Adolatli sudlov huquqi amalda qanday ta’minlanmoqda?
Toşkentda odil sudlovdan foydalaniş huquqiga bağişlangan xalqaro konferentsiya ötkazilmoqda.
Oʻzbekiston
25.11.2026, 16:56
Ulashish:

Foto: Paradigma.uz
25 noyabr kuni Toşkentdagi Radisson Blu mehmonxonasida Xalqaro inson huquqlari kuniga bağişlangan «Odil sudlovdan foydalaniş» mavzusidagi xalqaro konferentsiya bölib ötmoqda.
Yillik konferentsiya Yevropa Ittifoqi Delegatsiyasi, Buyuk Britaniya va Şimoliy Irlandiya Birlaşgan Qirolligi elçixonasi, Şveysariya elçixonasi, Germaniya elçixonasi hamda BMT Inson huquqlari böyiça Oliy komissari boşqarmasining (OHCHR) Özbekistondagi vakolatxonasi tomonidan taşkil etilgan.
Tadbirda Özbekiston hukumati, Oliy Majlis, sud tizimi, advokatura, Ombudsman devoni, fuqarolik jamiyati taşkilotlari, xalqaro nodavlat taşkilotlar, diplomatik korpus va xalqaro moliya institutlari vakillari iştirok etişi közda tutilgan.
Konferentsiyaning asosiy maqsadi Özbekistonda odil sudlovdan foydalaniş imkoniyatlarini muhokama qiliş, bu boradagi mahalliy va xalqaro tajribani örganiş hamda ilğor amaliyotlarni körib çiqişdan iborat.
Odil sudlovdan foydalaniş huquqi qonun ustuvorligining asosiy tamoyillaridan biri hisoblanadi. Bu Özbekiston iştirokçisi bölgan inson huquqlari böyiça xalqaro şartnomalarda, jumladan, samarali yuridik himoya vositasidan foydalaniş huquqi bilan kafolatlangan. Bu şaxsning öz huquqlari buzilganligi töğrisida odil sudlov institutlariga murojaat qiliş va xalqaro inson huquqlari normalari hamda standartlariga muvofiq yuridik himoyalaniş imkoniyatini anglatadi.
Konferentsiya doirasida bildirilgan asosiy fikr va takliflar tavsiyalar şaklida jamlanib, keyinçalik tadbir iştirokçilariga tarqatiladi.
Tadbirning oçiliş qismida Yevropa taşqi harakatlar xizmati Markaziy Osiyo bölimi rahbari Eva Palatova, Özbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining örinbosari va Xotin-qiz sudyalar assotsiatsiyasi raisi Malika Qalandarova, BMTning Özbekistondagi rezident koordinatori doktor Sabine Maxl, Şveysariyaning Özbekistondagi elçisi Simone Giger hamda Buyuk Britaniya elçixonasining muvaqqat işlar vakili Jeyms Roed-Mur sözga çiqişi belgilangan.
Konferentsiyaning 15:30 dan 16:30 gaça davom etgan birinçi sessiyasi «Adolatli sud muhokamasi huquqi» mavzusiga bağişlangan. Unda Özbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengaşi raisining örinbosari Nodira Boboxonova asosiy ma’ruza bilan çiqdi.
Bundan taşqari, mustaqil va xolis sud tomonidan adolatli sud muhokamasi huquqini ta’minlaş böyiça amalga oşirilayotgan islohotlarning borişi körib çiqildi. Uşbu mavzu yuzasidan Özbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi Maxfirat Oçilova ma’ruza qildi.
Konferentsiya 25 noyabr kuni soat 15:00 dan 20:00 gaça davom etişi rejalaştirilgan.
Mavzuga oid yangiliklar

Tojikiston Xalqaro jinoyat sudidan çiqmoqda
Siyosat
24.11.2026, 15:41

Sergelida 1,7 gektarlik sun’iy köl paydo böladi
Oʻzbekiston
20.11.2026, 10:18

Özbekiston va Turkmaniston çegaradan ötişni yengillaştirmoqçi
Siyosat
19.11.2026, 09:42

Toşkentda hayvonlar va quşlar ommaviy nobud bölayotgani xabar qilindi
Oʻzbekiston
17.11.2026, 17:26

