Shayx Ali Muhyiddin Qoradogʻiy: Oʻzbekistonda islomiy moliya yoʻlga qoʻyilsa, katta natijalarga erishish mumkin (+video)
Toshkent shahridagi Islom moliyasi boʻyicha 20-Xalqaro islomiy moliya olimlari forumi boʻlib oʻtmoqda. Shu vaqtga qadar mazkur forum Malayziya davlatida tashkil etilgan. Ushbu forumning 20 yillik yubileyiga Toshkent shahri mezbonlik qilmoqda.
Oʻzbekiston
19.09.2025, 12:19
Ulashish:

Forumning asosiy mavzusi islomiy moliyani rivojlantirish, ilgʻor amaliyotlarni moliya tizimiga joriy etish, olimlar, regulyatorlar, standartlarni belgilovchi tashkilotlar va soha mutaxassislari oʻrtasida hamkorlikni mustahkamlash hamda islomiy huquqqa oid masalalar yuzasidan fikr almashish maydonini yaratishga qaratildi.
Forumda dunyo miqyosidagi yetakchi olimlar, mutaxassislar va regulyatorlar ishtirok etmoqda. Tadbir doirasida Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi muxbiri Musulmon ulamolari ittifoqi prezidenti Shayx Ali Muhyiddin Qoradogʻiyga savollar bilan murojaat qildi.
– Bugungi kunda islom moliyasining aktivlari 5,4 trillion dollarni tashkil qilmoqda. Ammo koʻpchilik musulmonlar yashaydigan davlatlarda islom moliyasi rivojlanmagan. Islom moliyasi rivojlanishiga nima toʻsiq boʻlyapti?
– Butun dunyoda islom moliyasiga boʻlgan ehtiyoj ortib boryapti. Xususan, ayni paytda jahonda islom moliyasining jami aktivlari qariyb 5,4 trillion dollarni tashkil etadi.
Islom banki 1975 yilda Dubayda birinchi boʻlib tashkil etilgan. Shu vaqtlarda bu bankning 100 million dollarlik fondi boʻlgan. Hozirgi kunda Islom banki juda rivojlanib bormoqda. Dunyoning barcha islom mamlakatlari hatto Amerika, Gʻarb davlatlarida ham islom moliya banklari faoliyat olib bormoqda.
Shu sababli, Oʻzbekistonda ham islom moliyasini rivojlantirish juda ijobiy natijalarga olib keladi. Lekin bu bankning oldida turli xil chaqiruvlar bor. Ulardan biri Oʻzbekistonda shu soha boʻyicha muayyan bir qonun yoʻqligi. Bugungi forumda eshitdim, Oʻzbekistonda Islom bankini joriy etish toʻgʻrisidagi qonun loyihasi birinchi oʻqishda qabul qilindi. Bu juda quvonarli. Oʻylaymanki, bu kabi qonunlar Oʻzbekistonda islom moliyasi rivojlanishida muhim ahamyatga ega.
Mamlakatingizda nafaqat islom davlatlari, balki boshqa Yevropa, Amerikadagi islom moliyasi asosida faoliyat olib boruvchi banklarning tajribasini oʻrganib, Oʻzbekistonda tatbiq qilishga barcha imkoniyat yetarli.
Aytmoqchimanki, bugungi kunda butun dunyo miqyosida islom moliyasi yaxshi rivojlanmoqda.
–Oʻzbekiston islomiy moliya potensialidan foydalanishda imkoniyati qanday? Oʻzbekistonda Islom bankini joriy etish toʻgʻrisidagi qonun loyihasi qabul qilinishi va bu forumning ilk bor Oʻzbekistonda oʻtkazilishining oʻzaro bogʻliqligi bormi?
– Men Oʻzbekistonda islom moliyasi borasida olib borilayotgan ishlarni yuqori baholayman. Xususan, Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020 yilda bu borada qabul qilgan hujjatlari juda yuqori tahsinga ega. Islom moliyasini Oʻzbekistonga tatbiq qilishning ayni vaqti. Bu kabi forumlar orqali islom moliyasida faoliyat olib boruvchi xalqaro mutaxassislar taklif va fikrlarini oʻrganish muhim. Chunki, islom moliyasini rivojlantirish har qanday yurt rivoji uchun juda katta iqtisodiy hissa qoʻshadi.
Mendagi maʼlumotlarga koʻra, Oʻzbekistonda ham islomiy moliyaga boʻlgan talab yuqori. Oʻzbekistonda islomiy moliyalashtirishning katta istiqboli bor, chunki aholining 90 foizi Islom diniga eʼtiqod qiladi. Mamlakatingizdagi koʻpchilik musulmon aholi banklarda islom moliyasi yoʻqligi uchun anʼanaviy banklarda moliyalashtirish, investitsiya qilish boʻyicha muammolarga duch kelishmoqda. Islomiy moliyaning jozibador jihatlari bu – tizimning shaffofligi va etikasi, kreditlash jarayonlarini taqiqlash hamda xatar va foydaning adolatli taqsimlanishi hisoblanadi.
Islom moliyasi tizimida kredit foizsiz boʻlishi, moliyaviy risklar adolatli taqsimlanishi kerak. Bunday yondashuv har qanday dunyoviy mamlakatga moliyaviy inklyuzivlik beradi. Aynan moliyaviy inklyuzivlik bagʻishlagani uchun ham islom moliyasi butun dunyoda rivojlanib bormoqda.
Agarda yurtingizda islom moliyasi joriy etilsa, milliardlab pullar sarmoya qilinib, ular infrastruktura, sanoat va boshqa tarmoqlarga sarmoya qilinadi.
Shuningdek, islom moliyasini tatbiq etish oddiy xalq manfaatiga xizmat qiladi. Oʻylaymanki, islom moliyasi sohasini rivojlantirish boʻyicha zarur qonunlar qabul qilinadi. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan fuqarolarni Islom banki bilan tanishtirish uchun zarur choralar koʻriladi. Fuqarolar islom moliyasi nima ekani borasida batafsil maʼlumotga ega boʻlishi kerak.
Oʻzbekistonda islomiy moliya potensialidan foydalanish imkoniyati yetarli. Oʻzbekistonda islomiy moliya yoʻlga qoʻyilsa, katta natijalarga erishish mumkin. Oʻzbekiston bu tizimni joriy etsa, mintaqada islomiy kapital bozori uchun regional markazga aylanish ehtimoli katta. Chunki aholining katta qismi musulmonlar. Bu sohani rivojlantirish kerak.
Oʻzbekiston
19.09.2025, 12:19
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Oʻzbekistonda islom moliyasi joriy etilsa, sogʻlom iqtisodiyotga yoʻl ochiladi
Iqtisodiyot
19.09.2025, 14:28

