updated: 21.03.2026, 22:55

Toshkent havosining ifloslanishiga qarshi kurashishning endi iloji yoʻqmi?

Toshkent — koʻp yillar davomida yigʻilib kelgan, davolanmagan, surunkali kasalliklarga chalingan “bemor”. Oʻnlab  yillar davomida hech kim tomonidan parvarishlanmagan bir bechora. Daraxtlarni sugʻorish yoki havoga suv purkash — illyuziya yaratishdan boshqasiga yaramaydi. Yagona oqilona taklif — ariqlar tarmogʻini qaytarish “bemor”ni sogʻaytirish uchun tashlangan samarali qadam. Biroq u ham kamlik qiladi. «Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti» Milliy tadqiqot universiteti sobiq dotsenti Xurshida Yakubova Toshkent havosining oʻta ifloslanishiga qarshi koʻrilayotgan choralar nima uchun samara bermasligini hamda aslida nima qilish kerakligini bayon etadi.

Ulashish:

Toshkent havosining ifloslanishiga qarshi kurashishning endi iloji yoʻqmi?

«Toshkent surunkali bemor» qiyosiga oʻtishdan avval, keling, bir muhim masalani aniqlashtirib olaylik. Kecha izohlarni  oʻqib, ajablanarli bir taʼkidga duch keldim: tizimli tahlil (sistemniy analiz) —  faqat tibbiyotga oid termin va uning shahar muammolariga nisbatan qoʻllanilishi goʻyoki «notoʻgʻri» emish. Eng kulgili joyi ham aynan shu yerdan boshlanadi. Tizimli tahlil umuman tibbiyotda paydo boʻlmagan. 

Tizimli tahlilning onasi — mudofaa sohasi. Uning aslvatani — RAND Corporation. Ha-ha, oʻsha yadroviy urushdan tiyilib turish modellarini ishlab chiqqan, Uchinchi jahon urushi ssenariylarini hisoblagan, davlatlar xatti-xarakatining birinchi matematik modellarini yaratgan va umuman, murakkab, nochiziqli, oʻz-oʻzini taʼminlaydigan tizimlarni tahlil qilish bilan bogʻliq boʻlgan barcha ishlar bilan shugʻullangan RAND Corp. Tibbiyot esabu vositalarni RAND'dan olib, ularni surunkali kasalliklarni tashxislash, epidemiologiya vakoʻp omilli tahlilga moslashtirgan. Shunday ekan, agar narsalarni oʻz nomi bilan atasak, tizimli tahlil bu: 

• harbiy ishlanma; 

• makro-ssenariyli rejalashtirish vositasi; 

• murakkab tizimlarning xulq-atvorini bashorat qilish usuli; 

• GPS’dan tortib, internetgacha boʻlgan koʻp ixtirolarning asosidir. Tibbiyot bu yerda — yaratuvchi emas, balki oxirgi merosxoʻr deb aytsak boʻladi. Aynan shuning uchun menga tizimli tahlil «tiktoker-ekspertlar boʻlar-boʻlmasga qoʻllayotgan tibbiy termin» deb tushuntirishga urinish, yumshoq qilib aytganda, kulgili koʻrinadi. Bu xuddi Bluetooth’ni simsiz tarozilardan foydalangani uchun kosmetologlar ixtiro qilgan deyish bilan barobar. 

Menga juda alam qiladi, chunki barcha buyuk texnologiyalar haqiqatan ham mudofaa sanoatida paydo boʻlgan: 

• Bluetooth — harbiy ishlanmalarning mahsuloti. 

• GPS — raketa zarbalarini korreksiya qilish uchun yaratilgan. 

• Internet — ARPANET loyihasi, yadroviy zarbadan omon qolishiga moʻljallangan tarmoq. 

• Tizimli tahlil — «qon bosimiga tabletka» yozish uchun emas, balki urushlarni oldini olish uchun yaratilgan quroldir. 

Shunday ekan, agar harbiylar urush oqibatidagi global falokatning oldini olish uchun tizimli tahlilni qoʻllay olgan boʻlsalar, biz ham maʼlum xatolar tufayli boʻgʻilib yotgan shaharning holatini tahlil qilish uchun qoʻllashga, soʻzsiz, haqqimiz bor. Keling, shunday kelishib olamiz: Toshkentni tizimli tahlil usullari bilan tahlil qilish — bu normal holat, bu xudoga qarshi chiqish yoki «shifokorlardan oʻgʻirlangan termin» emas. Shahar — bu inson organizmidan ham ancha murakkab tizimdir. Endi esa asosiy mavzuga oʻtishimiz mumkin. 

