Qozog'istonga kirish pullik bo'ladi
Endi Qozog'istonga borish avvalgidek yengil bo'lmaydi. Nima uchun?
Iqtisodiyot
02.09.2026, 10:46
Ulashish:

Qo'shni davlatga kirish uchun endi oldindan ruxsatnoma olish talab qilinadi. 1 noyabrdan boshlab samolyotda Qozog'istonga kelayotganlar uchun elektron ruxsatnoma (ETA) majburiy bo'ladi.
15 noyabrdan esa talab kengayadi. Bu safar u avtomobilda yoki avtobusda EOII (Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi) tashqi chegarasini kesib o'tuvchilarga ham tegishli bo'ladi. Bunga Qozog'istonning Xitoy, Turkmaniston va O'zbekiston bilan chegarasi kiradi. Demak, mashinada Shimkent yoki Olmaotaga boradigan o'zbekistonliklar ham bu tartibga bo'ysunadi.

Narxi qancha?
Rasmiy tarif hozircha Qozog'iston hukumati tomonidan e'lon qilinmagan. Biroq Serbiya Tashqi ishlar vazirligi o'z fuqarolari uchun tarqatgan ma'lumotga ko'ra, ruxsatnoma narxi ariza berish vaqtiga bog'liq bo'ladi. Chegaraga yetib kelishdan kamida 72 soat oldin ariza berilsa, narx taxminan 3900 tenge (100 ming so'mga yaqin) bo'ladi. Agar to'lov chegarada amalga oshirilsa, narx ikki baravar oshib, 7800 tengeni (200 ming so'mga yaqin) tashkil etadi.
Ruxsatnoma 180 kunga beriladi. Shu muddat ichida mamlakatga bir necha marta kirish mumkin. Ariza QazETA raqamli platformasi orqali topshiriladi.
Hozircha sinov davri
25 avgustdan 1 noyabrgacha tizim test rejimida ishlaydi. Bu davrda xorijliklar ruxsatnomasiz ham kirishlari mumkin. Ammo chegarachilar keyingi safar ruxsatnoma zarurligini ogohlantirmoqda.
Tartib bu bilan tugamaydi. 30 noyabrdan talab Rossiya va Qirg'iziston bilan chegaralarga ham tarqaladi. 15 dekabrdan esa dengiz va temir yo'l o'tish punktlarini qamrab oluvchi so'nggi bosqich boshlanadi.
Ko'plab o'zbekistonliklar Qozog'iston orqali Rossiyaga qatnaydi. Ular uchun bu qo'shimcha xarajat va hujjat bo'lish-bo'lmasligi haqida ma'lumot berilmagan.
Iqtisodiyot
02.09.2026, 10:46
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

19 nafar qidiruvdagi o‘zbekistonlik Janubiy Koreyada yashirinib yuribdi — politsiya
Oʻzbekiston
09.09.2026, 09:25

Rasman: Tailand O‘zbekiston fuqarolari uchun vizasiz rejimni bekor qildi
Oʻzbekiston
03.09.2026, 15:31

O'zbekistonga qayerdan köproq pul yuborilyapti?
Iqtisodiyot
14.08.2026, 16:32

Özbekiston va Ömon örtasida 30 kunlik vizasiz rejim joriy etiladi
Oʻzbekiston
19.11.2026, 16:55

Özbekistondan Kanadaga boriş osonlaşadimi?
Siyosat
18.11.2026, 11:47

Yevropa migrantlarni Özbekistonga yuborişi mumkinmi?
Oʻzbekiston
17.11.2026, 12:11
Mashhur yangiliklar

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

Hindistonda yigit AI yordamida özini öğirlatdi
Jahon
02.11.2026, 11:04

Tailand özbekistonliklar uçun vizasiz rejimni qaytaradimi?
Oʻzbekiston
28.10.2026, 12:16

Xitoyda yetim yigitning töyiga minglab notaniş odamlar keldi
Jahon
31.10.2026, 12:13

Özbekistonda söz erkinligi qay ahvolda?
Oʻzbekiston
26.10.2026, 13:15

Qirğizistonda viloyat va tumanlar tugatilişi mumkin
Jahon
28.10.2026, 11:58
So'nggi yangiliklar

San Siro: bir asrlik tarix va Milan futbolining yangi uyi
Sport
20.11.2026, 16:11

Toşkent metrosida tirbandlikni kamaytiriş uçun nima özgaradi?
Oʻzbekiston
20.11.2026, 14:41

Tramp bilan mojaroga qaramay, Anthropic aktsiyalari 34 foizga oşdi
Iqtisodiyot
20.11.2026, 10:51

Sergelida 1,7 gektarlik sun’iy köl paydo böladi
Oʻzbekiston
20.11.2026, 10:18

Özbekiston va Ömon örtasida 30 kunlik vizasiz rejim joriy etiladi
Oʻzbekiston
19.11.2026, 16:55

Tojikistonda elektr uzatiş ustuni quladi: Farğona vodiysida elektr ta’minoti çeklandi
Oʻzbekiston
19.11.2026, 14:53

Roxinjalar genotsidi: Myanma xalqaro sud oldida javob beradi
Jahon
19.11.2026, 10:56

Özbekiston va Turkmaniston çegaradan ötişni yengillaştirmoqçi
Siyosat
19.11.2026, 09:42

Özbekistonlik professor Qozoğistonda nega qamaldi?
Siyosat
18.11.2026, 18:31

Deutsçe Bank: Tramp va Epşteynning Rossiya bilan aloqalari oşkor böldi
Siyosat
18.11.2026, 16:45

Trampga suiqasd rejasi: pokistonlik 27,5 yilga qamaldi
Jahon
18.11.2026, 14:28

Özbekistondan Kanadaga boriş osonlaşadimi?
Siyosat
18.11.2026, 11:47

Eron Vaşingtonda kimyoviy qurol işlatadimi?
Jahon
18.11.2026, 10:39

Namanganda telefon ustaxonasidan 14 ta telefonni öğirlamoqçi bölgan yigit uşlandi
Oʻzbekiston
18.11.2026, 10:10

Toşkentda hayvonlar va quşlar ommaviy nobud bölayotgani xabar qilindi
Oʻzbekiston
17.11.2026, 17:26

Ebola virusidan 6 minga yaqin kişi vafot etdi
Jahon
17.11.2026, 15:33

Toşkentdan Astraxanga poyezd qatnovi yölga qöyiladi
Oʻzbekiston
17.11.2026, 12:28

Yevropa migrantlarni Özbekistonga yuborişi mumkinmi?
Oʻzbekiston
17.11.2026, 12:11

Buziladigan uy egalari uçun yangi taklif: 1,5 baravar katta uy-joy
Oʻzbekiston
16.11.2026, 17:32

Ayrim tadbirkorlar import QQSni boşqaça tölaydi
Iqtisodiyot
16.11.2026, 15:22
Mashhur yangiliklar

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

Hindistonda yigit AI yordamida özini öğirlatdi
Jahon
02.11.2026, 11:04

Tailand özbekistonliklar uçun vizasiz rejimni qaytaradimi?
Oʻzbekiston
28.10.2026, 12:16

Xitoyda yetim yigitning töyiga minglab notaniş odamlar keldi
Jahon
31.10.2026, 12:13

Özbekistonda söz erkinligi qay ahvolda?
Oʻzbekiston
26.10.2026, 13:15

Qirğizistonda viloyat va tumanlar tugatilişi mumkin
Jahon
28.10.2026, 11:58
