Ekologik stikerni onlayn tartibda rasmiylashtirish mumkin
Oʻzbekistonda ekologik toifasi aniqlangan avtotransport vositalari uchun ekologik stikerni onlayn tartibda olish imkoniyati yaratildi.
Oʻzbekiston
09.01.2026, 08:24
Ulashish:

Ekologik stikerni olish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki uning mobil ilovasiga kirib, qidiruv satriga “Ekologik stiker” deb yozish yoki “Transport” boʻlimi orqali “Avtotransport vositasiga ekologik stiker olish” xizmatini tanlash kifoya.
Ariza berish jarayonida maʼlumotlar avtomatik ravishda shakllantiriladi. Fuqaro faqat arizani tasdiqlaydi hamda transport vositasi haqidagi maʼlumotlar va ekologik stikerni pochta orqali yetkazib berish manzilini koʻrsatadi. Tizim tomonidan pochta xarajatlari uchun toʻlov invoysi shakllantiriladi va ariza beruvchi belgilangan toʻlovni elektron tarzda amalga oshiradi.
Vakolatli organ transport vositasi maʼlumotlarini axborot tizimlari orqali tekshirib, ekologik toifani avtomatik tarzda aniqlaydi. Shundan soʻng ekologik stiker rasmiylashtirilib, chop etiladi va pochta orqali ariza beruvchiga yuboriladi.
Tayyor stiker 10 kun ichida uyga yetkazib beriladi. Stikerning oʻzi va ariza topshirish bepul, faqat pochta orqali yetkazib berish xizmati uchun 20 600 soʻm toʻlanadi.
Ekologik stiker turlari
Ekologik stiker — transport vositasining ekologik toifasini tasdiqlovchi elektron maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan maxsus yorliq hisoblanadi. Stikerlar uch xil rangda boʻladi:
- yashil — “toza” ekologik daraja;
- sariq — “oʻrtacha” ekologik daraja;
- qizil — “zararli” ekologik daraja.
Rangli ekologik stikerlarni Davlat yoʻl harakati xavfsizligi boʻlinmalarida ekologik operatorlar orqali olish ham mumkin.
Qayta rasmiylashtirish va imtiyozlar
Ekologik stikerlar transport vositasi uchun birinchi marta va har yili bir marta bepul beriladi. Quyidagi holatlarda stiker qayta rasmiylashtiriladi:
- transport egasi yoki davlat raqami oʻzgarganda;
- old oyna almashtirilganda;
- stiker shikastlanganda yoki oʻchib ketganda.
Elektromobillar, moped, skuter va mototsikllar uchun ekologik stiker talab etilmaydi. Gibrid transport vositalari ishlab chiqarilganiga uch yilgacha boʻlsa, “toza” toifaga kiritiladi. Ilgari sariq yoki qizil stiker olgan haydovchilar transport vositasining texnik holati yaxshilangandan soʻng stiker rangini oʻzgartirish huquqiga ega.
Avval maʼlum qilganimizdek, ekologik stiker boʻyicha jarimalar 2026 yildan qoʻllanilmaydi. Jarimalarni qoʻllash 2 yildan soʻng boshlanadi. Bu davr mobaynida haydovchilar oʻz avtomobillarining texnik holatini yaxshilash imkoniyatiga ega boʻladi.
Oʻzbekiston
09.01.2026, 08:24
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

«Ekostiker» tizimi: 2026 yildan jarimalar qoʻllanilmaydi
Oʻzbekiston
26.12.2025, 10:13

Ekostiker talabini buzgan haydovchilar qachon jarimaga tortiladi?
Oʻzbekiston
23.12.2025, 15:40

Eko-stikerlar uchun qancha miqdorda toʻlov qilinadi?
Oʻzbekiston
20.12.2025, 10:22

Oʻzbekistonda eko-stiker tizimi qachondan amal qiladi?
Oʻzbekiston
05.12.2025, 17:01

2026 yil 1 martdan futbol oʻyinlariga chiptalar faqat maxsus onlayn tizim orqali sotiladi
Sport
25.08.2025, 17:50

