Bu yili Zulfiya mukofotiga kimlar loyiq koʻrilgani maʼlum boʻldi

Prezident Shavkat Mirziyov 8 mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Oʻzbekistonning turli hududlaridan boʻlgan 28 nafar xotin-qizni Zulfiya nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirladi. Bu haqda Prezident qarorida maʼlum qilindi.

Ulashish:

Bu yili Zulfiya mukofotiga kimlar loyiq koʻrilgani maʼlum boʻldi

Bu yili Zulfiya mukofotiga kimlar loyiq koʻrilgani maʼlum boʻldi

Qarorga koʻra, muhim gʻoya va tashabbuslari, ibratli amaliy ishlari va erishgan yutuqlari bilan yoshlarga oʻrnak boʻlib kelayotgan, ijtimoiy-iqtisodiy hayotdagi oʻzgarishlar jarayonida faol ishtirok etib kelayotgan qizlar mukofotga loyiq deb topilgan. 

Turemuratova Biybinaz Kenesbay qizi — Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Nukus filiali kompyuter injiniringi mutaxassisligi boʻyicha 1-bosqich magistranti (Qoraqalpogʻiston Respublikasi) 

Ibragimova Shaxzoda Alisher qizi  — Olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha Nukus oliy sport mahorati maktabining badiiy gimnastika boʻyicha murabbiysi (Qoraqalpogʻiston Respublikasi)

Sotvoldiyeva Moxinur Xazratullo qizi — Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining adabiyot nazariyasi ixtisosligi boʻyicha tayanch doktoranti (Andijon viloyati) 

Usmonova Dilshoda Egamberdi qizi — Andijon davlat pedagogika institutining jismoniy madaniyat fakulteti 2-bosqich talabasi 

Ruxillayeva Nilufar Shukrullo qizi — Oʻzbekiston Milliy universitetining xorijiy filologiya fakulteti 3-bosqich talabasi (Buxoro viloyati) 

Bahronova Dilshoda Tohirovna — Buxoro davlat tibbiyot institutining tibbiyot fakulteti 6-bosqich talabasi 

Ortiqova Eʼzoza Nodir qizi — Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining xalqaro iqtisodiyot va menejment mutaxassisligi boʻyicha 1-bosqich magistranti (Jizzax viloyati) 

Abdurazoqova Mehribon Jaloliddin qizi — Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanidagi 8-bolalar musiqa va sanʼat maktabining fortepiano sinfi oʻqituvchisi 

Sheraliyeva Jasmina Erkin qizi — Guliston davlat universitetining sanʼatshunoslik fakulteti 1-bosqich talabasi (Qashqadaryo viloyati) 

Mahammadrizoyeva Madinabonu Mahammadriza qizi — Xalqaro qishloq xoʻjaligi universitetining qishloq xoʻjaligi fakulteti 3-bosqich talabasi (Qashqadaryo viloyati) 

Yoʻldosheva Ummatoy Toʻlqinovna — "Yangi Oʻzbekiston" universitetining sanoat boshqaruvi mutaxassisligi boʻyicha 1-bosqich magistranti (Navoiy viloyati) 

Abdullayeva Saida Ravshan qizi — Toshkent tibbiyot akademiyasining davolash fakulteti 1-bosqich talabasi (Navoiy viloyati)

Olimjonova Aqidaxon Anvarjon qizi — Namangan viloyati Namangan ixtisoslashtirilgan sanʼat maktabining 11-sinf oʻquvchisi 

Toʻychiyeva Dilafruz Nuʼmonjon qizi — Qoʻqon davlat pedagogika institutining oʻzbek tili va adabiyoti fakulteti 3-bosqich talabasi (Namangan viloyati) 

Anorova Gulhayo Zokir qizi — Samarqand viloyati Samarqand shahridagi "Vatanparvar" mahalla fuqarolar yigʻini kompleks ijtimoiy xizmat koʻrsatuvchi xodimi 

Xamdamova Afroʻza Akbarovna — Samarqand viloyati Samarqand shahridagi 42-umumiy oʻrta taʼlim maktabining 9-sinf oʻquvchisi

Abdusalamova Zanjiloy Farxod qizi — Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining xalqaro jurnalistika fakulteti 3-bosqich talabasi (Sirdaryo viloyati) 

Gʻaniyeva Maftuna Abduaziz qizi — Guliston davlat universitetining taʼlim-tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi boʻyicha tayanch doktoranti (Sirdaryo viloyati) 

Abdusaidova Gulruxsorabegim Komiljon qizi — Toshkent davlat yuridik universitetining jinoiy odil sudlov fakulteti 4-bosqich talabasi (Surxondaryo viloyati) 

Zaripova Rushana Robertovna — Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetining oʻzbek adabiyoti ixtisosligi boʻyicha tayanch doktoranti (Surxondaryo viloyati) 

Anvarova Naima Anvar qizi — Toshkent viloyati Chinoz tumanidagi 7-umumiy oʻrta taʼlim maktabining ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi 

Uralova Oysha Abduraim qizi — Toshkent viloyati Angren shahridagi "Yangiobod kelajak sari" oilaviy korxonasi rahbari 

