updated: 22.03.2026, 08:02

#Inbazar_boycott: Xodimlari zoʻravonlikka uchragan "Inbazar"ga boykot soʻralmoqda

Joriy yilning 14 sentabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida faoliyat yurituvchi "Inbazar" savdo markazining Sergeli tumanidagi filialida ishlovchi xodimi boshqa bir xodim tomonidan "samasud" qilingani tasvirlangan video tarqaldi. Bu esa mijozlardan tortib, jamoatchilik faollarigacha boʻlgan qatlamning savdo markaziga bo'lgan e’tirozlariga sabab bo‘ldi. Hatto #Inbazar_boycott heshtegi ostida uni yopilishini talab qilishdi. Ammo shunday vaziyatda ham avval savdo markazining yonini olib, soʻng esa tarafkashlik qilganiga pushaymon boʻlganlar ham yoʻq emas. Bugun PARADIGMA.UZ yuqoridagi mashmashaning kelib chiqishi, nega bu darajada ommalashganining sababini eʼtiboringizga havola etadi.

Ulashish:

#Inbazar_boycott: Xodimlari zoʻravonlikka uchragan "Inbazar"ga boykot soʻralmoqda

#Inbazar_boycott: Xodimlari zoʻravonlikka uchragan "Inbazar"ga boykot soʻralmoqda

Voqea shanba, yaʼni 13 sentabr kuni poytaxtning Sergeli tumanidagi "Inbazar" savdo markazlaridan birida yuz bergan. Unda doʻkon ishchisi ish vaqtida omborxonadagi yuk tashish aravachasini uzoqdan gʻildiratib yuborgani uchun savdo markazining nazoratchisi tomonidan kaltaklangan. Bu holatni boshqa bir xodim tasvirga olib internetga joylagan. 

Videoda nazoratchi xodimning yuzi va tanasiga 5-6 marotaba urgani tasvirlangan. Mazkur video yuzasidan "Inbazar" savdo doʻkoni asoschisi, ayni vaqtda chet elda boʻlgan Omadbek Xolmatov videomurojaat bilan chiqib, mazkur holat boʻyicha qonuniy chora koʻrilishini bildirgan.

"Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoni koʻrib, oʻzim "shok" boʻlib qoldim. Bu qilingan ablahona ishi uchun xodimni albatta qonuniy javobgarlikka tortilishiga ishonchimiz komil. Yillar davomida ishxonada oʻzaro hurmat boʻlishiga harakat qilamiz, lekin koʻp odam ishlagani uchun buning nazoratini ushlay olmadik. Buning uchun uzr soʻraymiz. Lekin bu zoʻravonlikka qarshimiz, bu holat boʻyicha qonuniy choralar koʻrilyapti. Tafsilotlarini aytamiz. Birgina xodimining oʻylamay qilgan ishi uchun yillar davomida xalq orasida ishonch qozongan va obroʻ orttirgan savdo markazi faoliyatini qoralab tashlamasliklaringizni soʻrayman", deya oʻzini oqlagan u.

Oradan bir muddat oʻtib kompaniyaning Instagram'dagi sahifasiga zoʻravon xodim ichki ishlar boʻlimiga olib borilgani haqida videoxabar joylashtirildi. Toshkent shahar IIBB ham mazkur holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

"Voqea haqiqatdan ham 13 sentabr kuni sodir boʻlgan. Unda 2001 yilda tugʻilgan B.A. oʻzaro kelishmovchilik oqibatida birga ishlovchi 2006 yilda tugʻilgan M.T.ni qoʻli bilan urgan. Bundan tashqari, ushbu holatni savdo majmuasining boshqa xodimi, 1998 yilda tugʻilgan X.E. tomonidan tasvirga olingan", deyiladi rasmiy munosabatda.

15 sentabr kuni "Inbazar" rahbar xodimlaridan biri jabrlanuvchidan rahbariyat nomidan uzr soʻragani, unga "Spark" avtomobili sovgʻa qilinishi va ishga tiklanishi, ishga qaytganda ham "zamstarshiy" lavozimida boʻlishini vaʼda qilgani tasvirlangan video doʻkonining Instagram sahifasiga joylandi. 

