Xorijdan avtomobil olib kelish: 2025 yilda xarajatlar va qoidalar

 2025 yilda xorijdan elektromobil olib kelish eng qulay variantlardan biri boʻldi. Ulardan aksiz soligʻi olinmaydi, utilizatsiya yigʻimi past, ayrim hollarda bojxona boji ham imtiyozli boʻladi.  

Ulashish:

Ayrimlar ichki bozorga nisbatan arzonroq narxni koʻzlasa, boshqalar Oʻzbekistonda mavjud boʻlmagan modelni tanlaydi yoki elektromobil sotib olishni rejalashtiradi. 

2025 yilga kelib bu jarayon ancha murakkablashdi. Qoidalar koʻp, toʻlovlar turli xil, hatto kichik xato ham katta qoʻshimcha xarajatga olib kelishi mumkin. Qanday avtomobil olib kirish mumkin, bojxonada nimalar uchun toʻlov qilinadi, elektromobil haqiqatan ham foydali variantmi — bularni oldindan bilmasdan turib, xorijdan mashina olib kelish tavakkalchilik hisoblanadi.

 

Qanday avtomobillarni olib kirish mumkin?

2025 yilda jismoniy shaxslar uchun xorijdan avtomobil olib kirishda qator talablar amal qiladi:

  • avtomobil yoshi 7 yildan oshmagan boʻlishi kerak;
  • transport vositasi kamida Yevro-5 ekologik standartiga javob berishi shart;
  • elektromobillar uchun yosh boʻyicha cheklov mavjud emas;
  • oʻng rulli avtomobillarni mamlakatga olib kirish taqiqlangan.

Aynan shu talablarni hisobga olmaslik koʻpchilikning birinchi xatosiga aylanmoqda.

 

Avtomobil narxidan tashqari yana qanday xarajatlar bor?

Koʻp hollarda xaridorlar faqat mashina narxini hisoblab, qolgan majburiy toʻlovlarni inobatga olmaydi. Aslida esa umumiy xarajatlarga quyidagilar qoʻshiladi:

  • utilizatsiya yigʻimi;
  • bojxona boji;
  • qoʻshilgan qiymat soligʻi (QQS);
  • rastamojka yigʻimi.

Ayrim hollarda ushbu toʻlovlar avtomobil qiymatining 30–50 foizigacha yetishi mumkin. Shu bois oldindan toʻliq hisob-kitob qilish juda muhim.

 

Bojxonadagi asosiy toʻlovlar

Utilizatsiya yigʻimi — barcha avtomobillar uchun majburiy. U dvigatel hajmiga bogʻliq holda belgilanadi. Masalan, 1,6 litrli yengil avtomobil uchun utilizatsiya yigʻimi BHMning 15 baravariga teng.

2025 yil avgust holatiga koʻra:

  • 1 BHM — 412 ming soʻm
  • 15 BHM — 6 mln 180 ming soʻm

Elektromobillarda bu toʻlov ancha past. Ulardan aksiz soligʻi undirilmaydi va umumiy bojxona xarajatlari kamroq boʻladi. Shu sababli soʻnggi yillarda elektromobillar eng maqbul variantlardan biriga aylangan.

Bojxona boji avtomobil turi, dvigatel hajmi va TN VED kodiga qarab belgilanadi. Ayrim modellar uchun boj nol stavkada yoki imtiyozli boʻlishi mumkin. Aniq summani faqat bojxona organlari hisoblab beradi.

QQS avtomobil qiymati, bojxona boji va aksiz yigʻindisidan 12 foiz miqdorida hisoblanadi.

Rastamojka yigʻimi esa avtomobil qiymatining 1 foiziga teng, ammo u BHMning 1 baravaridan kam boʻlishi mumkin emas.

 

Oddiy hisob-kitob misoli

Tasavvur qilaylik, siz 2020 yilda ishlab chiqarilgan Hyundai Elantra 1.6 avtomobilni 9 000 AQSh dollariga xarid qildingiz.

