41

Anthropic акциялари 34% ошди

Tramp bilan mojaroga qaramay, Anthropic aktsiyalari 34 foizga oşdi

IPO orqali 81,3 milliard dollar jalb qilgan Claude işlab çiqaruvçisi Anthropic  SpaceX örnatgan birja rekordini yangiladi. 

Iqtisodiyot

20.11.2026, 10:51

Сергелида 1,7 гектарлик сунъий кўл пайдо бўлади

Sergelida 1,7 gektarlik sun’iy köl paydo böladi

Yana qanday özgarişlar kutilmoqda?

Oʻzbekiston

20.11.2026, 10:18

O‘zbekiston va Ummon davlat bayroqlari.

Özbekiston va Ömon örtasida 30 kunlik vizasiz rejim joriy etiladi

Kelişuvning kuçga kiriş şartlari qanday? 

Oʻzbekiston

19.11.2026, 16:55

Тожикистонда электр устуни қулади

Tojikistonda elektr uzatiş ustuni quladi: Farğona vodiysida elektr ta’minoti çeklandi

Tojikiston hududidan ötuvçi 500 kV kuçlanişli elektr uzatiş tarmoğida avariya sodir böldi. Oqibatda Farğona vodiysining ayrim hududlarida elektr ta’minoti uzildi.

Oʻzbekiston

19.11.2026, 14:53

Roxinjalar genotsidi: Myanma xalqaro sud oldida javob beradi

BMTning Xalqaro sudi 19 noyabr kuni Myanmaga qarşi roxinja musulmonlariga nisbatan genotsid sodir etilgani haqidagi iş böyiça qaror çiqarişi kutilmoqda. BMT tergovçilari harbiylar yuzlab qişloqlarni vayron qilgani, ommaviy qotilliklar sodir etgani va ayollar hamda bolalarga nisbatan muntazam jinsiy zöravonlik işlatganini qayd etgan.

Jahon

19.11.2026, 10:56

Ўзбекистон ва Туркманистон чегараси

Özbekiston va Turkmaniston çegaradan ötişni yengillaştirmoqçi

Tomonlar Toşkent – Aşxobod – Toşkent yönalişida aviaqatnovlarni tiklaş, şuningdek, çegaradoş hududlar aholisi uçun uç sutkagaça vizasiz qatnov tartibini qayta joriy etiş masalalarini körib çiqdi.

Siyosat

19.11.2026, 09:42

Özbekistonlik professor Qozoğistonda 10 yilga qamaldi

Özbekistonlik professor Qozoğistonda nega qamaldi?

Qozoğistonda andijonlik professor Iqboljon Qoraboyev josuslikda ayblanib, 10 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Uning yaqinlari olim aybiga iqror bölmagani va hukm ustidan apellyatsiya bermoqçi ekanini aytişdi. Eng muhim savol: u qaysi davlat foydasiga josuslik qilgan?

Siyosat

18.11.2026, 18:31

Deutsçe Bank: Tramp va Epşteynning Rossiya bilan aloqalari oşkor böldi

Deutsçe Bank’ning 15 milliondan ortiq içki hujjati tarqalib ketişi bankning AQŞ prezidenti Donald Tramp va jinsiy jinoyatlarda ayblangan Jeffri Epşteyn bilan moliyaviy aloqalari haqida yangi ma’lumotlarni oşkor qildi. 

Siyosat

18.11.2026, 16:45

Покистонлик Ассиф Мерчант

Trampga suiqasd rejasi: pokistonlik 27,5 yilga qamaldi

AQŞ sudi Donald Tramp va boşqa amerikalik siyosatçilarga nisbatan suiqasd rejasini taşkil etişda ayblangan Assif Merçantni 27,5 yilga ozodlikdan mahrum qildi.

Jahon

18.11.2026, 14:28

Саида Мирзиёева Канада элчиси билан учрашди

Özbekistondan Kanadaga boriş osonlaşadimi?

Saida Mirziyoyeva Kanada elçisi Kristofer Daggan bilan savdo, investitsiya, ta’lim va viza tartiblarini yengillaştiriş masalalarini muhokama qildi.

Siyosat

18.11.2026, 11:47

Eron Vaşingtonda kimyoviy qurol işlatadimi?

Eron taşqi işlar vaziri Abbos Aroqçi AQŞ poytaxtida kimyoviy qurol yoki radioaktiv modda tarqatuvçi qurilmadan foydalanish rejasi haqida izoh berdi. 

Jahon

18.11.2026, 10:39

14 та телефонни ўғирламоқчи бўлган йигит ушланди

Namanganda telefon ustaxonasidan 14 ta telefonni öğirlamoqçi bölgan yigit uşlandi

Uyçi tumanidagi telefon ustaxonasiga tungi vaqtda eşik qulfini buzib kirgan şaxs Qöriqlaş xizmati xodimlari tomonidan qölga olindi.

Oʻzbekiston

18.11.2026, 10:10

Тошкентнинг Учтепа туманида нобуд бўлган ҳайвонлар ва қушлар

Toşkentda hayvonlar va quşlar ommaviy nobud bölayotgani xabar qilindi

Aholiga şubhali moddalarga tegmaslik, bolalar va uy hayvonlarini ulardan uzoqroq tutiş tavsiya etilmoqda. 

Oʻzbekiston

17.11.2026, 17:26

Ebola virusidan 6 minga yaqin kişi vafot etdi

Kongo Demokratik Respublikasida 2026 yil may oyida boşlangan Ebola epidemiyasi oqibatida 14 noyabrga qadar 11 376 ta kasallaniş holati tasdiqlangan. Ularning 5 568 tasi ölim bilan yakunlangan.

Jahon

17.11.2026, 15:33

Toşkent – Astraxan yönalişida yangi poyezd qatnovi

Toşkentdan Astraxanga poyezd qatnovi yölga qöyiladi

2026 yil 17 dekabrdan Toşkent va Astraxan örtasida yangi xalqaro yölovçi poyezd qatnovi joriy etiladi.

Oʻzbekiston

17.11.2026, 12:28

Yevropa migrantlarni Özbekistonga yuborişi mumkinmi?

Yevropa migrantlarni Afrikaga jönatmoqçi. Keyingi manzil Özbekiston bölişi mumkinmi?

Oʻzbekiston

17.11.2026, 12:11

Buziladigan uy egalari uçun yangi taklif: 1,5 baravar katta uy-joy

Toşkentda renovatsiya dasturiga kiritilgan uylar mulkdorlariga Yangi Toşkentda avvalgi xonadoni maydonining 150 foizigaça bölgan yangi uy-joylar taklif etilişi mumkin. 

Oʻzbekiston

16.11.2026, 17:32

ҚҚСни қайта ҳисоблаш бўйича янги қарор

Ayrim tadbirkorlar import QQSni boşqaça tölaydi

2027 yil 1 yanvardan ayrim tadbirkorlar import QQSini soliq organlaridagi ortiqça tölovlar hisobidan qoplaşi mumkin böladi. Yangi tartib kimlarga tegişli? 

Iqtisodiyot

16.11.2026, 15:22

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →