Yoʻllarda tirbandlikning kamayishi va qatnovning tartibli boʻlishi nimalarga bogʻliq?

Harakat xavfsizligida yoʻllarning holati va qulayligiga ham muhim ahamiyatga ega.

Ulashish:

OʻzA muxbiri Ikrom Avvalboyevning yoʻllardagi muammolar va ularga yechimlar haqida yozgan maqolalasini eʼtiboringizga havola etyapmiz.

“Asosiy koʻchaning chekkasiga – piyodalar yoʻlagiga qoʻygan mashinamni videoga olib ketishibdi. Buni uyimga uch yuz yetmish besh ming soʻmlik jarima qogʻozi kelganidan keyin bildim.

Oʻsha joyga menga oʻxshab ulov qoʻygan oʻndan ortiq odamga ham shunaqa xabar bordimikan? Besh yildan buyon mashina boshqaraman, bu “yoʻnalish”da birinchi marta jarima yozishlari. 

Bungacha trotuar yoki toʻxtash taqiqlanadi belgisi bor joylarga necha marta mashina qoldirganimni eslolmayman ham. Xato meniki, lekin xulosa chiqarish oʻrniga jahlim chiqyapti. Nima qilamiz, inson tabiat shunday?

Bu holatni bekorga eslamadim. Xizmat safari bilan Xitoyda boʻlganimizda yoʻllarda koʻp yurdik. Rosti, koʻchalarda tirbandlikning kamligi, qatnovning tartibliligini koʻrib oʻylab qoldim. Xayolimda aholi soni boʻyicha dunyoda birinchi oʻrinda turadigan bu mamlakat koʻchalarida mashinalar oshib-toshib turgan boʻlishi kerak edi.

Chin diyorida yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash va tirbandliklarni kamaytirish borasidagi oʻziga xos tajriba bor. Bu haqda qisqacha yozgim keldi.

Yoʻllarda tirbandliklarni kamaytirish borasida Xitoy tajribasi

Mavzu haqida har birida millionlab odam yashaydigan Pekin va Tyanszin shaharlari misolida, oʻzimiz guvohi boʻlgan holatlar boʻyicha soddaroq maʼlumot berishga harakat qilamiz.

Bu shaharlarda avtomobil harakatini cheklash, avtoturargohlar faoliyatini samarali tashkil qilish hamda velosipedlar harakati uchun qulay sharoit yaratish siyosati qatʼiy ishlaydi.

Shaharlar rejali va markazlashgan tarzda rivojlantirilmoqda. Yoʻllar oʻzaro murakkab, bir-biriga bogʻlangan halqasimon tarzda qurilishiga eʼtibor qaratiladi. Metro va jamoat transportiga katta investitsiya yoʻnaltiriladi. Bu omillarning barchasi uygʻunlashganida esa natija kutilganidek boʻladi.

Pekin metrosi dunyodagi eng uzun – sakkiz yuz kilometrlik metro tizimlaridan biri sanaladi. Tyanszinda ham tez va qulay metro yoʻnalishi mavjud boʻlib, dolzarb nuqtalarni bogʻlaydi. Odamlar mashina oʻrniga uni tanlaydi.

Yoʻl harakati sunʼiy idrok, kameralar va sensorlar yordamida real vaqtda boshqarilmoqda. Svetoforlar harakatga qarab dinamik ravishda oʻzgaradi. Qaysi tomonda tirbandlik boʻlsa, oʻsha tomonga koʻproq vaqt beriladi.

Smartfon ilovalari orqali tirbandlik, yoʻllarning yuklamasi real vaqtda koʻrsatilishi yana bir yutuqdir. 

Elektr avtobuslar, elektroskuterlar keng tarqalgan. Muhimi ular ancha arzon. Minglab odamlar shaxsiy mashina oʻrniga jamoat transportidan foydalanadi. Bu esa tirbandlikni pasaytiruvchi omillardan biri. Lekin biz hali tirbandlikni kamaytiruvchi muhim jihatlarni sanamadik. U quyidagicha ishlaydi.

Masalan, Tyanszinda shahar markaziga kirish yillik ruxsatnoma orqali amalga oshadi. Avtomobil raqamlari orqali “kim qayerga kirishi mumkin” degan tizim ishlaydi. Tegishli jadvalga koʻra juft kunlari faqat juft raqamli mashinalar, toq kunlari esa toq sonli avtoraqam egalari kirishi mumkin. 

Safarimiz davomida bizga hamrohlik qilgan xitoylik yigit biz qiziqqan mavzu boʻyicha baʼzi maʼlumotlarni berdi.

Uning haydovchilik guvohnomasi bor, lekin mashina sotib olishga istagi yoʻq ekan. Buning sababini u quyidagicha izohlaydi.

