“Bizga har bir davlatning ovozi eşitiladigan BMT kerak” — Saida Mirziyoyeva
AQŞning Nyu-York şahrida BMT Boş Assambleyasining 81-sessiyasi doirasida Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Özbekiston nomidan oliy minbardan nutq sözladi.
Oʻzbekiston
24.09.2026, 11:29
Ulashish:

U xalqaro xavfsizlik, mintaqaviy hamkorlik hamda Özbekistonda inson qadriga qaratilgan islohotlarning ustuvor yönalişlariga alohida e'tibor qaratdi.
Nutqdagi asosiy masalalar:
- BMTda har bir davlatning ovozi eşitilişi kerak
- Markaziy Osiyo raqobatdan sheriklikka ötgan mintaqaga aylandi
- Afğonistonga faqat xavf manbai sifatida qaraş eçim emas
- Inson qadri islohotlar markazida: söngği 10 yildagi natijalar
- Bolalar farovonligi, ayollar huquqlari va qonun ustuvorligi
- Orol fojiasi va suvni tejaş masalasi
Sun'iy intellekt inson huquqlari va xavfsizligidan ajralmasligi kerak
_QxITNVq.jpeg)
Dunyodagi vaziyat va Özbekistonning tanlovi
Saida Mirziyoyeva bugun insoniyat oson davrda yaşamayotganini, dunyoda urushlar davom etib, geosiyosiy ziddiyatlar keskinlaşayotgani, işonç muhiti susayib, tengsizlik kuçayib borayotganini ta'kidladi.
“Bu borada Özbekiston öz yetakçisi, prezident Şavkat Mirziyoyev boşçiligida öz tanlovini qilgan. Bu oçiqlik tanlovi, qöşnilar bilan yaxşi munosabatlar tanlovi, dunyo bilan muloqot tanlovi. Oçiqlik zaiflik emas, aksinça, tinçlik uçun harakat qiliş, kelajak oldida mas'uliyatni zimmaga olişdir”.
U dunyoda davlatlardan qaysi tomonda ekani söralayotganini eslatib, bunga Özbekistonning javobi aniqligini, mamlakat insoniyat hamda öz kelajagini özi belgilaşni istagan yoşlar tomonida ekanini urğuladi. Davlatning qudrati faqat iqtisodiy yoki harbiy salohiyat bilan emas, avvalo, inson qadrini qançalik himoya qila olişi bilan belgilanişini qayd etib, tinçlik, taraqqiyot va inson qadrini bir butun vazifa deb bilişlarini bildirdi.

BMTni isloh qiliş
Bugun eng qudratli davlatlar ham global muammolarni yakka hal qila olmasligini, tahdidlar çegaralarda töxtab qolmasligini aytgan ma'ruzaçi BMTning örni har qaçongidan muhimligiga e'tibor qaratdi:
“Bizga faqat qaror qabul qiladigan emas, qarorlarni amalga oşirişga qodir BMT kerak. Bizga har bir davlatning ovozi eşitiladigan BMT kerak”.
Özbekiston “BMT-80” taşabbusini qöllab-quvvatlaşi va Xavfsizlik Kengaşi tarkibini kengaytiriş tarafdori ekani bildirildi. Mamlakat keyingi yilda Qöşilmaslik harakatiga raislikni qabul qiladi hamda 2035–2036-yillar uçun BMT Xavfsizlik Kengaşining doimiy bölmagan a'zoligiga nomzodini ilgari surgan. Saida Mirziyoyeva iştirokçilarning qöllab-quvvatlaşiga umid bildirdi. Şuningdek, xalqaro huquq manfaatga qarab özgaradigan vosita emasligi, qoida umumiy bölmasa, adolat ham bölmasligi qat'iy ta'kidlandi.
Mintaqaviy masalalar
Markaziy Osiyo yaqin-yaqingaça ziddiyatlar fonida tilga olinganini eslatgan Saida Mirziyoyeva prezident taşabbusi va siyosiy iroda tufayli vaziyat tubdan özgarganini, davlatlar bir-biriga raqib emas, şerik sifatida qaray boşlaganini bildirdi.
Afğoniston masalasiga ham alohida töxtalib, unga faqat xavf manbai sifatida qaraş yoki xalqni muammolari bilan yolğiz qoldiriş eçim emasligini, ularga tinç hayotga erişiş uçun işonç berilişi zarurligini aytdi.

