Buxoroda uyda saqlangan sher bolasi hayvonot bogʻiga topshirildi
Buxoro viloyati Romitan tumanining "Qoqishtuvon" mahallasida yashovchi fuqaro oʻz xonadonida yovvoyi sher bolasini noqonuniy ravishda saqlab kelayotgani aniqlandi. Bu haqda viloyat Ekologiya boshqarmasi axborot xizmati maʼlum qildi.
Oʻzbekiston
11.02.2025, 12:00
Ulashish:

Buxoroda uyda saqlangan sher bolasi hayvonot bogʻiga topshirildi
Qayd etilishicha, mazkur holat Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi, tuman Ichki ishlar boʻlimi va Milliy gvardiya xodimlari tomonidan oʻrganilgan. Tekshiruv natijasida fuqaro tegishli ruxsatnomasiz yovvoyi asrab kelayotgani tasdiqlangan.
"Holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 92-prim 1-moddasi 1-qismi asosida huquqbuzarga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, ish sud organlariga yuborildi. Sher bolasi esa vaqtinchalik hayvonot bogʻiga joylashtirildi. Sud qarori eʼlon qilinganidan soʻng qoʻshimcha maʼlumot taqdim etiladi", deyiladi boshqarma xabarida.
Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 5 noyabrdagi 736-sonli qaroriga muvofiq, 2025 yil 1 yanvardan boshlab jismoniy shaxslarga ayrim yovvoyi hayvonlarni yarim erkin sharoitda, sunʼiy yaratilgan yashash joylarida yoki tutqunlikda saqlash taqiqlangan. Shuningdek, ushbu hayvonlardan davlat va koʻchma sirklarda (chodirlarda) tomoshalar uchun foydalanish ham man etilgan.
Qarorga binoan, taqiqlangan hayvonlar faqatgina Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining tegishli ruxsatnomasiga ega yuridik shaxslar tomonidan hayvonot bogʻlari, pitomniklar (terrarium, okeanarium va boshqalar)da saqlanishi mumkin.
Shu bilan birga, Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan yovvoyi va zaharli hayvonlar maxsus pitomniklarda boqilishi lozim.
Oʻzbekiston
11.02.2025, 12:00
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

"Bundan buyon “kambağal oila qolmadi” degan hisobot ötmaydi" – Prezident
Oʻzbekiston
04.11.2026, 14:16

Buxoroda 508 million so‘mlik qalbaki dori vositalari aniqlandi
Oʻzbekiston
04.06.2026, 17:11

Buxoroda 1800 dan ortiq ko‘p yillik daraxt ko‘chirib o‘tqazilmoqda
Oʻzbekiston
18.02.2025, 10:22

Buxoroda 53 yoshli erkak ikki tanishini pichoqladi
Oʻzbekiston
14.10.2024, 10:13

Buxoroda oʻquvchilarning oʻlimiga sabab boʻlgan haydovchi 9 yilga qamaldi
Oʻzbekiston
09.10.2024, 15:34

Buxoroda saksovul oʻgʻrilari 500 mln soʻmdan ziyod jarimaga tortildi
Oʻzbekiston
13.09.2024, 15:48
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Internetda Turdimov nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda
Ta'lim
13.10.2026, 16:30

"Uzbek" sarlavhada: xorijdagi jinoyatlar O‘zbekiston imijiga qanday ta’sir qilmoqda?
Oʻzbekiston
08.10.2026, 14:31

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

Sirojiddin Odilov ishi: nega fuqarolar blogerlardan yordam so‘raydi?
Oʻzbekiston
07.10.2026, 18:38

Human Rights Watch Sirojiddin Odilov ishida adolatli sudlov yuzasidan xavotir bildirdi
Oʻzbekiston
08.10.2026, 19:12
So'nggi yangiliklar

AQŞ Senatiga saylangan ilk musulmon senator — Abdul Al-Sayed kim?
Siyosat
05.11.2026, 19:44

“Futbol — bu odamlar”: Ronaldu xayrlaşuv maktubini yozdi
Sport
05.11.2026, 17:43

Tramp maslahatçilari Isroildan boşpana söramoqçi
Siyosat
05.11.2026, 17:02

AQŞ Senatiga ilk musulmon saylandi
Siyosat
04.11.2026, 17:55

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

"Bundan buyon “kambağal oila qolmadi” degan hisobot ötmaydi" – Prezident
Oʻzbekiston
04.11.2026, 14:16

Dunyo böylab 28 yil
Madaniy
04.11.2026, 11:59

24 davlat vakillari Samarqandda nimani muhokama qiladi?
Oʻzbekiston
04.11.2026, 11:07

Hindiston 500 million kişini kambağallikdan çiqardi
Jahon
03.11.2026, 17:09

Kredit reklamasi va şartnomalarida ogohlantiriş majburiy böldi
Iqtisodiyot
03.11.2026, 10:30

Uitkoff: AQŞ, Rossiya va Ukraina vakillari Abu-Dabida uçraşadi
Siyosat
03.11.2026, 10:17

Isroil kuçlari Al-Jazira muxbirini hibsga oldi
Jahon
03.11.2026, 10:00

Germaniyada Z avlod namoyişlari: yoşlar hukumatdan nimani talab qilmoqda?
Jahon
02.11.2026, 16:55

Özbekistonda tuğilişlar soni kamaydi
Oʻzbekiston
02.11.2026, 13:03

Hindistonda yigit AI yordamida özini öğirlatdi
Jahon
02.11.2026, 11:04

Özbekistonliklarning içimlik suvdan qarzi 430 milliard sömdan oşdi
Iqtisodiyot
31.10.2026, 13:00

Xitoyda yetim yigitning töyiga minglab notaniş odamlar keldi
Jahon
31.10.2026, 12:13

1 noyabrdan Özbekistonda qanday özgarişlar kuçga kiradi?
Oʻzbekiston
31.10.2026, 09:36

Kreml uruş xarajatlarini qoplaş uçun soliqlarni oşirmoqçi
Jahon
30.10.2026, 15:04

Isitiş mavsumida ehtiyojmand oilalarga 1 million sömdan yordam beriladi
Oʻzbekiston
30.10.2026, 12:15
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Internetda Turdimov nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda
Ta'lim
13.10.2026, 16:30

"Uzbek" sarlavhada: xorijdagi jinoyatlar O‘zbekiston imijiga qanday ta’sir qilmoqda?
Oʻzbekiston
08.10.2026, 14:31

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

Sirojiddin Odilov ishi: nega fuqarolar blogerlardan yordam so‘raydi?
Oʻzbekiston
07.10.2026, 18:38

Human Rights Watch Sirojiddin Odilov ishida adolatli sudlov yuzasidan xavotir bildirdi
Oʻzbekiston
08.10.2026, 19:12
