Sentabr oyida Oʻzbekistonda elektromobillar savdosi rekord darajaga yetdi

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi mamlakatdagi avtomobil bozori dinamikasi boʻyicha sentabr oyi uchun yangilangan tahlilni eʼlon qildi.

Ulashish:

Maʼlumotlarga koʻra, sentabr oyida umumiy yengil avtomobil savdosi 84,6 ming donani tashkil etdi — bu avgust oyiga nisbatan 6,4 foizga kam. Eng katta pasayish Surxondaryo, Navoiy viloyatlari va Toshkent shahrida, eng yuqori oʻsish esa Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida kuzatilgan.

Birlamchi bozor

Yangi yengil avtomobillar segmentida faollik mavsumiy ravishda pasaygan. Savdo hajmi 15,2 foizga kamayib, 31,9 ming dona avtomobil sotilgan.

Mahalliy ishlab chiqarilgan avtomobillar — 27,4 ming dona (−16,1%).

Import avtomobillar — 4,5 ming dona (−8,9%).

Ikkillamchi bozor

Ikkillamchi yengil avtomobil bozori barqarorligini saqlab qoldi — 52,6 ming dona mashina sotilgan, bu oʻtgan oyga nisbatan atigi 0,1 foizga kam.

Elektromobillar segmenti

Sentabr oyida 7,8 ming dona elektromobil sotilib, bu avgust oyiga nisbatan 21,6 foizga koʻp. Bu hozirgacha kuzatilgan eng yuqori koʻrsatkich sifatida qayd etildi.

Joriy yilning uchinchi choragida sotilgan yengil elektromobillar soni 20,7 ming donani tashkil etdi — bu oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 2,2 barobar koʻp. Eng katta oʻsish Toshkent shahri, Toshkent va Samarqand viloyatlarida qayd etilgan.

Iqtisodiyot

23.10.2025, 14:23

Ulashish:

Mavzuga oid yangiliklar

Elektromobil batareyalari iqlim oʻzgarishiga tayyormi?

Global isish elektromobillar batareyalarining tezroq eskirishiga olib kelishi mumkin. Bu esa elektromobil sotib olishni rejalashtirayotgan koʻplab odamlarda shubha uygʻotmoqda.

Iqtisodiyot

05.03.2026, 11:01

Avtokredit, subsidiya va chegirmalar: elektromobillar qoʻllab-quvvatlanadi

Oʻzbekistonda elektr transportga oʻtishni ragʻbatlantirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar qabul qilindi. 

Iqtisodiyot

18.02.2026, 17:21

Oʻzbekistonda avtomobil bozori oʻsmoqda: elektromobillar savdosi 40 mingdan oshdi

2025 yil yakuni boʻyicha Oʻzbekistonda yangi elektromobillar savdosi sezilarli darajada oshdi. Yil davomida ushbu segmentdagi sotuvlar 35 foizga oʻsib, 40,7 ming donani tashkil etdi.

Iqtisodiyot

17.01.2026, 17:07

Elektromobillarning inson salomatligiga taʼsiri bormi?

Soʻnggi yillarda elektromobillar ichki yonuv dvigatelli avtomobillarga nisbatan ekologik toza va zamonaviy muqobil sifatida keng tarqalmoqda. Biroq ular bilan bogʻliq ayrim xavotirlar ham mavjud.

Fan-texnologiya

05.01.2026, 11:36

Oʻzbekistonda qancha elektromobil roʻyxatga olingan?

Oʻzbekiston boʻyicha eng koʻp elektromobillar Toshkent shahrida roʻyxatdan oʻtgan.

Iqtisodiyot

06.08.2025, 14:10

Avtomobil import qiluvchi tadbirkorlar prezidentga murojaat bilan chiqishdi

Avtomobil import qiluvchi tadbirkorlar prezidentga murojaat bilan chiqishdi

  Oʻzbekistonda elektromobillar sotuvi bilan shugʻullanuvchi bir qancha avtosalon rahbarlari prezident Shavkat Mirziyoyevga murojaat bilan chiqdi. Bu haqida gazeta.uz nashri xabar bermoqda.Aytilishicha, ular oʻz xabarlarini #erkinraqobattarafdorimiz va #erkinraqobat heshteglari bilan yoʻllagan. 

Oʻzbekiston

11.04.2024, 13:40

So‘nggi yangiliklar

Ramazon hayiti Qirgʻizistonda 20 mart kuni nishonlanadi

Qirgʻizistonda 2026 yilgi Ramazon hayiti 20 mart, juma kuniga belgilandi.