Özbekistondagi islohotlar natijalari
Saida Mirziyoyeva islohotlar markazida insonlar hayoti yaxşilanyaptimi degan mezon turganini ta'kidladi:
“Söngği 10 yilda aholimizning xarid qobiliyati ikki barobar oşdi. Iqtisodiyotimiz hajmi 50 milliard dollardan 147 milliard dollarga yetdi. 150 milliard dollardan ortiq xorijiy investitsiya jalb qilindi. Eksport qariyb uç barobar ösdi. Kambağallik darajasi 4% ga tuşib, qariyb 10 million nafar odam kambağallikdan çiqarildi. Maktabgaça ta'lim qamrovi 27% dan 78% ga kötarildi. Oliy ta'lim qamrovi 9% dan 45% ga yetdi. Örtaça umr köriş davomiyligi 66 yoşdan 75 yoşdan ziyodga oşdi. Onalar va gödaklar ölimi tört barobar kamaydi”.
Qonun ustuvorligi borasida Toşkent xalqaro moliya markazida ingliz huquqi tamoyillariga asoslangan alohida xalqaro tijorat sudi taşkil etilayotgani aytildi. Bolalar mehnati va tizimli majburiy mehnatga barham berilgani, oiladagi zöravonlik uçun javobgarlik kuçaytirilgani, ayollar tadbirkorligini qöllab-quvvatlaş tizimi yaratilgani va bugun parlament a'zolarining 39 foizini xotin-qizlar taşkil etişi ma'lum qilindi.
Bolalar farovonligi
Ma'ruzada bolalar masalasi davlatning eng katta mas'uliyati ekani alohida urğulandi. BMTning Aholişunoslik jamğarmasi bilan demografik barqarorlik böyiça muloqot ötkazilişi hamda oktyabr oyida Samarqandda bolalar farovonligi va salomatligi masalasi atrofida xalqaro hamjamiyat birlaştirilişi ma'lum qilindi.
Orol fojiasi va ekologiya
Orol dengizi fojiasi haqida gapirarkan, Saida Mirziyoyeva bu tabiatga bölgan adolatsiz munosabat oqibati ekanini bildirdi. Yangi Özbekiston qurigan dengiz tubida yaşil hududlar barpo etib, suv tejovçi texnologiyalarni joriy etayotgani, 2030-yilgaça qayta tiklanuvçi energiya uluşini 54 foizga yetkaziş maqsad qilingani aytildi. Özbekiston taşabbusi bilan BMT Boş Assambleyasi 2027–2036-yillarni örmonzorlaştiriş va örmonlarni qayta tiklaş harakatlari ön yilligi deb e'lon qilgani ham eslatib ötildi.
Sun'iy intellekt va raqamli transformatsiya
Texnologik taraqqiyotning markazida inson va uning taqdiri turişi şartligi ta'kidlandi:
“Sun'iy intellekt va raqamli transformatsiya inson huquqlari, xavfsizlik, teng imkoniyat hamda javobgarlikdan ajralmasligi lozim. Texnologik taraqqiyot insonni qaram qilişga emas, aksinça, hayotini yaxşilaşga xizmat qilişi kerak. Özbekiston bu borada xalqaro muloqotni kuçaytiriş tarafdori”.
Madaniyat va bağrikenglik
Toşkentda prezident Şavkat Mirziyoyev taşabbusi bilan Islom sivilizatsiyasi markazi barpo etilgani, u şunçaki ötmişni namoyiş etadigan emas, balki ilm, tafakkur va ma'rifat makoni ekani ta'kidlandi. Özbekiston madaniyatlar va dinlar örtasidagi muloqotni, bağrikenglikni mustahkamlaşga qaratilgan xalqaro hamkorlikni izçil davom ettirişi bildirildi.
Yakuniy çiqiş
Nutq yakunida Saida Mirziyoyeva barçaning maqsadi inson qadri ustuvor bölgan dunyoda yaşaş va farzandlarga yaxşiroq kelajak qoldiriş ekanini ta'kidladi:
“Biz farzandlarimizga hozirgidan köra yaxşiroq dunyo qoldirişni istaymiz. Inson qadri yuksak bölgan dunyo. Ammo kelajak bizni imkoniyatlarimiz bilan emas, ulardan qanday foydalanganimiz bilan baholanadi. Özbekiston xalqi va prezidenti tinçlik, birdamlik, işonç va inson qadri ustuvor bölgan dunyo barpo etilişiga öz hissasini qöşişga tayyor”, dedi Prezident administratsiyasi rahbari.
Mavzuga oid yangiliklar

Markaziy Osiyo muzliklarini yöqotmoqda
Oʻzbekiston
21.09.2026, 09:42

Saida Mirziyoyeva Toshkent shahridagi shaharsozlik va ekologik muammolarni muhokama qildi
Oʻzbekiston
15.09.2026, 11:46

Özbekiston startaplar boʻyiça «Yil mamlakati» deb eʼlon qilindi
Fan-texnologiya
03.09.2026, 09:57

