Yana ikki tumanning hokim yordamchisi jinoyatga qoʻl urdi
Qoraqalpogʻiston Respublikasining Ellikqalʼa hamda Buxoro viloyatining Gʻijduvon tumanlaridagi hokim yordamchilariga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati maʼlum qildi.
Oʻzbekiston
19.11.2024, 11:17
Ulashish:

Yana ikki tumanning hokim yordamchisi jinoyatga qoʻl urdi
Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish doirasida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi departament bilan hamkorlikda joylarda oʻtkazilgan tekshiruvlar davomida qonunbuzilishi holatlari aniqlandi.
Jumladan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ellikqalʼa tumanidagi mahallalardan biridagi hokim yordamchisi 33 nafar fuqaroga imtiyozli kredit mablagʻlari ajratish maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida tavsiyanomalar rasmiylashtirib, ular nomiga bankdan jami 1 mlrd 88 mln soʻm miqdorida kredit mablagʻlari ajratilishiga muvaffaq boʻlgan.
Soʻngra oʻzining tanishi boʻlgan fuqaro nomiga masʼuliyati cheklangan jamiyat tashkil qilib, amalda uni norasmiy tarzda boshqarib, 1 mlrd 88 mln soʻmni goʻyoki turli xil mahsulotlar xarid qilish uchun mazkur MChJ hisob raqamiga oʻtkazgan va naqdlashtirish orqali talon-toroj qilgan.
Bundan tashqari, hokim yordamchisi oʻzining turmush oʻrtogʻi va singlisi nomiga olingan jami 65,9 mln soʻm kredit mablagʻlarini ham maqsadsiz sarflab yuborgan.
Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 167- (Oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) va 228-moddalari (Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Bundan tashqari, Buxoro viloyatida kuzatilgan holatda esa Gʻijduvon tumanidagi mahallalardan biridagi hokim yordamchisi 26 nafar fuqaroga yirik va mayda shoxli chorva mollari sotib olishlari uchun imtiyozli kredit mablagʻlari ajratish maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida tavsiyanomalar rasmiylashtirib, ular nomiga bankdan jami 821 mln 858 ming soʻm miqdorida kredit mablagʻlari ajratilishiga erishgan.
Soʻngra mazkur fuqarolarni aldab, kredit mablagʻlari evaziga taʼminotchi korxonalardan 26 kishi uchun ajratilgan chorva mollarini soxta hujjatlar asosida qabul qilib, ularni boshqa shaxslarga sotib yuborish orqali 821 mln 858 ming soʻm miqdoridagi mablagʻni talon-toroj qilgan.
Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 167- (Oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) va 209-moddalari (Mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Oʻzbekiston
19.11.2024, 11:17
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Nufuzli OTM talabalari SAT sertifikatini noqonuniy olib berish bilan shug‘ullangani aniqlandi
Ta'lim
19.09.2026, 11:24

Qadimiy oltin tangalarni pullamoqchi boʻlganlar ushlandi
Oʻzbekiston
15.10.2024, 18:19

Xorazmda 2,9 mlrd soʻmlik dorini uyida saqlayotgan fuqaro ushlandi
Oʻzbekiston
17.09.2024, 13:43

60 kilogrammdan ziyod giyohvandlik moddasining savdosiga chek qoʻyildi
Oʻzbekiston
09.08.2024, 10:23

DXX tomonidan bir guruh firibgarlar ushlandi
Oʻzbekiston
06.08.2024, 10:28
Mashhur yangiliklar

O‘zbekistonda maktab va oliy ta’lim yagona vazirlikka birlashtirildi
Ta'lim
05.10.2026, 15:37

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Internetda Turdimov nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda
Ta'lim
13.10.2026, 16:30

"Uzbek" sarlavhada: xorijdagi jinoyatlar O‘zbekiston imijiga qanday ta’sir qilmoqda?
Oʻzbekiston
08.10.2026, 14:31

Sirojiddin Odilov ishi: nega fuqarolar blogerlardan yordam so‘raydi?
Oʻzbekiston
07.10.2026, 18:38

Human Rights Watch Sirojiddin Odilov ishida adolatli sudlov yuzasidan xavotir bildirdi
Oʻzbekiston
08.10.2026, 19:12
So'nggi yangiliklar

Özbekistonliklarning içimlik suvdan qarzi 430 milliard sömdan oşdi
Iqtisodiyot
31.10.2026, 13:00

Xitoyda yetim yigitning töyiga minglab notaniş odamlar keldi
Jahon
31.10.2026, 12:13

1 noyabrdan Özbekistonda qanday özgarişlar kuçga kiradi?
Oʻzbekiston
31.10.2026, 09:36

Kreml uruş xarajatlarini qoplaş uçun soliqlarni oşirmoqçi
Jahon
30.10.2026, 15:04

Isitiş mavsumida ehtiyojmand oilalarga 1 million sömdan yordam beriladi
Oʻzbekiston
30.10.2026, 12:15

Özbekiston va Turkiya prezidentlari qator kelişuvlarni imzoladi
Oʻzbekiston
30.10.2026, 11:47

Dunyodagi eng yirik kriptobirja hakerlar hujumiga uçradi
Iqtisodiyot
30.10.2026, 11:30

Dengizga kömilgan asirlar | Ikkinçi jahon uruşining unutilgan fojiasi
Madaniy
29.10.2026, 19:35

Eron Samarqand mojarosiga izoh berdi: "Gap Özbekiston haqida emasdi"
Oʻzbekiston
29.10.2026, 11:34

Afğonistonda töy va bayramlarda muşakbozlik taqiqlandi
Jahon
29.10.2026, 10:16

Isroil saylovlarida Netanyaxu oldinda, biroq...
Siyosat
28.10.2026, 15:57

Rossiyaga işlagani borayotgan özbekistonliklar soni 13,2 foizga kamaydi
Oʻzbekiston
28.10.2026, 14:49

Tailand özbekistonliklar uçun vizasiz rejimni qaytaradimi?
Oʻzbekiston
28.10.2026, 12:16

Qirğizistonda viloyat va tumanlar tugatilişi mumkin
Jahon
28.10.2026, 11:58

18 yoşdan kiçik tojikistonliklar işlaş uçun xorijga çiqolmaydi
Jahon
28.10.2026, 10:24

Özbekistonda örtaça iş haqi 18 foizga ösdi
Iqtisodiyot
28.10.2026, 09:50

Özbekistonda nikohlar kamayib, ajralişlar köpaymoqda
Oʻzbekiston
27.10.2026, 18:08

Endi Özbekistonda Apple Pay va Google Pay orqali tölov qiliş mumkin
Oʻzbekiston
27.10.2026, 14:50

Tramp Oq uyni Saddam Husayn restoraniga öxşatib qöydi — Barak Obama
Jahon
26.10.2026, 15:54

Özbekistonda söz erkinligi qay ahvolda?
Oʻzbekiston
26.10.2026, 13:15
Mashhur yangiliklar

O‘zbekistonda maktab va oliy ta’lim yagona vazirlikka birlashtirildi
Ta'lim
05.10.2026, 15:37

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Internetda Turdimov nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda
Ta'lim
13.10.2026, 16:30

"Uzbek" sarlavhada: xorijdagi jinoyatlar O‘zbekiston imijiga qanday ta’sir qilmoqda?
Oʻzbekiston
08.10.2026, 14:31

Sirojiddin Odilov ishi: nega fuqarolar blogerlardan yordam so‘raydi?
Oʻzbekiston
07.10.2026, 18:38

Human Rights Watch Sirojiddin Odilov ishida adolatli sudlov yuzasidan xavotir bildirdi
Oʻzbekiston
08.10.2026, 19:12