Markaziy hududlarda avtoturargohlar qimmat, cheklangan va vaqti bilan belgilangan. Beparvolik bilan har qanday joyga mashina qoʻyish qatʼiy jazoga sabab boʻladi. Turli idora va tashkilot xodimlari ish joylari huzuridagi xususiy yoki davlat avtoturargohlaridan foydalanadi. Koʻp ishxonalarda xodimlar uchun maxsus joy ajratilgan. Bu ham toʻlov evaziga. Oddiy haydovchilar koʻchadagi raqamlangan avtoturargohlarga mashina qoʻyadi va bu mobil ilovalar orqali toʻlanadi. Shu oʻrinda toʻlov miqdori boʻyicha biroz maʼlumot keltirib oʻtish lozim. Aytaylik, shahar markazidagi avtoturargohlarga soatiga 10 yuangacha toʻlov qilinidi. Bu bizning hisobda 17-18 ming soʻm atrofida boʻladi.

Piyoda yoʻlaklari va velosiped yoʻllari alohida himoya qilinadi. U yerlarda harakatlanish, mashina qoldirishni hech kim xayoliga ham sigʻdira olmaydi. Yana taʼkidlanishicha, avtomobil soliqlari ham ancha baland.

Bir soʻz bilan aytganda, odamlar mashina minishning yuqorida sanalgan tashvish va xarajatlaridan qochib boshqa yoʻlni tanlaydi. Qulay jamoat transporti, arzon velosiped va skuterlar xizmati – koʻplab masalalarning oddiy yechimi. 

Taʼkidlaganlarimiz chuqur surishtiruv va tahlillar emas. Yoʻl-yoʻlakay koʻrgan va eshitganlarimiz. Oʻzbekistonda ham keyingi yillarda aholi yashash tarzi va daromadi sezilarli oʻsdi. Koʻplab oilalarda bir nechta avtomashina bor. Shunga mos tarzda avtosanoat rivojlanib, yoʻl infratuzilmasi ham yaxshilanmoqda.

Oʻzbekistonda ham rivojlangan davlatlar tajribasi qoʻllanilmoqda

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev raisligida 9 iyul kuni navbatdagi videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi. U yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash, infratuzilmasini yaxshilash va tirbandliklarni kamaytirish chora-tadbirlari muhokamasiga bagʻishlangan edi. 

Demak, bu yoʻnalishda ham aholiga qulaylik yaratish, xalqaro tajribalarni oʻrganish davlatning doimiy eʼtiborida.

Soʻzlar isbotini amalda ham koʻryapmiz. Birgina misol, keyingi yillarda yoʻl qurilishi va taʼmirlashga 61 trillion soʻm ajratilgan. Bu 2017 yilgacha berilgan mablagʻlardan uch yarim barobar koʻp degani.

Sohadagi 3 ming 365 nafar xodim elektron planshet va bodikamera bilan taʼminlandi. Qoidabuzarliklarni sunʼiy intellekt asosida saralash va qaror chiqarish amaliyoti joriy qilindi. Shaharlarda jamoat transporti uchun maxsus yoʻlaklar ajratildi.

Shuningdek, haydovchilarga qator yengilliklar joriy etildi.

Jumladan, birinchi marta huquqbuzarlik qilganlarni jazolash emas, ogohlantirish yoʻlga qoʻyildi. Yoʻl chiziqlarini bosish holatlarini kamera orqali fiksatsiya qilish bekor qilindi. Jamoat transporti uchun moʻljallangan qatorlarda kechqurun boshqa haydovchilar ham yurishiga ruxsat berildi. Shaharlarda yoʻllarni kunduzi taʼmirlash taqiqlandi. Radar bor joyda yoʻl belgisini oʻrnatish majburiy boʻldi.

Harakat xavfsizligi yoʻllarning holati va qulayligiga ham bogʻliq. Shuni inobatga olgan holda hududlarda ham yoʻl infratuzilmasi yaxshilanmoqda.

Maʼlumotlarga koʻra, hozirda mamlakatimiz avtomobil yoʻllarida 1 ming 200 dan ortiq qayrilib olish joyi boʻlsa, shundan faqatgina 146 tasida yer osti va yer ustidan qayrilish mumkin ekan. Oʻn mingdan ziyod piyoda oʻtish joylarining atigi 154 tasida shunday qulaylik bor.

Shu masalani inobatga olgan holda, Jahon banki ishtirokida Toshkent – Samarqand – Termiz, Toshkent – vodiy hamda Samarqand – Buxoro yoʻnalishidagi xalqaro yoʻllarni xavfsizlik talablariga mosligi diagnostika qilinadi. Ushbu tahlillar asosida, yoʻllarda qayrilib olish hamda piyodalar oʻtishini xavfsiz qilish, belgilar va chiziqlarni qulaylashtirish loyihalari ishlab chiqiladi.

Shuningdek, oʻrta va uzoq masofaga qatnaydigan jamoat transportini rivojlantirish choralari ham belgilandi. 

Sir emas yirik shaharlarimizda avtomobil toʻxtash joylarining yetishmasligi bilan bogʻliq muammolar bor. Bu tirbandlik yuzaga kelishining sabablaridan biri sanaladi. Shu kabi muammolar borligi sababli haydovchilar mashinasini yoʻl boʻyiga qoʻyishga majbur boʻlmoqda. Ayrim vazirlik va idoralar, hokimliklar binosi joylashgan koʻchalar yopib qoʻyilgan.