Abdurasulova Dilnoza Botirali qizi — Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Fargʻona filiali dasturiy injiniring kafedrasi assistenti 

Saynazarova Layloxon Odiljon qizi — Fargʻona viloyati Quvasoy shahar madaniyat boʻlimi toʻgarak rahbari 

Kamalova Shaxzoda Kaxramon qizi — Xorazm viloyati Urganch shahridagi 3-ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktabining 11-sinf oʻquvchisi 

Sobirova Layloxon Arslonbek qizi — Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universitetining jismoniy tarbiya va sport mashgʻulotlari nazariyasi va metodikasi mutaxassisligi boʻyicha 1-bosqich magistranti (Xorazm viloyati) 

Sodiqova Nasiba Majitovna — Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutining teatr sanʼati fakulteti 3-bosqich talabasi (Toshkent shahri) 

Babeshko Alina Aleksandrovna — Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasining xoreografiya kafedrasi oʻqituvchisi (Toshkent shahri)

Oʻzbekiston

04.03.2025, 09:34

Ulashish:

So‘nggi yangiliklar

Magistratura va doktoranturaga hujjat topshirishda sertifikat talabi bekor qilinmagan

Prezident farmoni bilan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirishlar kiritildi va baʼzilarining ayrim bandlari oʻz kuchini yoʻqotdi.

Oʻzbekiston

25.07.2025, 09:01

Reshford “Barselona”ga oʻtdi. Shartnoma shartlari qanday?

27 yoshli futbolchi oʻtgan mavsumda “Manchester Yunayted” va “Aston Villa” safida 41 oʻyinda maydonga tushib, 11 ta gol va 9 ta assist qayd etdi.

Sport

24.07.2025, 20:34

Kontrabandachilardan musodara qilingan 267 dona qadimiy tanga va taqinchoqlar Islom sivilizatsiyasi markaziga topshirildi

39 dona osma bezak koʻrinishidagi kumush tangalar XIX asrda Buxoro amirligida zarb qilingan, 228 ta taqinchoq qismlari esa XIX asr oxiri va XX asr boshlariga mansub deb topildi.

Oʻzbekiston

24.07.2025, 19:31

Yerosti boyliklarini noqonuniy qaziganlar haqida xabar berish ragʻbatlantiriladi

Hukumat qarori bilan yer qaʼridan foydalanishga oid huquqbuzarlik haqida xabar berganlar ragʻbatlantirilishi belgilandi. 

Iqtisodiyot

24.07.2025, 18:35

Bolalarga nisbatan zoʻravonlikning oldini olish boʻyicha qonunchilikka oʻzgartishlar kiritish tashabbusi bilan chiqmoqdamiz — Shahnoza Mirziyoyeva

Hozirda Ichki ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (MMTV) vakillaridan iborat idoralararo ishchi guruh shakllantirilmoqda.

Oʻzbekiston

24.07.2025, 17:26

Surxondaryodagi qoʻriqxonada yuz bergan yongʻinni oʻchirishga 8 soat vaqt ketdi

Ushbu yongʻinni bartaraf qilish uchun yetarli kuch va vositalar jalb qilingan.

Oʻzbekiston

24.07.2025, 16:24

Habib Nurmagomedov janglarga qaytish takliflari boʻlayotganini aytdi

2020 yilda  yengil vaznda UFC chempionlik kamarini Jastin Geydjidan himoya qilgan Habib Nurmagomedov professional sportchi sifatidagi faoliyatini yakunlagandi.

Sport

24.07.2025, 15:21

Oʻzbekiston va Serbiya raqamli mahsulotlarni ishlab chiqarishda hamkorlik qilmoqchi

Serbiya tomoni Oʻzbekistonning Raqamli texnologiyalar vazirligi va boshqa tegishli tuzilmalari bilan uzoq muddatli hamkorlikni yoʻlga qoʻyishdan manfaatdorligini bildirdi.

Iqtisodiyot

24.07.2025, 14:22

Rossiyaning Amur oblastida yoʻlovchi samolyot yoʻqolib qoldi

Samolyot bortida jami 49 kishi boʻlgan. Shundan 43 nafari yoʻlovchi (besh nafari yosh bolalar), 6 nafari ekipaj aʼzolaridir.

Jahon

24.07.2025, 13:17

9-qavatdan sakrab oʻz joniga qasd qilmoqchi boʻlgan qizning hayotini saqlab qolindi

Qiz FVV xodimlari koʻmagida arqon orqali tomdagi xavfsiz joyga chiqarib olingan.

Oʻzbekiston

24.07.2025, 12:14

Shavkat Mirziyoyevning tavallud kuni munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda

Maktublarda Oʻzbekiston prezidenti rahbarligida aholi farovonligini oshirish borasida erishilgan yuksak natijalar qayd etilgan.

Oʻzbekiston

24.07.2025, 11:24

Bahodir Jalolovning jangi bekor qilindi

Italiyalik bokschi sogʻligʻidagi muammolar sabab jangda ishtirok eta olmasligini maʼlum qildi va shu tariqa, ushbu jang bekor boʻldi. 

Sport

24.07.2025, 11:18