Mehmonxonadagi yongʻin "Milliy bank" binosiga ham oʻtdimi? FVB yongʻinga doir maʼlumotlarni ochiqladi
Ijtimoiy tarmoqlarda kecha, 16 sentabr kuni soat 17:30 lar atrofida Toshkentning markaziy qismida joylashgan "Miran International" mehmonxonasida yongʻin chiqqani hamda yongʻin mehmonxonaga yaqin boʻlgan "Milliy bank" binosiga ham oʻtgani haqida xabarlar tarqalgandi. Oradan ikki soat oʻtgach mazkur yongʻin FVV xodimlari tomonidan bartaraf etilgani maʼlum qilindi.
Oʻzbekiston
17.10.2024, 10:56
Ulashish:

Mehmonxonadagi yongʻin "Milliy bank" binosiga ham oʻtdimi? FVB yongʻinga doir maʼlumotlarni ochiqladi
Qayd etilishicha, yongʻin yuzaga kelgan "Miran International" mehmonxonasi Toshkent shahrining Mirobod tumanida joylashgan boʻlib, binoda qurilish ishlari davom etayotgan boʻlgan. Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining axborot xizmatiga koʻra, mehmonxonadagi yongʻin binoning tom qismida yuzaga kelgan.
"Bugun, 16 oktabr kuni soat 17:17 da Toshkent shahar Mirobod tumani Shahrisabz koʻchasida qurilish ishlari olib borilayotgan binoda yongʻin sodir boʻlayotgani toʻgʻrisida Toshkent shahar FVBga xabar kelib tushgan. Shunga koʻra, yongʻin-qutqaruv ekipaji soat 17:24 da voqea joyiga yetib borib, hozirda yongʻinni oʻchirish ishlari amalga oshirilmoqda", deyiladi FVBning dastlabki xabarida.
Shuningdek, boshqarma maʼlumotida voqea joyiga Toshkent shahar FVB va Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbariyatidan masʼullar chiqqani ham maʼlum qilingan.
"Yongʻinni bartaraf etish jarayonini Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor A.X.Qoʻldoshev bevosita joyidan boshqarib bormoqda", deya qoʻshimcha qilingan xabarda.
Bundan tashqari, voqea joyiga Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzakov hamda Ichki ishlar boshqarmalari, Milliy gvardiya va prokuratura rahbariyati ham kelgan.
"Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor Abdulla Qoʻldoshev, Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzakov hamda Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar boshqarmalari, Milliy gvardiya va prokuratura rahbariyati voqea joyiga darhol yetib kelishdi va yongʻinni bartaraf etish jarayonini toʻliq nazoratga oldilar", deyiladi hokimlik xabarida.
Soʻng FVV yongʻinni oʻchirishda jami 14 nafar ekipaj ishtirok etganini hamda bino hududi soat 18:19 da oʻrab olinganini hamda yongʻin 19:16 da oʻchirilganini, yongʻin oqibatida tan jarohati olgan va vafot etgan fuqarolar yoʻqligini bildirdi.
"Miran International" mehmonxonasining tom qismida yuz bergan yongʻinni bartaraf etish maqsadida 14 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 17:24 da yetib borib, yongʻin soat 18:19 da qurshab olingan va soat 19:16 da bartaraf etildi. Yongʻin oqibatida tan jarohati olgan va vafot etgan fuqarolar toʻgʻrisida xabar kelib tushmadi", deyiladi FVBning yakuniy izohida.
Yongʻin boʻyicha yuqorida keltirilgan maʼlumotlarga koʻra, ushbu holat faqat "Miran International" mehmonxonasining tom qismida yuzaga kelgan. Mehmonxonaga yaqin boʻlgan "Milliy bank" binosiga yongʻin oʻtmagan.
Maʼlumot uchun, bundan ikki yil oldin, yaʼni 2022 yilda "Accor" xalqaro mehmonxonalar guruhi Oʻzbekistonda uchta yangi premium mehmonxona ochishni rejalashtirayotganini eʼlon qilgan edi. Ulardan biri "Swissô Tashkent" brendi ostida "Miran International" mehmonxonasi bazasida rekonstruksiya qilinganidan keyin ochilishi bildirilgan. Binoni taʼmirlash ishlari 2023 yilning uchinchi choragida yakunlanib, ishga tushirilishi rejalashtirilgan edi. Biroq hanuz binoda rekonstruksiya ishlari davom etmoqda.
Eslatib oʻtamiz, joriy yilning 1 oktabrida Toshkent davlat agrar universiteti binosi ham yonib ketgandi. Lekin mazkur binodagi yongʻinni joyidan turib nazorat qilishda na viloyat hokimi, na Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor Abdulla Qoʻldoshev borgan edi.
Oʻzbekiston
17.10.2024, 10:56
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Surxondaryodagi qoʻriqxonada yuz bergan yongʻinni oʻchirishga 8 soat vaqt ketdi
Oʻzbekiston
24.07.2025, 16:24

