Istanbulda ikki oʻzbekistonlik ayol oʻldirilib, jasadlari boʻlaklangan
Istanbul shahrida Oʻzbekiston fuqarolari boʻlgan ikki ayolning oʻlimi yuzasidan tergov davom etmoqda. Yangi maʼlumotlarga koʻra, har ikki jabrlanuvchining jasadi boʻlaklarga ajratilgan.
Oʻzbekiston
13.02.2026, 11:37
Ulashish:

24 yanvar kuni Istanbulning Shishli tumanidagi chiqindi konteyneridan 37 yoshli Durdona Hakimovaning choyshabga oʻralgan, qismlarga boʻlingan jasadi topilgan edi. Holat yuzasidan ikki nafar Oʻzbekiston fuqarosi Istanbul aeroportida mamlakatni tark etib, Gruziyaga uchib ketmoqchi boʻlgan vaqtida qoʻlga olingan.
Tergov davomida Umraniye tumanida sodir etilgan qotillik ishi boʻyicha qoʻshimcha tafsilotlar aniqlandi. Maʼlum boʻlishicha, oʻsha manzilda yana bir ayol — 32 yoshli Sayyora Ergasheva ham oʻldirilgan boʻlishi mumkin.
Turk OAV maʼlumotlariga koʻra, Ergasheva 2025 yil 28 dekabr kuni Turkiyaga kirib kelgan va soʻnggi bor Hakimova oʻldirilgan uyda koʻringan. 23 yanvardan buyon u bilan aloqa uzilgan.

Istanbul politsiyasi tomonidan kuzatuv kameralari yozuvlari qayta koʻrib chiqilgan. 24 yanvarga oid tasvirlarda gumonlanuvchilar uydan bir nechta qora paket va katta chemodan olib chiqib ketayotgani qayd etilgan. Tergovchilarga koʻra, jasadlar qismlarga ajratilib, shaharning Fotih tumanidagi turli chiqindi konteynerlariga tashlangan boʻlishi mumkin.
Dastlab gumonlanuvchilar jinoyatda faqat yordam berganini bildirgan. Biroq ikkinchi qotillik holati aniqlangach, ularga nisbatan “qasddan odam oʻldirish” moddasi boʻyicha protsessual choralar kuchaytirilgan.

Mazkur voqea jamoatchilik oʻrtasida katta rezonans uygʻotdi. Istanbulning Shishli tumanidagi “Osmanbey” metro bekati yaqinida mingdan ortiq kishi toʻplanib, marhuma jasadi topilgan joy tomon yurish qilgan. Namoyish ishtirokchilari “Erkaklar zoʻravonligini toʻxtating”, “Oʻldirilgan ayollar uchun adolat talab qilamiz” va “Migrant ayollar yolgʻiz emas” degan shiorlar bilan chiqish qilgan.
Anqarada ham yuzlab odamlar “Ayollar qotilligini toʻxtataylik” chaqiriqlari bilan norozilik namoyishlari oʻtkazib, aybdorlarga nisbatan qatʼiy jazo choralari qoʻllashni talab qilgan.
Oʻzbekiston
13.02.2026, 11:37
Ulashish:
Mashhur yangiliklar

OTMlarda yangi bakalavriat va magistratura yo‘nalishlari joriy etildi
Ta'lim
07.07.2026, 09:48

Abituriyentlar uchun ruxsatnomalar berish boshlandi
Ta'lim
08.07.2026, 10:57

Toshkent viloyatida bog‘chalar vaqtincha yopildi
Ta'lim
16.07.2026, 11:28

O‘qishni ko‘chirishda milliy va xalqaro sertifikatlar muhimmi?
Ta'lim
16.07.2026, 11:37

“Epshteyn orolidagi jirkanchliklar bari mujassam” – o‘zbek sayyohining Tailandga safari
Madaniy
06.07.2026, 15:30

Iroq hukumati korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash boshladi
Jahon
01.07.2026, 11:42
So'nggi yangiliklar

Sopollitepadan bronza davriga oid pilla parçasi topildi
Fan-texnologiya
25.07.2026, 14:57

Adolf Gitler tuğilgan şaharda töqqizta ommaviy qabr topildi
Fan-texnologiya
25.07.2026, 14:01

BMT boş kotibi Antoniu Guterriş Suriyaga taşrif buyurdi
Jahon
25.07.2026, 13:18

Rossiya Ukraina uruşini yakunlaş böyiça Trampdan yangi takliflar kutadi — Peskov
Siyosat
25.07.2026, 12:26

Venesuela prezidentlik saylovlariga tayyor emas – Tramp
Siyosat
25.07.2026, 10:59

Yo’nalish tanlash qachon boshlanadi?
Ta'lim
24.07.2026, 16:50

Xitoy Tayvan böğozida ikki kunlik öquv-jangovar maşğulotlarni boşladi
Siyosat
24.07.2026, 15:03

Arab va musulmon davlatlari Isroilning Al-Aqso masjidiga bosqinini qoraladi
Jahon
24.07.2026, 13:35

Özbekiston “Yagona Xitoy” tamoyiliga qat’iy amal qiladi – Baxtiyor Saidov
Siyosat
24.07.2026, 11:12

O‘zbekistonda qarzdorlarning 61 foizi kreditni o‘z vaqtida to‘lolmayapti — MB
Iqtisodiyot
23.07.2026, 10:57

Epshteynga "qiz" yetkazib bergan fransuz modeli o'lik holda topildi
Jahon
23.07.2026, 10:01

Endi Toşkentdan Samarqandga 2,5 soatda yetib boriladi – Şavkat Mirziyoyev
Oʻzbekiston
22.07.2026, 16:01

Ukraina bu yil 700 kvadrat kilometr hududini qaytarib oldi
Siyosat
22.07.2026, 12:36

AQSH Saudiya Arabistoni bilan yadro energetikasi bo‘yicha tarixiy kelishuvni ma’qulladi
Jahon
22.07.2026, 11:10

Fransiya 15 yoşgaça bölganlar uçun ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlamoqda
Jahon
22.07.2026, 11:08

Xusiylar Saudiya Arabistoniga qarşi dengiz blokadasi e’lon qildi
Jahon
21.07.2026, 16:33

Gayana qirğoqlarida parom ağdarildi: halok bölganlar soni hozirça 27 ta
Jahon
21.07.2026, 13:23

Toshkent metropoliteniga 3 ta yangi poyezd olib kelindi
Oʻzbekiston
21.07.2026, 11:51

FIFA reytingi yangilandi: O‘zbekiston reytingda 10 pog‘ona pastladi
Sport
21.07.2026, 11:14

Afg‘onistonda Eronga ketayotgan 5 muhojir sahroda halok bo‘ldi, 14 nafari bedarak yo‘qoldi
Jahon
20.07.2026, 16:05
Mashhur yangiliklar

OTMlarda yangi bakalavriat va magistratura yo‘nalishlari joriy etildi
Ta'lim
07.07.2026, 09:48

Abituriyentlar uchun ruxsatnomalar berish boshlandi
Ta'lim
08.07.2026, 10:57

Toshkent viloyatida bog‘chalar vaqtincha yopildi
Ta'lim
16.07.2026, 11:28

O‘qishni ko‘chirishda milliy va xalqaro sertifikatlar muhimmi?
Ta'lim
16.07.2026, 11:37

“Epshteyn orolidagi jirkanchliklar bari mujassam” – o‘zbek sayyohining Tailandga safari
Madaniy
06.07.2026, 15:30

Iroq hukumati korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash boshladi
Jahon
01.07.2026, 11:42

