Axsikentda noyob ashyolar topildi

Joriy mavsumda Axsikentda toʻrtta yirik muhandislik qurilmasi va 4 mingga yaqin turli nodir artefaktlar topildi.

Ulashish:

Axsikentda noyob ashyolar topildi

Dunyo tamaddunida oʻziga xos oʻringa ega boʻlgan Axsikent azaldan keng jamoatchilikni qiziqtirib kelgan. Namangan viloyatining Toʻraqoʻrgʻon va Mingbuloq tumanlarini bogʻlovchi hududda joylashgan mazkur yodgorlikning oʻn ikkinchi qazuv obʼektida arxeologlar nodir xazinaga duch keldi.

 

10 metrga 15 metrlik rejali qazuv tadqiqotlari davomida uning quyi qatlamidan eramizning I-II asrlariga oid boʻlgan qizil angobli koʻzacha butun holatda topildi. Bu idishda tabobatga oid suyuqliklar saqlangani aytilmoqda.

 

Simob portlovchi xususiyatga ega maxsus modda boʻlib, bundan bir ming yil oldin Axsikentda undan sanoat va harbiy maqsadda foydalanilgan. Ushbu perimetrning yuqori qatlamlaridan XI-XII asrga tegishli ilmiy faoliyatga oid nodir ashyolar – simob koʻzacha, siyohdon, kimyoviy moddalarni, geologik rudalarni ajratuvchi ustaxona qoldiqlari aniqlandi.

 

Bundan tashqari, aholining ijtimoiy hayotida foydalangan ming yillik murgʻobi, karvonda olib yuriladigan suv idish – flyaga, nozik did bilan ishlangan naqshinkor oʻyinchoqlar, beshik sirli tuvaklari va turli mis, bronza tangalar, metall buyumlar topildi.

 

Mazkur yodgorlikdan joriy mavsumda toʻrtta yirik muhandislik qurilmasi va 4 mingga yaqin turli nodir artefaktlar topildi.

 

 Axsikentni oʻrganilishi 1885 yildan boshlangan boʻlib, dastlab, bu yerda Peterburg universitetining professori, taniqli arxeolog va sharqshunos Veselovskiy ish olib borgan, – deydi "Axsikent" arxeologiya parki yodgorlik majmuasi rahbari Anvar Ikromov. 

– 1913 yilda Kastane tomonidan navbatdagi qazishma va tadqiq ishlari oʻtkazilgan.

 

1939 yili Katta Fargʻona kanali qurilishi davrida professor Masson bu yerda arxeologik razvedka ishlari bilan shugʻullandi. 1960 yildan esa Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining akademigi Yahyo Gʻulomov boshchiligida mutaxassislar Axsikentda arxeologik qazishma ishlarini amalga oshirishdi.

 

1975 yildan buyon esa arxeologik qazishmalar, Axsikentni oʻrganish ishlari Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, tarix fanlari doktori, professor Abdulhamid Anorboyev boshchiligida amalga oshirib kelinmoqda.

 

Hozirda uch ming yillik boy tarixga ega Axsikentning bir qator qazuv obʼektlarida ochiq osmon osti muzeylari barpo etilmoqda.

Mavzuga oid yangiliklar

Fargʻonada fuqarolar murojaati ijobiy hal etildi

Maktabga borishda Toshkent–Fargʻona magistral yoʻlida piyodalar uchun yoʻlak yoʻqligi va bolalar uchun xavfsiz yoʻl talabi koʻtarildi.

Oʻzbekiston

18.02.2026, 10:29

«Sudda jabrlanuvchi emas, aybdorga oʻxshayman» — IIB xodimi kaltaklagan maktab direktori Saida Mirziyoyevaga videomurojaat yoʻlladi

Fargʻona viloyati Furqat tumanida ichki ishlar boʻlimi xodimlari tomonidan tahqirlangan va kaltaklangan maktab direktori Guliraʼno Qosimova 7 noyabr kuni boʻlib oʻtgan sud majlisida zaldan chiqarib yuborildi. U sud jarayonining xolis va adolatli oʻtmayotganidan norozi ekanini bildirib, prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyevadan yordam soʻradi.

Oʻzbekiston

11.11.2025, 10:24

Fargʻonada tinchlik forumining ilk yigʻilishi boʻlib oʻtadi

Joriy yilning 15–16 oktabr kunlari Fargʻona shahrida “Fargʻona vodiysi: tinchlik va taraqqiyot yoʻlida birdamlik” mavzusida Fargʻona tinchlik forumining birinchi yigʻilishi oʻtkaziladi.

Oʻzbekiston

14.10.2025, 09:02

Fargʻonada IIB xodimlari maktab direktorini kaltaklab, yolgʻon guvohlik berishga majburladi

Fargʻonada IIB xodimlari maktab direktorini kaltaklab, yolgʻon guvohlik berishga majburladi

Fargʻona viloyati Furqat tumanida IIB xodimlari maktab direktori, 34 yoshli ayolni tuman soliq inspeksiyasi boshligʻiga qarshi koʻrsatma berishga majburlash maqsadida yechintirib, kaltaklashdi. Jabrlanuvchi ushbu ishlarni qilgan xodimlar hali ham ozodlikda yurganini taʼkidladi. 