Bunday holatlarga chek qoʻyilib, barcha tashkilot va mahalla koʻchalaridagi asossiz qoʻyilgan taqiqlovchi belgilar olib tashlanmoqda. 

Bu boradagi yutuqlarga faqat shahar infratuzilmasini yaxshilash va boshqa shunga oʻxshash yangiliklarni hayotga tatbiq qilish bilan erishib boʻlmaydi. Tegishli tartiblarning qatʼiy ishlashi, texnologiya yutuqlari, taʼlim va odamlarning yoʻl madaniyati oʻsishi orqaligina koʻzlagan marraga chiqa olamiz. Ahamiyatlisi, bizda barcha yoʻnalishlarda oldinga harakat davom etmoqda”.

 

Oʻzbekiston

28.07.2025, 09:01

Ulashish:

So‘nggi yangiliklar

"Portfolio - yigʻmajild" - xorijiy atamalar oʻzbek muqobillari bilan almashdi

Hukumat huzuridagi atamalar komissiyasi qarori bilan kundalik hayot va rasmiy hujjatlarda keng qoʻllanib kelgan 40 ta xorijiy atama oʻzbekcha muqobillari bilan almashtirildi. 

Ta'lim

10.02.2026, 09:56

«Paradigma»da eʼtirof: fidoyi jurnalistlar va faollar taqdirlandi

 

Madaniy

09.02.2026, 18:28

Oʻzbekiston boksi jahon yetakchilari safida

2025 yil oʻzbek boksi uchun tarixiy yil boʻldi — jahon chempionatlarida rekord natijalar qayd etildi, oltin medallar soni oshdi va ilk bor uch karra jahon chempioni yetishib chiqdi.

Sport

09.02.2026, 16:18

Abdusattorov va Sindarov bir yilda 700 ming dollardan ortiq mukofot puli ishlab topdi

2025 yilda oʻzbekistonlik grossmeysterlar Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindarov xalqaro turnirlarda muvaffaqiyatli ishtirok etib, mos ravishda 361 ming va 349 ming dollardan ortiq mukofot puli ishlab topdi.

Sport

09.02.2026, 15:30

Retro-avtomobil egalari konstitutsiyaviy huquqlarini himoya qilishmoqda

Oʻzbekistonda retro-avtomobil egalari 2026 yildan joriy etilishi rejalashtirilayotgan utilizatsiya tizimi va texnik koʻrikdagi cheklovlarga qarshi chiqmoqda.

Oʻzbekiston

09.02.2026, 13:57

Epshteyn ishi bilan bogʻliq mojarolar: Britaniya va Norvegiyada yuqori lavozimli amaldorlar isteʼfoga chiqdi

Britaniya bosh vaziri apparati rahbari Morgan Maksuini jinsiy jinoyatlarda ayblangan milliarder Jeffri Epshteyn bilan bogʻliq mojaro ortidan isteʼfoga chiqdi.

Jahon

09.02.2026, 11:20

Alisher Navoiy endi faqat qogʻozda emas — shoir ijodi raqamlashtirilmoqda

Bugun buyuk mutafakkir, shoir va davlat arbobi Alisher Navoiy tavallud topgan kun. Asrlar davomida qoʻlyozma va kitoblarda saqlangan uning boy adabiy merosi bugun nafaqat nashrlar, balki internet platformalari orqali ham keng jamoatchilikka taqdim etilmoqda.

Madaniy

09.02.2026, 10:32

Oʻzbekiston taʼlimida yangi davr: 12 yillik uzluksiz tizim va “Yangi avlod” maktablari

Mamlakatda maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlimni oʻzaro bogʻlaydigan 12 yillik uzluksiz taʼlim modeli bosqichma-bosqich joriy etiladi.

Ta'lim

09.02.2026, 09:58

Sunʼiy intellekt dunyo maktablariga ommaviy kirib kelmoqda

Salvador, Qozogʻiston, BAA va AQShda millionlab oʻquvchi hamda oʻqituvchilar taʼlimga moslashtirilgan chat-botlardan foydalanish imkoniyatiga ega boʻldi.

Fan-texnologiya

08.02.2026, 07:47

2026 yilgi Ramazon oyi sanasi eʼlon qilindi

Samarqand shahrida boʻlib oʻtgan Turkiy davlatlar tashkiloti Fatvo hayʼati yigʻilishida muborak Ramazon oyining boshlanish sanasi boʻyicha qaror qabul qilindi.

Oʻzbekiston

07.02.2026, 20:00

Yoʻl harakati qoidalari buzilganlik uchun jarimalar yengillashdi

Oʻzbekistonda yoʻl harakati qoidalari boʻyicha yangi tartib joriy etildi: agar haydovchi rulda telefondan foydalanishni birinchi marta buzsa, unga jarima solinmaydi.

Oʻzbekiston

07.02.2026, 12:28

Epshteynga oid hujjatlar internetdan olib tashlandi

AQSh Adliya vazirligi Jeffri Epshteyn ishi boʻyicha eʼlon qilingan minglab hujjatlarni internetdan olib tashladi. Bu kamida 100 nafar jabrlanuvchining hayotini jiddiy izdan chiqargan. 

Jahon

06.02.2026, 17:04