  • utilizatsiya yigʻimi — 15 BHM (6 180 000 soʻm);
  • bojxona boji (20%) — 1 800 dollar;
  • QQS — (9 000 + 1 800) × 12% = 1 296 dollar;
  • rastamojka yigʻimi — 90 dollar.

Natijada bojxona bilan bogʻliq umumiy xarajatlar 3 186 dollar va 6 million soʻmdan oshadi. Bu faqat namunaviy hisob boʻlib, real summa farq qilishi mumkin.

 

Elektromobil olib kelish qanchalik foydali?

2025 yilda xorijdan elektromobil olib kelish eng qulay variantlardan biri hisoblanadi. Ulardan aksiz soligʻi olinmaydi, utilizatsiya yigʻimi past, ayrim hollarda bojxona boji ham imtiyozli boʻladi. QQS saqlanib qoladi, ammo baribir umumiy xarajat anʼanaviy avtomobilga nisbatan arzonroq tushadi.

Nogironlar uchun moʻljallangan maxsus transport vositalari esa qoʻshimcha imtiyozlarga ega.

Muhimi, BHM miqdori tez-tez yangilanadi, shuning uchun hisob-kitobdan oldin amaldagi koʻrsatkichni tekshirish zarur.

 

Rastamojka jarayoni qanday kechadi?

Rastamojka jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat:

  1. my.customs.uz orqali onlayn ariza topshirish;
  2. bojxona tomonidan avtomobil qiymatini baholash;
  3. barcha toʻlovlarni bank orqali amalga oshirish;
  4. sertifikatlash, SBKTS olish va texnik koʻrik;
  5. YHXB orqali roʻyxatdan oʻtkazib, davlat raqamini olish.

Hujjatlar toʻliq boʻlsa, jarayon odatda 3–7 ish kunida yakunlanadi.

 

Qoʻshni davlatlarda avtomobil import qilish shartlari

Qozogʻistonda utilizatsiya yigʻimi benzin va gibrid avtomobillarga tatbiq etiladi, elektromobillar esa ushbu toʻlovdan ozod qilingan.

Qirgʻizistonda elektromobillar uchun hozircha utilizatsiya yigʻimi joriy etilmagan. Bu masala muhokama qilingan boʻlsa-da, amalda oʻzgarish kiritilmagan.

Tojikiston mintaqada elektromobillarni eng faol qoʻllab-quvvatlayotgan davlatlardan biri. Mamlakatda elektromobillar uchun utilizatsiya yigʻimi yoʻq, 2022 yildan bojxona boji bekor qilingan. 2025 yil mayidan esa bir yildan oshmagan yangi elektromobillar QQS va aksizdan ham ozod etildi.

Turkmanistonda alohida utilizatsiya toʻlovi mavjud emas, ammo jismoniy shaxslar uchun avtomobil import qilish deyarli mumkin emas — qatʼiy cheklovlar joriy etilgan.

 

Oʻzbekistonga yengil avtomobil yetkazib beruvchi TOP-10 davlat

2025 yilning yanvar–sentabr oylarida Oʻzbekistonga 29 davlatdan jami 56 337 dona yengil avtomobil import qilingan. Ularning umumiy qiymati 807,3 million AQSh dollarini tashkil etgan.

Eng koʻp avtomobil yetkazib bergan davlatlar:

  1. Xitoy — 51 770 dona
  2. Koreya Respublikasi — 2 524 dona
  3. AQSh — 511 dona
  4. Yaponiya — 296 dona
  5. Germaniya — 265 dona
  6. Gonkong — 249 dona
  7. Rossiya — 171 dona
  8. Hindiston — 168 dona
  9. BAA — 98 dona
  10. Avstriya — 63 dona

Iqtisodiyot

21.12.2025, 10:10

Ulashish:

So‘nggi yangiliklar

Homilador talabalarga “ikkinchi imkoniyat” yaratiladi

2026/2027 oʻquv yilidan homilador talaba-qizlarga yoki 3 yoshgacha boʻlgan farzand tarbiyasi bilan shugʻullanuvchi talabalarga oliy taʼlim olish uchun “ikkinchi imkoniyat” yaratiladi.

