Andijonda yashirin dori sexi aniqlandi

Andijon, Fargʻona hamda Namangan viloyatlarida soxta dori vositalari savdosi bilan shugʻullanganlar jazoga tortildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Ulashish:

Andijonda yashirin dori sexi aniqlandi

Andijonda yashirin dori sexi aniqlandi

Qayd etilishicha, joriy yilning 30 yanvar kuni Davlat xavfsizlik xizmatining Namangan viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan bojxona organlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir oʻtkazilgan. Tadbir davomida Chortoq tumanidagi tez tibbiy yordam feldsheri oʻzining yashash xonadonidan "Cobalt" rusumli avtomashinada chiqib ketayotgan vaqtda toʻxtatilgan. 

Avtomashina saloni koʻzdan kechirilganda, ichida hech qanday hujjatlari boʻlmagan 1000 dona "Zodak" dori vositasi topilgan. Tekshiruv davomida maʼlum boʻlishicha, feldsher ushbu dorilarni sotish maqsadida Andijon viloyatiga yubormoqchi boʻlgan. 

Shuningdek, uning yashash xonadoni koʻzdan kechirilganda, dori vositalari ishlab chiqarish uchun moʻljallangan yashirin sex aniqlangan. Sexda sotishga tayyorlab qoʻyilgan 763 dona "Anaferon", 2125 dona "Zodak", 4000 dona "Vitamin B6" dori vositalari, 570 dona nomsiz flakonlarda siroplar va dori preparatlarini qadoqlashda foydalanilgan flakonlar, plastik qopqoq va probkalar topilgan. 

Feldsher dori vositalarini tayyorlash va saqlash uchun oʻzining 1977 yilda tugʻilgan opasi va 1974 yilda tugʻilgan qarindoshini jalb qilgan. Opasining yashash manzilidan ham 120 dona "Zodak", 260 dona "Anaferon", 96 dona "Xilak Forte" va 313 dona nomsiz flakonlarga solingan sirop dori vositalari topilgan. 

Mazkur shaxslarga jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov davomida tez yordam feldsherini dori vositalari tayyorlashda kerak boʻladigan etiketka, flakon, qopqoq va probkalar bilan taʼminlab kelgan Andijon shahrida yashovchi 1991 yilda tugʻilgan hamtovogʻi borligi ham aniqlangan. 

Shuningdek, Qoʻqon shahrida istiqomat qiluvchi, 1986 yilda tugʻilgan fuqaroning yashash xonadonida oʻtkazilgan tintuv-tergov harakati davomida, tez yordam feldsheridan sotib olingan, umumiy qiymati 27 mln 646 ming 800 soʻmlik 150 dona "Zodak" va 146 dona "Xilak Forte" dori vositalari protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan. 

Tergov jarayonida qoʻlbola usulda tayyorlangan dori vositalarining oldi-sotdisiga Chortoq tumanida yashovchi, 1994 yilda tugʻilgan tibbiyot yoʻnalishidagi davlat oliy taʼlim muassasasining talabasi ham aloqador ekani maʼlum boʻlgan. Ushbu yashirin sexda tayyorlangan dori vositalari asosan Andijon va Qoʻqon shaharlarida sotuvga chiqarilgan. 

Jinoyat ishlari boʻyicha Yangiqoʻrgʻon tuman sudi tomonidan mazkur shaxslarga Jinoyat kodeksining 186-prim 3-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilib, Chortoq tuman tez tibbiy yordam feldsheri va uni xom-ashyo bilan taʼminlab turgan, Andijon shahrida yashovchi fuqaroga 5 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. 

Qolgan 4 nafar shaxsning har biri ikki yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan. Ashyoviy dalil sifatida olingan barcha dori vositalari esa tegishli tartibda yoʻq qilingan.

Oʻzbekiston

20.08.2024, 12:11

Ulashish:

Mavzuga oid yangiliklar

Andijon va Surxondaryoda Soliq boshqarmalarining bosh inspektorlariga nisbatan jinoyat ishlari qoʻzgʻatildi

Andijon va Surxondaryoda coliq boshqarmalarining bosh inspektorlariga nisbatan jinoyat ishlari qoʻzgʻatildi

Hozirda ushbu soliq idoralari xodimlariga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanildi.

Oʻzbekiston

10.07.2025, 18:00

Andijonda chiqindi yoqish orqali elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi zavod qurilishiga start berildi

Andijonda chiqindi yoqish orqali elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi zavod qurilishiga start berildi

7 iyul kuni Andijon viloyati Xoʻjaobod tumani hududida Xitoyning "China International Camce" kompaniyasi ishtirokida barpo etilishi rejalashtirilgan maishiy chiqindilarni yoqish orqali elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi zavod qurilishiga start berildi. Zavod 2025-2027 yillarda qurilib, foydalanishga topshiriladi va 100 ta yangi ish oʻrni yaratiladi.

Oʻzbekiston

09.07.2025, 12:30

Andijonda erkak xotinini oʻldirib qoʻydi

Andijonda erkak xotinini oʻldirib qoʻydi

Joriy yilning 4 iyul kuni 1977 yilda Andijon shahrida tugʻilgan fuqaro D.A. 1982 yilda tugʻilgan turmush oʻrtogʻi M.D. bilan Andijon shahri Oʻrikzor mahallasida kelib chiqqan janjal oqibatida ayolni boʻyin qismiga xoʻjalik pichogʻi bilan urib jarohat yetkazib, voqea joyidan yashiringan. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Oʻzbekiston

05.07.2025, 13:41

Spirtli ichimlik ichgan shaxs "uchastkavoyni"  oʻldirib qoʻydi

Spirtli ichimlik ichgan shaxs "uchastkavoy"ni oʻldirib qoʻydi

Kecha, 1 iyul kuni soat 20:20 atrofida Andijon viloyatining Xoʻjaobod tumanida mashʼum hodisa roʻy berdi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati  xabar berdi.

Oʻzbekiston

02.07.2025, 15:07

Tabibning oʻzi bemor ekan: Xonobod shahar sudi raisi jinoyat sodir etdi

Tabibning oʻzi bemor ekan: Xonobod shahar sudi raisi jinoyat sodir etdi

Andijon viloyati jinoyat ishlari boʻyicha Xonobod shahar sudi raisi Yu.E. jinoyat sodir etgani uchun javobgarlikka tortilib, uning sudyalik vakolati toʻxtatildi. Bu haqda Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati xabar berdi.

Oʻzbekiston

12.05.2025, 12:43

Andijonda 26 yoshli kar-soqov fuqaroni poyezd urib ketdi

Andijonda 26 yoshli kar-soqov fuqaroni poyezd urib ketdi

Joriy yilning 13 mart kuni Andijon shahrida koʻrish va eshitish qobiliyatida nuqsoni boʻlgan fuqaroni poyezd urib ketdi. Bu haqda viloyat Sogʻliqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Oʻzbekiston

14.03.2025, 11:54

So‘nggi yangiliklar

Oʻzbekiston fuqarolarini kruiz sanoatida ish bilan taʼminlash masalalari muhokama qilindi

Kompaniya rahbarining taʼkidlashicha, faqatgina talabalar emas, balki ingliz tilini biladigan 21-45 yoshdagi boshqa Oʻzbekiston fuqarolarini ham ushbu sohaga jalb qilish va ularning malakasini oshirish imkoniyatlari mavjud.

Iqtisodiyot

20.07.2025, 11:04

Britaniyaning “SandStone Global” kompaniyasi “ Treasures of Uzbekistan” filmini suratga olmoqda

“Dunyo xazinalari” jahonga mashhur hujjatli serial boʻlib, 120 dan ortiq mamlakatda tomoshabinlarni oʻziga jalb qilgan va 450 millionga yaqin tomoshabin toʻplagan.

Madaniy

19.07.2025, 14:46

Tramp "The Wall Street Jurnali"dan 10 mln dollar undirish uchun sudga berdi

Tramp "The Wall Street Jurnali"dan 10 mln dollar undirish uchun sudga berdi

AQSh prezidenti Donald Tramp "The Wall Street Jurnal" gazetasining Jeffrey Epstein haqida yozgan maqolasi ortidan, nashr egasi Rupert Murdoch va Dow Jones kompaniyasiga qarshi 10 milliard dollarlik daʼvo arizasi bilan chiqdi. Bu haqda BBC xabar qildi.

Jahon

19.07.2025, 13:59

Isroil va Suriya sulhga erishdi

Isroil va Suriya sulhga erishdi

Isroil tomonidan Yaqin Sharqdagi yuzaga kelgan mojarolar fonida Isroil va Suriya oʻrtasida sulhga erishildi. Bu haqda AQShning Turkiyadagi elchisi va ayni paytda Suriya boʻyicha maxsus vakili Tom Barrak X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmogʻida maʼlum qildi. 

Jahon

19.07.2025, 13:42

Озарбайжон ва Россия ўртасида кескинлик кучаймоқда

Ozarbayjon va Moskva oʻrtasida keskinlik kuchaymoqda

Ozarbayjon Moskvada boʻlib oʻtgan Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligining Iqtisodiy kengashi yigʻilishida ishtirok etmadi. Odatda bunday uchrashuvlarda mamlakat nomidan bosh vazirning birinchi oʻrinbosari Yagub Eyubov qatnashardi, ammo bu safar u kelmagan.

Siyosat

19.07.2025, 13:10

Anomal issiqda nima qilish kerak? Muhim tavsiyalar!

Issiq havoda suyuqlik isteʼmol qilishni koʻpaytirish kerak. Qaynatilgan ichimlik suvi isteʼmol qilish maqsadga muvofiqdir.

Oʻzbekiston

19.07.2025, 13:02

Namanganda xalqaro terroristik tashkilot "jamoasi" ushlandi

Namanganda xalqaro terroristik tashkilot "jamoasi" ushlandi

Namangan shahrida "Islom Davlati Xuroson Viloyati" xalqaro terroristik tashkilotining yashirin "jamoati" fosh etildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar qildi.

Oʻzbekiston

19.07.2025, 12:56

Bakalavr va magistrlar uchun davlat grantlari soni oshirildi

Bakalavr va magistrlar uchun davlat grantlari soni oshirildi

Yangi oʻquv yilida bakalavriatga 35 500 ta, magistratura bosqichiga 9 922 ta davlat granti beriladi. Bu boʻyicha prezident farmoyishi qabul qilindi.

Ta'lim

19.07.2025, 12:45

Orolboʻyida hayvonot va qushlar dunyosi koʻpaymoqda

Bogʻ hududida faoliyat yuritayotgan inspektorlar va ilmiy xodimlarning muntazam patrul nazorati, monitoring ishlari va profilaktik chora-tadbirlari yovvoyi hayvonlarning osoyishta yashashini taʼminlamoqda.

Oʻzbekiston

19.07.2025, 11:30

IESlar yarim yillik rejani 101 foizga bajardi

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ 2025 yil birinchi yarim yilligidagi erishgan foydani eʼlon qildi.

Iqtisodiyot

19.07.2025, 10:09

Oʻzbekiston milliy terma jamoasiga xorijlik murabbiy kerakmi?

Dastlab Yoaxim Lyov terma jamoamizni boshqarishi mumkinligi haqida oʻqidik, soʻngra Slaven Bilich nomzodi paydo boʻldi.

Sport

19.07.2025, 08:51

82 marta YHQni buzgan namanganlik otaxon mashinasini yashirib qoʻydi

Avtomashina MIB Namangan viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan jarima maydoniga joylashtirildi.

Oʻzbekiston

18.07.2025, 20:46