Jahon

11.03.2026, 06:46

Isroil fosforli qurol ishlatgani maʼlum boʻldi

Human Rights Watch maʼlumotiga koʻra, 2026 yil 3 mart kuni Isroil harbiylari Livan janubidagi Yohmor shahri ustidan oq fosforli artilleriya oʻq-dorilaridan foydalangan.

Jahon

10.03.2026, 23:39

Chexiya Oʻzbekiston fuqarolari uchun yiliga 150 ta mehnat vizasi ajratadi

Maʼlum qilinishicha, Migratsiya agentligi direktori Behzod Musayev 7 mart kuni Chexiyaning Oʻzbekistondagi elchisi Lyubomir Frebort bilan uchrashuv oʻtkazgan.

Oʻzbekiston

10.03.2026, 17:51

Tashanov: Meni javobgarlikka tortishyapti

Inson huquqlari “Ezgulik” jamiyati raisi Abduraxmon Tashanov oʻz Feysbuk sahifasida post joylab, 2026 yil 28 fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokurori qarori bilan u maʼmuriy javobgarlikka tortilayotganini maʼlum qildi. 

Oʻzbekiston

10.03.2026, 14:35

Eron va Saudiya oʻrtasida qolgan Pokiston: qanday yoʻl tutish kerak?

Eron va Saudiya Arabistoni oʻrtasida mojaro kuchayib borayotgan bir paytda Pokiston qaysi tomonni tanlaydi? Bir tomonda oʻzaro harbiy shartnoma tuzgan Saudiya Arabistoni, ikkinchi tomonda esa uzun chegara va murakkab aloqalarga ega Eron.

Jahon

10.03.2026, 13:04

Tramp: Avstraliya eronlik ayol futbolchilarga boshpana berish kerak

AQSh prezidenti Donald Tramp Avstraliya hukumatini Eron ayollar terma jamoasi futbolchilariga siyosiy boshpana berishga chaqirdi. Agar Avstraliya sportchilarga boshpana bermasa, buni AQSh amalga oshiradi, dedi u. 

Jahon

10.03.2026, 11:47

Neft bozorida keskin oʻsish: narxlar 100 dollardan oshib ketdi

London xalqaro moliyaviy birjasida 2026 yil may oyida yetkazib beriladigan Brent nefti fyucherslari narxi 2022 yil 30 avgustdan beri ilk bor bir barrel uchun 102 dollardan oshdi.

Iqtisodiyot

10.03.2026, 10:29

“Alining shapkasini Valiga kiydirib yurgan” tadbirkorning biznes imperiyasi qulamoqda

Baxtiyor Shuhratovich Fozilov Eriell Group, Enter Engineering, Saneg va Ferkensco kabi yirik kompaniyalarning asosiy aksiyadorlaridan biri hisoblanadi.

Oʻzbekiston

09.03.2026, 09:08

Hurmuz boʻgʻozining yopilishi: global iqtisodiyot uchun jiddiy sinov

Hurmuz boʻgʻozida yuzaga kelgan keskin vaziyat global savdo va energetika bozorlariga jiddiy taʼsir koʻrsatmoqda. Hozirda Fors koʻrfazi hududida 250 ga yaqin kema toʻxtab qolgani dunyo taʼminot zanjirlari va neft narxlariga bosimni kuchaytirmoqda.

Iqtisodiyot

09.03.2026, 06:42

Jazo oʻtayotgan ayollar ham talaba boʻlishi mumkin

Oʻzbekistonda jazo oʻtayotgan ayollarga oliy taʼlim muassasalarida oʻqish imkoniyatini yaratish rejalashtirilmoqda. 

Oʻzbekiston

08.03.2026, 10:51

Isroilda politsiya ushlagan oʻzbekistonlik boʻyicha rasmiy bayonot berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Oʻzbekiston fuqarosining TikTok tarmogʻiga joylagan videosi hamda uning politsiya tomonidan ushlangani haqida turli xabarlar tarqaldi. 

Oʻzbekiston

08.03.2026, 08:03

Dubayda oltin geosiyosiy keskinlik sababli katta chegirmalar bilan sotilmoqda - Bloomberg

Gʻarbiy Osiyodagi beqarorlik kuchayib, Eronning AQSh va Isroil zarbalariga javob qaytarishi logistika muammolarini keltirib chiqardi.

Iqtisodiyot

08.03.2026, 07:43