Ushbu video ommaga yetib borganidan soʻng "Inbazar"dan reklama olib turadigan ayrimlar birin-ketin kompaniya asoschisini maqtab, tarafkashlik bilan uning yonini olishni boshladi. Ular orasida Oʻzbekiston boks qiroli, "faxrimiz" deb eʼtirof etiladigan Bahodir Jalolov ham bor.

"Inbazar" asoschisi Omadillo (Omadbek) doʻstim birovga qattiq gapirishi mumkin, urishishi mumkin. Lekin yuz foiz javob beraman, birovga ozor yetkazmaydi. Aybdor oʻz jazosini topyapti. Endi barchani Oʻzbekiston brendini qoʻllab-quvvatlashga chaqiraman" deya videomurojaat qilgan Jalolov.

Shuningdek, aktrisa Muqaddas Saʼdullayeva ham "Inbazar" asoschisini oqlab, odamlarga "qoʻy boʻlmanglar", deya Instagram'da post qoldirgan.

"Eh "prosmotr" oʻlsin-a, bitta "prosmotr" uchun, bitta mavzuni ushlab olsak, chaynab aylantiraveradigan zamonga kelib qoldik! Bilib bilmasdan, oxiriga yetmasdan, bittasi yomon desa qoʻyga oʻxshab hammani yomon deb ketaveradigan zamon! Har bir insonning shaxsiy fikri qayerga ketyapti! Faqat koʻrgan narsa bilan xulosa chiqaradigan zamon. Eh Alloh isloh qilsin hammani!", deya yozgan u.

Ammo bu tarafkashliklar uzoqqa bormadi. Kompaniya targʻibotchilarining bu murojaatlaridan keyin kompaniya asoschisining zoʻravonligi aks etgan boshqa videolar chiqib kelishda davom etdi. Mazkur sharmandali holatdan keyin fikr bildirib gapida turolmagan Jalolov yana video qilib, bu safar aytgan gapiga pushaymonligini izhor qildi. Aktirsa esa jim!

"Bir soat oldin bir videoni shoshilib chiqarib qoʻydim. Omadillo (Omadbek)ning faqat yaxshi tomonlarini koʻrgandim. Ishchisini deb oʻzi yomonotliq boʻlib qolmasin deb tarafini olgandim. Ammo oʻzining videolarini koʻrib, fikrim butunlay oʻzgardi. Odamning ichini bilmas ekansan. Oʻzim oʻttizga kirib, ikki marta Olimpiyadada yutdim, ikki marta jahon chempioni boʻldim, lekin hayotda birovga qoʻl koʻtarmaganman. Urushgan boʻlsam, faqat ringda urushganman. Oʻzim zoʻravonlikka qarshiman, mutlaqo qarshiman... Har xil izohlar yozilmoqda, pul-mul olingan deb. Hech qanaqa pulning aloqasi yoʻq. "Inbazar" bilan ham shartnomani allaqachon tugatganman. Men oʻzim zoʻravonlikka qarshiman, hech qachon bunday holatni oqlamayman, aybdorlar oʻz jazosini oladi qonuniy tartibda", degan bokschi.

Doʻkon asoschisining oʻzi ham yana bir videomurojaat bilan chiqdi.

"Juda qoyil qolsa boʻladi. Videolar xuddi 10 yil shakllantirilganga oʻxshaydi. "Stayanka"da boʻlgan holatda 4 kishini urgan xodimimizni hissiyotda qoʻrqitib qoʻygan videomizni tarqatishyapti. Uning urgan videosi ham bor… Voqeaga kamida 3−4 yil boʻlgan. Mayli, hammasi oʻtar, lekin unda har bir odamning umri davomida urishgan videolarining hammasini internetga qoʻyaylik", deya oʻzini oqlashga urindi.

Toshent shahar IIBBning mahalliy nashrlarga bergan maʼlumotiga koʻra, hozirda chet elda boʻlgan "Inbazar" rahbari Omadbek Xolmatovga nisbatan tergovga qadar tekshiruv ishlari boshlangan.