BEChORA TOShKENTNING AChChIQ QISSASI

Tasavvur qiling, sizning yaqin qarindoshingiz bor. Yoshi  60-70 larda, oxirgi marta shifokor koʻrigiga salkam 30-40 yil oldin kirgan. Oʻshandan beri na koʻrik va  na analiz topshirmay, mazza qilib davrini surgan. Ishqilib, suyukli doʻstingiz yoki qarindoshingiz qoʻliga nima tushsa yeb, mazza qilib papiros chekib, aroq bilan davolanib shifokorlarni pisand qilmagan. Agar biror joyi ogʻrisa, «He, oʻtib ketadi», degan. 

Yillar oʻtib organizm kasalliklarni eplay olmay qoldi. Surunkali kasalliklar, holdan toyish paydo boʻldi. Bir kuni yaqiningiz reanimatsiya tushgani xaqida xabar keldi. Yaqinlari nima qiladi? Toʻgʻri: kompresslar, mumiyo va hatto asalli, sutli va eritilgan qoʻy yogʻili choy olib kelishadi. Bemor esa sunʼiy nafas berish apparatlari ostida zoʻrgʻa, lim-lim xavo olib yotibdi. Bemorga, kechirasizu, quvvat va darmondorilar emas, tizimli darajada qutqaradigan professional shifokorlar jamoasi kerak. 

Mana bu asli Toshkentning 2025 yildagi ahvoli.

Toshkent — koʻp yillar davomida yigʻilib kelgan, davolanmagan, surunkali kasalliklarga chalingan bemor. Oʻnlab yillar davomida hech kim tomonidan parvarishlanmagan bir bechora. Toshkentda quyidagi holatlar roʻy bergan: 

• shaharda shamol yoʻlaklarini toʻsib qurish; 

• yashil hududlarni kesib tashlashgan; 

• beton plitalar bilan qoplab tashlashgan; 

• koʻmirda ishlaydigan issiqxonalar bilan boʻgʻishgan; 

• «nuqtali zichlashtirish» bilan ortiqcha binolar qurilgan; 

• namlik, soya, nam havo va drenajdan mahrum qilishgan; 

• havo va suvning tabiiy aylanishini buzishgan. 

Endi esa nega u «toʻsatdan boʻgʻilib qolganidan» hayron qolishyapti. Nega qisqa muddatli yomgʻir yoki bir-ikkita issiqxonani oʻchirish koʻrinishidagi «tomchilatgich» surunkali sepsisni davolamaydi deb ajablanishlariga nima deysiz?

ShAHARNI QANDAY DAVOLASh KERAK? 

Demak, bizning bemor — Toshkent shahri. Surunkali kasallikning kechki bosqichi hamda ekologik va shaharsozlik sepsisi bilan murakkablashgan. Mana, nihoyat «shifokor» ham tashrif buyurdi —oʻziga xos shifokor: davlat/hokimiyat va boshqa shinavanda tashkilotlar. «Shifokor» bir nechta muolajalarni taklif qildi: 

1. Koʻchalarni oʻt oʻchirish shlanglari bilan sugʻorish.

 Koʻrgan boʻlsangiz kerak — formadagi odamlar daraxtlar ostida turib, uni ustiga tonnalab suv quymoqda. Bu nima beradi? Hech narsa, mutlaqo. Mayli, loaqal psixologik effekt berar. Xuddi pediatr bolakayga «vitaminchalar» berib, onasini tinchlantirganidek. Nega buning foydasi yoʻq: 

• Oʻt oʻchirish shlanglarida suv sepish havoning namligini oshirmaydi. Chunki havoni namlash asfalt sirtida emas, atmosferada sodir boʻladi. 

• Daraxtlarni sugʻorish PM2.5 ni ushlab qolmaydi, chunki zarrachalar 20 metrdan 500 metrgacha balandlikda osilib turadi. 

• Qurum, tutun, aralashgan aerozollar suv sepishdan yer sathiga oʻtirib qolmaydi, ular uch usulda tarqaladi: 

— shamol bilan; 

— yomgʻir bilan; 

— vertikal konveksiya bilan. 

Shlangda suv sepish bu mexanizmlarning hech birini ishga tushirmaydi. Bu: «Bemor boʻgʻilyaptimi? Koʻkragiga, chakkasiga  «Zvyozdochka» mazini surting — balki yordam berar» deb aytish bilan barobar.  Yoqimli, lekin befoyda. 

2. Sunʼiy yogʻingarchilik / «yomgʻir chaqirish» 

Videoda koʻrsatilgan narsa — xuddi shunday ritorik illyuziya: agar suv bor boʻlsa — demak, nimadir qilyapmiz. Tibbiyot bilan qiyoslasak: «Bemorning harorati bormi? Keling, uni yelpigʻich bilan yelpiymiz. U bir daqiqaga soviydi» degani. 

3. «Ariqlarni qayta tiklash» — birinchi sogʻlom fikr. 

Ariq tarmogʻini tiklash haqidagi yangilikni koʻrganimda — ochigʻi, xursand boʻldim. Kulgili tomoni: men bu haqda birinchi maqolada yozgan edim. Agar bu boshqa odamlar aytgan yaxshi gʻoyalarning natijasi boʻlsa, men ikki karra xursandman. Agar bu tasodif boʻlsa — bundan ham yaxshi, men ham aqllilar safidaman. Agar buni «koʻchirib olishgan boʻlsa» — nima boʻpti, ishlatishsin, foydasi koʻp. Bu yaxshi qadam, chunki ariq tarmogʻi — mikroiqlimning tabiiy muhandislik tizimi boʻlib, u: 

• havoni sovutadi; 

• namlikni oshiradi; 

• aylanish yoʻlaklarini yaratadi; 

• changni bogʻlaydi. 

Bu, alomatlarni emas, balki «sababini davolash» toifasiga kiruvchi yagona qadam. Lekin bu bemorga antibiotik berishga oʻxshaydi. Toʻgʻri qaror, lekin jigar, yurak va oʻpka vayron boʻlgan boʻlsa — bitta antibiotik uni qutqara olmaydi. 

Yaʼni, qoʻshimcha muolajalarni biriktirishimiz kerak: 

• shamol koridorlari; 

• yashil oʻsimliklardan tashkil topgan shahar belbogʻlari; 

• suv havzalari; 

• issiqlik yuklamasini kamaytirish; 

• issiqxonalar uchun cheklovlar; 

• koʻchalar profilini qayta koʻrib chiqish; 

• IES (TETs) bilan ishlash; 

• Ifloslantirish manbalarni kamaytirish; 

• shaharning yangi ventilyatsiyasi. Ariqlar — 50 ta qadamdan iborat davo tizimdagi bitta qadamdir. Quyida bu malxamlar nega ishlamasligini tushuntirib beraman. Ammo buning uchun men tarixga qisqacha toʻxtashim lozim. 

KASALLIK ANAMNEZI (TARIXI): ShAXARSOZLIKNING BOSh PLANI

 Bilasizmi, «faqat koʻchalarni yuvish kerak» yoki «sunʼiy yomgʻir yogʻdirish kerak» degan gaplarni eshitganimda, har safar bir narsa ajablantiradi: odamlar shahar kecha kasal boʻlgandek, faqat alomatni muhokama qilishadi. Lekin har qanday ogʻir kasallikning anamnezi bor. Toshkentning anamnezi — bu eʼtiborsiz qolgan shaxarsozlikning bosh planidir: 

1. Toshkentning bosh rejasi bor edi, hali ham bor, oxirgi tahriri 2021 yilda qabul qilingan ekan. Lekin men asosiy, 1966 yil Toshkent zilzilasidan keyin qabul qilingan birinchi planga toʻxtalmoqchiman. Bu juda yaxshi plan boʻlgan. Hozir bunga ishonish qiyin, lekin bu haqiqatan ham shunday. Uning ustida rosa koʻp soha mutaxassislari ishlagan: 

• meʼmorlar; 

• irrigatorlar; 

• gidrotexniklar; 

• iqlim boʻyicha mutaxassislar; 

• geologlar; 

• ekologlar; 

• energetiklar; 

• botaniklar va boshqalar. 

Bosh plan  — bu arxitekturaviy  fantaziya emas. Bu katta «shahar» organizmi qanday yashashi kerakligi haqidagi ilmiy model. 

U quyidagilarni hisobga olgan: 

• shamollar yoʻnalishini (roza vetrov); 

• havoning tabiiy aylanish yoʻnalishlarini; 

• shaharning yashil belbogʻlarini; 

• suv infratuzilmasini; 

• Chorvoqni ichimlik suvi, sugʻorish, elektr energiyasining uch tomonlama tizimi sifatida; 

• texnogen yuklamani; 

• aholi zichligining taqsimlanishini. 