Oʻzbekistonda Islomiy bank faoliyati joriy etiladi
Iqtisodiyot
05.02.2026, 17:02

Oʻzbekistonda birinchi islomiy bank qachon ochiladi?
Iqtisodiyot
06.01.2026, 15:15

Tadbirkorlar uchun yangi imkoniyat
Iqtisodiyot
21.11.2025, 10:38

Oʻzbekistonda islomiy bank faoliyati uchun qonunchilikka oʻzgartishlar kiritilishi mumkin
Iqtisodiyot
17.09.2025, 09:01
Mashhur yangiliklar

Isroil urushni tugatish shartlarini maʼlum qildi
Jahon
17.03.2026, 13:40

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Kartadan-kartaga pul oʻtkazishda “maqsadni koʻrsatish” tartibi joriy etildi
Iqtisodiyot
07.03.2026, 13:08

Hurmuz boʻgʻozining yopilishi: global iqtisodiyot uchun jiddiy sinov
Iqtisodiyot
09.03.2026, 16:59

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56
So‘nggi yangiliklar

Erondagi urush fonida aviatashuvlar narxi keskin oshdi
Jahon
21.03.2026, 07:18

Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi
Oʻzbekiston
19.03.2026, 14:42

Navroʻz va Hayit arafasida 392 nafar mahbus afv etildi
Oʻzbekiston
19.03.2026, 14:37

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik otashkesim eʼlon qildi
Jahon
19.03.2026, 12:00

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi
Madaniy
19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi
Jahon
19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi
Jahon
19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi
Jahon
19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi
Jahon
19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda
Jahon
19.03.2026, 08:43

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi
Jahon
18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda
Fan-texnologiya
18.03.2026, 14:45
Mashhur yangiliklar

Isroil urushni tugatish shartlarini maʼlum qildi
Jahon
17.03.2026, 13:40

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Kartadan-kartaga pul oʻtkazishda “maqsadni koʻrsatish” tartibi joriy etildi
Iqtisodiyot
07.03.2026, 13:08

Hurmuz boʻgʻozining yopilishi: global iqtisodiyot uchun jiddiy sinov
Iqtisodiyot
09.03.2026, 16:59

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56