Endi avtomobillar «qizil», «sariq», «yashil» stikerlar orqali ekologik toifalarga ajratiladi
Oʻzbekiston
09.03.2024, 12:27
Mashhur yangiliklar

Jeffri Epshteyn ishi: oshkor etilgan fayllar va elita bilan aloqalar
Jahon
03.02.2026, 16:44

Jurnalistlar va fuqarolik jamiyati vakillariga eʼtirof — Paradigma Media 8 nafar faolni eʼtirof etdi
Madaniy
02.02.2026, 19:18

Rossiya TIV “shaxsiy fikr” ortiga yashirinib, navbatdagi bahsli bayonotlarga javob berdi
Siyosat
19.01.2026, 18:06

Xalqaro huquqqa ham, xalqaro tartibga ham tupurdik - Vladimir Solovyov nima demoqchi?
Siyosat
13.01.2026, 09:49

«Nigilist pingvin»: isyon ramzimi yoki shunchaki trend?
Madaniy
28.01.2026, 17:49

15 million aholining maʼlumotlari sizdirilgani haqidagi xabarlarga rasmiy munosabat bildirildi
Oʻzbekiston
04.02.2026, 09:52
So‘nggi yangiliklar

«Paradigma»da eʼtirof: fidoyi jurnalistlar va faollar taqdirlandi
Madaniy
09.02.2026, 18:28

Oʻzbekiston boksi jahon yetakchilari safida
Sport
09.02.2026, 16:18

Abdusattorov va Sindarov bir yilda 700 ming dollardan ortiq mukofot puli ishlab topdi
Sport
09.02.2026, 15:30

Retro-avtomobil egalari konstitutsiyaviy huquqlarini himoya qilishmoqda
Oʻzbekiston
09.02.2026, 13:57

Epshteyn ishi bilan bogʻliq mojarolar: Britaniya va Norvegiyada yuqori lavozimli amaldorlar isteʼfoga chiqdi
Jahon
09.02.2026, 11:20

Alisher Navoiy endi faqat qogʻozda emas — shoir ijodi raqamlashtirilmoqda
Madaniy
09.02.2026, 10:32

Oʻzbekiston taʼlimida yangi davr: 12 yillik uzluksiz tizim va “Yangi avlod” maktablari
Ta'lim
09.02.2026, 09:58

Sunʼiy intellekt dunyo maktablariga ommaviy kirib kelmoqda
Fan-texnologiya
08.02.2026, 07:47

2026 yilgi Ramazon oyi sanasi eʼlon qilindi
Oʻzbekiston
07.02.2026, 20:00

Yoʻl harakati qoidalari buzilganlik uchun jarimalar yengillashdi
Oʻzbekiston
07.02.2026, 12:28

Epshteynga oid hujjatlar internetdan olib tashlandi
Jahon
06.02.2026, 17:04

Ukrainada 14 yoshdan nikohga ruxsat berilishi mumkin
Jahon
06.02.2026, 16:00
Mashhur yangiliklar

Jeffri Epshteyn ishi: oshkor etilgan fayllar va elita bilan aloqalar
Jahon
03.02.2026, 16:44

Jurnalistlar va fuqarolik jamiyati vakillariga eʼtirof — Paradigma Media 8 nafar faolni eʼtirof etdi
Madaniy
02.02.2026, 19:18

Rossiya TIV “shaxsiy fikr” ortiga yashirinib, navbatdagi bahsli bayonotlarga javob berdi
Siyosat
19.01.2026, 18:06

Xalqaro huquqqa ham, xalqaro tartibga ham tupurdik - Vladimir Solovyov nima demoqchi?
Siyosat
13.01.2026, 09:49

«Nigilist pingvin»: isyon ramzimi yoki shunchaki trend?
Madaniy
28.01.2026, 17:49

15 million aholining maʼlumotlari sizdirilgani haqidagi xabarlarga rasmiy munosabat bildirildi
Oʻzbekiston
04.02.2026, 09:52