Bu bemorning aniq va professional ishlab chiqilgan tibbiy xaritasi edi. 

2. Nima xato ketdi? 

Shaharni bosh reja, yaʼni «oʻz fiziologiyasiga» qarshi qurishni boshlashdi: 

• ventilyatsiya koridorlarini toʻsib qoʻyishdi; 

•shahardagi zichlikni absurd darajasigacha koʻtarishdi; 

• strukturaviy yashil hududlar yoʻq qilindi; 

• oʻn minglab katta daraxtlarni kesib tashlashdi; 

• ariqlarni yoʻq qilishdi; 

• IES va tarmoqni yuklab tashlashdi; 

• irrigatsiya magistrallarida aholi yashaydigan tumanlar qurildi. 

Bu xuddi shifokorga bemorning xaritasini berib: «Mana sizga davolash sxemasi. Lekin siz, iltimos, aksincha davolang. Bu yerda «chekmaslik kerak» deb yozilgan — cheksin. «Tinchlik» kerak boʻlgan joyda — krossfitga (muttasil mashq bajarishga) joʻnating. Parhez talab qilingan joyda — achchiqqina shoʻrva», deyishga oʻxshaydi. Bu «xatolar» emas. Bu shahar mantigʻining inkor qilinishidir. 

3. Nega endi «hammasini ortga qaytarib boʻlmaydi».

 Odamlar tushunmaydigan asosiy narsa: bosh reja — bu qayta—qayta oʻrnatiladigan ilova emas. Bu shaharning sindirilgan skeleti. Quyidagilarni qaytarishni iloji yuq: 

• 40–60 yoshda boʻlgan kesilgan daraxtlarni qaytarish; 

• barcha zichlashtirishlarni buzish; 

• «notoʻgʻri» va zich qurilgan uylarda yashayotgan yuz minglab odamlarni koʻchirish; 

• yoʻq qilingan ventilyatsiyani tiklash; 

• oʻrnida beton turgan ariqlarni qayta tiklash. 

4. Chorvoq esa — risoladagidek qanday boʻlishi kerak edi va bugun qanday holga kelgani shuning ramzidir. 

Men, garchi bu befoyda boʻlsa ham, yana Chorvoq haqida gapirmoqchiman. Chorvoqning vazifasi — sovutish, oziqlantirish va energiya bilan taʼminlashdir. Lekin u quyidagilarning oʻrnini qoplay olmaydi: 

• yashil belbogʻning yoʻqligi; 

• iqlimiy issiqlik orollari; 

• koʻmirda ishlaydigan issiqxonalar; 

• tuproq degradatsiyasi; 

• havo aylanishining yoʻqligi. 

5. Nega bugungi choralar — oʻsha xatolarning davomi? 

Bugun quyidagilarni koʻrganimizda: 

• koʻchalarni oʻt oʻchirish mashinalari bilan sugʻorish; 

• «ikki oy ichida chiqindilarni kamaytirish» vaʼdasi; 

• ariqlarni yagona tizimli chora sifatida tiklash; 

• tashriflar paytida «toza havo» haqidagi bayonotlar… 

Biz yana davolashni emas, balki marosimlarni koʻrayapmiz. Chunki tizimli davolash bu: 

• yangi bosh reja; 

• Yanada yuqori darajadagi OVOS (Atrof muhitga taʼsirni baholash) ekspertizasi; 

• bitta konsorsiumda oʻnlab mutaxassislar; 

• suv, iqlim va energetika modellariga bogʻlanish; 

• shamollar, inversiyalar, ifloslantiruvchi moddalarni aniqlash;

• hech boʻlmaganda 20–30 yil kelajakka kompleks rejalashtirish. 

Biz hozircha bunday hujjatlarning birortasini ham koʻrmayapmiz. Lekin tizimsiz harakatlarning umidsiz urinishlarigina amalga oshirilayapti. 

6. Endi nima boʻladi? Bemorni qutqarish mumkinmi? 

Ha. Lekin faqatgina «ruhiy muolajalar»dan tibbiysiga oʻtilsa. Yaʼni: 

• Katta tizimli choralar — yangi shamol koridorlari, yangi yashil belbogʻlar, yangi suv infratuzilmasi; 

• Manbalarni cheklash — issiqxonalar, IES, qurilishlar; 

• Shahar fiziologiyasini tiklash: suv – ariqlar – aylanish – yashillik – namlik – issiqlik yuklamasini kamaytirish – changni kamaytirish; 

• «Har kim oʻz-oʻzicha» emas, balki kompleks tashxis lozim. 

