Noyabr oyida Paradigma sayti va YouTube sahifasida eʼlon qilingan maqola va koʻrsatuvlar

Paradigma tahririyati siz azizlar uchun qiziqarli va foydali maʼlumotlarni tayyorlashda davom etmoqda. Oʻtgan noyabr oyi faolitimizda sermazmunligi bilan ajralib turdi. Oy oxirida dolzarbligini yoʻqotmagan eng qiziq va muhim koʻrsatuv, maqola va xabarlarimizni yana bir bor eʼtiboringizga havola etishga qaror qildik. Ehtimol, ishu tashvishlar bilan boʻlib oʻtkazib yuborgandirsiz.

Ulashish:

1. Pedofillarga befarqlik – bolalarga xavfdir. Psixolog Shoira Isakova bilan suhbatni oʻqish, videosini tomosha qilish.

Pedofiliya nima? Bu seksual xulq-atvorning buzilishi, yaʼni pedofiliya bu erkakmi, ayolmi, yosh bolalarga, rivojlanmagan, hali shakllanib ulgurmagan bolalarga boʻlgan seksual qiziqishlar. Inson qanday qilib pedofilga aylanadi? Koʻp holatlarda pedofillar voyaga yetmagan paytda jinsiy zoʻravonlikka uchragan shaxslar boʻlib chiqadi. Jamiyat qanday munosabatda boʻlishi kerak? Paradigma ushbu savollar bilan mutaxassisga yuzlandi.

2. Oltin va hokimiyat uchun toʻkilayotgan insonlar qoni: Sudanda nimalar boʻlyapti? Tahlilni oʻqish

2025 yil oktabrining soʻnggi kunlari. Sudanning Al-Fashir shahri. Ikki mingdan ortiq tinch aholi vakillari oʻldirildi: ular orasida tugʻruqxonadagi ayollar, bolalar va keksalar ham bor. Begunoh odamlar tiriklayin yoqib yuborildi, ayrimlari ogʻir yuk mashinalari ostida qoldi. Al-Fashir koʻchalari jonsiz jasadlarga toʻla.

3. Sudandagi urush: sabablar va oqibatlar Maqolani oʻqish, videotahlilni tomosha qilish

Butun dunyo Gʻazodagi genotsidni kuzatib turgan bir paytda, Sudanda undan kam boʻlmagan dahshatli fojia yuz bermoqda. Kechagina prezident Al-Bashirni birgalikda agʻdargan ikki general — hokimiyat va boylik uchun qonli toʻqnashuvni boshladi.

4. Tolibon Oʻzbekiston chegarasida nima qurmoqda? Maqolani oʻqish, videosini tomosha qilish

Afgʻoniston —  dunyoda eng ogʻir tarixiy iztiroblarni boshdan kechirib, shunga qaramay kelajakka intilayotgan davlat. 40 yillik urushlar, sanksiyalar va yakkalashuvdan keyin mamlakat hozir Markaziy Osiyodagi eng katta suv kanali — Qoʻshtepa, yangi megapolis — Kabul New City va bir necha yirik gidroenergetika loyihalarini amalga oshirmoqda.

5. Meksika prezidenti zoʻravonlikdan himoyasiz qoldi Maqolani oʻqish, videosini tomosha qilish

2025 yil 4 noyabr kuni Meksika poytaxti Mexiko markazida boʻlib oʻtgan ommaviy tadbir butun dunyoni larzaga soldi. Mamlakat prezidenti — Klaudiya Sheynbaum odamlar orasida boʻlgan paytda nomaʼlum erkak unga yaqinlashib, roziligisiz tegish va oʻpishga urindi. Bu holat ochiq joyda, guvohlar va kameralar oldida sodir boʻldi.

6. Qand kasalligiga chalinmaslik uchun piyoda yuring Maqolani oʻqish

Piyoda yurish — eng oddiy, arzon va barchaga mos jismoniy faollik turi. Lekin uning eng muhim tomoni shundaki, u 2-tur qand kasalligi xavfini keskin kamaytiradi. Kuniga 30 daqiqa piyoda yurishning oʻzi qon shakarini barqarorlashtirib, organizmni nafaqat diabet, balki boshqa koʻplab boshqa kasalliklardan ham muhofaza qiladi.

7. Oy borib omon qaytmayotgan oʻgʻlonlar... Maqolani oʻqish

Esingizdami, Suriya yoki Iroqda biror oʻzbek terroristi halok boʻlsa, butun telekanallar, oʻzbek matbuoti jar solar, koʻrsatuvlar qilinar, maqolalar yozilib, majlis va yigʻilishlar oʻtkazilardi. Nega 500 oʻzbek uchun hatto bir ogʻiz munosabat, bayonot ham berilmadi? Koʻp tomondan bu qudratli mamlakatga qaramligimizni, bogʻliqligimizni, muttahamlik joyimiz borligini tushunaman, ammo hamma narsada meʼyor, chegara boʻlishi kerak.