Yuqoridagi holatga odamlar ham jim qarab turmadi. Instagram foydalanuvchilari oʻzlarining sahifalarida #Inbazar_boycott heshtegi bilan kompaniyani yopishga chaqiriqlar qilishda davom etmoqda. Blogerlar esa faol odamlarni qoʻllab-quvvatlamoqda. Ammo davlatning yirik tashkilotlari tomonidan hech bir munosabat berilmayapti. Inson huquqlari boʻyicha ombudsman ham jim. Xoʻsh, siz yuqoridagi vaziyatga qanday fikr bildirasiz? Sizningcha, ish beruvchilar xodimlarga tazyiq oʻtkazishga haqlimi?..

Mavzuga oid yangiliklar

Epshteynga oid hujjatlar internetdan olib tashlandi

AQSh Adliya vazirligi Jeffri Epshteyn ishi boʻyicha eʼlon qilingan minglab hujjatlarni internetdan olib tashladi. Bu kamida 100 nafar jabrlanuvchining hayotini jiddiy izdan chiqargan. 

Jahon

06.02.2026, 17:04

Jeffri Epshteyn ishi: oshkor etilgan fayllar va elita bilan aloqalar

Yuzlab bolalar va ayollarga nisbatan jinsiy zoʻravonlik sodir etganlikda ayblangan marhum milliarder Jeffri Epshteyn soʻnggi kunlarda yana jahon axborot makoni markazida turibdi.

Jahon

03.02.2026, 16:44

Gateway cherkovi asoschisi 12 yoshli qizga nisbatan jinsiy zoʻravonlik qilganini tan oldi

Texas shtatidagi Gateway yirik cherkovining asoschisi va sobiq bosh pastori Robert Morris 12 yoshli qizga nisbatan jinsiy zoʻravonlik qilganini sudda tan oldi. Robert Morrisga Oseydj okrugi prokuraturasi tomonidan bolaga nisbatan besh epizod boʻyicha axloqqa zid harakatlar sodir etganlik ayblovi qoʻyildi. Tergovga koʻra, zoʻravonlik 1982 yil dekabrida boshlangan — oʻshanda jabrlanuvchi 12 yoshda, Morris esa taxminan 21 yoshda boʻlgan.

Jahon

26.11.2025, 12:22

Angrenda zoʻravonlikka uchragan 15 yoshli qizning ahvoli haqida xabar berildi

2025 yil iyul oyida Angrenda toʻrt nafar yigit tomonidan voyaga yetmagan qizga nisbatan zoʻravonlik sodir etilgan edi. Qiz maxsus maktabda taʼlim olgan va buvisi bilan yashagan. Onasi uning hayotida ishtirok etmagan, otasi esa boʻlmagan. Taʼkidlanishicha, qiz 2024 yil avgust–oktabr oylarida bir necha bor zoʻravonlikka duch kelgan. Gumonlanuvchilardan biri voyaga yetmagan oʻsmir boʻlgan. 

Oʻzbekiston

19.11.2025, 13:27

Oʻzbekistonda oilaviy zoʻravonlikka doir qancha ish sudda koʻrilgani aytildi

Oʻzbekistonda oilaviy zoʻravonlikka doir qancha ish sudda koʻrilgani aytildi

Oʻzbekistonda oilaviy (maishiy) zoʻravonlik holatlaridan qanchasi sudda koʻrib chiqilgani hamda taraflarga qanday jazolar berilgani boʻyicha "Sukut saqlama" ("NeMolchi.uz") loyihasi oʻzining olib borgan tadqiqotini eʼlon qildi. Mazkur oʻrganish Oʻzbekiston Oliy sudi tomonidan internetda eʼlon qilingan sud qarorlarining ochiq bazasiga tayangan holda amalga oshirilgan.