Eronda namoyishchilar Isroil ramzlari tushirilgan «Baal» haykalini yoqib yubordi
Jahon
12.02.2026, 12:34

Jizzaxda yuk mashinasiga urilgan Lacetti yonib ketdi. 5 kishi halok boʻldi
Oʻzbekiston
22.11.2025, 16:40

Favqulodda vaziyatlar sohasi raqamlashtiriladi
Fan-texnologiya
22.10.2025, 12:05

Andijon tumanida sodir boʻlgan hodisa toʻgʻrisida maʼlumot
Oʻzbekiston
05.09.2025, 16:55

Namanganda 3 nafar fuqaroni hayoti saqlab qolindi
Oʻzbekiston
04.09.2025, 11:29
Mashhur yangiliklar

Jeffri Epshteyn ishi: oshkor etilgan fayllar va elita bilan aloqalar
Jahon
03.02.2026, 16:44

Chorvoqdagi “Sea Breeze” loyihasining qurilishi qonunga zidmi?
Oʻzbekiston
06.02.2026, 08:01

Yangi kitob: “Erkin millat poydevori”
Madaniy
13.02.2026, 10:18

Markaziy Osiyoda yirik loyiha: Tashkent Marketing Forum 2026
Iqtisodiyot
12.02.2026, 15:31

15 million aholining maʼlumotlari sizdirilgani haqidagi xabarlarga rasmiy munosabat bildirildi
Oʻzbekiston
04.02.2026, 09:52

2026 yilgi Ramazon oyi sanasi eʼlon qilindi
Oʻzbekiston
07.02.2026, 20:00
So‘nggi yangiliklar

Dubay xalqaro aeroportidagi uzilishlar iqtisodiyotga jiddiy zarba bermoqda
Iqtisodiyot
04.03.2026, 16:47

Ayollar koloniyasidagi mahkumalar chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi
Oʻzbekiston
04.03.2026, 15:05

“ChatGPTdan voz keching” – OpenAI modellariga boykot avj olmoqda
Jahon
04.03.2026, 13:11

Homilador talabalarga “ikkinchi imkoniyat” yaratiladi
Ta'lim
04.03.2026, 11:59

Tibbiyot oliygohlarida superkontrakt bekor qilinishi mumkin
Ta'lim
04.03.2026, 10:02

Pedofillar umrbod ozodlikdan mahrum qilinadi — Prezident farmoni
Oʻzbekiston
04.03.2026, 06:16

"Oʻldi"ga chiqarilgan Netanyaxu Berlindan qaytdi
Jahon
03.03.2026, 22:47

Isroil Livanda “Hizbulloh”ga qarshi quruqlikdan operatsiyalar boshladi
Jahon
03.03.2026, 17:39

Oʻqituvchilarga sertifikat olish uchun subsidiya beriladi
Oʻzbekiston
03.03.2026, 17:25

Krishtiano Ronaldu Saudiya Arabistonidan chiqib ketdi.
Sport
03.03.2026, 16:33

Siyosat tutuni: iqlim oʻzgarishi omillari
Jahon
03.03.2026, 15:36

"Sirena chalsa darhol bunkerga kiring". Isroildagi oʻzbekistonliklar ogohlantirildi
Jahon
03.03.2026, 09:48
Mashhur yangiliklar

Jeffri Epshteyn ishi: oshkor etilgan fayllar va elita bilan aloqalar
Jahon
03.02.2026, 16:44

Chorvoqdagi “Sea Breeze” loyihasining qurilishi qonunga zidmi?
Oʻzbekiston
06.02.2026, 08:01

Yangi kitob: “Erkin millat poydevori”
Madaniy
13.02.2026, 10:18

Markaziy Osiyoda yirik loyiha: Tashkent Marketing Forum 2026
Iqtisodiyot
12.02.2026, 15:31

15 million aholining maʼlumotlari sizdirilgani haqidagi xabarlarga rasmiy munosabat bildirildi
Oʻzbekiston
04.02.2026, 09:52

2026 yilgi Ramazon oyi sanasi eʼlon qilindi
Oʻzbekiston
07.02.2026, 20:00