Oʻzbekiston

06.10.2025, 12:59

Fargʻonada 2,2 milliard soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan korxona aniqlandi

“Oʻzenergoinspeksiya” tomonidan oʻtkazilayotgan navbatdagi nazorat tadbirlari davomida Fargʻona viloyatining Oʻzbekiston tumanida yirik noqonuniy holat aniqlandi.

Oʻzbekiston

30.09.2025, 11:04

Afgʻonistonda olib kelingan katta miqdordagi narkotik moddalar toʻxtatib qolindi

Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari hamda psixotrop moddalar kontrabandasi va noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish yoʻnalishida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Fargʻona viloyatida tezkor tadbir oʻtkazildi.

Oʻzbekiston

18.09.2025, 13:19

So‘nggi yangiliklar

2026 yilgi "Oskar" mukofoti gʻoliblari eʼlon qilindi

Marosimda asosiy gʻolib rejissyor Pol Tomas Andersonning "Jang ketidan jang" filmi boʻldi, u bir nechta mukofotlarga sazovor boʻldi, jumladan, asosiy nominatsiyalar boʻyicha ham, deb xabar beradi Hollywood Reporter.

Madaniy

17.03.2026, 12:43

Turkiyada oʻzbekistonlik ayol 4-qavatdan tushib ketdi

Turkiyaning Izmir shahrida Oʻzbekiston fuqarosi boʻlgan 22 yoshli ayol koʻp qavatli turar-joy binosining toʻrtinchi qavatidan tushib ketdi.

Oʻzbekiston

17.03.2026, 11:01

Islom sivilizatsiyasi markazining ochilish marosimi 17 mart kuni boʻlib oʻtadi

Toshkentda barpo etilgan Oʻzbekistondagi eng yirik madaniy-maʼrifiy majmualardan biri hisoblangan ushbu markazning rasmiy ochilish marosimi bugun, 17 mart kuni boʻlib oʻtadi.

Oʻzbekiston

17.03.2026, 10:18

Isroil urushni tugatish shartlarini maʼlum qildi

Isroil vakili mamlakat urushni yakunlashga tayyor ekanini maʼlum qildi. Unga koʻra, buning uchun Erondan taslim boʻlish, qurolsizlanish yoki hokimiyatni almashtirish talab etilmaydi.

Jahon

17.03.2026, 10:01

Oʻzbekiston Eronga gumanitar yordam joʻnatdi

Insonparvarlik yuki tarkibiga bir qator zarur oziq-ovqat mahsulotlari — oʻsimlik yogʻi, un, guruch, goʻsht konservalari, qandolat va makaron mahsulotlari, shuningdek, toʻqimachilik buyumlari hamda boshqa birinchi navbatdagi ehtiyoj tovarlari kiritilgan.

Oʻzbekiston

17.03.2026, 09:57

Nega Isroil Livanga ham zarba bermoqda?

Eron, Isroil va AQSh oʻrtasida boshlangan urush qisqa vaqt ichida butun mintaqani qamrab olgan katta fojiaga aylandi. Bu toʻqnashuv qoʻshni davlatlarga ham taʼsir qildi. Lekin eng ogʻir zarbalardan biri Livanga toʻgʻri kelmoqda.

Jahon

16.03.2026, 13:52

Sunʼiy intellektdan foydalanish boʻyicha etika qoidalari tasdiqlandi

Adliya vazirligi Sunʼiy intellektga asoslangan yechimlarni yaratish, joriy qilish va ulardan foydalanish boʻyicha etika qoidalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazdi.

Fan-texnologiya

16.03.2026, 10:43

“Normandiyada bir yil” – Devid Xoknining 70 metrlik asari taqdim etildi

Normandiyadagi fasllar almashinuvidan ilhomlanib yaratilgan mazkur asar Londondagi yangi nufuzli koʻrgazmaning asosiy durdonasi sifatida taqdim etildi.

Madaniy

16.03.2026, 07:48

Xitoy falaj bemorlar uchun miya implantlarini sotuvga chiqarmoqda

Xitoy birinchi miya implantini tijoriy foydalanish uchun maʼqullagan bir paytda, Ilon Mask shu yilning oʻzidayoq sinovdan oʻtgan “Neuralink” qurilmalarini ommaviy ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.

Jahon

15.03.2026, 09:52

AQSh Eron rahbarlari haqidagi maʼlumot uchun mukofot eʼlon qildi

AQSh Davlat departamenti “Adolatga yordam uchun mukofot” dasturi doirasida Eron Islom inqilobi muhofizlari korpusining asosiy rahbarlari haqida maʼlumot berganlar uchun 10 million dollargacha mukofot eʼlon qildi.

Jahon

14.03.2026, 15:11

Dunyo iqtisodiyotining 49 foiziga Osiyo egalik qiladi

Prognozlarga koʻra, jahon iqtisodiyoti 2026 yilda xarid qobiliyati pariteti (XQP) boʻyicha oʻlchanganda taxminan 219 trillion dollarga yetadi. 

Iqtisodiyot

14.03.2026, 13:46

Urushning badalini kim toʻlaydi?

Mintaqada davom etayotgan harbiy mojarolar fonida Isroil harbiy aviatsiyasi va havo hujumidan mudofaa tizimlari uchun yana bir kutilmagan omil — koʻchib yuruvchi qushlar migratsiyasi qoʻshimcha muammolarni keltirib chiqarmoqda.

Jahon

14.03.2026, 12:26