Oʻzbekiston

11.12.2024, 11:57

Buxoroda ayol qizining yuz-qoʻliga qizigan kapgirni bosdi

Buxoroda ayol qizining yuz-qoʻliga qizigan kapgirni bosdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro viloyatida istiqomat qiluvchi ayol toʻqqiz yoshli qizining qoʻllari va yuz qismiga qizigan oshxona temir kapgirini bosib, farzandiga tan jarohati yetkazgani tasvirlangan video tarqalgan edi. Mazkur holat yuzasidan Bolalar ombudsmani rasmiy munosabat bildirdi. 

Oʻzbekiston

04.11.2024, 11:38

So‘nggi yangiliklar

Ukraina va Saudiya: Kiyev harbiy tajribasini Fors ko‘rfaziga eksport qilmoqda

Dronlarga qarshi kurashish borasida jahon yetakchisiga aylanib ulgurgan Ukraina Saudiya Arabistoni bilan mudofaa shartnomasini imzoladi.

Jahon

28.03.2026, 17:20

Benksi kim? Asrimizning eng mashhur “ko‘cha” rassomi fosh bo‘ldi(mi?)

O‘nlab yillar mobaynida shaxsini sir tuta olgan “ko‘cha” rassomi kimligi ma’lum. Bu haqda Reuters xabar qildi. Biroq ko‘pchilik, xususan, Euronews bu yangilikka shubha qilmoqda, chunki Banksining shaxsi hanuz rasmiy tasdiqlanmadi.

Madaniy

28.03.2026, 15:48

Erondagi urush fonida aviatashuvlar narxi keskin oshdi

Eron atrofidagi keskinlik va harbiy harakatlar global logistikaga jiddiy taʼsir koʻrsatmoqda. Freightos maʼlumotlariga koʻra, aviatashuvlar qiymati ayrim yoʻnalishlarda 82% gacha oshgan.

Jahon

21.03.2026, 07:18

Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi

Ramazon hayiti munosabati bilan 20 mart kuni Toshkent shahrida jamoat transporti - avtobus va metropoliten oʻz ish faoliyatini ertalab soat 04:00 dan boshlaydi. 

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:42

Navroʻz va Hayit arafasida 392 nafar mahbus afv etildi

Oʻzbekiston prezidenti farmoni bilan jazo muddatini oʻtayotgan, qilmishiga pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga oʻtgan 392 nafar shaxs afv etildi.

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:37

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik otashkesim eʼlon qildi

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon oyi yakunlanishi — Iyd al-Fitr (Roʻza hayiti) munosabati bilan vaqtinchalik oʻt ochishni toʻxtatishga kelishib oldi.

Jahon

19.03.2026, 12:00

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi

Toshkentda joylashgan Islom svilizatsiyasi markazi oʻz faoliyatini boshlamoqda. 2026 yil 18 mart kuni boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida markazga kirish tartibi va narxlar eʼlon qilindi.

Madaniy

19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi

Internetdagi "Sahovatli qoʻllar" va "Murgʻak qalblar" kabi jamgʻarmalar Suriyadagi "Tavhid va jihod" katibasi tashkiloti aʼzosi, qirgʻizistonlik Abdulmuhsin Usmonovga tegishli ekani aniqlandi.

Jahon

19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi

Maldiv orollari Isroil pasportiga ega fuqarolar uchun kirishni rasman taqiqladi. Shu bilan u bunday cheklov joriy qilgan 13-davlatga aylandi.

Jahon

19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi

AQSh Senatida Eronning yadroviy dasturiga oid bayonotlar atrofida bahslar kuchaydi. Xususan, AQSh Milliy razvedkasi direktori Tulsi Gabbard senatorlar tomonidan tanqidga uchradi.

Jahon

19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi

Eron rasmiylari Isroil razvedka xizmatlari bilan hamkorlikda ayblangan mahalliy fuqaro Kurosh Keyvaniga nisbatan chiqarilgan oʻlim hukmini ijro etdi.

Jahon

19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda

Temir yoʻllar va avtomagistrallar hayvonlar harakati uchun jiddiy toʻsiq boʻlib, har yili yuzlab jonivorlar ularni kesib oʻtishga urinish vaqtida halok boʻlmoqda.

Jahon

19.03.2026, 08:43