Pezeshkian BMT minbarida: «Eron terrorizm qurboni»
Jahon
24.09.2026, 10:26

O‘zbekistonda YouTube monetizatsiyasi yo‘lga qo‘yilishi mumkin
Oʻzbekiston
23.09.2026, 12:23

Tramp: Eron bilan kelishuv saylovdan keyin tuziladi
Jahon
23.09.2026, 10:20
Mashhur yangiliklar

OTMlar super-kontrakt miqdorlarini eʼlon qila boşladi
Ta'lim
02.09.2026, 17:55

Mustaqillik bayramida necha kun dam beriladi?
Oʻzbekiston
28.08.2026, 16:13

Yangi qurilayotgan uydan xonadon sotib olişda qaysi hujjatlarni tekşiriş kerak?
Oʻzbekiston
26.08.2026, 09:52

Egizak minoralar terakti: 25 yillik jinoyat sudi
Jahon
27.08.2026, 13:10

Bolalarga zo‘ravonlik qilganlarga pedagogik faoliyat taqiqlanadi
Ta'lim
12.09.2026, 12:03

Qozog'iston Rossiyaga benzin eksport qiliş̈dan voz keçdi
Iqtisodiyot
27.08.2026, 16:41
So'nggi yangiliklar

Pedagog xodimlarga 1-oktyabr munosabati bilan qança mukofot puli beriladi?
Ta'lim
24.09.2026, 12:16

Hindiston maktablar atrofida fastfud savdosini cheklamoqchi
Jahon
24.09.2026, 11:32

Pezeshkian BMT minbarida: «Eron terrorizm qurboni»
Jahon
24.09.2026, 10:26

Elektron ruxsatnomasiz maşinani jarima maydonçasidan çiqariş taqiqlanadi
Oʻzbekiston
23.09.2026, 17:32

O‘zbekistonda YouTube monetizatsiyasi yo‘lga qo‘yilishi mumkin
Oʻzbekiston
23.09.2026, 12:23

Shaxmatchilarga beriladigan mukofotlar oshiriladi
Iqtisodiyot
23.09.2026, 11:52

AQSh Eron aviakompaniyalarini butun dunyoda cheklay oladimi?
Jahon
23.09.2026, 11:33

Tramp: Eron bilan kelishuv saylovdan keyin tuziladi
Jahon
23.09.2026, 10:20

AQShning F-16 qiruvchi samolyoti Germaniyadagi aviabazada halokatga uchradi
Jahon
23.09.2026, 09:55

Toşkent 343-óringa kótarildi: Global Cities Index 2026 natijalari e'lon qilindi
Jahon
22.09.2026, 16:38

Rossiya Ukrainaga zarbalari oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi
Jahon
22.09.2026, 14:38

Milliy sertifikat imtihoni uçun joy muammomi?
Ta'lim
22.09.2026, 11:40

Prezidentning yangi qarori qabul qilindi
Oʻzbekiston
22.09.2026, 11:18

G7 davlatlari husiylarni Saudiya Arabistoniga hujumlarni tóxtatişga çaqirdi
Jahon
22.09.2026, 11:06

Saida Mirziyoyeva BMT Bosh kotibi Antoniu Gutеrrish bilan uchrashdi
Siyosat
22.09.2026, 10:51

BMT: AQŞning narkokema hujumlari insoniyatga qarşi jinoyat
Jahon
22.09.2026, 09:56

Isroil saylovi oldidan havfsizlik masalasi asosiy mavzu bölib qolmoqda
Siyosat
21.09.2026, 17:34

Özbekistonlik bankir Interpol qidiruviga berildi
Oʻzbekiston
21.09.2026, 10:02

Markaziy Osiyo muzliklarini yöqotmoqda
Oʻzbekiston
21.09.2026, 09:42
Mashhur yangiliklar

OTMlar super-kontrakt miqdorlarini eʼlon qila boşladi
Ta'lim
02.09.2026, 17:55

Mustaqillik bayramida necha kun dam beriladi?
Oʻzbekiston
28.08.2026, 16:13

Yangi qurilayotgan uydan xonadon sotib olişda qaysi hujjatlarni tekşiriş kerak?
Oʻzbekiston
26.08.2026, 09:52

Egizak minoralar terakti: 25 yillik jinoyat sudi
Jahon
27.08.2026, 13:10

Bolalarga zo‘ravonlik qilganlarga pedagogik faoliyat taqiqlanadi
Ta'lim
12.09.2026, 12:03

Qozog'iston Rossiyaga benzin eksport qiliş̈dan voz keçdi
Iqtisodiyot
27.08.2026, 16:41