Ta'lim

04.03.2026, 11:59

Tibbiyot oliygohlarida superkontrakt bekor qilinishi mumkin

Oʻzbekistondagi tibbiyot oliy taʼlim muassasalariga talabalarni superkontrakt (oshirilgan toʻlov-kontrakt) asosida qabul qilish tartibi bekor qilinishi rejalashtirilmoqda.

Ta'lim

04.03.2026, 10:02

Pedofillar umrbod ozodlikdan mahrum qilinadi — Prezident farmoni

Prezident farmoniga koʻra, voyaga yetmaganlarga nisbatan ogʻir jinsiy jinoyatlarni qayta sodir etgan shaxslar umrbod yoki uzoq muddatli ozodlikdan mahrum etiladi.

Oʻzbekiston

04.03.2026, 06:16

"Oʻldi"ga chiqarilgan Netanyaxu Berlindan qaytdi

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu uning oʻlimi haqidagi xabarlardan soʻng jamoatchilikka koʻrinish berdi.

Jahon

03.03.2026, 22:47

Isroil Livanda “Hizbulloh”ga qarshi quruqlikdan operatsiyalar boshladi

Isroil mudofaa kuchlari (SAHAL) 3 mart kuni Livanda “Hizbulloh”ga qarshi quruqlikdan operatsiyalar boshladi. Bu haqda The Jerusalem Post xabar berdi.

Jahon

03.03.2026, 17:39

Oʻqituvchilarga sertifikat olish uchun subsidiya beriladi

Oʻqituvchi va ishlab chiqarish taʼlimi ustalariga xalqaro va milliy sertifikatlar olish uchun sarflangan mablagʻlarning 50 foizi (BHMning 20 baravarigacha) qoplab beriladi.

Oʻzbekiston

03.03.2026, 17:25

Krishtiano Ronaldu Saudiya Arabistonidan chiqib ketdi.

Krishtiano Ronaldu xavfsizlik maqsadida Saudiya Arabistonidan chiqib ketdi.

Sport

03.03.2026, 16:33

Siyosat tutuni: iqlim oʻzgarishi omillari

Urush haqida oʻylaganimizda, qon toʻkilishi, jasadlar va vayronaga aylangan manzillar koʻz oldimizga keladi. Bunday davrda atrof-muhit urushlarning jim qurboniga aylanadi. 

Jahon

03.03.2026, 15:36

"Sirena chalsa darhol bunkerga kiring". Isroildagi oʻzbekistonliklar ogohlantirildi

Oʻzbekistonning Isroildagi Elchixonasi mamlakatda joriy etilgan “Favqulodda holat” munosabati bilan oʻzbekistonliklarga shoshilinch murojaat bilan chiqdi.

Jahon

03.03.2026, 09:48

Bir nechta davlatlar Eronga qarshi hujumga otlanmoqda

Mojaroga AQSh, Isroil, Saudiya Arabistoni, BAA, Germaniya va Fransiya kabi davlatlar qoʻshilishi mumkin.

Jahon

02.03.2026, 15:58

Aliment qarzdorlarini ommaviy eʼlon qilish amaliyoti inson huquqlariga zid — Ombudsman

Aliment qarzdorlarining roʻyxatlari va fotosuratlarini ommaviy tarqatish inson shaʼni va qadr-qimmatini kamsitadi hamda Konstitutsiya normalariga ziddir.

Oʻzbekiston

02.03.2026, 15:07

Rossiyada migrantlarni ishdan boʻshatish tartibi soddalashtirildi

Rossiyada 1 martdan boshlab yangi qonun kuchga kirdi. Unga koʻra, agar muayyan mintaqa migrantlarni ishga jalb etishga cheklov yoki kvota joriy etsa, ish beruvchilar xorijiy xodimlarni ishdan boʻshatish huquqiga ega boʻladi. 

Jahon

02.03.2026, 13:46