XULOSA 

Biz shaharni noyabr oyida «kasal boʻlib qolgani» uchun davolamayapmiz. Biz bir paytlar geologlar, irrigatorlar, arxitektorlar, gidrologlar, energetiklar tomonidan shahar uchun yozilgan hujjatga 40 yil davomida eʼtiborsizlik qilganlik oqibatlarini davolashga urinayapmiz. Shuning uchun bugungi vaziyatda xalqaro ekspertlar kengashi kerak. Chunki bemorni “oddiy koʻz tashlash bilan” davolash mumkin emas. Afsuski, 30 yil davomida davolash protokolini eʼtiborsiz qoldirgan davolovchi «shifokorga» ishonib boʻlmaydi. Toshkent quyidagilardan rosa charchagan: 

• chiroyli hisobotlar; 

• piar; 

• bulvarlarni oʻt oʻchirish mashinalari bilan sugʻorish.

Toshkentga faqat mustaqil, xalqaro konsorsium tomonidan amalga oshiriladigan tizimli tashxis kerak: 

• klimatologlar; 

• urbanistlar; 

• gidrologlar; 

• arxitektorlar; 

• ifloslantiruvchi moddalar boʻyicha mutaxassislar; 

• energetiklar; 

• ekologlar; 

• suv muhandislari; 

• shamol modellari boʻyicha mutaxassislar. 

Aynan ular real tashxisni aytishi kerak: Nimalar oʻldi, qaysi organlar xali ishlayapti, nimalarni tiklash mumkin? Nimani esa noldan boshlab qayta qurishga toʻgʻri keladi. Va mening sevimli FB psixoterapevtim aytganidek, bu: Uzoq muddatli, rosa qimmat, umuman kafolati yuq xarakatga aylanadi.

Xurshida Yakubova

Oʻzbekiston

28.11.2025, 16:27

Ulashish:

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →

So'nggi yangiliklar

Özbekistonlik bankir Interpol qidiruviga berildi

Nega?

Oʻzbekiston

21.09.2026, 10:02

Markaziy Osiyo muzliklarini yöqotmoqda

Mintaqa kuzatuvlar tarixidagi eng katta yöqotishlar qayd etilgan dunyoning uçta hududi qatoriga kirgan.

Oʻzbekiston

21.09.2026, 09:42

Nufuzli OTM talabalari SAT sertifikatini noqonuniy olib berish bilan shug‘ullangani aniqlandi

Ma’lum qilinishicha, guruh a’zolarining aksariyati Yevropadagi nufuzli universitetning Toshkent shahridagi filiali talabalari bo‘lgan.

Ta'lim

19.09.2026, 11:24

Xitoydagi choʻl ostida ulkan suv manbalari topildi

Olimlar ushbu loyiha doirasida shoʻrxok suvlardan foydalanish boʻyicha maxsus sinov stansiyasini tashkil etishdi.

Jahon

19.09.2026, 11:14

Rossiyada saylovlardan keyin yangi safarbarlik bo‘lishidan xavotir kuchaymoqda

Urushga qarshi nomzodlar saylovdan chetlatilmoqda, ayrimlari qamoqqa olingan. 

Jahon

19.09.2026, 10:02

"Sizga hurmat körsatilmaydi, siz bemorsiz!": Surxondaryo soğliqni saqlash boşqarmasi munosabat bildirdi

Ijtimoiy tarmoqlarda şov-şuv bölgan "Vraç doimo haq" e'loni yuzasidan Surxondaryo viloyati soğliqni saqlash boşqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.

Oʻzbekiston

18.09.2026, 15:25

iPhone 18 Pro Maxning Rossiyada 18 ta funksiyasi çeklangan

Rossiyada iPhone 18 Pro Max foydalanuvçilari smartfonning ayrim funksiyalaridan töliq foydalana olmaydi. Asosiy çeklovlar Apple Intelligence tizimi va rus tili qöllab-quvvatlanmasligi bilan boğliq.

Iqtisodiyot

18.09.2026, 15:13

O‘tgan yili 124 nafardan ortiq ekologiya himoyachisi o‘ldirilgan

2025-yilda ekologiya himoyachilariga qarshi zo'ravonlik yana kuchaygan, qotilliklarning asosiy qismi Lotin Amerikasida sodir bo'lgan.

