Yerosti boyliklarini noqonuniy qaziganlar haqida xabar berish ragʻbatlantiriladi

Hukumat qarori bilan yer qaʼridan foydalanishga oid huquqbuzarlik haqida xabar berganlar ragʻbatlantirilishi belgilandi. 

Ulashish:

Hukumat qarori (457-son, 22.07.2025 y.) bilan “Yer qaʼridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bogʻliq huquqbuzarliklar haqida xabar bergan jismoniy shaxslarni pul mukofoti bilan ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom tasdiqlandi.

 Nizomga koʻra, shaxslar huquqbuzarlikni videotexnika vositalari orqali qayd etishi hamda “Geomonitoring” tizimi orqali Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasiga yuborishi lozim.

Foto va video materiallarda quyidagilar aks ettirilishi kerak:

- sodir etilgan huquqbuzarlik;

- huquqbuzarlik sodir etgan shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (agar mavjud boʻlsa);

- huquqbuzarlik sodir etilgan manzil, sana va vaqt.

Foto va video materiallar 15 ish kunida koʻrib chiqiladi. Foto va video materiallarni yuborgan shaxslar quyidagi miqdorlarda pul mukofoti bilan ragʻbatlantiriladi:

- keng tarqalgan noruda foydali qazilmalarni qonunga xilof ravishda qazib olish yoki boshqa joyga tashish boʻyicha – huquqbuzardan undirilgan mablagʻlar hisobidan BHMning 1 baravari;

- foydali qazilmalarni qazib olish, mineral xomashyoni qayta ishlash sohasidagi boshqa huquqbuzarlik boʻyicha – huquqbuzardan undirilgan jarima miqdorining 5 foizi.

Iqtisodiyot

24.07.2025, 18:35

Ulashish:

So‘nggi yangiliklar

Rossiyada koronavirusning «stratus» shtammi tarqalmoqda. U yangi pandemiyaga sabab boʻladimi?

“Rospotrebnadzor” koronavirusning yangi XFG shtammi bilan kasallanishning 114 holati qayd etilganini maʼlum qildi.

Jahon

25.07.2025, 20:42

"Navbahor"dan transfer taqiqi yechildi

Mazkur taqiq Giorgi Nikabadze oʻz maoshini vaqtida olmagani ortidan qoʻyilgandi.

Sport

25.07.2025, 19:35

Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish sohasida muhim shartnomalar imzolandi

Loyiha mintaqadagi eng yirik loyihalardan biri boʻlib, yuz minglab xonadonlarni toza energiya bilan taʼminlashga xizmat qilmoqda.

Iqtisodiyot

25.07.2025, 18:36

"Barcelona" tarixidagi eng zoʻr 50 futbolchi reytingi tuzildi

"Barcelona" tarixidagi eng zoʻr 50 futbolchi reytingi tuzildi

Britaniyaning nufuzli “FourFourTwo” nashri Kataloniyaning “Barselona” klubi tarixidagi 50 nafar eng buyuk futbolchi reytingini eʼlon qildi.

Sport

25.07.2025, 18:05

Olmaota viloyatida harbiy vertolyot bedarak yoʻqoldi

Olmaota viloyatida harbiy vertolyot bedarak yoʻqoldi

Qozogʻiston Respublikasi Olmaota viloyatida EC-145 rusumli harbiy vertolyotni qidirish ishlari olib borilmoqda. Vertolyot "Lugovoye" aerodromidan uchib chiqqach, radardan yoʻqolgan. Bu haqda Qozogʻiston Mudofaa vazirligi xabar berdi.

Jahon

25.07.2025, 17:52

"Zoʻr TV" JCh-2026 translyatsiya huquqini sotib oldi

Mundial 2026 yil 11 iyundan 19 iyulga qadar davom etadi.

Sport

25.07.2025, 17:34

Qamoqdagi hokim millionlanb pul ajratish boʻyicha qaror chiqardi

Qamoqdagi hokim millionlanb pul ajratish boʻyicha qaror chiqardi

Pora bilan qamoqqa tushgan Jizzax viloyati Sharof Rashidov tuman hokimi hibsdaligi vaqtida uning nomidan pul ajratish boʻyicha qarorlar chiqqan. 

Oʻzbekiston

25.07.2025, 17:32

Oʻzbekiston aholisining 49 foizi qishloqlarda yashaydi

Oʻzbekiston aholisining 49 foizi qishloqlarda yashaydi

Oʻzbekistonda doimiy aholi soni 2025 yil 1 iyul holatiga koʻra, 37 mln 859,7 ming kishini tashkil etdi. Bu koʻrsatkich 2024 yil mos davriga nisbatan 725,5 ming kishiga yoki 2 foizga koʻp.

Oʻzbekiston

25.07.2025, 17:20

Diniy ulamo Mubashshir Ahmad ishi sudga oshirildi

Diniy ulamo Mubashshir Ahmad ishi sudga oshirildi

Mubashshir Ahmadga nisbatan ochilgan jinoyat ishi sudda koʻrib chiqish uchun yuborildi. Bu haqda advokat Ruslan Sodiqov Facebookʼdagi sahifasida maʼlum qildi.

Oʻzbekiston

25.07.2025, 16:32

Oʻzbekiston – Rossiya: aviaqatnovlar soni oshiriladi va parvozlar geografiyasi kengaytiriladi

Moskvada ikki mamlakat aviatsiya hukumatlari oʻrtasida havo qatnovlarini rivojlantirish boʻyicha muzokaralar oʻtkazildi.

Iqtisodiyot

25.07.2025, 16:31

Turkiyaga dam olishga borgan Ramazan Qodirov choʻkib ketishiga sal qoldi

Turkiyaga dam olishga borgan Ramazan Qodirov choʻkib ketishiga sal qoldi

Turkiyaga dam olishga borgan Checheniston rahbari Ramazan Qodirov dengizda choʻkib ketishidan arang qutilib qoldi. Qodirov Sohil Xavfsizlik xodimlari tomonidan qaytarib qolingan. Hozirgi vaqtda uning sogʻligʻi yaxshi.

Jahon

25.07.2025, 15:35

Qarib 18 mlrd soʻmlik talon-taroj qilgan “gaz zapravka” aniqlandi

Qarib 18 mlrd soʻmlik talon-taroj qilgan “gaz zapravka” aniqlandi

Andijon viloyatining Oltinkoʻl  tumanidagi “O.G.O” MChJga qarashli avtomobillarga gaz toʻldirish shoxobchasida oʻtkazilgan tekshirishda oʻlchov qurilmalariga tashqi taʼsir koʻrsatilishi oqibatida  13,8 mlrd soʻmlik tabiiy gaz talon-toroj qilinganligi aniqlandi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar qildi.

Oʻzbekiston

25.07.2025, 15:14