Yevropa migrantlarni Özbekistonga yuborişi mumkinmi?
Oʻzbekiston
17.11.2026, 12:11

Hindistonda musulmonlar deportatsiya va hibs xavfiga duç kelmoqda
Jahon
16.11.2026, 11:02
Mashhur yangiliklar

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

Tailand özbekistonliklar uçun vizasiz rejimni qaytaradimi?
Oʻzbekiston
28.10.2026, 12:16

Hindistonda yigit AI yordamida özini öğirlatdi
Jahon
02.11.2026, 11:04

Xitoyda yetim yigitning töyiga minglab notaniş odamlar keldi
Jahon
31.10.2026, 12:13

Qirğizistonda viloyat va tumanlar tugatilişi mumkin
Jahon
28.10.2026, 11:58

Qozoğistonda yoqilğini eksport qiliş taqiqi uzaytirildi
Iqtisodiyot
06.11.2026, 14:48
So'nggi yangiliklar

Semipalatinsk: SSSR 40 yil davomida ötkazgan yadro sinovlari
Fan-texnologiya
25.11.2026, 17:17

Özbekistonda Koksaki virusi bilan boğliq vaziyat qanday?
Oʻzbekiston
25.11.2026, 16:32

Taysonda şizofreniya aniqlandi
Sport
25.11.2026, 11:52

Özbekistonda göşt importi: eng köp göşt qaysi davlatdan keladi?
Oʻzbekiston
25.11.2026, 10:41

Imtihonda firibgarlik qilganlar 10 yilgaça test topşiriş huquqidan mahrum etiladi
Ta'lim
25.11.2026, 10:19

Sindarov jahon çempioni bilan durang öynadi
Sport
25.11.2026, 09:40

Özbekiston Prezidenti Iordaniyada
Siyosat
24.11.2026, 16:32

Malayziya roxinja qoçqinlarini Myanmaga qaytaradimi?
Jahon
24.11.2026, 15:58

Tojikiston Xalqaro jinoyat sudidan çiqmoqda
Siyosat
24.11.2026, 15:41

Jensen Xuang Nvidia rahbari lavozimiga qaytdi: aksiyalar 31 foizdan oşdi
Jahon
24.11.2026, 12:53

Ipoteka subsidiyasiga ariza qabul qilish 25-noyabrda boşlanadi
Oʻzbekiston
24.11.2026, 10:42

Loy taxtaçalardan zamonaviy BNPL tizimigaça: nasiyaning 4 ming yillik tarixi
Fan-texnologiya
24.11.2026, 09:35

Yangi alifbo amaldagi banknot va tangalarni almaştirişni talab qilmaydi
Iqtisodiyot
23.11.2026, 16:08

«Ğiştköprik» çegara-bojxona posti 25 noyabr kuni oçiladi
Oʻzbekiston
23.11.2026, 15:04

Özbekistonlik boksçi Sayat Ilyosov Qozoğiston fuqaroligini oldi
Sport
23.11.2026, 10:38

Javohir Sindarov jahon çempionligi bahsining ilk partiyasini oq donalarda boşlaydi
Sport
23.11.2026, 09:35

San Siro: bir asrlik tarix va Milan futbolining yangi uyi
Sport
20.11.2026, 16:11

Toşkent metrosida tirbandlikni kamaytiriş uçun nima özgaradi?
Oʻzbekiston
20.11.2026, 14:41

Tramp bilan mojaroga qaramay, Anthropic aktsiyalari 34 foizga oşdi
Iqtisodiyot
20.11.2026, 10:51
Mashhur yangiliklar

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

Tailand özbekistonliklar uçun vizasiz rejimni qaytaradimi?
Oʻzbekiston
28.10.2026, 12:16

Hindistonda yigit AI yordamida özini öğirlatdi
Jahon
02.11.2026, 11:04

Xitoyda yetim yigitning töyiga minglab notaniş odamlar keldi
Jahon
31.10.2026, 12:13

Qirğizistonda viloyat va tumanlar tugatilişi mumkin
Jahon
28.10.2026, 11:58

Qozoğistonda yoqilğini eksport qiliş taqiqi uzaytirildi
Iqtisodiyot
06.11.2026, 14:48