Jahon

18.09.2026, 15:10

Andijonda ilk bor "Yashil uyim" ekologik festivali ötkaziladi

26 sentyabr kuni Andijon şahrida ilk bor «Yashil uyim» ekologik festivali bölib ötadi. Yevropa Ittifoqining moliyaviy kömagida tashkil etilayotgan tadbirda ekologik turmuş tarzi, çiqindilarni saralaş va qayta işlaş hamda zamonaviy ilmiy-ekologik yeçimlar haqida oçiq muloqotlar va amaliy maşğulotlar ötkaziladi.

Oʻzbekiston

17.09.2026, 16:39

Netanyahu G‘azo haqidagi “NAZA” filmi ijodkorlariga qarshi yangi qonunlarni ilgari surmoqda

“NAZA” hujjatli filmi atrofidagi keskin bahslar fonida Binyamin Netanyahu askarlarni tanqid qilgan shaxslarni fuqarolikdan mahrum qilish loyihasini taklif qilmoqda.

Jahon

17.09.2026, 16:19

Turkiya 2040-yilgacha tamaki mahsulotlari savdosini taqiqlashni rejalashtirmoqda

Turkiya Sog'liqni saqlash vazirligi tamaki mahsulotlari iste'molini kamaytirishga qaratilgan keng qamrovli qonun loyihasi ustida ishlamoqda. 

Jahon

16.09.2026, 16:46

Trampning boyligi 7 mlrd dollarga yetdi — Forbes

Forbes hisob-kitobiga köra, Donald Trampning boyligi 2024 yilgi prezidentlik saylovidagi ğalabasidan keyin $2,7 mlrdga oşgan.

Iqtisodiyot

16.09.2026, 16:16

Sun'iy intellektdan qörqişimiz kerakmi?

Jahon hamjamiyatining sun'iy intellekt (SI) tahdidlari borasidagi xavotirlari mutlaqo asosli. Bu haqda OpenAI kompaniyasi bosh direktori Sem Altman bayonot berdi.

Fan-texnologiya

16.09.2026, 15:30

Rossiya droni Ukrainada yo‘lovchi avtobusiga zarba berdi: 5 kishi halok bo‘ldi

Ukraina tomoni Nikopol shahrida yo‘lovchi avtobusi nishonga olinganini bildirdi, Rossiya esa hodisaga izoh bermadi.

Jahon

16.09.2026, 14:20

Tibbiyot xodimlariga 2027 yildan har oy ustamalar tölanadi

Ayrim tibbiyot xodimlarining bazaviy tarif stavkasi yoki lavozim maoşiga har oy qöşimça ustamalar belgilandi.

Iqtisodiyot

16.09.2026, 14:18

Chempionlar ligasida oʻzbek klublari uchun necha million dollar tikilgan?

"Paxtakor", "Neftchi" va "Nasaf" klublari 2026/2027 yilgi mavsumda Osiyo klublar musobaqalarida yurtimiz sharafini himoya qilmoqda.

Sport

16.09.2026, 12:07

Islom Karimov shaxsi va Yelizaveta II bilan uchrashuv | Beruniy Alimov

Jurnalist va diplomat Beruniy Alimov bilan uning faoliyati,  Yelizaveta II bilan uchrashuvi va Islom Karimov bilan ishlagan yillari haqida suhbatlashdik. 

Madaniy

16.09.2026, 11:29

Bahsli xarita: Xitoyning qo‘shnilariga hududiy da’volari

Xitoy o‘zi uchun yaratgan yangi xaritada qo‘shni davlatlarning bir qismi, butun Tayvan, hatto Rossiyaga tegishli hududni ham o‘ziniki sifatida tasvirlagan. Bu oddiy xaritami yoki Pekinning kelajakdagi strategik maqsadi?

Jahon

15.09.2026, 17:16

Qamashida 2 ming yildan ortiq tarixga ega mehrob va ostodon topildi

Miloddan avvalgi III asr va milodiy III asrlar oralig‘iga oid Odirmon yodgorligidan topilgan altar (mehrob) va noyob ostodon diniy marosimlarda foydalanilgani aytilmoqda.

Madaniy

15.09.2026, 12:32

Saida Mirziyoyeva Toshkent shahridagi shaharsozlik va ekologik muammolarni muhokama qildi

Uchrashuvda muhandislik kommunikatsiyalari va ijtimoiy obyektlarga tushayotgan yuk, shuningdek, elektr va suv ta’minoti bilan bog‘liq muammolar muhokama qilingan.

Oʻzbekiston

15.09.2026, 11:46

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →