Avtokredit, subsidiya va chegirmalar: elektromobillar qoʻllab-quvvatlanadi
Oʻzbekistonda elektr transportga oʻtishni ragʻbatlantirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar qabul qilindi.
Iqtisodiyot
18.02.2026, 17:21
Ulashish:

Bu 16 fevral kuni tasdiqlangan 2026 yilgi davlat dasturida nazarda tutilgan boʻlib, elektromobil xaridorlari, quvvatlash infratuzilmasi bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlar hamda elektromobilda faoliyat yuritayotgan taksi haydovchilarini qamrab oladi.
Imtiyozli avtokreditlar
Elektromobillar ommabopligini oshirish maqsadida imtiyozli avtokreditlash mexanizmi joriy etiladi. Unga koʻra, elektromobil sotib olish uchun kredit stavkalari yillik 16 foizgacha tushiriladi. Belgilangan meʼyordan yuqori qismi davlat byudjeti hisobidan qoplab beriladi.
Hozirgi vaqtda avtokreditlar boʻyicha oʻrtacha stavka 23 foizni tashkil etmoqda. Dastlabki bosqichda 15 mingta elektromobil xaridini moliyalashtirish rejalashtirilgan.
Quvvatlash infratuzilmasi kengaytiradi
2025 yil 1 may holatiga koʻra, mamlakatda 1399 ta quvvatlash stansiyasi mavjud. Ularning soni 4000 taga yetkaziladi.
Biznesni qoʻllab-quvvatlash maqsadida:
- 1 kVt/soat uchun 300 soʻmdan ortiq boʻlgan elektr tarif qismi davlat tomonidan subsidiya qilinadi (amalda tariflar 1800–2200 soʻm atrofida);
- quvvatlash stansiyalari uchun yillik 10 foizli maqsadli kreditlar ajratiladi;
infratuzilma uchun yer uchastkalari auksionga bozor narxidan ikki baravar past boshlangʻich qiymatda chiqariladi.
Elektromobil taksichilar uchun imtiyozlar
Elektromobilda taksi xizmati koʻrsatuvchi fuqarolar uchun maxsus yengilliklar joriy etiladi:
- ijtimoiy soliq boʻyicha 10 foizgacha chegirma;
- davlatga qarashli pulli avtoturargohlarda (aeroport va vokzallarda) dastlabki 30 daqiqa bepul foydalanish;
- qoidabuzarlik va YTHsiz 1 mln km masofa bosib oʻtgan haydovchilarga “Tabiat himoyachisi” koʻkrak nishoni beriladi.
Dasturga koʻra, elektromobilda faoliyat yurituvchi taksichilar soni 300 ming nafarga yetkaziladi. Hozirda taksoparklardagi elektromobillar ulushi 1,9 foizni (12,1 mingta) tashkil etadi.
Tizimli yondashuv masalasi
Mazkur chora-tadbirlar amalda samara berishi uchun ijro va nazorat mexanizmlari shaffof ishlashi muhim. Infratuzilmani kengaytirish, subsidiya va imtiyozli kreditlarni ajratish kabi jarayonlar bir nechta bosqich va masʼul idoralarni qamrab oladi.
Shu bois bunday yirik dastur doirasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan muammolarni faqat quyi boʻgʻinga yuklash toʻgʻri emas — masʼul rahbarlar ham jarayondan bexabar boʻlishi amalda qiyin. Dastur ijrosida ochiqlik va jamoatchilik nazorati taʼminlanishi uning samaradorligini belgilaydi.
Iqtisodiyot
18.02.2026, 17:21
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Elektromobil batareyalari iqlim oʻzgarishiga tayyormi?
Iqtisodiyot
05.03.2026, 11:01

Oʻzbekistonda avtomobil bozori oʻsmoqda: elektromobillar savdosi 40 mingdan oshdi
Iqtisodiyot
17.01.2026, 17:07

Elektromobillarning inson salomatligiga taʼsiri bormi?
Fan-texnologiya
05.01.2026, 11:36

Toshkentdan Sirdaryoga koʻchayotgan biznesmenlarga yangi imtiyozlar beriladi
Oʻzbekiston
05.12.2025, 10:31

Pensionerlar yer va mol-mulk soligʻidan toʻliq ozod qilinadimi?
Oʻzbekiston
03.12.2025, 11:44

Sentabr oyida Oʻzbekistonda elektromobillar savdosi rekord darajaga yetdi
Iqtisodiyot
23.10.2025, 14:23
Mashhur yangiliklar

Markaziy Osiyoda yirik loyiha: Tashkent Marketing Forum 2026
Iqtisodiyot
12.02.2026, 15:31

Yangi kitob: “Erkin millat poydevori”
Madaniy
13.02.2026, 10:18

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

"Portfolio - yigʻmajild" - xorijiy atamalar oʻzbek muqobillari bilan almashdi
Ta'lim
10.02.2026, 09:56
So‘nggi yangiliklar

Ramazon hayiti Qirgʻizistonda 20 mart kuni nishonlanadi
Jahon
11.03.2026, 06:46

Isroil fosforli qurol ishlatgani maʼlum boʻldi
Jahon
10.03.2026, 23:39

Chexiya Oʻzbekiston fuqarolari uchun yiliga 150 ta mehnat vizasi ajratadi
Oʻzbekiston
10.03.2026, 17:51

Tashanov: Meni javobgarlikka tortishyapti
Oʻzbekiston
10.03.2026, 14:35

Eron va Saudiya oʻrtasida qolgan Pokiston: qanday yoʻl tutish kerak?
Jahon
10.03.2026, 13:04

Tramp: Avstraliya eronlik ayol futbolchilarga boshpana berish kerak
Jahon
10.03.2026, 11:47

Neft bozorida keskin oʻsish: narxlar 100 dollardan oshib ketdi
Iqtisodiyot
10.03.2026, 10:29

“Alining shapkasini Valiga kiydirib yurgan” tadbirkorning biznes imperiyasi qulamoqda
Oʻzbekiston
09.03.2026, 09:08

Hurmuz boʻgʻozining yopilishi: global iqtisodiyot uchun jiddiy sinov
Iqtisodiyot
09.03.2026, 06:42

Jazo oʻtayotgan ayollar ham talaba boʻlishi mumkin
Oʻzbekiston
08.03.2026, 10:51

Isroilda politsiya ushlagan oʻzbekistonlik boʻyicha rasmiy bayonot berildi
Oʻzbekiston
08.03.2026, 08:03

Dubayda oltin geosiyosiy keskinlik sababli katta chegirmalar bilan sotilmoqda - Bloomberg
Iqtisodiyot
08.03.2026, 07:43
Mashhur yangiliklar

Markaziy Osiyoda yirik loyiha: Tashkent Marketing Forum 2026
Iqtisodiyot
12.02.2026, 15:31

Yangi kitob: “Erkin millat poydevori”
Madaniy
13.02.2026, 10:18

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

"Portfolio - yigʻmajild" - xorijiy atamalar oʻzbek muqobillari bilan almashdi
Ta'lim
10.02.2026, 09:56