8. «Al-Fashir qassobi» deb atalgan shaxs — Abu Lulu kim? Maqolani oʻqish, videosini tomosha qilish

2025 yil oktabr oyida, 18 oylik qamaldan soʻng, Shimoliy Darfurda joylashgan Al-Fashir shahri «Tezkor harakat kuchlari» deb nomlangan harbiylashtirilgan guruh tomonidan egallandi. Ular shaharga kirishlari bilan zoʻravonlik avj oldi. Internetda tarqalgan videolarda ushbu guruh jangchilari qurolsiz tinch aholini shafqatsizlik bilan qatl etayotgani aks etgan.

9. Zohran Mamdani: reperdan Nyu-York merigacha Maqolani oʻqish, videosini tomosha qilish

2025 yil Nyu-York siyosiy tarixida oʻchmas iz qoldirdi. Shahar oʻppa-oʻrtaga kelib, oʻziga xos rekordlar bilan yoʻlboshchi almashtirdi: 34 yoshli Zohran Mamdani bu lavozimga saylanib, birdaniga bir nechta tarixiy marrani zabt etdi.

10. Bolani tez-tez shamollashdan qanday himoyalash mumkin? Maqolani oʻqish

Oxirgi paytlarda yurtimizda noodatiy, davolash qiyin boʻlgan shamollash turi paydo boʻldi. Maktab va maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalar bir-biriga yuqtirib olayotgan bu gripga har doimgi dori-darmonlar deyarli taʼsir qilayotgani yoʻq. Bunday sharoitda bolalarning immunitetini mustahkamlash, ular salomatligiga toʻgʻri yondashish juda muhim. Quyidagi tavsiyalarimiz bu borada juda katta foyda keltirishi aniq.

11. Islohot – vazirlik nomini oʻzgartirish, xolosmi? Maqolani oʻqish

Yana bir savol: tashkilot nomi har oʻzgarishi soliq toʻlovchilar gardaniga qancha yuk boʻlib tushyapti? Peshlavha, yozuv tablichkalari, logotip, muhr va shtamplardan tortib, mehnat va boshqa shartnomalargacha – bular qancha turadi va kimning hisobidan yangilanadi? Yana har ikki-uch yilda bir nom yangilanishi — bu yogʻi endi juda oshib ketmadimi? Shuncha xarajat va harakatga yarasha nimadir oʻzgarsa ham mayli edi!

12. Toshkentda havo ifloslanishi: masʼuliyat kimda va xalqaro huquq nima deydi? Maqolani oʻqish

“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi raisi Alisher Qodirov bu boradagi muhokamalarga munosabat bildirib, ayrim «ekspert»lar tanqidini asossiz deb atadi. U tabiat jarayonlarini hech bir davlat toʻliq nazorat qila olmaydi, degan fikr bildirgan va havo ifloslanishi muammolarini sof tabiiy jarayon sifatida koʻrsatishga uringan. Biroq xalqaro huquq nuqtai nazaridan fuqarolarning sogʻlom va xavfsiz atrof-muhitda yashashi davlat zimmasidagi aniq va huquqiy jihatdan belgilangan majburiyatdir. Tabiiy jarayonlarni bahona qilish davlatni masʼuliyatdan xalos etmaydi.

13. Qaddofiyning yoʻqolgan boyliklari qayerda? 14 yillik qidiruv va hanuz ochilmagan sirlar Maqolani oʻqish, videosini tomosha qilish

2011 yil oktabrida Liviya rahbari Muammar Qaddofiyning oʻldirilishi bilan siyosiy davr yakunlandi, ammo uning dunyo boʻylab tarqatilgan mol-mulki masalasi hanuz sirligicha qolmoqda. 40 yillik hukmronlik davrida toʻplangan mablagʻlar, oltin, sanʼat asarlari va koʻchmas mulklar oʻrni aniqlanmagani sababli, xalqaro markazlar va maxsus xizmatlarning eʼtibori shu masalaga qaratilgan.

14. Toshkent havosining ifloslanishiga qarshi kurashishning endi iloji yoʻqmi? Maqolani oʻqish

Toshkent — koʻp yillar davomida yigʻilib kelgan, davolanmagan, surunkali kasalliklarga chalingan “bemor”. Oʻnlab  yillar davomida hech kim tomonidan parvarishlanmagan bir bechora. Daraxtlarni sugʻorish yoki havoga suv purkash — illyuziya yaratishdan boshqasiga yaramaydi. Yagona oqilona taklif — ariqlar tarmogʻini qaytarish “bemor”ni sogʻaytirish uchun tashlangan samarali qadam. Biroq u ham kamlik qiladi. «Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti» Milliy tadqiqot universiteti sobiq dotsenti Xurshida Yakubova Toshkent havosining oʻta ifloslanishiga qarshi koʻrilayotgan choralar nima uchun samara bermasligini hamda aslida nima qilish kerakligini bayon etadi.

Fan-texnologiya

29.11.2025, 12:28

Ulashish:

So‘nggi yangiliklar

Bir nechta davlatlar Eronga qarshi hujumga otlanmoqda

Mojaroga AQSh, Isroil, Saudiya Arabistoni, BAA, Germaniya va Fransiya kabi davlatlar qoʻshilishi mumkin.

Jahon

02.03.2026, 15:58

Aliment qarzdorlarini ommaviy eʼlon qilish amaliyoti inson huquqlariga zid — Ombudsman

Aliment qarzdorlarining roʻyxatlari va fotosuratlarini ommaviy tarqatish inson shaʼni va qadr-qimmatini kamsitadi hamda Konstitutsiya normalariga ziddir.

Oʻzbekiston

02.03.2026, 15:07

Rossiyada migrantlarni ishdan boʻshatish tartibi soddalashtirildi

Rossiyada 1 martdan boshlab yangi qonun kuchga kirdi. Unga koʻra, agar muayyan mintaqa migrantlarni ishga jalb etishga cheklov yoki kvota joriy etsa, ish beruvchilar xorijiy xodimlarni ishdan boʻshatish huquqiga ega boʻladi. 

Jahon

02.03.2026, 13:46

Umra safari tadbirlari vaqtincha kechiktirildi

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi umra safarlari vaqtincha kechiktirilganini eʼlon qildi. Yaqin Sharqdagi keskin vaziyat va havo makoni cheklovlari sabab, bir qator aviaqatnovlar bekor qilinmoqda.

Oʻzbekiston

02.03.2026, 11:23

Yaqin Sharq alangada: Eronning 6 toʻlqinli zarbalari ortidan keng koʻlamli urush xavfi kuchaydi

Amerika fuqarolari Nyu-York shahri markazida Amerika harbiy operatsiyalariga qarshi norozilik bildirmoqda. 

Jahon

02.03.2026, 10:18

Umradagi oʻzbekistonliklarni qaytarish uchun maxsus reyslar yoʻlga qoʻyiladi

Umra safariga ketgan Oʻzbekiston fuqarolarini vatanga qaytarish maqsadida maxsus repatriatsiya reyslari tashkil etiladi.

Oʻzbekiston

02.03.2026, 08:27

Ali Xominaiy halok boʻldi: Eronda motam, rasmiy Tehron qasos haqida ogohlantirdi

Eronning oliy rahbari, 86 yoshli oyatulloh Ali Xominaiy 28 fevral kuni Tehrondagi qarorgohiga berilgan zarbalar oqibatida vafot etdi.

Jahon

01.03.2026, 08:32

SI strategiyasi: urush vaziyatida sunʼiy intellekt 95 % hollarda yadro qurolidan foydalanishi mumkin

Taxminiy maʼlumotlarga koʻra, insoniyat tarixida 12 mingdan ortiq urush boʻlgan va ularning barchasini insonlar boshlab, davom ettirgan.

Fan-texnologiya

28.02.2026, 13:12

Isroil Eronga harbiy zarba berdi

28 fevral, shanba kuni ertalab Isroil Eron hududiga nisbatan harbiy amaliyot boshladi.

Jahon

28.02.2026, 12:40

AQSh xodimlariga Isroilni tark etishga ruxsat berildi

27 fevral kuni AQSh Davlat departamenti xavfsizlik xatarlari ortishi tufayli Isroildagi favqulodda boʻlmagan xodimlari va ularning oilalariga mamlakatni tark etishga ruxsat berdi.

Jahon

28.02.2026, 10:03

YHQ qoidalarini buzganlik boʻyicha jarima xatlarini yetkazib berish xizmati toʻxtatiladi

Endilikda ushbu jarayon toʻliq raqamli formatga oʻtkaziladi.

Oʻzbekiston

28.02.2026, 09:44

10-sinf oʻquvchisi BMWda urib ketgan YPX inspektori vafot etdi

Toshkent shahrida yoʻl-transport hodisasi oqibatida ogʻir tan jarohatlari olgan yoʻl-patrul xizmati inspektori vafot etdi.

Oʻzbekiston

27.02.2026, 18:25