O‘zbekistonliklar joriy haftani yomg‘irli kunlar bilan yakunlaydi

Joriy haftaning so‘nggi kunlari O‘zbekistonda havo bulutli bo‘lib, ko‘plab hududlarda  yog‘ingarchilik bilan o‘tishi, hatto ayrim joylarda qor yog‘ishi ma’lum qilindi. Bu haqda "O‘zgidromet" batafsil axborot berdi.

Ўзбекистонликлар жорий ҳафтани ёмғирли кунлар билан якунлайди

Ўзбекистонликлар жорий ҳафтани ёмғирли кунлар билан якунлайди

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, 7-martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, qorga aylanishi ham mumkin. 8-9-martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 7-martda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi. Harorat 7-martda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja, 8-martda kechasi 3 daraja sovuq – 2 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq; 9-martda kechasi 3 daraja sovuq – 2 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi. 

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 7-martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, qorga aylanishi ham mumkin. 8-9-martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 7-martda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 23-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 7-martda kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq; 8-9-martda kechasi 1-6 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi. Navoiy viloyatining shimolida 7-martda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq; 8-martda kechasi 3 daraja sovuq – 2 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq; 9-martda kechasi 3 daraja sovuq – 2 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi. 

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 7-martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 8-martda kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 9-martda yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Samarqand viloyatida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 7-8-martda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 23-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 7-martda kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq; 8-martda kechasi 1-6 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq, 9-martda kechasi 1-6 daraja iliq, kunduzi 9-14 daraja iliq bo‘ladi. 

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 7-martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 8-martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 9-martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 7-martda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi. Harorat 7-martda kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq; 8-9-martda kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 12-17 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 7-martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 8-9-martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 7-8-martda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 23-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 7-8-martda 7-12 daraja iliq; 9-martda 9-14 daraja iliq bo‘ladi. 

Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), 7-8-martda ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 22-27 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 7-martda kechasi va kunduzi 3 daraja sovuq – 2 daraja iliq; 8-martda kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq – 2 daraja iliq; 9-martda kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

Oʻzbekiston

06.03.2025, 09:40

Ulashish:

So‘nggi yangiliklar

Minglab oʻzbekistonliklar Yaqin Sharqdan evakuatsiya qilindi

Yaqin Sharqda harbiy keskinlik kuchaygani sababli 28 fevraldan boshlab bir qator xalqaro aviareyslar toʻxtatildi. Bu esa minglab Oʻzbekiston fuqarolarining chet elda qolib ketishiga sabab boʻldi.

Oʻzbekiston

05.03.2026, 12:56

Elektromobil batareyalari iqlim oʻzgarishiga tayyormi?

Global isish elektromobillar batareyalarining tezroq eskirishiga olib kelishi mumkin. Bu esa elektromobil sotib olishni rejalashtirayotgan koʻplab odamlarda shubha uygʻotmoqda.

Iqtisodiyot

05.03.2026, 11:01

Arab davlatlari Eronga qarshi urushga kiradimi?

Bugungi asosiy savol — oʻz hududlariga raketa va dronlar tushayotgan bir sharoitda, arab davlatlari Eronga qarshi ochiq urushga kirishadimi yoki neytral pozitsiyani saqlab qoladimi?

Jahon

05.03.2026, 09:23

Dubay xalqaro aeroportidagi uzilishlar iqtisodiyotga jiddiy zarba bermoqda

Dubay iqtisodiyoti har daqiqada qariyb 1 million dollar miqdorida zarar koʻrmoqda.

Iqtisodiyot

04.03.2026, 16:47

Ayollar koloniyasidagi mahkumalar chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi

Koloniyaga mutaxassis shifokorlar jalb etilib mahkumalar hamda ularning uch yoshgacha boʻlgan farzandlari toʻliq tekshiruvdan oʻtkazildi.

Oʻzbekiston

04.03.2026, 15:05

“ChatGPTdan voz keching” – OpenAI modellariga boykot avj olmoqda

AQSh hukumati va sunʼiy intellekt kompaniyalari oʻrtasidagi kelishmovchilik ortidan OpenAI’ga qarshi boykot harakati kuchaymoqda. 

Jahon

04.03.2026, 13:11

Homilador talabalarga “ikkinchi imkoniyat” yaratiladi

2026/2027 oʻquv yilidan homilador talaba-qizlarga yoki 3 yoshgacha boʻlgan farzand tarbiyasi bilan shugʻullanuvchi talabalarga oliy taʼlim olish uchun “ikkinchi imkoniyat” yaratiladi.

Ta'lim

04.03.2026, 11:59

Tibbiyot oliygohlarida superkontrakt bekor qilinishi mumkin

Oʻzbekistondagi tibbiyot oliy taʼlim muassasalariga talabalarni superkontrakt (oshirilgan toʻlov-kontrakt) asosida qabul qilish tartibi bekor qilinishi rejalashtirilmoqda.

Ta'lim

04.03.2026, 10:02

Pedofillar umrbod ozodlikdan mahrum qilinadi — Prezident farmoni

Prezident farmoniga koʻra, voyaga yetmaganlarga nisbatan ogʻir jinsiy jinoyatlarni qayta sodir etgan shaxslar umrbod yoki uzoq muddatli ozodlikdan mahrum etiladi.

Oʻzbekiston

04.03.2026, 06:16

"Oʻldi"ga chiqarilgan Netanyaxu Berlindan qaytdi

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu uning oʻlimi haqidagi xabarlardan soʻng jamoatchilikka koʻrinish berdi.

Jahon

03.03.2026, 22:47

Isroil Livanda “Hizbulloh”ga qarshi quruqlikdan operatsiyalar boshladi

Isroil mudofaa kuchlari (SAHAL) 3 mart kuni Livanda “Hizbulloh”ga qarshi quruqlikdan operatsiyalar boshladi. Bu haqda The Jerusalem Post xabar berdi.

Jahon

03.03.2026, 17:39

Oʻqituvchilarga sertifikat olish uchun subsidiya beriladi

Oʻqituvchi va ishlab chiqarish taʼlimi ustalariga xalqaro va milliy sertifikatlar olish uchun sarflangan mablagʻlarning 50 foizi (BHMning 20 baravarigacha) qoplab beriladi.

Oʻzbekiston

03.03.2026, 17:25